Bugungi kun...  ( 70589 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 14 B


Muslimа  14 Mart 2007, 13:28:45

                                    Xotima

   "œYigirma yoshli qiz avtomobil halokati tufayli kasalxonada vafot etdi. Vafotidan biroz avval yaqinlarining "œahvoling qanday?" degan savoliga "œAllohga hamd bo’lsin, yaxshi!", deb javob berib turgan edi. Biroq oz vaqt ichida dunyodan ko’z yumdi. Marhumani maxsus yuvish xonasiga olib kelishdi. Biz uni yuva boshladik. U go’yo shirin uyquda-yu, hozir uyg’onadigandek yuzi tabassumdan yonar, badanida jarohat, siniq yoki qon asoratlari ko’rinmasdi.
   Shu vaqt g’aroyib hodisa ro’y berdi. Biz yuvish asnosida marhumani ko’targan edik, burnidan oq modda sizib chiqdi va xona xushbo’y mushk hidi bilan to’ldi. Subhonalloh! Bu chindan ham mushk hidi edi"¦
   Takbirlar aytib, Allohni zikr qildik. Yaqinlaridan marhumaning hayotlik vaqtida qanday bo’lgani haqida so’radim.
   "œVoyaga etgandan buyon namozni kanda qilmagan, o’n uch yoshga to’lgandan buyon dushanba, payshanba kunlari nafl ro’za tutishni odat qilgan edi. O’limidan oldin Alloh yo’lida o’liklarni yuvib tayyorlash bilan shug’ullanmoqchi edi"¦ Biroq birovlarni yuvishdan oldin o’zi yuvildi"¦ Muallimlari, dugonalari uning taqvosi, go’zal hulqi va muomalasi haqida to’lqinlanib gapirishardi. Mana endi vafotidan keyin eslashadigan bo’ldi", deya so’zini yakunladi Ummu Ahmad.
   Yomon xotima topgan boshqa qiz haqida hikoya qilib so’zida davom etadi: "œO’n etti yoshli bir qizning jasadini yuvish uchun keltirishdi. Singillarimiz yuvishga kirishdilar. Yuvishni boshlaganlarida tanasi oq edi. Asta — sekin qoraya boshladi.
   Uning holi qanday kechgani bizga qorong’u. Yaqinlaridan u haqida so’rolmadik, chunki biz ko’rgan narsa ularni qo’rqitishi mumkin. Shuningdek, uning bu holini yashirishimiz ham kerak".
   Allohdan salomatlik va ofiyat so’raymiz!

      Abu Abdurahmon tayyorladi
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2007 yil, 1-chi kitob

Qayd etilgan


Muslimа  19 Mart 2007, 10:18:30

                                   Tilanchi qiz.


   Kichkinagina qizcha yo’l bo’yida o’tirib pul so’rardi. Ustidagi kiyimlari yirtiq — yamoq, yuz — qo’llari kir.
   U odamlarga yolborib, qo’l cho’zarkan, yonginasidan yosh, boy, go’zal ko’rinishli kishi o’tdi. Kishi qizchaga bir qiyo boqdi-yu, e’tiborsiz yo’lida davom etdi. Uni hashamatli uyida xotini va bolalari, kechki ovqat va xotirjam hayot kutardi.
   Ovqatdan so’ng birdan uning hayoliga o’sha tilanchi qiz keldi. Negadur, unga rahmi kela boshladi, ko’rinishini ko’z oldiga keltirdiyu, ich — ichidan achindi. Shu tuyg’ular og’ushida Allohga yuzlandi: "œNega bunday ishlar bo’lishiga izn berasan. Nega shu kichkinagina qizga yordam berish uchun hech narsa qilmaysan?" Ana shunday o’kinch so’zlarni ayta — ayta uyquga ketdi. Ko’zlari ilinar — ilinmas, tushida haybatli bir ovozdan uyg’onib ketdi: "œAynan shuning uchun ham seni yaratdim!".
      Madina Zaripova tayyorladi
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2007 yil, 1-chi kitob

