Islomda farzand tarbiyasi  ( 103283 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:50:18

Ona ham duo qilishga haqliroq. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œOnaning duosi tez ijobat bo‘ladi", dedilar. Ashobi kirom so‘radilar: "œNima uchun shunday, yo Rasulalloh?" Rasuli akram: "œChunki ona otaga nisbatan mehribonroqdir. Rahmli va mehribonning duosi bekor ketmaydi", deb javob berdilar.

Ota-ona farzandlarini aslo duoibad qilmasin, qarg‘amasin. Chunki ularning xayrli duolari kabi, qarg‘ishlari ham tez ijobat bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, Alloh asrasinki, farzand badxulq, badkirdor bo‘ladi. O‘z navbatida, farzandlar ham ota-onalarining ranjishlariga, noroziliklariga, qarg‘ishlariga sabab bo‘ladigan amal va harakatlardan astoydil tiyilishlari lozim.

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Abdulloh ibni Muborak huzurlariga kelib, o‘g‘lining beodob va badkirdorligidan shikoyat qildi. Abdulloh ibni Muborak so‘radilar: "œUni duoibad qilganmiding?" U kishi tasdiqlab, bosh silkidi. Shunda hazrat: "œSen o‘zing uni buzib qo‘yibsan", deb u kishini malomat qildilar. Otaning nasihat, ta’limu tarbiyasi farzandga ta’sir qilmoq uchun, avvalo, o‘zi ham solih bo‘lmog‘i lozim.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:50:51

Kishi birovning farzandiga ziyon yetkazmasligi, yomonlik qilmasligi kerak, chunki uning zarari zamonlar o‘tib, o‘z farzandlariga qaytishi mumkin. Masalan, hazrati Yusuf alayhissalomga akalari yomonlikni ravo ko‘rdi, quduqqa tashlab ketdi. Oqibatda necha zamonlar o‘tib, o‘zlarining farzandlari Fir’avn qo‘liga asir tushdi.

Ota farzand boshida sihat-salomat hayot kechirib turgani uchun Allohga shukrona qilib, yetim va mazlumlarning ko‘z yoshi to‘kilishidan saqlasin va ularga rahmu shafqat qilib, boshlarini silasin, bu ish bag‘ritoshlikni uzoqlashtiradi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa va xayru ehson qilsinki, mukofoti jannatdir, inshaalloh.

Nikoh va oila risolasidan.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Noyabr 2007, 11:38:24

Assalomu alaykum!

Islomda qizlar tarbiyasiga oid yaxshi ma'ruzani shu yerdan yuklab olishiz mumkin:

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=0&func=fileinfo&id=3

Yorqinjon qori ma'ruzalari. Qizlar tarbiyasigaoydasiga oid yaxshi ma'ruza.


Qayd etilgan


Foniy  27 Noyabr 2007, 18:55:29

Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning 
"œTuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud" nomli kitobidan olindi

Farzand ulg’aya boshlaganda.

al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va hay’atlarga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni laxv (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda  undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir.
Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan  juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi.
 Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini  jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir.  Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani  eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi.  Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: - "œIlmga jismning  rohati bilan erishilmaydi".
Bolani kechaning oxirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi.
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.
"œSunan"kitoblari, "œMusnadi Ahmad" va  Ibn Hibbon "œSahih" larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:
Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -"œFarzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar". (Sahih hadis)
Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: "œMening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling", dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : "œFalonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti"¦", dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œ uning aka-ukalari bormi?", deb so’radilar. "œha" dedilar. "œUlarning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?", deb so’radilar.  "œyoq", deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œBunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman", dedilar.
Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir", dedilar.
Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: "œ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam "œ Sen ular o’rtasida adolat qilmading", dedilar.
Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yaxshi korishar edi.

