Islomda farzand tarbiyasi  ( 149185 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 16 B


Istak  21 May 2007, 17:54:52

Bir yondan qaralsa, har bir insonning boshqasidan farqli ekanini ko’ramiz. Va ana shu farqlilik, shu insonni bizga boshqalardan ajraltib ko’rsatadi. Aynan shu farqli hususiyat ko’pincha hayotda o’z o’rnini topishida juda muhim, hal qiluvchi rol o’ynaydi. Sunday ekan, bolalarimizda umuminsoniy fazilatlari bilan birgalikda o’z qirralarini kashf etishiga yordam berishimiz kerak. Agar bolalarga o’zlarining muhim o’ringa ega ekanini anglata olsak, shuni his ettira olsak, ular inson bolasi qilishi mumkin bo’lgan har narsani qila olishlari mumkin, ya’ni buning uchun o’zidagi kuchni his eta boshlashadi. Ha, bu kuch har bir insonda bor(ya’ni har bir insonga berilgan), lekin uni hamma ham his eta olmaydi. Bu kuch g’ayritabiiy bir kuch emas, tabiiy bir kuchdir.
Yuqorida umuminsoniy fazilatlarni kashf etish haqida eslandi. Ular qanday fazilatlarki?
Bular insonlarning o’z Yaratuvchisiga, so’ngra insonlarga hamda Xoliqning  boshqa yaratiqlariga bo’lgan munosabatidir. Endi, nega "œsingdirish" emas "œkashf etish" so’zini qo’llanganimizga to’htaladigan bo’lsak, buning bir ajoyib sababi bor, u ham bo’lsa, Alloh inson vujudini shu fazilatlarning urug’i bilan qo’shib yaratganidir. Bular insonning o’zini kelishtirishida, zamonaviy til bilan aytganda bir avans vazifasini o’tashi kerak. Axir, har bir bola musulmon bo’lib tugi’ladi, deb bizga oldindan bekorga bildirildimi? Demak har bir go’dakda musulmonlik fazilatlari bor, shu muborak avanslarni uvol qilmasdan, foydalantirishlik bilan foydalanishlik aziz ota-onalar zimmasiga tushyapti. 

Menimcha, bolakay shunday tushinishi kerak:
Men bir insonman. Nima bo’lgan taqdirda ham, meni bu hayotda, atrofimdagi insonlar orasida, ota onamning oldida o’rnim bor. Bu mening ularga yoki ularning menga sevgisidan va eng avvalo inson ekanligimdandir.

Chunki, Alloh Taolo yer yuzida insonni O’ziga halifa(o’rinbosar) qilishlik bilan aziz qildi. Boshqa maxluqlarni unga bo’ysundirib qo’ydi. Va hatto, e’tibor bering, dunyoga yangi inson keltirish imkoniyatini berdi va bularning ustida javobgar qildi.   

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 17:57:37

Bolalaringizni hech qachon haqorat qilmang!
Bu harakatingiz bilan ularning har narsaga moslashuvchan nozik qalblarida haqorat uchun joy xozirlamang-ki, boshqa birisi ham haqoratlasa, uni siz tomonizdan xozirlangan joyiga osonlikcha qabul qilib olavermasin. Va eng xatarlisi - o’zini haqoratga loyiq sanamasin.
Bolalarni har hil bo’lmag’ur "œesi-past", "œqovoq", "œto’nka", "¦"eshak" va boshqa har qanday nomlar bilan guruhlarga ajratmaylik.
Chunki, qovoqning urug’i ekilsa eshak o’sib chiqmaydi, eshakning bolasi qovoq emas, xo’tik bo’ladi. U sizning farzandingiz, biroq, undan ham avval insondir
Biz uchun ularning yaxshi bir inson bo’lishlari yetarlidir. Har kim ham olim bo’la olmas, lekin yaxshi inson bo’lishi mumkin. Ya’ni har kimning zakosi turlicha bo’lgani uchun buni to’g’ri qabul etishimiz va ularni zakosiga qarab yaxshi-yomonga ajratmasligimiz lozim.