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Mart 2007, 07:56:22

Bahorda bodom gulladi, ko'zlarni quvontirdi.
Kuzda esa...
Bodom mevalari hali yetilmay turib, "boshqalar terib ketishmasin" degan havotirda qoqdilar. Bechora daraxt inson bolasiga meva tugib bergani uchun tayoq yeya boshladi. Daraxt barglari ko'z yosh misol to'kildi. Lekin inson bolalari bunga e'tibor bermadilar. Hali tirik barglarni toptadilar. "daraxtning tayoq yegan shohlari, novdalari ham azoblanar, ozor chekar-ku", degan fikr hech kimning hayoliga ham kelmadi.
Bu-ku, daraxt tilsiz, bizning nazarimizda jonsiz bir narsa. Daraxtlarni savalash bilan kifoyalansak koshki edi.
Hayotda...
O'z birodarlarimizni zaharli so'z tayoqlari bilan savalaymiz. Yuraklari qon qaqshab ketsa ham savalayveramiz. Unli yig'isiga ham, unsiz faryodiga ham ahamiyat bermaymiz. Savalay-savalay rohatlanamiz.
Daraxtlarni savalashdan maqsad mevalarni terib olish. O'z birodarlarimizni savalab nimalarni terib olamiz? Gunohlar ortilayotgan qoplarni to'ldirmaymizmi?
Bodom to'la qopni orqalb bozorga shoshamiz.
Gunohlar to'la qopni ortmoqlab qayga boramiz?.....

Tohir Malik.
"Iymonlashish umidi" kitobidan.

Qayd etilgan


Muslimа  26 Mart 2007, 12:51:21

"œIymon halovati".
(parcha)


   "¦- Gapir! Nega qachon qarasam, joynamoz ustida o’tirganing — o’tirgan? Men keladigan vaqtni kutib turib namoz boshlaysanmi? Shunday qilsam, urolmaydi deb o’ylayapsanmi?! Menga xotin bo’lib, nima qilib berding? Bittagina o’g’il tug’ib berolmading-ku?!
   Boshini quyi solganicha yum — yum yig’layotgan Soliha: "œShukur qiling!...Qiz farzand emasmi?...Bittagina bo’lsa ham, Parvardigor bizga farzand ne’matini berdi-ku!...Tirnoqqa zorlar yo’qmi?..." dedi.
   Xuddi shuni kutib turgan er ayolning ustiga bostirib keldi v aura ketdi: "œSenga gapirishni kim qo’yibdi?! Menga, eringga gap qaytaryapsanmi?""¦
   Onasiga qo’shilib Shukrona ham dod solib yig’lar, oraga tushib qolganidan, otasining zarblariga goh — goh nishon bo’lardi"¦
   Bu kabi to’polonlar, deyarli har kuni, yarim tungacha — ichkilikka butkul mubtalo bo’lgan er yiqilib, g’aflat uyqusiga cho’mgunicha davom etardi"¦
         To’lqin Nurmuhammad, Gulbahor Abdulloh qizi

