Risoladagi turmush o'rtoq qanday bo'lishi lozim?  ( 60674 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 9 B


Bonu  25 Aprel 2007, 18:47:44

Assalomu alaeykum,mani orzuyimdigi turmush ortogim
Iymonli namoz uqiydigan
Ichmiydigan chekmiydigan
Ota-onasini yaqinlarini va albatta mani yaqinlarimni ham hurmat qiladigan
Mani sevib manga hech qachon hiyonat qimiydigan....

Xudo hohlasa uzingiz orzu qilganday yigitni topasiz. Sizga baht tilayman

Qayd etilgan


Ashiq Garib  27 Aprel 2007, 18:17:46

Man masalan sevgan insonimdan faqat mehr bilan etibor kutaman boshqa narsa sovga har hil mayda chuydala keremas faqat shirin gap bn etiborlarini uzi etadi asosiysi shu man uchun.

Sizga shirin gap etsade har kuni, keyin na oilani boqsa, na bir ish qilsa. Bu yaxshimi? Yoki ko'ngil uchun bir og'iz shirin gap etip keyin bilgan ishini qilib yuraversa... ??


mening fikrimcha ayol erinig ruxsati bilan uydan tashqariga chiqishi mumkin ,ayolnig ishi faqat eriga,farzandlariga  -uyga  , albatta o'ziga ham qarashi kerak.
Erkak kishi ishlaydi farzandlari jigar bandi,Hotini -mahrami,bir umur yostiqdoshi,dardkashi ularnig qo'ni qoshnidan  kam bolishini istamaydi albatta .Ular ko'ngli hush bo'lmaguncha Otaning ko'ngli hush bo'lolmaydi.Hotini farzandlarining Olloh ta'oloning Haq yo'li Islomda Oloh ta'oloning buyurganin qilib ,qaytarganidan qaytib .Payg'ambarimiz s.a.v. sunnatlarga amal qilib yashashini istaydi
ikki dunyo obod  bolishini istaydi.
Boylik bilan baxt yasab bomaydi,boriga shukir -yo'g'iga qanoat ,bir birovdan hech qanday sir saqlamay ,dildagi tilda bolsagina Dunyoda eng eng Baxtli oila bololadi...

Assalamu alaykum! Sizdan iltimos, bundan keyin postni o'zingiz bir bora o'qib chiqib so'ng forumga joylasangiz.

Qayd etilgan


Suraj  29 Aprel 2007, 18:22:15

postga gap bolishi mumkin emas_xayotda uchraydigan haq gaplar yozilgan_bundan ortig'i yo'q bu erda..Oshiq_bale mavlono..sizga o'zim baxt tilayman..orzularga etib  yurig..

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 May 2007, 18:42:59

Avvalambor haqiqatdan iymonli, etiqodli

-Turmish o'rtog'ini tushinadigan

-Hehc qachon uning qalbiga ozor bermaydigan.

-Har tomonlama mukammal

-ota-onasini hurmat qiladigan

-turmush o'rtog'iga chin dildan ishonadigan va uni har doim sevib ardoqlab yashaydigan inson bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


Amina  26 May 2007, 10:51:26

Assalomu alaykum!
avvalo, bu hali boshimga tushgan emsau, lekin ozimga yarasha fikrlarim bor. birinchidan, turmush qurvotgan inson bir-birlarini har jihatdan yaxshi organchach yurmush qurish kere, mabodo bilmasdan turmush qurganla ham bolsa, keyinchali bir-birlrini tushunsa ham boladi, buni uchun ayol kishi doim erkak kishidan 1 pog`ona pastda turish kere, erkak kishi esa ayolini tushuna bilish kere, har qanday holatda bir-birlarini tori chunib, qollab quvvatlash kerak. har ikkalasi ham bir-birlarini qarindoshlarini hurmatini joyiga qoyish kere, ona ham qaynonani ham birdek aiziz tutish kere. farzand tarbiyalashda ham har ikkalallari baravariga haqlidirlar!

Qayd etilgan


ikbaljohn  26 May 2007, 13:35:46

1-o'rinda mehribon rafiqa.Ishdan kelsihizga yaxshi keldizmi begim deb,qo'lizga issiq suv quyib,darrov dasturxon yozsa.Kayfiyatizga qarab,yaxshi, ko'ngilni ko'taradigan gaplardan gapirsa.Isga ketishizda yaxshi gaplar bilan jo'natsa.Yaxshi kunlarizda Allohga shukr qilib,yomon kunlarizda sabr qilib,yaxshiligizi oshirib,yomonligizi yaxshirib yursa.Bunday turmush o'rtog'im bo'lsa,boshimda ko'tarib,xurmatini joyiga qo'yib yurardim.

