Chiroyli o'lim
Bir necha yil avval akamni chin dunyoga kuzatdik.Ko'zlarimizda yosh,qo'llarimizda Qur'on bilan.Akam,akajonim oilamiz to'ng'ichi bo'lib,undan so'ng men va ukam tug'ilganmiz.Demak,besh aka-uka edik.
Namozni beshalamiz o'qiganmiz.Ramazon oyida kim ilgariroq tursa qolganlarni uyg'otardi.Har qanday ishni ota-onam va akam bilan maslahatdan so'ng boshlash-taomil.Shunday bo'lsada,akam hech qachon o'zlarini baland olmaganlar,ham
og'a-ini,ham yaxshi do'st edilar. Allohning taqdiri ekan,shunday inson 22 yoshlarida qaytish qildilar.
2003 yil 9 may kuni edi. Akam og'irlashib qoldilar.Hali-hanuz bizni u kishining qanday jon taslim qilgani ovutib keladi.Bu bir ta'bir joiz bo'lsa,g'o'zal o'lim edi.Shom namozi o'qilgandan keyin kordikki,akamning ajal bilan olishuvi boshlandi.Akam bilan ajrashish
onlari yurakni ezib yuborayotganinga qaramay,u yotgan xona atrofida o'n beshta saboqdoshi-kursdoshi kalimai shahodatni jo'r bo'lib baravar aytib turar,akajonim ham ular bilan shu so'zlarni takrorlab yotar ediki,ko'ngling yuksalar edi.Taskin,hatto quvonch
topganday bo'lar edi.
Ota-onam akamninjg ikki qo'lidan ushlab olishgan,diydor qiyomatga qolayotganini his etib farzandlari yuz-ko'zlariga termulardilar.Ularning og'zida ham kalimai shahodat.Men esa ,qo'lmda Qur'oni karim,surai "Yosin"ni ,surai "Taborak"ni ketma-ket,takror va takror o'qiyman.Ko'zlarim yosh bilan,yuragim akajonoimni sog'inchi,titroqqa olgan iztirob bilan limmo-lim .
Nihoyat,bir mahal akam jim bo'lib qoldilar.Allohning kalimasini zikr qilayotgan xona ham sukunatga cho'mdi.Bilmadim,yarim soatmi,bir soat hech kim o'rnidan turgani yo'q.Hamma hozirgina ko'rganlarini mushohadasiga tolgan,umrga tatigulik xulosalar
chiqarayotgani aniq edi.
Nozim Muhammadoxun.
Irfon taqvimi, 2007 yil II son.