Bir yondan qaralsa, har bir insonning boshqasidan farqli ekanini ko’ramiz. Va ana shu farqlilik, shu insonni bizga boshqalardan ajraltib ko’rsatadi. Aynan shu farqli hususiyat ko’pincha hayotda o’z o’rnini topishida juda muhim, hal qiluvchi rol o’ynaydi. Sunday ekan, bolalarimizda umuminsoniy fazilatlari bilan birgalikda o’z qirralarini kashf etishiga yordam berishimiz kerak. Agar bolalarga o’zlarining muhim o’ringa ega ekanini anglata olsak, shuni his ettira olsak, ular inson bolasi qilishi mumkin bo’lgan har narsani qila olishlari mumkin, ya’ni buning uchun o’zidagi kuchni his eta boshlashadi. Ha, bu kuch har bir insonda bor(ya’ni har bir insonga berilgan), lekin uni hamma ham his eta olmaydi. Bu kuch g’ayritabiiy bir kuch emas, tabiiy bir kuchdir.
Yuqorida umuminsoniy fazilatlarni kashf etish haqida eslandi. Ular qanday fazilatlarki?
Bular insonlarning o’z Yaratuvchisiga, so’ngra insonlarga hamda Xoliqning boshqa yaratiqlariga bo’lgan munosabatidir. Endi, nega "œsingdirish" emas "œkashf etish" so’zini qo’llanganimizga to’htaladigan bo’lsak, buning bir ajoyib sababi bor, u ham bo’lsa, Alloh inson vujudini shu fazilatlarning urug’i bilan qo’shib yaratganidir. Bular insonning o’zini kelishtirishida, zamonaviy til bilan aytganda bir avans vazifasini o’tashi kerak. Axir, har bir bola musulmon bo’lib tugi’ladi, deb bizga oldindan bekorga bildirildimi? Demak har bir go’dakda musulmonlik fazilatlari bor, shu muborak avanslarni uvol qilmasdan, foydalantirishlik bilan foydalanishlik aziz ota-onalar zimmasiga tushyapti.
Menimcha, bolakay shunday tushinishi kerak:
Men bir insonman. Nima bo’lgan taqdirda ham, meni bu hayotda, atrofimdagi insonlar orasida, ota onamning oldida o’rnim bor. Bu mening ularga yoki ularning menga sevgisidan va eng avvalo inson ekanligimdandir.
Chunki, Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.