Assalomu alaykum!
Dadajon, 10$ berib turaolmaysizmi?Ishdan kech qaytgach, charchagan ota eshikni oldida 5 yoshli o‘g‘li uni kutayotganini ko‘rdi.
“Dada, sizga bir savol bersam maylimi?â€
“Ha, albatta, nima savol ekan?†javob berdi ota.
“Dada, siz bir soatda qancha pul ishlaysiz?â€
“Bu seni ishing emas! Qayerdan olding bunaqa savolni?†dedi jahli chiqib ota.
“Men shunchaki bilmoqchiman. Iltimos, ayting, bir soatda qancha topasiz?†hech qo‘ymadi bola.
“Juda ham bilging kelayotgan bo‘lsa, men bir soatda $20 ishlab topaman.â€
“Unda,†dedi bola boshini yerga egdi va yana unga qarab, “Dada, sizdan $10 olib tursam bo‘ladimi?â€
Ota g‘azablandi. “Agar men qancha pul topishimni bilishing shunchaki bir ahmoqona o‘yinchoq yoki boshqa bir bo‘lmag‘ur narsa sotib olish uchun kerak bo‘lsa, u holda darhol xonangga kirib joyingga yot! Nima uchun bunday o‘zboshimchalik qilganing haqida o‘yla. Men kuni bilan uzoq, og‘ir soatlar mehnat qildim va bunday o‘yinqaroqlikka vaqtim yo‘q.â€
Bolakay indamay xonasiga kirib ketdi va ketidan eshikni yopib qo‘ydi. Ota o‘tirib, o‘g‘lining bergan savolidan g‘azabi qaynardi. Qanday qilib u shunchaki pul olish uchun bunday savollar berishga jur'at etdi. Bir soatlardan keyin, ota tinchlandi va o‘g‘liga qattiq gapirib qo‘yganiga afsuslana boshladi. Balki u rostdan ham $10 ga arziydigan narsa olmoqchidir, undan tashqari u mendan ko‘p pul so‘ramaydi, deb o‘ylardi u. Ota o‘g‘lining xonasi oldiga kelib eshikni ochdi. “O‘g‘lim uxlayapsanmi?†sekin so‘radi u.
“Yo‘q dada, uyg‘oqman,†javob berdi bola.
“Men o‘yladim, balki avval senga qattiq gapirib qo‘ygandirman,†boshladi ota. “Bugun kun uzun bo‘ldi va men charchaganim uchun senga ozgina jahl qilib qo‘ydim. Mana sen so‘ragan $10.â€
Bola o‘rnidan turdi va quvonganidan “Rahmat dadajon!†deb qichqirdi. Keyin u yostig‘ini tagiga qo‘lini tiqib, boshqa g‘ijimlangan pullarini chiqardi. Ota, o‘g‘lining bergan pulidan tashqari pullari borligini ko‘rib, yana jahli chiqa boshladi. Bolakay shoshilmay pulini sanab, otasiga qaradi.
“Puling bor bo‘lsa, mendan nega pul so‘rading?†g‘azablandi ota.
“Chunki bor pulim yetarli emas edi, lekin endi yetarli,†javob berdi bola. “Dadajon, meni endi $20im bor... Bir soat vaqtingizni sotib olsam bo‘ladimi?â€...
IslomUz forumidan olindi.