Bugungi kun...  ( 70536 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 14 B


Muslimа  02 Mart 2007, 20:11:59

Adashishning eng yomoni


 Kollejda o'qib yurgan kezlarimda guruhimizdagi bir dugonam o'qishga kelmay qo'ydi. Undan habar olish maqsadida besh - oltita kursdosh qizlar bilan yo'lga tushdik. Dugonamnikiga etib kelgach, bizni uyga taklif qildi. Uning onasi biz bilan suhbatga kirishib, g'alati gaplarni gapira boshladi. "Shuncha yil namoz o'qib, foydasini ko'rmadim, Islom dinidan hech qanday naf bo'lmadi", dedi u. Biz bu gapdan yoqmizni ushladik. Keyin menga bir kitob uzatib: "Ovozingni chiqarib o'qi, qolgan qizlar ham eshitsin", dedi. Kitobni qo'imga olsam, Injil ekan. Men uni o'qiy olmasligimni aytib, qaytarib berdim. Chunki bizning yagona kitobimiz Qur'oni karim ekanini tushunar edim.
 Dugonamning onasi kitobni o'zi o'qib, o'zicha tavsiflay boshladi. Iso payg'ambarni Xudo bilib, unga sig'inishini va u istagan narsasini berayotganini, hamma oila a'zolarini ishi yurishib ketganini gapira ketdi. Men bu gaplardan "Astag'firulloh", deya oldim halos.
 Onasidan dugonamizning o'qishga bormayotganini sababini so'rasak, qandaydir raqs to'garagiga qatnashayotganini, u erda o'g'il - qizlar kun bo'yi ashula aytib, raqs tushishini bamaylihotir so'zladi. O'z navbatida bizlarni ham shunga da'vat qildi. Oxiri bunga chidab turolmasdan o'rnimizdan turdik.
 Axir bu ochiqdan - ochiq dindan chiqish emasmi? Butun olamlarning egasi Alloh, ibodatga loyiq bo'lgan zot Uning o'zi emasmi?! Bugungi kunda aslida musulmon millatiga mansub ba'zi bir yurtdoshlarimizning haq yo'ldan adashib, o'zga dinlarga kirib ketayotganini qanday izohlash mumkin? Axir Alloh taolo Qur'oni karimda: "Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo'ladigan) din Islomdir", (Moida, 3) deb aytib qo'ygan - ku!
 Alloh taolo barchamizni adashishdan asrasin. Zero, adashishning eng yomoni hidoyatdan keyingi zalolatdir.
     Hilola   
     "Musulmonlar taqvim kitobi" dan olindi

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Mart 2007, 08:09:28

Kechasi bilan yoqqan yomg'ir kechasi bilan tinmadi. Ishga ketayotsam, ko'chada o'n-o'n ikki yoshlar chamasidagi bola og'ir sumkasini yerga qo'yganicha "moloko, qatiq qaymoq"deya chaqirardi. Uning yuki og'ir, egni yupqa, allaqachon ezilib, shalabbo bo'lgan, soyaboni ham yo'q. Bo'lganida ham uni tutgani uchinchi qo'li yo'qku. Ketolmay to'htadim.
- Nechanchi sinfda o'qiysiz o'g'lim?
- Beshinchida,-dedi bolasalom berarkan,darrov sumkasiga ishora qilib. - Hola sut oling,boshqalardan arzon sotaman,qatig'im ham bor.
- Necha puldan sotyapsiz?
- Uch yuzdan.
- Maktabga bormadingizmi?
- Yo'q, bugun, erta mening qolish navbatim. Indin akam sotishga chiqadi.
- Qayerdan kelganisz?
- Soldatiskiydan.
- Sizga bir gap aytayin, oyingizga yetkazing. Agar sutlaringizga suv qo'shmasangiz, doimiy mijozlaringiz bo'ladi, tushga yaqin tarqatib vaqtli uyingizga qaytasiz. Maktabdan ham qolib yurmaysiz. Qani sutingizni ko'raychi?
- Hozir suv qo'shmaydigan bo'ldik,- dedi bola uch litrlik bankani qo'liga olar ekan.
- Sizga ishonaman.
Sutga ehtiyojim bo'lmasa ham shu bolani ayab uch litr sutini olib qoldim. Tezroq uyiga qaytsin, ishqilib shamollab qolmasin. Agar kasal bo'lib qolsa topgan puli dori darmonga yetmaydi. Afsuski sutni qatiq qilsa, sutni yog'i shilib olinganidan shildiragan qatiq bo'ldi.
Bolaligimni esladim. Sut yuqi chelakni syv bilan chayadigan buvimiz hatto sut yuqi suvni ham sutga qo'shmasdilar. Nega deganda:"Kimki sutiga suv qo'shib sotsa qiyomatda sut bilan suvni kiprigi bilan ajratib beradi", degandilar.
Ertasi kuni sutchi bola yana qarshimdan chiqdi. Egnida o'sha kiyimlari, qo'lida zil-zambil sumkasi. Meni ko'rib darrov salom berdi,kechagi yolg'oniga vijdoni qiynalgandek "sut olasizmi?' deyolmadi. Men unga:"O'g'lim, shartimizga amal qilganingizda men sizning doimiy mijozingiz bo'lmoqchi edim. Endi shu gaplarim sizga omonat, oyingizga yetkazing. Sutga suv qo'shganni qiyomatda jazosi og'ir bo'lar ekan,qo'shgan suvini kipriklari bilan ajratib berarkan. Agar siz bu ishni uddalay olsangiz, kelajakda albatta mashhur, halol boy tijoratchi bo'lasiz",dedim.
Bola uyalganidan yerga qaradi.