Qayd etilgan


Istak  21 May 2007, 18:03:45

Bola yurishga boshlashidan avval va boshlagandan keyin tashqi dunyo bilan qiziqishi kuchaya boshlaydi, har ko’rgan narsani qo’liga olib ko’rgisi keladi, sinchiklaydi, u narsani har turli holga solib ko’rishga harakat qiladi, yerga tashlaydi takror oladi, og’ziga soladi, turgan joydan boshqa yerga qo’yadi. Ba’zan sindiradi, yirtadi va hokazo. Bularning hammasi bolaning atrofidagi narslarni kashf etish, tanish, o’rganish zamonidir.
Bola bu yoshida o’z kuchini(imkoniyatlarini) his eta boshlaydi, har narsa qilib ko’rgisi keladi. Va harakatlari natijasida o’ziga bo’lgan ishonchi orta boshlaydi. Shuning uchun ham, bu vaqtda bola egoistik(faqat men, meniki kabi) hatti harakatlar qilishi tabiiy hol sanalishi kerak va bunga monelik ko’rsatilmasiligi kerak. Etiborli jihati shuki, bola o’zini bu vaqtda kichik dunyoqarashi sig’dirgan har ishni qila oladigan kuchga sohibdek his etadi. Shuning uchun bolani bu vaqtda hech ham qaytarmaslik kerak, aksincha o’ziga bo’lgan ishonchini asta sekin shakllana boshlashi hamda dunyoni kashf etishiga yordamchi bo’lish kerak.

Bu yoshdagi bolada iroda, aql va mantiq yuritish bor bo’lsada, bular hali juda kuchsizdir. Shuning uchun ular bilan munosabat qurishda ularga so’zlashdan ko’ra teginish(yaqin olish, bag’riga bosish va hokazolar) va uning ko’zlarining ichiga qarab tabassum qilishlar tushunarliroqdir.  Bu bilan biz uni qabul qilayotganimizni sevgimizni bildirgan bo’lamiz.
 
Keyinroq esa bola uchun 8-9 yoshiga qadar "œTaqlid" juda muhim o’rganish vositasidir. Bolaning bilim-nasihatdan ko’ra boy tajribaga, o’rnakli hatti-harakatlarga va model bo’la oladigan insonlarga ehtiyoji bordir.  Bunda besh tuyg’uning o’rni e’tibrlidir. Bular: ko’rish, eshitish, hidlash, ta’m bilish va teginish(teri sezgsi).
.....

Asosan psixolog va pedagog Fotih Qalqinchning "Okul Evda Baslar"radioeshittirishlaridan va boshqa turli manbalardan foydalanildi

Qayd etilgan


Muslimа  22 May 2007, 09:22:17

Assalomu alaykum!
Istak, avvalo forumga hush kelibsiz!
Mavzuni kerakli va foydali ma'lumotlar bilan to'ldiribsiz!
Alloh hayrli ishlarizda bardavom qilsin!
Sizdan iltimos malumotlarni qaerdan olganiz haqida ham yozib o'tsangiz! Sizdan yana yaxshi postlar kutib qolamiz! Alloh rozi bo'lsin!


Qayd etilgan


Laylo  22 May 2007, 09:51:15

Assalamu alaykum!
Rohatoy, istak, Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Judayam kerkali ma'lumotlar ekan.
Alloh dunyo va oxiratingizni obod qilsin!
Yana shunday ibratli postlar kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Istak  23 May 2007, 11:51:28

Istakning bundan avvalgi postlarida asosan psixolog va pedagog Fotih Qalqinchning "Okul Evda Bashlar" radioeshittirishlaridan(ayniqsa, unda keltirilgan  voqeiy misollardan) va boshqa turli manbalardan foydalanildi.

Qayd etilgan


Muslimа  23 May 2007, 15:47:48

Assalomu alaykum!