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  30 May 2007, 00:04:36

Assalomu alaykum Rohatoy!!! Siz o'rtaga tashlagan mavzu hozirgi kunda juda ham dolzarb hisoblanadi. Avvalo "RISOLADAGIDEK" degan jumla ostida nima yashirinib turganiga qaraylik. Bir narsa ma'lumki, hech bir buyum yoki hech bir kimsa risoladagidek bo'la olmaydi, ya'ni ideal narsaning o'zi yo'q! Biz orzularimizda, hayollarimizda va tasavvurlarimizda doimo ideallikka intilamiz. Aslidachi??? Ko'pgina holatlarda mutlaqo teskarisi bo'lib chiqadi. Inson doimo bir qadam oldinda yurishi kerak. Lekin ortiga ham nazar tashlashni unutmaslik lozim. Ya'ni men o'zim uchun ideal turmush o'rtog'ini kidirsam-u, turmush o'rtog'im men o'ylagan o'sha ideal bo'la olmasa, na chora, bariga ko'nikishga to'g'ri keladi. Yoki, yo'q bu qiz mening idealim emas deb ajralib ketishim kerakmi??? Inson uchun hayotdagi eng og'ir musibat bu "ADASHISH". Hech kim Ilohim hayotda adashmasin!!! Taqdiri azalda nima bitilgan bo'lsa o'shani ko'ramiz!!! Endi siz so'ragan uch hislatni ham yoritsam bo'ladi. Birinchidan, men uchun ideal turmush o'rtog'i avvalo meni va oilamdagilarni ko'ngliga yo'l topa oladigan bo'lishi lozim. Chunki insonning bahti unung atrofdagilar bilan qilgan muomilasiga bog'liq bo'ladi. Ikkinchidan, men uchun ideal turmush o'rtog'i din-u diyonatli va e'tiqodda sodiq bo'lmog'i lozim. Chunki Allohdan qo'rqqan har qanday banda qadamini o'ylab bosishga harakat qiladi. Uchinchidan, men uchun ideal turmush o'rtog'i hayo libosiga kiyinib, ibo suvida yuzini yuvgan bo'lmog'i lozim. Agar men yuqorida sanab o'tilgan hislatlarga ega turmush o'rtog'ini topsam, bu Allohu Taoloning menga bergan buyik ne'mati bo'lardi. Ammo hozirgi davrda bundaylarni topish qiyin!!! Sababini esa o'zingiz bilasiz.

Qayd etilgan


Sean  20 Iyul 2007, 12:08:16

Uylanayotgan qizim: "Turmush qurganimizadan so'ng hijobga kirgazib qoymaysizmi?" - deb so'radi. Men esa "Majburlamayman-ku, lekigin ayolimni hijob kiyishini hohlardim" - deb javob berdim.
Iltimos maslahat bering ?
Qanday yol tutishim kerak?

Mavzuga taluqli bolmagan post yozganim uchun uzur.

Qayd etilgan


Abdulholiq  20 Iyul 2007, 12:33:12

Siz turmush o'rtog'ingizdan Qur'ondagi Nur Surasining 30-oyatini o'qishni so'rang,albatta ayollari hijob o'ramagan erkaklar javobgarligi haqida ulamolardan qattiq gaplar kelgan.Siz ayolingiz uchun ham mas'uliyatlidursiz.Ulardan muloyimlik bilan lekin qat'iy qilib so'rang va hijobsiz ayollarga qattiq jazolar berilishini(Alloh swt saqlasin) hadis va Qur'ondan misollar keltirib tushuntiring,va yana ularga duolaringizda hidoyat so'rang,inshaalloh duolaringiz qabul bo'lgay.Assalaamu alaykum va rahmatulloh.

P.S.:Bugun muborak Juma Parvardigor duolarni qabul qiladigan kun,inshaalloh.

Qayd etilgan


Sean  20 Iyul 2007, 14:43:36

Abdulholiq
Albatta bugun Muborak Jumadir. Man uni haqqiga Ollohdan hidoyat sorab duo qildim.
O'zim ham asta sekinlik bilan unga Hudo hohlasa tushuntiraman. Iloji boricha "Holislik Sari" turkumidan ma'ruzalar qoyib eshittiraman (O'zim ham shu ma'ruzalar orqali ko'p narsana bilganman).
Umid qilamanki u bir kunmas bir kun "Hijobga kirnmoqchiman, bunga qandoq qaraysiz" - deb sorab qolishini.  :)

Assalaamu alaykum va rahmatulloh.

Qayd etilgan