Manba

Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2007, 16:44:08

http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=69&Itemid=57

Farzand tarbiyasiga oid ajoyib ma'lumotlar, maqolalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:27:53

 Din zaruratlarini bilib bola tarbiyalash usulini bilmoq, oz bo’lsa-da, o’qishga va yozishga o’rganmoq xotinlar uchun lozim ishlarni hamda yaxshi va buzuq xulqlardan xabardor bo’lmoq xotinlarning vazifalariga kiradi. Xotinlarning alloma yoki da’vo vakili bo’lmoqlari, muhandislik qilishlari yoki popukli uqalar, ipagu haqiqlarga bezanib, to’yu ziyofatlarda yurishlari — dinimiz talabiga ko’ra matlub bo’lgan narsalar emas, balki o’zlariga omonat etilgan bolalari hamda o’zlariga mos xizmatlarini qusursiz ado etishlari lozim.
  Bola tarbiyasi hifz — i sihhatu ilm — i axloq, ilm — i ruhu shariat qoidalaridan ko’p narsalar bilishga va ko’p tajribalar hosil qilishga zarurat bo’lganidan qisqacha bo’lsa ham, bu narsalar haqida bir qadar ma’lumot berish va shu ma’lumotni kundan — kunga orttirib borishga tirishmoqlik xotinlar zimmasidagi vazifalardandir. Bolani vaqtida uxlatish, zaruratga qarab yuvintirish, kiyimlari va tanasini pok tutish, go’zal xulqlarga odatlantirish, atak — chechak qilishdan boshlab, to tili chiqqunga qadar alohida e’tibor berish lozim.
  Bola tarbiyasi yomon niyat va qo’pollik bilan emas, balki sabr — toqat, mehribonlik, shafqatu sezgirlik bilan bo’lishi kerak. Bundan esa bolani tizginsiz hayvon kabi o’z holiga qo’yish lozim degan gap chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go’dakni nazoratsiz tutish katta xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o’rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakdir.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:28:49

  Onasining buyruqlariga jazo yoki tanbehdan qo’rqib emas, balki hurmatli homiysiga ishonmog’iyu komil sevgani sababdan itoat etgan bola adolat bilan tarbiyalangan bo’ladi. Adolat o’lchovi budir: ota — onaga itoatni, dinga hurmatni, tug’ishgan  qarindosh — urug’lar, yaqin — yiroq hamda elu yurt, xalqini sevishni, har bir kattayu — kichik bilan yaxshi muomalali bo’lishini bolalarning qonlariga sut bilan singdirmoq lozim.
  Bu kabi ishlar ota hamda yaqin qarindoshlar zimmasida bo’lsa —da, ammo ulug’ ma’suliyat xotinlar ustiga tushadi.
  Buyuk bir zot: "œhar bir xotinning aqlini o’lchamoqchi bo’lsangiz, uning qo’l ostidagi bolalariga boqing!" degan ekan. Ko’chada yurgan yoki ba’zan uylarga borgan vaqtimizda farishtalarga duch kelganimiz kabi tarbiyasizlarini ham ko’ryapmiz. Bunday tarbiyasiz bolalar ko’ngillarimizni naqadar hasratga to’ldiradilar. Bularning bunday badbaxt bo’lishlariga onalarning ham yomon tarbiyalarining asari borligi xotiramizga kelganda hasratimiz yanada oshadi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:29:24

Har bir so’ragan narsasini, xususan, yig’lab so’ragan vaqtida berish va hech bir so’ziga quloq solmaslik, haddan tashqari taltaytirib o’stirish, sevish, har bir qilig’ini maqtab turish, ziynatli narsalar kiyishga, har vaqt lazzatli taomlar yeyishga odatlantirish bola xulqini buzish uchun eng ta’sirli sabablardir.
  Bolaga yalqovlikning yomon illat ekanini tushuntirmoq, intilish va g’ayratning kamolot ekanini bildirmoq, o’zidan ulug’ bo’lganlarni hurmat etmoqni va kichiklarga marhamatli bo’lmoqni o’rgatmoq, ko’nglidan hasadu duhsmanlik, takabburlik, g’iybat va yolg’on so’zlamoq kabi buzuqlik zirapchalarini chiqarib, ular o’rniga Alloh muhabbatiyu, sabot, iqtisodu adolat urug’lari sochmoq bolaning go’zal xulq — atvorli bo’lmog’iga sababdir.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:30:48