Qayd etilgan


Muslimа  31 Mart 2007, 07:26:57

Basirat ko’zlarim ochildi

   Hayotda nimalar bo’lmaydi deysiz? Mening hayotimda ham ibratli voqealar bo’lib o’tgan. Oqu qorani tanimasdan yurgan johillik davrimda jinoyatim uchun o’n to’rt yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hikum o’qildi. Qamoqda ham, undan oldin ham mast qiluvchi ichimliklar, narkotik moddalar joni dilim edi. Shu tariqa etti yil nina sanchish yo’li bilan kayf — safo qilardim. Bunga shunchalik o’rganib qolgan edimki, agar qabul qilmasam, boshim, suyaklarim, butun a’zoi badanim zir qaqshab og’rirdi.
   Bir kuni hovlida o’tirsam, o’zimdan ikki-uch yosh kichik yigit kelib:
   - Assalomu alaykum, birodar! — deb men bilan ko’rishdi. Men esa alik olishni o’zimga ep ko’rmay, zo’rg’a qo’limni cho’zdim. Yigit xotirjam yonimga o’tirdi-da, meni savollarga ko’mib tashladi: "œBu dunyoda nima uchun yashayapsiz, aka? Maqsad nima o’zi?"
   Bu savollar meni ozgina bo’lsa-da o’ylantirib qo’ydi. Javob toplomay:
   - Qo’y, boshimni og’ritma. Hozir hech narsa yoqmay turibdi, - dedim. U esa so’zida davom etdi:
   - Meni to’g’ri tushuning, aka. Faqat hayvonlargina bilmaydi nima uchun yashayotganini, chunki ularga aql ne’mati berilmagan. Siz bilan biz esa aqli raso insonlarmiz. Bu dunyoning, borliqning yaralishiga hech e’tibor berganmisiz? Quyoshning chiqishi, fasllarning ketma — ketligi, tun va kunning almashib kelishi, yomg’ir — qorning yog’ishi haqida o’ylab ko’rganmisiz? Shuning uchun ham biz aql egalari fikrlashga buyurilganmiz. Tabiatdagi barcha hodisalar bir kuch tomonidan boshqarilib turiladi. Masalan, bog’bon bog’iga, qo’ychivon qo’ylarga qarab turganidek, koinotning ham o’z boshqaruvchisi, Egasi bor.
   Bu kunlar menga ta’sir qilganday bo’lib, o’sha kundan dunyoga boshqacha qaray boshladim, olamdagi harakatlarni o’zgacha nazar bilan kuzata boshladim. Uning aytgani rost ekan — bunday fikirlash insonning basirat ko’zini ochar ekan. Har kuni ko’rib yuradigan yulduzlar endi ko’zimga boshqacha ko’rinadigan bo’lib qoldi: ular samoga marjonday terib qo’yilgan.
   Ikki kundan so’ng o’sha yigitni qidirib topdim. Chunki u bergan tushuncha va fikrlar meni tinch qo’ymadi. Biz yana o’n besh kundan ortiqroq birga bo’ldik. Shu davr ichida do’stim menga din haqida shunday tushunchalarni berdiki, qalb ko’zlarim yanada ochilib, Allohni yaqinroq taniy boshladim. Keyin uni ozod qilishdi. Yaqin hamsuhbatim, bir do’stimdan uzilgandey bo’lsamda, men endi yolg’iz emas edim — endi men bilan Alloh bor edi.
   U birodarimdan Alloh rozi bo’lsin. Meni "œbotqoqlik" dan tortib olib, to’g’ri yo’lni ko’rsatib qo’ydi. Boshimdan o’tgan bu voqea ko’pchilikka ibrat bo’lar degan umiddaman. Chunki Allohni bilish boshqa, tanish boshqa ekan. Mana besh yildirki, kayf — safo, aysh-ishrat hammasini yig’ishtirganman. Qo’limdan kelganicha ibodatimni ado qilmoqdaman.
   Shu dunyoning arzimas kayfu safolariga aldanib yurganlarga ham aytmoqchimanki, yashashning asl ma’nosi Allohga itoat, haqiqiy lazzat esa U Zotga bo’lgan muhabbatda ekan.
      Abdusobir, Parkent tumani
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2006/1427 (II)

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 09:03:59

HOZIRGI QIZLAR

Zamonlar o’zgardi, o’zgardi dunyo,
Ular-la, albatta, o’zgardik bizlar.
Lek goho o’tirib yoqa ushlaysan —
Ancha boshqachadir hozirgi qizlar.

Siz — vrach, injener, siz — olimasiz,
Sizning ismingizda bugun yulduzlar.
Siz — rassom, xonanda, siz — shoirasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Fabrikada ilg’or, zavodda ilg’or,
Hatto yigitlardan ham o’zdingizlar.
Ilg’orsiz, buni hech etmaymiz inkor,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Ortda qolmaylik deb madaniyatdan
Tirnoqlar bo’yalar, bo’yalar ko’zlar.
Ishdan qochishni ham kanda qilmaymiz,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Ba’zan o’zingizni osmonda bilib,
Go’yoki ko’klarda hur uchasizlar.
Oyoq uchida ham ko’rmaysiz goho,
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

O’ltirib-o’ltirib o’ylaymiz, nechun
Shirin tillaringiz og’uli so’zlar&
Javob qaytarasiz istar-istamay.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar.