Musulmonlar taqvim kitobi.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Mart 2007, 08:23:26

Nevaram meni uzoqdan ko'rib qarshimga yugurdi:
- Obkeldingizmi?-dedi sumkamga osilib.
- Nimani obkelaman, qo'zichog'im?
- Bog'cha opamga sovg'anida.Kecha oyim aytdilarku! - hafa bo'ldi nevaram.
- Hali bayramga ertaku, qizalog'im.
- Erta emas,o'n kungina qoldi,- barmoqlarini bukib yozib sanay ketdi.
- Yahshi yahshi, hali vaqtimiz bor ekanuyga boraylikmaslahatlashib chiroyli suldasta olamiz.
- Ey,buvijon, gul bo'lmaydi, qurib qoladi. Bog'cha opam uni "supurgi", deb savatga tashlab yuboradi. Ko'ylak sovg'a qilsangiz meni yahshi ko'radilar.
- Bo'ldi-bo'ldi,ko'ylak olamiz. mudira opaga palto olamiz. Keyin seni juda yahshi ko'rishadi.
Kinoyamni anglamagan nevaram bag'rimga otildi:
- Urr-rre! Endi meni hammadan ko'proq yahshi ko'rishadi.
Nevaram nimalarnidir bijillar,men esa ko'zlarimga, quloqlarimga ishonmasdim. Ichimda o'zimga - o'zim takrorlayman:"qiyomat, qiyomat..."

Musulmonlar taqvim kitobi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2007, 19:57:13

Sofdillik mo‘jizasi

Ushbu voqea bir vaqtlar Markaziy Afrikada ishlagan yevropalik shifokor ayolning ish hayotida yuz bergan. O'shanda yarim kecha edi. Men bilan hamshiralar o'ta jiddiy ish - ko'z yorishi og'ir bulgan xomilador ayolni qabul qilishga to'g'ri keldi.  Bizning barcha sa'y-harakatlarimizga qaramay, endigina ko'z yorgan ayol vafot etdi. U bizga muddatidan avval tug'ilgan bir burdagina chaqaloqni va yig'lab turgan ikki yoshli qizchasini tashlab ketdi.

Biz yangi tug'ilgan chaqaloqni endi qanday qilib asrashimizni tasavvur ham qila olmasdik, chunki shifoxonamizda muddatidan oldin tug'ilgan bolalar uchun eng oddiy shart-sharoitlar ham mavjud emasdi. Buning ustiga, o'sha vaqtda inkubatorni ishlatish uchun oddiygina elektr energiyasi ham yo'q edi. Garchi biz ekvatorda joylashgan bo'lsak-da, bu yerning badanni junjiktiruvchi shamolli kechalari  anchagina salqin bo'lardi. Yordamchilarimdan biri, stajer-akusher yordamchi binoga qarab yugurdi va u yerdan dunyoga endigina kelgan, qaltirab turgan chaqaloqni o'rash uchun momiq paxta olib keldi. Hamshira esa gorelka olib kelish uchun yugurdi. Birozdan so'ng u juda xafa holda qaytib keldi va yig'lamsiragan holda gorelkani issiq suvga to'ldirishi bilanoq yorilib ketganini aytdi.  «Bu bizning oxirgi gorelkamiz edi!», - dedi u xo'rsinib.

