Risoladagi turmush o'rtoq qanday bo'lishi lozim?  ( 60749 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  21 Iyul 2007, 06:47:10

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Rafiqangizga ham ushbu forumga, forumning Muslima bo'limiga kirishlarini tavsiya qilsangiz yaxshi bo'lardi.
Chunki Muslima bo'limi orqali hijobga mehr qo'ygan qizlarimiz soni oshib bormoqda.
Allohim, hamma qizlarimizni "Nur" surasining 30-oyatini diliga joylagan va shunga mehr-muhabbatlilardan qilsin!

Qayd etilgan


Sean  23 Iyul 2007, 10:35:14

Assalomu alaykum Laylo
maslahatiz uchun raxmat. Albatta etaman.  :)

Qayd etilgan


Muslimа  23 Iyul 2007, 10:44:39

Assalomu alaykum Sean!
To'g'risi, siz uylanayotgan qizga havasim keldi. Sizdek yigitlarni hali ham borligi odamni quvontiradi! Yuqorida sizga yaxshi maslahatlar berildi, shunga qo'shimcha aytmoqchidim, Xolislik sari dasturini tinglarkansiz, shu dasturda shytonni ro'zada zanjirband qilinishidan oldin odamzodga qilgan vasiyati haqidagisini ham eshittiring. U yerda, agar eshitgan bo'lsangiz, qizlarga ham murojat qilinadi, juda ham ta'sirli chiqqan! Albatta Quroni karim suralaridan so'ng bu uslni ham qo'llab ko'ring! Inshaolloh Allohim ularni ham qalblariga hidoyat ato qiladi! Duolarizda ham so'rashni unutmang! Alloh hayrli ishlaringizda bardavom qilsin! Hammamizga ham ikki dunyo saodatiga erishishlik bahti nasib qilsin!
Sirotal mustaqiymda bardavom bo'laylik!

Qayd etilgan


Sean  27 Avgust 2007, 10:18:01

Maslahatiz uchun raxmat Rohatoy!

Qayd etilgan


Iroda  28 Avgust 2007, 12:27:36

-Juft Halol Alloh Taola tarafdan qilingan taqdirdir biz uchun...Uning yomonligi bo'lsa sabr qilish, yaxshiligiga esa shukur qilish biz uchun farzdir. Ayniqsa ayol kishi uchun Turmush, Oila doim ustun bolishi...o'zining turmush ortog'iga doimo g'amhor bolishi...kerak. Bu uning baht yoliga qoyadigan qadamidir. U shu qadamni ozi bosa oladi va qay tarafga burishi ham uning qoliladir. Ahir halqda bejiz etishmaganku "Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham..."

Qayd etilgan


Muhammadali  10 Sentyabr 2007, 13:16:40

Risoladagidek Turmush o'rtogim- 1)Imonli,  bo'lishini istar edim.
                                                    2) Oqila,
                                                    3)Olima   

Qayd etilgan


lolo  15 Sentyabr 2007, 06:28:00

Allohdan qattiq qo'rqadigan hamda odobli va hulqi go'zal turmush o'rtoq tanlagan yaxshiligi haqida islomda ko'p maslahat aytilgan.

Qayd etilgan


ikbaljohn  15 Sentyabr 2007, 11:51:19

Qizlar aktivlashib qoldi bu threadda.Tinchlimi..

Qayd etilgan


Muslimа  05 Noyabr 2007, 16:13:37


Hikoya

Dindor qiz insonni mas’ud etadi

Imom Hanbal Hazratlari o’gillariga:
-   Falon odamning ikki qizi bor, biri juda go’zal, boshqasi o’rtacha. Sizga qaysi birini so’rayin. Bu ikki qizdan qaysi birini munosib ko’rasiz? — dedilar.
Buyuk imom Hazrati Ahmad bin Hanbal:
-   Dinni qaysi biri yaxshiroq biladi? — deb so’radi.
-   O’rtacha go’zallikdagisi dinni juda yaxshi biladi, diniy hayot kechiradi, din amallarini ado etadi, - deb javob berdilar Hazrat Hanbal.
Hazrat Imom Ahmad bin Hanbal:
-   Unday bo’lsa, dinni yaxshi bilganini menga nikoh eting, dindor bo’lganini istayman. Chunki u insonni mas’ud etadi. Dindor bo’lmagani havoyi va nafsoniy istaklarining asiridir. Johillar qancha go’zal bo’lsalar ham xonadonga xayr keltirmaydi, - deb dindor qizni munosib ko’ribdi.