Barchasi uchun ham mayli deymiz biz,
Chunki, axir, qizlar, qizlar-da, sizlar!
Mayli, biz zaminda, siz — osmondasiz.
Eh, hozirgi qizlar, hozirgi qizlar"¦

Faxriddin Ashurov
"œYoshlik" jurnali 1991


Qayd etilgan


mutaallimah  20 Aprel 2007, 17:19:54

O'zbek qizi
Bor ekanu yo'q ekan,
Yaqin o'tgan zamonda,
"Ajoyib"qiz bor ekan,
Bizning O'zbekistonda.
Hayo-iboli, Hushro'y,
Bitta ekan tumanda.
Yetolmay bu qizga
Ko'plar ekan armonda.
So'ylay kelganda kezi
Budir O'zbekning qizi.

Taqdir ekan nachora,
Chopmay baht-u iqboli,
Ajib ishlar bo'libdi
Bir biridan g'avg'oli.
Kundan kunga bu qizning
Tang bo'libdi ahvoli
Lekin shunday bo'lsa ham,
"Ochilibdi jamoli"
Bu bir o'zbekning qizi
Hayodan qizil yuzi

Eakimikan ko'ylagi
Yirtilibdi etagi,
Qo'li tegmas tikishga,
Boshqa yo'qmi ermagi?!
Yangisini olishga
Chidamaydi cho'ntagi,
Otasida ham pul yo'q
Oylikning yo'q daragi.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning xuddi o'zi.

Bir kun yirtiq ko'ylak-la
Chiqishga qilibmi or,
Singlisining ko'ylagin,
Kiyib chiqibdi nochor.
Uyalib kettim juda
Ko'z tushib beixtiyor,
Ko'ylak tizzadan baland,
Boz ustiga juda tor.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning xuddi o'zi.

Yana vaqti bo'lmabdi
Tikishga kiyimini,
Bir kiyim kiyish kerak
Topolmay yechimini,
Ko'p o'ylabdi va oxir
U buzib udumini,
Kiyib olibdi shartta
Akasining shimini.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning huddi o'zi

Bir kun bu qiz sochidan
Bir jondorni ushlabdi.
Nima qilishin bilmay,
Rosa boshin qashlabdi.
Su yetmay tyrgandi deb
Rosa ko'zin yoshlabdi,
So'ng chorasin topolmay,
Sochin kesib tashlabdi.
Bu bir o'zbekning qizi
Ishoning huddi o'zi.

Gapim balki noo'rin,
Lekin qilaman ta'kid!
Boshqa qizlar ham unga,
Qila boshladi taqlid.
Ularning bu holati
Taomilga juda zid,
Hamma bilar, lek hech kim
Qilmas ularni tanqid.
Budir o'zbek qizlari
Bejo boqar ko'zlari
Hayodanmas bo'yoqdan
Qizargandir yuzlari. :3 :2

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 May 2007, 18:09:41

Qadimda bir ayol va uning bir o'g'li bo'lgan ekan. Uning o'g'li voyaga etibdi. Va bezorilarga qo'shilib ketibdi. Kunlarning birida u qo'lga tushibdi va qamoqqa olinibdi. Shunda undan so'rashibdi. Nima gaping bo'lsa ayt biz bajaramiz faqat bir marta deyishibdi. Shunda u onasini chaqirishlarini so'rabdi. Uning onasi kelibdi. Shunda u onasini oldiga chaqirib og'zini ochishini so'rabdi. Onasi og'zini ochgan ham ekanki u onasining tilini tishlab uzib olibdi. Shunda buni ko'rib turganlar hayron bo'lib buning sababini so'rashibdi. Shunda u yigit shunday deb javob beribdi:
- Menga ona bo'la turib o'g'irlik qilma, yomon yo'lga kirma deb bir og'g'iz bo'lsa ham aytmagan. Mening bu qilgan ishim boshqa onalar uchun o'rnak bo'lsin debdi.