Darvoqe, tropik iqlim sharoitida rezina o'z xususiyatini tez yo'qotadi, men bunga ko'p duch kelganman. Ammo kelib-kelib aynan hozir, gorelka hayotiy zaruriyat bo'lgan bir paytda bunday bo'lishi o'ta achinarli edi. Ammo, g'arbliklar o'tgan ishga salavot deyishganidek, bu yerda - Markaziy Afrikada ham yirtilgan gorelka uchun qayg'urishning hech bir nafi yo'q edi. Gorelkalarning daraxtda yetishmasligi qanchalar ma'lum bo'lsa, yaqin atrofda na biron dorixonaning, na gorelka sotiladigan do'konning borligi ham shunchalar aniq edi.  «Mayli, nima ham qila olardik, - dedim xo'rsinib qolganlarga yuzlanarkanman. - Endi chaqaloqni bunday salqin kechada nobud bo'lmasligi uchun o'ta ehtiyotkorlik bilan unga kerakli issiqlikni ta'minlovchi olovga yaqin joyga yotqizishimiz kerak. O'zimiz esa navbat bilan chaqaloqning oldida yotamiz, birimiz esa eshikdan shamol kirmasligi uchun mas'ulmiz. Bizning asosiy vazifamiz - bir necha kun ichida bolani issiq saqlashimiz kerak».

Ertasiga men odatdagiday bolalar uyiga bordim va u yerda uz xohishlari bilan menga hamroh bo'lgan bir necha bolalar bilan ibodat qildim. Ibodatga qadar men bolalarga o'tgan kecha bo'lgan voqeani gapirib berdim, gorelkaning yorilib ketgani va chaqaloq uchun kerakli issiqlikni qanday qilib ta'minlaganimizni tushuntirdim. «Gorelka bo'lganda bizga juda asqotgan bo'lardi, - qo'shimcha qildim men. - Axir chaqaloq biroz sovqotsa xam nobud bo'lishi mumkin». Bundan tashqari men bolalarga yangi tug'ilgan chaqaloqning vafot qilgan, endi hech qachon qaytib kelmaydigan onasini qo'msab yig'layotgan, ammo yetim bo'lib qolganini hali tushunib yetmagan ikki yoshli opasi haqida ham gapirib berdim. Bolalar meni diqqat bilan tinglashdi va ibodatga otlanishdi. Ibodat vaqtida ularning orasidagi o'n yoshli qizcha  e'tiborimni tortdi. U shu qadar chin ko'ngildan ilohiy ishonch bilan ibodat qildiki, duolari begunoh bir go'dakning butun yuragidan to'kilardi. «O'tinaman, Ollohim, - duo qilardi u, - bizga bir dona gorelka yuborgil. Yo Ollohim, uni bizga bugunoq yubor, axir ertaga kech bo'lishi, chaqaloq o'lib qolishi mumkin». Qizcha duosining oxirida qo'shimcha qildi: «Yo Ollohim, shu chaqaloqning opasi uchun bir qo'g'irchoq ham yuborsang, toki u yolg'iz emasligini, Sen uni yaxshi ko'rishingni bilsin, yolvoraman, Ollohim!» Bu so'zlarga lol qolib, bolalikning sof va sodda qalbiga butunlay taslim bo'lgandim. Men o'sha paytda bunday duoga «Omin» deyishim mumkin edimi?.. Yo'q, deb o'ylayman. Men Ollohning ushbu iltijoni bajarishiga shunchaki ishona olmasdim. Albatta, Qur'onda Ollohning qodir, cheksiz qudrat egasi ekanligi, O'zi ixtiyor qilgan har narsani qila olishi yozilganini bilardim. Ammo har narsada, shu jumladan, so'rashda ham chegara bor, deb o'ylardim. Mening nazdimda, o'sha paytda bizning sharoitimizda bunday iltijoning amalga oshishi imkonsiz edi. Chunki gorelkaga ega bo'lishimiz ehtimolining birdan bir yo'li - bu mening vatanimdan posilka olishimiz edi. Ammo men bu yerda deyarli to'rt yildan beri ishlayotgan edim va haligacha hech kim menga bironta ham posilka yubormagandi. Buning ustiga, kimdir menga posilka jo'natishga qaror qilgan taqdirda ham, nimaga asoslanib ham uning ichiga gorelka solardi? Axir kimning xayoliga ham menga - ekvatorda, tropik jaziramada ishlayotgan kishiga gorelka jo'natish kelardi? Shunday badgumon o'ylar bilan ishga qaytdim. Oradan ikki soatcha o'tgach, o'quvchilarimga tibbiyot asoslaridan dars o'tayotganim bir vaqtda,  uyim oldiga (u shifoxona yaqinida edi) mashina kelib to'xtaganini xabar qilishdi. Shoshilib uyga kelganimda mashina ketib qolgandi. Lekin ayvonda meni 22 kilolik posilka kutayotgan edi. Ko'zlarimga yosh quyilib kelayotganini his qilib turardim. Xayajondan posilkani ocha olmadim va yordamga chaqirdim. Zum o'tmay bugun biz birgalikda ibodat qilgan mehribonlik uyining bolalari yordamga yetib kelishdi. Ularning ichida o'sha o'n yoshli qizcha ham bor edi. Bolalar bilan birgalikda har bir tugunni yechib, arqonni bo'shatdik. Keyin posilkani pichoq bilan ichidagi narsalarni zararlantirmasdan ocha boshladik. Biz hammamiz hayajon ichra bu tilsimli qutidan ko'zimizni uza olmasdik. O'ttizdan ortiq ko'zlar posilka ichidagi narsalarni ola boshlagan mening qo'l harakatlarimga qadalgandi. Eng ustdan men bir nechta turli rangdagi sviterlarni oldim. Ularni bolalarga tarqatganimda, beg'ubor ko'zlari yanada chaqnab ketdi. Keyin kasallar uchun yuborilgan bandajlarni chiqardim. So'ngra turli xil tibbiyot uskunalarini oldim. Undan keyin mayiz solingan bir necha paket chiqdi. Va nihoyat qutiga navbatdagi narsani olish uchun paypaslagan qo'llarim ... Yo'q... Bo'lishi mumkin emas!