Izoh va o’git.

Hazrat Imom bu qissada dindor, imonli ayolning eri va oila a’zolarining muhabbatini qozonishi, o’zining vazifalarini jon-dili bilan ado etishini anglatmoqda. Dinini bilgan erini ko’nglini oladi. Dinini bilgan kattalarga hurmatda, kichkinalarga marhamatli bo’ladi. Imonsiz johil xonimlar boshiga balo bo’lib, butun oila a’zolari huddi jahannamga tushganday bo’ladilar.

Qayd etilgan


Muslimа  05 Noyabr 2007, 16:14:56

Boylikmi, oqila xonimmi?

Bir vaqtlar Bag’dodda yuz bergan kuchli yong’inda boyning hamma boyligi kuyib kul bo’ldi.
Butun mol-dunyosining birpasda yo’q bo’lganiga chidamagan odam Bag’dod ko’chalarida faryodu fig’on chekib yig’ladi. U odam ham yig’lardi, ham uyiga qarardi. Bu falokatni ko’rib, uning qarshisidan bir oqil odam chiqib debdi:
-   Ey do’stim, bu kap-katta odamga yig’lash nimasi?
Uyi yongan odam:
-   Men yig’lamay kim yig’lasin?.. Bir zumda hamma molu mulkim kul bo’ldi ketti! Bir lahzada faqir va qashshoq bo’ldim, - deid.
Ko’pni ko’rgan-kechirgan oqil odam:
-   Yaxshi, uydagi umr yo’ldoshing qanday? Aqllimi, erining dardi, erining kayfiyatini, erining qadrini biladimi? — deb so’radi.
Uyi yongan kishi bir zu, o’ylanib qoldi:
-   Ha, bu jihatdan baxtiyorman. Allohga shukur, farosatli, soliha xonimim bor, - dedi.
Ko’rgan-kechirgan oqil kishining xotini afsuski, ko’ngildagidek emas, bu jihatdan baxtsiz edi. U uyi kuygan odamga bunday debdi:
- U holda nega yig’laysan, ey nodon?! Bu dunyoda mato uchun ham ko’z yoshi to’kadimi? Men shunday bir xotinga uylanganmanki, aqli kalta, er qadr-qiymatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmaysan. Sen aqli kalta, tili uzun, jag’I tinmas bir xotinga uylangin, o’shanda bilasan xalokat nimaligini! Do’konlaring yonibdi, nima bo’pti? Sen sog’ bo’lsang, hammasini topasan. Yoningda ko’nglindagidek xotinning senga madadkor bo’lib, ma’naviy quvvat berib turganidan keyin tezda o’zingni o’nglab olasan.

Izoh va o’git.
Yuqorida keltirilgan bu hikoyadagi izohda ushbu Hadisi Sharif bor edi: "œDunyo foydalaniladigan yerdir. Dunyoning eng foydalaniladigan zaruratlaridan biri esa soliha va ko’ngilga muvofiq keladigan ayoldir". Ko’ngilga xush kelgan ayolga uylanilgan bo’lsa, dunyoning barcha ishlari to’g’ri yo’lga kirdi demakdir. Ota — bobolarimiz: "œIkki ko’ngil bir bo’lguncha samonday sarson bo’lur", deganlar.
Demak, turmushdagi barakot umr yo’ldoshining qandayligiga bog’liq.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar hazinasi" kitobidan olindi.

Qayd etilgan