ABDURAHMON JOMIY
SEVIMLI AZIZ FARZANDGA NASIHAT.
Yetdi yoshim yetmishga, senda endi yetti yosh,
Mening baxtim qoraydi — sening iqboling quyosh.
Achinaman shunchaki, umrim o’tib ketibdir,
Parishonman qanchalar oyu yillar yetibdir.
Arzigulik biror ish qilolmadim, vaqt o’tdi,
Tikandan ortiq bir gul uzolmadim, vaqt o’tdi.
Ketdi darig’o qo’ldan, u fursat qaytib kelmsa,
Ixtiyoring tizgini qo’lga qayta ilinmas.
Senda kuch bor, bilak bor, dam g’animat g’ayrat qil,
Boshda yoshlik soyabon, uning qadriga yetgil.
Bir ish qilg’ilki undan elga yetsin manfaat,
Oxirida u ishing senga keltirsin rohat.
Hammadan avval, farzand, bilimdan bahramand bo’l,
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgil yo’l.
Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir,
Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir.
Mardonalikni kimki, da’vo qilar ekan ham,
Nega o’zini aylar u murdalarga hamdam?
Ilm yo’liga qadam qo’y, chunki shu yo’l farovon,
Ammo umringning yo’li g’oyatda qisqa — bir on.
Hech bir kishiga bo’lmas qayta yashash muyassar,
Egalla sen bilimni, mangu turar muqarrar.
Bilim egalladingmi, unga doim amal qil,
Ilming amalsiz bo’lsa, sen oni bir zahar bil.
Faraz qildik bilarsan, ul ilmi kimyoni,
Zar qilmasang misingni, qolmas ishing nishoni.
Xom ish kishiga hargiz bir manfaat berolmas,
Har kimki yaxshilik — la aylar seni navozish,
Sen oni haqqiga hech ko’rma ravo yomon ish.
Tulki kabi agarda, quyruq ko’rib quvonsang,
Kuchuksimonlar sening holingni etgusi tang.
Har joyda tuzki totding, shul tuzning qadriga yet,
Tuzdonga qasd aylab, etma o’zingni surbet.
Do’stlarga mehribonu, ochiq ko’ngil, saxiy bo’l,
Yurma baxillik sari, budir zararli bir yo’l.
Do’stlarga ayla doim ehsonu lutfu baxshish,
Qarzing o’girligi-la, berma ularga tashvish.
Chin do’stga, ey azizim, joningni sen fido qil,
Lekin do’stu dushmanni bir — biridan judo qil.
Do’st u kishi erurki, yoring, g’amxo’ring bo’lsin,
Qalbi hamisha do’stlik yog’dulari — la to’lsin.
Tushganda boshga mushkul bo’lsin senga madadakor,
Nasihat-la qaytarsin yomon yo’ldan u zinhor.
Yomon yo’ldan qaytargan do’sting seni qo’llagay,
Xamirdan qil sug’urib, yaxshi yo’lga yo’llagay.
Yaxshi ishda u bo’lur, haqiqatda senga yor,
Rahbar bo’lib bu ishga u keltirar iftixor"¦
Kitobga yuz o’girgin, ey jigarim, farzandim,
Kitobga ulfat bo’lgin, quloqqa ol bu pandim.
Tanholikda munising, bilsang agar kitobdir,
Donolikning tongiga, shu’la sochar kitobdir.
Bepul, beminnat senga ustoz bo’lib o’qitar,
Bilim bag’ishlab senga, chigillaringni yechar.
Kitobdir yaxshi hamdam, teri yopingan olim,
Ish siridan goh so’zlab, ammo gohi turar jim.
Uning ichi g’unchadek, varaqladan liq to’la,
Har varag’i go’yoki, durdonadir bir yo’la.
Qasru ayvonlari bor g’oyat zabo, munaqqash,
Unda maskan qurgandir necha yuzlab parivash.
Parivashlar hammasi — xushbo’y, chiroyli, ruxsor,
Bir — biriga yarashgan, bir — biriga talabgor.
Har bir varaq yopishgan, bir — biriga hamnafas,
Varaqlasang agarda, har biridan chiqar sas.
Og’iz ochib har biri ma’rifatdan so’zlashar,
Har so’zidan yuz tuman gavhari ma’ni toshar.
Ular gohda kuylashur mehru vafo madhini,
Ular gohda sharh etar sidqu safo madhini.
Ular gohda aytadi, ko’hna zamon qissasin,
Ular gohda bildirar kelgusining hissasin.
Ular gohda tarixdan, ochiq — oydin ochar so’z,
Ular gohda kelgusi kunlardan ko’rsatar yuz.
Ular gohda ah’ordan qalbingni daryo qilur,
Maorif gavhari-la dilni musaffo qilur"¦
Aytmoq uchun siringni labingni ochsang agar,
Yaxshi, yomonligini o’ylab, so’ngra qil xabar!
Shuni yaxshi bilginki, gar uchsa qush qafasdan,
Qaytib uni ushlamoq bir ishki mushkul haddan"¦
Bo’lsa agar zamiring aslida xira — nosof,
Sen ma’rifat haqida, yaxshisi urmagil lof.
Takabburlik ziyondir, undan andisha qilg’il,
Ko’rdingmi bu boshoqni bosh ko’tardi na bo’ldi,
O’roqning zarbi birlan yerga yiqildi, so’ldi.
Ko’rdingmi, don o’zini tuproqqa tashlar kamtar,
Uni avaylab yerdan ko’targusidir qushlar.
Kimki kamtarlik aylar, u deb ulug’likka xos:
Egilgan boshni har kim, ulug’laydi beqiyos.
Va’da berdingmi, albat, sen va’daga vafo qil,
Bevafolik yomondir, o’zni undan suvo qil!
Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma,
O’zingga sen hunardan o’zgani ota bilma.
Tutun garchi otashning farzandi bo’lsa ham bas,
Ne foydaki tutunga, otash zuyosi yuqmas?
Dono nasihatini tutkil quloqqa mahkam,
Idrok etib pandini, dardingga ayla malham.
Nainki, nodonlardek, bir quloqqa eshitsang,
Nasihatini ammo darhol esdan chiqarsang.
Mashhur bir masal bor mazmuni pandu hikmat:
"œUyda kishi bo’lganda faqat bir so’z kifoyat"