Ko'zlarimga ishonmagan holda, tushimmi o'ngim ekanligini aniqlash uchun o'zimni chimchilagim kelardi, men qutidan... ha, ha, yap-yangi rezina gorelkani chiqardim! Bolalar maftun bo'lib, qichqirib yuborishdi, men esa ko'z yoshlarimga ko'milgandim. Men Ollohdan gorelka yuborishini so'ramagan edim, chunki buning mumkinligiga shunchaki ishonmagan edim. Axmoq bo'lmasam, duoning kuchiga shubha qilamanmi! Shunda o'sha o'n yoshli qizcha xursand bulib, yonimga keldi. «Modomiki Olloh bizga gorelka yuboribdimi, demak U qo'g'irchoqni ham yuborgan», - ishonch bilan shivirladi u qutiga nazar tashlarkan. Albatta! Bo'lmasam-chi! Qutining eng tagidagi jozibali qo'g'irchoqni biz birgalashib chiqardik. Qizchaning ko'zlari misoli ikki kichik yulduzdek porlardi. U BUNGA MUTLAQO SHUBHA QILMAGANDI! «Olloh uni juda yaxshi ko'rishini bilishi uchun siz bilan birga borib, ushbu qo'g'irchoqni o'sha ikki yoshli qizchaga bersam maylimi? ... Iltimos», - so'radi mendan qizaloq. «Albatta, shirinim», - ko'z yoshlar ichida ma'qulladim men. Aslida mazkur posilka besh oy davomida yo'lda bo'lgan edi. Uni menga sobiq o'quvchilarim ilgari men bilan birga ishlagan Ollohga ishongan va uning amrlariga buyinsungan bir hamkasb ayolning tashabbusi bilan yuborishgan edi. Buning ustiga gorelkani naq ekvatorga hamda eng kerakli vaqtda yetkazib berishgandi! Sobiq o'quvchilarimdan biri posilkaga qo'g'irchoqni Ollohga butun vujudi bilan ishonib duo qilgan haligi qizaloqning iltijosiga javoban ikki yoshli yetim qolgan qizcha uchun solib qo'ygan edi.

«Ular hali so'rmaslaridan avval Men ularning duolariga labbay deya javob beraman»
 Robbimiz chindan ham hamma narsani eshitguvchi va bilguvchidir. U bizni naqadar yaxshi ko'radi!

