To’n
Kibr ila manmanlik Allohimning to’nidir!
Bandasan hech unutma, to’n egasi O’zidir!
Baland imorat qurib, mol-u dunyo to’plama,
Tangriga bo’y moslamoq gunohlarning zo’ridir!
Hasad emas havas qil, rizqi bo’lak karvondir,
Bandasidan so’rama, rizq berguvchi Allohdir!
Zeb-u ziynating bilan Foniysida kerilma,
Boqiysida gunohing kechirguvchi Rahmon yo’q!
Obro’ mansabing bir kun bari qo’ldan ketgaydir,
Shoyi duxoba emas, so’nggi libos kafandir!
Yer dipsinib sakrama, ustunman deb Dunyoga,
Sen tepganing qaro yer, so’nggi manzil Qabrdir!
Yu.Usmonova qo'shig'idan