Xotinlarning vazifalari bu ravishda ma’lum narsalar bo’lgani, ko’plarida bolalarining xushxulq va tarbiyali bo’lishlarini orzu etganlari holda, tarbiya usulidan xabarsiz bo’lganlaridan nuridiydalari bo’lgan bolalariga yomon ta’lim berurlar. Chunki ta’lim bolalarga: "œunday bo’ling, bunday bo’ling" deb buyurish va yomonlikdan tiyish bilan chegaralab qo’yishgina emas, balki ulug’larning barcha harakatlari orqali yoshlarga dars berishdan iboratdir. Fe’l — atvor bilan ta’sir ko’rsatish til bilan bo’lajak darslarga nisbatan ta’sirliroq bo’ladi.
  Garchi xotin bolasiga tili bilan go’zal narsalar o’rgatsa — da, fe’li yomon bo’lsa, u yomon xulq o’rgatuvchi sanalur. Zero, yosh bolalar ota — onalaridan ko’rgan narsalariga taqlid etadilar. Ota — onaning xulqlari bolalar uchun misoli tabiat hukmidadir. Bolalar ko’z o’ngida buzuq va nojo’ya ishlarni qilish ularga ham o’shanday ishlarni o’rgatmoqning o’zidir. Mastlik aravasiga chiqib olib bolasiga ot jilovini tutqazib, bozordan qaytib keluvchi ota qanchalik jonsiz yog’och kabi harakatsiz qaytar bo’lsa —da, bolasiga: "œEy, bolam! Men kabi, ichimlik ichmakni odat qil! Bu dunyoga kelib yor — birodarlarim orasida sharafli bir kasbga ega bo’la olmaganim kabi, sen ham badbaxt o’laroq umr kechir!", deya axloqsizlikni o’rgatadi. Bunday ikki oyoqli hayvonning bolasi ulg’ayganida to’rt oyoqli hayvon bo’lishi tabiiy. Yomon xulqlar otadan o’g’liga ushbu sabablar bilan meros qolur. Bir — birining hurmatini bajo keltirmagan ota — onalarning bolalari ham hech kimni hurmat etmaydilar. Zero ular bu yomon amalni o’z ota — onalaridan o’rganadilar. Agarda bir ota bolalari ko’z o’ngida onalariga qo’l ko’tarsa yoki onalar otalarga qarab baqirsa, bolalari qoshida bularning hurmatlarining qadri qolmas.
  Ma’rifatli onalar, dindoru insofli xotinlar tarafidan tarbiyalangan odam bolalari go’zal xulqli, shodu g’ayratli, to’g’ri fikrliyu sog’ tanli, oliy tabiatliyu har turli xayrli ishlarga tayyor bo’ladilar. Manglaylarida ham: "œbizlar kelajakning otalari, millat otalari, millatning homiy va xodimlarimiz. Janobi Alloh bizga doim yordamchi bo’lur", deya yozilgandir"¦

                                                                                                   "œOila saboqlari"
                                                                                                  Rizouddin ibn Faxruddin

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  01 Yanvar 2008, 00:13:16

                  Bolajonlar tarbiyasida foyda beradigan inratli va hikmatli so'zlar.


"œBolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir".  (Imomi G'azzoliy)
                                                                                                         

"Bolaning yoshi o'ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o'tirish mumkin emasligini anglat."  (Saddi Sheroziy )

                                                                                                               
 
"Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".   (Imom G'azolliy.)



"Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir".   (Saadi Sheroziy)

                                                                                                               

    "Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".    (Benjamin Franklin. )                                                           
                                                                                                               


Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o'git bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa qo'lingizni ishlating.
Farzandini birovning yonida kamsitgan va jazolagan ota, uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o'stiribdi.
Farzand guyo oq qog'ozga o'hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to'ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.
Farzand ta'minoti otadan, tarbiyasi esa onadan kutiladi.




www.bolajon.com dan olindi.

Qayd etilgan