Muhammadjon Sobirov tarjima qildi
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1474&Itemid=1

Qayd etilgan


islimakhanim  08 Mart 2007, 20:06:38

 Assalamu alaykum!
Jazakallah, AbdulAziz bey! Allah jannatiga vasila qilsin ilohim, shu hikoyani yiglab yig-lab o'qib chiqdim! Nega biz musulmonlar birodarlarimizni shu 10 yashar qizchalik chin dildan duo qilmayq o'ydik? Qadrli forumdoshla, kelingla, ertaga Sayyidul Ayyom - Muberak Cumada qo'llarimizni ochib barcha muslim va muslimala uchun chin ko'ngildan duo qilaylik, zero, payg'ambarimiz (sav) aytganlariday, mo'minning boshqa bir mo'min birodari haqqiga chin dildan qilgan duosi shaksiz mustajobdir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2007, 20:17:31

Assalamu alaykum!
Jazakallah, AbdulAziz bey! Allah jannatiga vasila qilsin ilohim, shu hikoyani yiglab yig-lab o'qib chiqdim! Nega biz musulmonlar birodarlarimizni shu 10 yashar qizchalik chin dildan duo qilmayq o'ydik? Qadrli forumdoshla, kelingla, ertaga Sayyidul Ayyom - Muberak Cumada qo'llarimizni ochib barcha muslim va muslimala uchun chin ko'ngildan duo qilaylik, zero, payg'ambarimiz (sav) aytganlariday, mo'minning boshqa bir mo'min birodari haqqiga chin dildan qilgan duosi shaksiz mustajobdir!

va alaykumussalam.
Inshaalloh duoda bo'lamiz.
Zero har birimiz birodarmiz, birodarning boshqa bir birodariga qilgan duosi inshaalloh qabuldir.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2007, 09:05:10

Namozhon.

Dadam bir necha oydan beri boqilayotgan qo'chqorni sotib kelishni buyurdilar. Ukam erta tongdan mol bozoriga yetib bordik. Haridorlar qo'yimizga har hil baho berishar, biz ham tanishlar aytgan chamaga yetguncha mahkam turardik. Ko'chamizda Abdug'affor aka degan odam turardi. U ham haridor chiqib, qo'yni oladigan bo'ldi.
Bir dasta pulni tutqazib:
- O'g'lim sanagin,pul sanashga no'noqroqman,men qarab turay,-dedi.
Men tez-tez sanab tegishli pulni olib qolganini qaytarib berdim. "Bor baraka" deb qo'yning arqonini olib, pattasini topshirib bozordan chiqib ketdik. Yo'lda ketayotib o'zimga ishonmay pulni qaytadan sanadim, ancha kam chiqdi, bozorda adashganimni bildim va ukamga:
- Yur, qolganini uyiga borib olamiz,namozhon odam g'irromlik qilmas,-dedim.
Ukam esa:
- Qaytarib berarmidi, yahshilab sanash kerak edi,-dedi zarda bilan.
Abdug'affor akani chaqirganimizda jiddiy ko'rinishda chiqib keldilar:
- Ho'sh, hizmat o'g'lim?
Vaziyatni tushuntirdim. U kishi bo'lsa:
- O'z qo'ling bilan sanab olding, to'g'rimi?-dedi.
- To'g'ri,-dedim.
- To'g'ri bo'lsa bo';ptida,- deb eshikni yopib kirib ketdilar.
Orqamda turgan ukam "ana sizga namozxon" deb g'alaba qo'shig'ini aytgandek bo'ldi. Sir boy bermay, "jim bo'l" deb yo'lga tushdik. Eshikdan kirganimizda dadam:
- Yahshiyam tanishga sotibsizlar. Insofli odam ekan,pulning qolganini berib ketdi,-dedilar.
Abdug'affor aka bizdan oldinroq uyiga kelgan,pulini kam sanab olganimizni bilib,dadamga keltirib bergan ekanlar.
Ukamga qaradim va kulib:
- Mana senga namozxon!!!- dedim.


Erkin Madolimov.
"Musulmonlar taqvim kitobi".

Qayd etilgan


Muslimа  12 Mart 2007, 10:19:21

RAYHONLAR ISI

KECHAGINA SIZU BIZGA HAMNAFAS BO’LIB YASHAGAN, BUGUN RAHMONNING HUZURIGA SAFAR QILGAN YURTDOSHIMIZ HAYOTINING SO’NGGI DAQIQALARIDAN SO’NGGI DAQIQALARIDAN BIR LAVHANI SIZ AZIZLARGA HIKOYA QILISH NIYATIDA QALAM USHLADIM. BU HIKOYAM YANA QAYSIMIZNINGDIR HIDOYATIMIZGA VA ENG MUHIMI SO’NGGI NAFASDA SHAHODAT KELTIRA OLISHIMIZGA VASILA BO’LAR, DEGAN XAYRLI MAQSADNI DILGA TUGDIM. SIZ AZIZLARGA XAYRLI UZOQ UMR IMKONINI, SHAHRISABZDA YASHAB, UMRINING YIGIRMA OLTINCHI BAHORIDA VAFOT QILGAN SINGLIMIZ NODIRAXONGA ALLOHNING RAHMATINI SOG’INIB:
GULBAHOR ABDULLOH QIZI