Bolajonlar uchun qiziqarli o'yinlar, islomiy tarbiyaga oid, aqlni charhlovchi o'yinlar, bolajonlarga dinni tushuntirishda yo'rdam beradigan ko'pgina malumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin!

http://www.bolajon.com/


Qayd etilgan


Istak  30 May 2007, 17:50:46

Bolachalar biror narsa bilan mashg’ul bo’lganini ko’rsak, biz "žular o’ynashyapti"œ  deymiz. Aslida bu ularning kichik dunyosida biz tushungan o’yindan anchagina farqli narsadir. Bu joyda bitta narsa muhim, bolalar uchun har hil chiroyli o'yinlarni ko'paytirish kerak. Biz kattalar o'yin o'ynasak, o'yin chog'ida deyarli yangi narsa o'rganmaymiz, va eng muhimi asosan dam olish vositasi deb ko'ramiz. Lekin bolalar o'yin chog'ida ko'p narsa o'rganadi, va jiddiy bir mashg'ulot sifatida qarashadi.
Oddiy misol:
Bolangiz o’zicha o’ynayotganda bir kuzating uni qanchalik jiddiy yondoshayotganini ko’rasiz. Endi o’zingizni tasavvur qiling, siz huddi shu darajadagi jiddiylik bilan bir ish bilan mashg’ulsiz, sizga birortasi halal bersa, yoki ishlayotgan narsangizni olib qo’ysa, qanaqa holatga tushasiz?
Qanaqa holatga? ???

Qayd etilgan


Istak  30 May 2007, 18:16:56

Bolalaringiz bilan munosabatda, bundan keyingi 1-chi oy uchun ushbu shartlar qo'yilsa:

1. Bolani hech qaytarmaslik.

2. Ayb ishlariga va hatolariga urg'u bermaslik.(o'xraymaslik, olaymaslik, baqirmaslik, urishmaslik ....)

3. Faqat va faqat yutuqlarini davomli ravishda izlash, va yutuqlaridan hursandlikni(aslo, narsa berib emas) bildirish. Yutuqlarini o'zlariga bildirish.
(tabassum qilish, Borakalloh deyish, aslida sen bundan ham ko'ra mukammalrog'ini qila olasan, Yashavor, ..., Ey Allohim mani bu bolamga yana chiroyli narsalarni ber!)

4. Bir biri bilan va boshqalar bilan aslo solishtirmaslik.("Sen shu boladaqa bo'la olmaysanmi"- kabi so'zlarni umuman qo'llanmaslik)

 
Bu shartlar kattalarga anchagina og'ir yukni yuklaydi, qaytarmasdan qanday qilib ta'lim-tarbiya qilish mumkin, degan savol ustida turli holatlar ustida bosh qotirishga va o'z ustida ishlashiga, izlanishga majbur qiladi. Alabatta o'zi ustida ishlashi yaxshi natijalar bera boshlaydi.
Nega birinchi oy uchun bu shartlar? - menimcha keyingi oylarda o'zlari guvoh bo'lishadiki, buni davom ettirish kerak!!! Ikkinchidan agar og'ir shart qisqa zamonga qo'yilsa shartni ko'tarish, qabul qilish oson :).

Har hil oila va har hil muhitlar bor. Bir yerda imkon bor, birida esa yo'q deyish mumkin. To'g'ridir.
Bu bir taklif holos, albatta kimdir bundan ko'ra birmuncha chiroyliroq imkoniyatlarga ham ega bo'lishi  mumkin.
Tanqidiy mulohazalardan hursand bo'lamiz!!!

Qayd etilgan


Istak  30 May 2007, 18:25:06

Chiroyli mo'min bo'lishning alomatlaridan biri o'zi uchun yaxshi ko'rib istagan narsasini boshqa yaqini uchun ham istashi, ho'sh, biz bunga qanchalik ahamiyat beryapmiz.
   Avvalgi postda "Har hil oila va har hil muhitlar bor" deb yozgandim, o'sha har hil muhitning bizga qaragan tomoni ham bor. Bu muhitdagi o'rnimiz(mas'uliyat ma'nosida) bizning imkoniyatlarimiz, ilmimiz, tajribamiz, va dunyoqarashimizning qanchalik kengligiga qarab belgilansa kerak.
   Odam yaxshi bilmagan narsasiga qarshi chiqsa unga hayron bo'lish yoki qizishga hech asos yo'q, aytmoqchimanki, biz internetda va boshqa manbalarda bir qancha foydali ma'lumotlarga duch kelamiz, ajabo, ularni yaqinlarimiz bilan ham baham ko'ramizmi,  qay tarzda, qanchalik?

Qayd etilgan