Ayollar uchun bekorga doimo "farosatli" bo'lsin, deyishmaydi.
Ayol kishi uydagi tinchlik, hotirjamlikni ta'minlashda bosh rol o'ynagan inson meni shaxsiy fikrimga ko'ra.
Eri ishdan keldimi, uni eshikda yuzida tabassum bilan kutib olishga oshiqishi shart.
Chunki er ishdan horib charchab, oilasi uchun pul topish uchun har xil inson bilan munosabatda bo'lib nihoyat uyiga qaytdi.
Bu fikrim albatta vijdonsiz, iymonsiz erkaklar uchun emas.
Erkak uyiga qadam tashlashi bilan ayoli qovog'i soliq, undan bundan shikoyat bilan erini kutib oldimi, tamom, erkakda na kayfiyat qoladi, na ishtaha.
Ayolni qandaydir talabi bo'lsa ham erini xush kayfiyatda kutib olgandan keyin, qornini yaxshilab to'ydirgandan keyingina shirin suhan bilan aytishi ayni muddao bo'ladi.
Endi erkak tarafidan olib qarasak: ayoli uni yaxshi kutib oldi, lekin nimadandir hafa ekanligi ko'zlaridan sezilib turibdi. Shunda er vaqtini ayamay, undan shirin til bilan sog'lig'ini, kayfiyatini yaxshilab so'rashi shart. Shunda ayol ham ho'jayinim mening kayfiyatim yomonligini sezibdilar, demak u kishi uchun kerakman, deb xuddi hech narsa bo'lmaganday yelib yugurib oilasiga xizmatini davom ettiraveradi.
Keyin ayol kishi oila sirini tashqariga toshimasligi kerak. Yana farosatini ishlatgan holda qayerda, qanday suhbatlashish kerakligini yaxshi bilishi kerak.
Aslida gap ko'p ekan:)