Zulayho xola qizi Nodiraning betob bo’lib qolganini eshitgach, qo’li ishga bormay qoldi. O’tirsa-tursa, faqat: "œQizimga nima bo’lgan ekan? Xudoyim shifo bergin!.. Bolalarigayam qarayolmay qolgandir..." degan hayol nari ketmadi. 
Kechga tomon darvozadan kimdir ovoz berdi.
- Shavkatjon, kimdir kelganga o’xshaydi, - dedi xola shom namozini o’qimoqlik uchun joynamoz yozarkan.
Kelgan mehmon Nodiraning umr yo’ldoshi Akromjon edi. Salomlashib, hol-ahvol so’rashgach, xola darhol qizi haqida so’radi.
- Do’xtirga olib bordik, lekin aniq bir to’xtamga kelishgani yo’q. Hozircha uyda shifokorlarning nazoratida muolaja olyapti, - dedi kuyovi.
- Bolalargayam qarayolmayatgandir?..
- Bolalarga onam qarayptilar, siz xavotir olmang.
- O’rgilay, Akromjon, yaxshiyam taqdiriga sizday tushunadigan turmush o’rtog’i, onangizday mehribon qaynona bitilgan ekan, ming rahmat"¦
Kunlar o’taverdi. Xastaning rangi kun o’tgan sayin so’lib boraverdi.
Uni ko’rsatishmagan tabib-do’xtirlari qolmadi, hisob.
"œCho’kayotgan odam xasga yopishadi" deganlaridek, kim nima desa, hammasini qilib ko’rishdi. Nodira tuzalish o’rniga brogan sari og’irlashaverdi"¦ Bundan xavotirga tushgan onasi Akromga:
- O’rgilay o’g’lim, meni to’g’ri tushunsangiz, bittagina iltimosim bor. Har kuni qizimning ahvolidan xabar ololmayman, qarichilik"¦ Lekin, ko’rmasam ham ko’nglim tinchimaydi. Rozi bo’lsangiz, ozgina o’ziga kelgungacha men olib ketsam. Onangiz ham sizga, bolalarga, qizimga qarab, ancha toliqib qolganga o’xshaydi, nima deysiz? — dedi.
 Akromning roziligi bilan Nodira ota uuyiga olib kelindi. Hovliga ekib qo’yilgan, kuzak shamolida bitta-bitta barg to’kayotgan gullarga deraza osha termulgancha yotgan Nodira:
- Onajon, namoz vaqti kirdimi? — deya so’radi.
- Ha bolam, peshin endigina kirdi.
- Men o’qib olayin.
- Avval ovqatingni yeb ol, keyin o’qiysan. Yangang sen uchun ataylab qaynatma pishiribdi.
- Onajon, jon omonat ekan"¦ Shunday og’ir ahvolga tushganimdan keyin anglab yetdim bu haqiqatni. Har bir nafasimiz g’animat"¦ Bir kosa ovqatni yeb bitirgunimizcha yetadigan imkon berilganmi-yo’qmi, bilolmaymiz. Avval Allohning buyrug’ini ado qilay. Yemak bu dunyolik, ibodat oxiratlik"¦- dedi-yu, tayammum qilishga hozirlandi.
Zulayho xola qizining og’zidan chiqayotgan har bir so’zdan hayratlanar, nazarida uning gaplari oddiy gap emas, hikmatlarga o’xshardi"¦
Ona bir kuni tanishlaridan bir gap topib keldi:
-Nodira qizim, bir folbin xotin bor ekan. Judayam kuchli deyishyapti. Do’xtirlar davolay olmagan kasallarni qararkan, tuzatarkan. Shuni olib kelsak, nima deysan?
-Folbin? Onajon, axir folbinga borish ham, fol ochirish ham gunoh-ku! Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida fol ochguvchiyam, ochirguvchiyam la’natlangan, - dedi.
- Sening qiynalayotganingni ko’rib turib qanday chidayman, bolam? Axir onangman!..
- G’am chekmang, onajon. Kasallikni bergan Xudoyim, xohlasa, shifosini ham O’zi beradi. Alloh bizga nimaniki taqdir qilgan bo’lsa, hammasida hikmat bor. Shu yotishimda qancha-qancha gunohlarim to’kildi, buning hisobini na siz, na men bilamiz. Har doim Xudoning aytgani bo’ladi, ko’nmay ilojimiz yo’q. Yaxshisi, namozlaringizda haqqimga duo qiling, - dedi.