Ha haqiqatdan ham yoshligidan bolalariga to'g'ri maslahatlar berib yaxshi inson qilib etkazish o'z ota onalarining qo'lida.
Buni unitmang aziz ota-onalarimiz.   

Qayd etilgan


Muslimа  22 Iyun 2007, 07:31:21

Qo’shningiz tinchmi?

-   Eh, qaniydi eshik taqillasa, birov holimdan xabar olsa"¦
-   Birovga ko’z yoshi qilmasimdan, zor qaqshamasimdan avval kimdir yordam qo’lini cho’zsaydi!..
-   Mana shunday yog’in-sochin paytida, tomomdan chakki o’tgani, devorim darz ketgani, bolalarim ochlik va kasallikdan bir ahvolga kelib qolganini birov bilarmikin?
-   Erim bilan janjallarimizni, meni kaltaklashini, bolalarimni yig’lab-siqtashidan xabardor inson bormikan o’zi?!
-   Atrofimda to’rt devordan boshqa narsa bormi? Undan narida biror ovoz, hayot bormi? Yo bundan narisi ham devormi? Insonlar qani?! INSONIYLIK qani? Qo’shnichilik qani?
Darhaqiqat, qay birimiz yuqoridagi nolalarni "œoshirib yuborilgan" deydigan darajada qo’shnimizdan xabardormiz? Qaysi birimiz devor-darmiyon qo’shnimizning ehtiyojlari, dardlari, quvonchu iztiroblaridan voqifmiz?
   Sog’lig’I, to’y-hashami, qarzi-havolasi va muammolaridan nechog’lik xabardormiz?
Eski zamonlarda buning javobi oson edi. Mahallalar kichkinaligida, insonlar orasida manfaat va manmanlik deb atalgan qala’lar qurilmasidan avval, hammasi boshqacha edi.
Go’zal O’zbekistonimizning juda ko’p shahar va qishloqlarida yaxshi qo’ni-qo’shnichilik aloqalari, shukurki, hali-hanuz mavjud. Odamlar bir-biriga tug’ishgandan yaqin, qo’shnisiz uchun har narsaga xozir.
Lekin nomi "œkatta" shaharlardachi? Ko’p qavatli uylardachi? Ularda "œqo’shnichilikka" imkoniyat bormi?" deysizmi? Unda ozgina baland qo’yilgan musiqa ovozi uchun eshikni taqillatib kelishlar-chi?!
Bitta pod’ezdda turadigan bir odamning uyida har kuni turfa hil ovqatlar pishirilsa, boshqasi nonga kimdan pul so’rashni bilolmay tang.
O’ng tarafdagi qo’shnining bolasi pishloq yeyaverish joniga tekkanidan onasiga noliydi. Chap tomonda yashovchi bolalar pishloq ta’mini allaqachon unutib yuborishgan.
Qo’shni qiz dadasiga faloncha dollar turadigan palto kiygisi borligini aytib hiqillaydi. Uning dugonasi esa etigidan suv o’tib ketayotgani bois o’qishga borolmaydi"¦
Keling, yaxshisi "œEh, attang, anavi qo’shnimiz puldan qiynalgan ekan-ku, bilmay qolibmiz", deb qolmasdan avval, oxiratda Alloh va  Rasuli sallallohu alayhi va sallam oldida yomon holatga tushib qolishdan ilgari, qo’shnimiz eshigini qoqaylik, holidan xabar olaylik!..
Balki osha qo’shningiz ham honadoningizga tashrif buyurishni o’ylab turgandur, lekin nimadir yo’l qo’ymayotgandur.
Balki biron do’stingiz ko’ngil eshigini taqillatishingizni kutayotgandir.
Qani qalbingizga nazar soling, qalbingiz ila nazar soling!..

