Assalomu alaykum!
Dadajon, 10$ berib turaolmaysizmi?Ishdan kech qaytgach, charchagan ota eshikni oldida 5 yoshli o‘g‘li uni kutayotganini ko‘rdi.
"œDada, sizga bir savol bersam maylimi?"
"œHa, albatta, nima savol ekan?" javob berdi ota.
"œDada, siz bir soatda qancha pul ishlaysiz?"
"œBu seni ishing emas! Qayerdan olding bunaqa savolni?" dedi jahli chiqib ota.
"œMen shunchaki bilmoqchiman. Iltimos, ayting, bir soatda qancha topasiz?" hech qo‘ymadi bola.
"œJuda ham bilging kelayotgan bo‘lsa, men bir soatda $20 ishlab topaman."
"œUnda," dedi bola boshini yerga egdi va yana unga qarab, "œDada, sizdan $10 olib tursam bo‘ladimi?"
Ota g‘azablandi. "œAgar men qancha pul topishimni bilishing shunchaki bir ahmoqona o‘yinchoq yoki boshqa bir bo‘lmag‘ur narsa sotib olish uchun kerak bo‘lsa, u holda darhol xonangga kirib joyingga yot! Nima uchun bunday o‘zboshimchalik qilganing haqida o‘yla. Men kuni bilan uzoq, og‘ir soatlar mehnat qildim va bunday o‘yinqaroqlikka vaqtim yo‘q."
Bolakay indamay xonasiga kirib ketdi va ketidan eshikni yopib qo‘ydi. Ota o‘tirib, o‘g‘lining bergan savolidan g‘azabi qaynardi. Qanday qilib u shunchaki pul olish uchun bunday savollar berishga jur'at etdi. Bir soatlardan keyin, ota tinchlandi va o‘g‘liga qattiq gapirib qo‘yganiga afsuslana boshladi. Balki u rostdan ham $10 ga arziydigan narsa olmoqchidir, undan tashqari u mendan ko‘p pul so‘ramaydi, deb o‘ylardi u. Ota o‘g‘lining xonasi oldiga kelib eshikni ochdi. "œO‘g‘lim uxlayapsanmi?" sekin so‘radi u.
"œYo‘q dada, uyg‘oqman," javob berdi bola.
"œMen o‘yladim, balki avval senga qattiq gapirib qo‘ygandirman," boshladi ota. "œBugun kun uzun bo‘ldi va men charchaganim uchun senga ozgina jahl qilib qo‘ydim. Mana sen so‘ragan $10."
Bola o‘rnidan turdi va quvonganidan "œRahmat dadajon!" deb qichqirdi. Keyin u yostig‘ini tagiga qo‘lini tiqib, boshqa g‘ijimlangan pullarini chiqardi. Ota, o‘g‘lining bergan pulidan tashqari pullari borligini ko‘rib, yana jahli chiqa boshladi. Bolakay shoshilmay pulini sanab, otasiga qaradi.
"œPuling bor bo‘lsa, mendan nega pul so‘rading?" g‘azablandi ota.
"œChunki bor pulim yetarli emas edi, lekin endi yetarli," javob berdi bola. "œDadajon, meni endi $20im bor... Bir soat vaqtingizni sotib olsam bo‘ladimi?"...
IslomUz forumidan olindi.