Nodira hufton namozini o’qigach, uzoq vaqt duo qildi, so’ng uyquga ketdi. Tush ko’rdi. Tushida u yotgan uyning qibla taraf devoridan ikki barobar balandlikdan qo’zni qamashtiradigan darajada nurdan parda bor emish. Nodira hayrat ichra pardaga boqib turarkan, undan bir ayol chiqib kelibdi. Ayol qo’llarida o’zidan nur taratib turgan Qur’oni Karimni ushlagancha jilmayib turarmish. Yaxshilab qarasa, unga ilk bor namoz o’qishni o’rgatgan, "œMuallimi soniy"dan saboq bergan ustozi ekan. Ayol Nodiraning o’ng qo’liga bir bilaguzuk taqibdi-yu, nurdan bino bo’lgan parda bag’riga singib ketibdi"¦
Nodira o’ziga kelgach, qo’liga qarabdi. Bilaguzuk oltindan ishlangan bo’lib, o’rtasida ta’riflarga sig’mas darajada benihoyat go’zal, mo’jazgina Qur’oni Karim o’rnatilgan emish"¦
Tush ta’sirida uyg’onib ketdi-yu, ko’zlariga qaytib uyqu kelmadi.
Tuni bilan yig’lab chiqqan Zulayho xola nima qilishini bilmasdi. Folbinga boray desa, Xudodan qo’qadi, bormay desa, "œChiqmagan jondan umid, shuniyam bir ko’rsak, keyin armon bo’lmasmidi"¦" degan xayolni shayton ongiga quyaverdi.   
Ertasi turib, folbinga borishga qaror qildi.
Uylariga folbin ayol doirasini ko’tarib kirib kelganda Nodira peshin namozini o’qiyotgan edi. Unga ko’zi tushgan folbin bir seskanib tushdi.
Nodira onasiga savol nazari bilan qararkan, ona qizining o’tkir nigohidan ko’zlarini olib qochdi.
Folbin ayol darhol ishni boshlab yubordi:
- Sening foling ko’rinyapti, qizim! Tez orada sog’ayib ketasan va mendan ham kuchli folbin bo’lasan. Faqat buning uchun qirq kun chillada o’tirishing kerak va mening ko’rsatmalarimni to’la ado etishing shart! Sen "œodamli" ekansan, "œqo’l" olmasang, jinni bo’lib qolishing hech gapmas, dedi.
- Nima qilishim kerak? — so’radi Nodira.
- Bir daraxtning tagiga borasan-da, "œMomolarim, kelinglar-o-o, kelingla-a-r, menga madad beringlar!" deysan. Momolar o’zi kelib,  davolab olishadi. Keyin ular senga nimani buyurishsa,  o’shani qilasan, - dedi.
- Shu xolosmi? — dedi Nodira.
- Eng asosiy bir narsani unutibman. Momolardan folbinlikka "œqo’l" olganingdan keyin also "œA’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym"ni aytmaysan, "œOyat al-Kursiy"niyam o’qimaysan, buni unutma! Hozir kasalsan, namoz o’qishing ham shartmas. Tuzalganingda o’qirsan. Hali yosh bo’lsang, hammasiga ulgurasan! — dedi.
Nodiraning qulog’iga kimdir: "œShu folbinning etagidan mahkam tut. Tezda shifo topasa, ham el ichida tanilib, pulga ko’milasan. Boyidingmi bas, ko’ngling tusaganiday yashaysan. Dunyo besh kun bo’lsa, o’zingni qiynab nima qilasan? O’qiyotgan namozlaring senga nima ham qilib berardi?!" — deya shivirlaganini aniq eshitdi. Bir muddat karaxt ahvolda turib qoldi.
So’ngra:
- Astag’firulloh! — dedi. Va "œLa ilaha illalloh", deya o’zini qo’lga olishga urindi:
- "œMomolaringiz" — jinlar, shundaymi? Balki ular dunyodagi ishlaringizga yordam berayotgandir. Oxirat-chi?! Jannatga kirishingizga ham kafolat bera olishadimi o’sha "œodamlaringiz"?! Bu dunyo uch-besh kun, o’tadi-ketadi. Lekin haqiqiy-abadiy qoladigan joyimizda ahvolimiz nima kechadi? Bu dunyoda shaytonga ergashganlar oxiratda uning ortidan do’zaxga tashlanadi-ku? — dedi.
Folbindan sado chiqmadi.
Nodira:
- Oldin siz kecha tunda ko’rgan tushimni eshiting. Xulosani o’zingiz chiqarasiz, - dedi.