         Shabnam.
      "œIrfon taqvimi"1428(III)/2007 dan olindi.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 09:08:59

E’tiqodingizga ko’ra yashamayotgan bo’lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz.
      Umar ibn Hattob



  Birni ko’rib"¦

Bir kuni xizmat vazifam bois "œKar — soqovlar" jamiyatiga bordim. Diniy atamalarni tushuntirib berishimni so’ragan edilar. Yig’ilishga taklif etilgan jamiyat a’zolari bu so’zlarni o’z jamiyatdoshlariga qanday qilib tushuntirish haqida bahslashar, barchaga tushunarli belgi topilganiga ishonch hosil qilgachgina, o’sha belgini yozib qo’yardilar.
   Men so’zlarni izohlar ekanman, ular garchi so’zlarimni eshitmasalar-da, tikilgan ko’yi xuddi meni tushunayotgandek, jimgina o’tirishar, so’zlarimni Munavvar opa xatti-harakat orqali tushuntirib bergach, bahs yana avj olardi. Shu asnoda jamiyat raisasi:
-   Bizda gung va karlar uchun diniy kitoblar yo’q. Ko’pchilik a’zolarimiz esa dinimizni o’rganish ishtiyoqida. Shuning uchun diniy istilohdagi so’zlarning izohli lug’atini yaratmoqchimiz, - deya menga bahsning ma’nosini anglatgandek bo’ldi.
Yig’ilish ishtirokchilarining xatti-harakatlarini kuzatarkanman, ularning dini o’rganishiga bo’lgan ishtiyoq, intilishini ko’rib goh ko’nglim og’rindi, goh shodlandim. Allohga shukronalar aytib, Undan jamiyat a’zolarini bu yo’lda sobitqadam qilishini so’radim.
Nega ko’nglim og’rindi? Atrof olamga boqsang, yetti muchasi sog’, aqlan yetuk, mavjudotlar ichra sarvar etib yaratilgan insonlar bandalik burchlarini unutib qo’yganini ko’rasan. Alloh buyurgan amallarni o’rganishga, aqalli diniy so’zlarni tushuntirishga ushbu jamiyat a’zolaridek jiddu jahd qilayotganlar kam.
Aksariyat hollarda esa kishilar musulmonchilikni "œKo’ngilda bo’lsa bo’ldi", "œXudoga shukur musulmonman", degan so’zlardangina iborat, deb o’ylaydilar. O’n to’rt asr muqaddam olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot — Muhammad sallallohu alayhi vassallamning chaqiriqlarini eshitmaymiz. Farz etilgan ibodat — namoz chaqirig’I — azonning muborak so’zlari quloqlarimizga kirmaydi. Alloh belgilab qo’ygan chaegaralari buzilayotgan paytda esa tillar gung bo’lib qoladi. Vaholanki, Rasuli akram sallallohu alayhi vassallamning: "œYomon ishni ko’rsangiz qo’lingiz bilan qaytaring, bunga qodir bo’lmasangiz tilingiz bilan qaytaring, agar bunga ham qodir bo’lmasangiz dilingiz bilan qaytaring. Lekin bu iymonning eng zaif darajasidir", degan so’zlaridan bohabarmiz. Qo’limiz tugul tilimiz bilan insonlarni yomonlikdan qaytarishni o’ylab ham ko’rmaymiz. "œSen menga tegma, men senga tegmayman" qabilida ish ko’ramiz"¦
Yana hayolimdan qancha-qancha narsalar kechdi. Yig’ilish yakunlangach, u yerdan chiqarkanman, ongimda qarama-qarshi savollar g’ujg’on urardi: ASLIDA KAR KIM-U, SOG’ KIM? GUNG EMASMAN, ZABONIM BOR, DEGANLARNING TILIGA NA OYATI KARIMA, NA TAVBA TAZARRU VA NA SHUKUR KELMASA BU XIL ZABONNING BIYRONLIGIDAN NE SAMAR?
Bu savollarga javob topishga ojiz edim.

N. Mamasaidova
"œIrfon taqvimi" 1428(III)/2007 dan olindi.
 

Qayd etilgan