Tushini so’zlab bergach:
- O’ng qo’limda o’sha bilaguzukning zalvorini hamon sezyapman, - dedi.
Folbin nima qilishini bilmay qoldi. Shunda ham tayyor "œo’lja"ni qo’ldan chiqarmaslik ilinjida doirasini qo’lga olib ura boshladi. Lekin doira qo’lidan otilib chiqib ketdi. Bu holat uch bora takrorlandi. Qaro terga botgan folbin ayol oxiri tan oldi:
- O’zi kirib kelishimdan namoz o’qiyotganini ko’riboq, ko’nglim bir nimani sezganday bo’luvdi. Qizim, men ham folbinlikka "œqo’l" olmasimdan oldin bir tush ko’rganman. Tushimda buvimdan qolgan eski sandiq ichida o’zidan nur taratib turgan benihoyat chiroyli kitobni ko’rdim. Turib kitobni olish uchun qo’l uzatarkanman, kimdir doira tutqazib ketdi. Kitobni ololmadim. Keyin balsam, o’sha kitob Qur’on ekan. Kitobni tushimda ololmagan bo’lsam ham, o’ngimda gunohlarimga tavba qilib, namoz o’qiganimda, men ham hozir jin-shaytonlarning tuzog’iga ilinganman, folbinlik qilmagan bo’larmidim? Shu-shu shaytonning yo’lidaman, hech chiqolmayman, - dedi.
Folbin ayol ketgach, Nodira onasiga tahorat olmoqchi ekanini aytdi. So’ng "œIstig’for" namoziga niyat qildi. Sajdaga bosh qo’ydi va shu holatda umrining yakun topishini dildan istadi"¦ Bir ozgina folbinni tinglagani uchun, uning fol ko’rishiga ruxsat bergani uchun o’zini kechirolmas edi.  Inson ozgina ojizlik qilib qo’ysa bas, shaytonning tuzog’iga tushib qolishi tayin ekanini anglab yetgandi. Va uni shaytonning sharridan asrab qolgani uchun Tangri Taologa shukrlar aytib yig’lardi"¦
Shifokorlarning tavsiyasi bilan Nodirani poytaxtdagi shifoxonaga olib ketishadigan bo’lishdi.
U otasidan iltimos qildi.
- Otajon, agar iloji bo’lsa, Maxsum bobo biz bilan borsinlar"¦
Yil davomida faqat Ramazon va Qurbon hayitidagina og’zi "œochiq", qolgan paytlar hamisha ro’zador holatda yuradigan, o’ta taqvodorligi bois, el ichida "œnon yemas bobo" nomini olgan Maxsum bobo xastaning iltimosini yerda qoldirmadi.
Palataning shiftiga termulganicha har nafasida "œAlloh, Alloh" deya zikr aytayotgan Nodira o’ng yoniga o’girildi va negadir ko’zlari porlagancha:
- Onajon, menga bir dona rayhon uzib bering, dedi.
Uning bu gapidan ajablangan onaizor darhol qiziga egilgancha, peshonasiga qo’l uzatdi.
Nodira:
- Onajon, tashvishlanmang, xayolim joyida. Qarang, nahotki ko’rmayotgan bo’lsangiz, oyog’ingizning osti to’la rayhon-ku! — dedi. So’ngra uch bora rayhon uzayotgandek harakat qildi-da, ohista o’rniga uzalarkan: - Oh-h!.. Bunchalar xushbo’y bo’lmasa!.. — deya jilmaydi.
Onaizor dilbandining harakatlarini ming hayrat ichra kuzatarkan, xonani tutib ketgan rayhon hididan sarxush bo’ldi-yu, bu sir-sanoat qarshisida lol qoldi"¦
- Onajon, qishlog’imizdagi imom-domla so’nggi namozlarini yotib o’qigan ekan, deganmidingiz?
- Ha, bolam, nima edi?
- Unda men ham domlaga o’xshab"¦
- Bolam, meni qo’rqitma, onaginang o’rgilsin! — degancha qizini mahkam bag’riga bosdi-yu, onaning ko’zlaridan qaynoq yoshlar seli quyildi"¦
- Qo’rqmang, onajon!.. O’limdan qo’rqish kerakmas, unga tayyorlanish kerak, - deya, zaifgina barmoqlari bilan onasining yuzlarini siladi Nodira"¦
Namozdan so’ng U Maxsum boboni so’radi.
Bobo kirgach:
- Bu yog’i sizga xavola, bobojon, - dedi.
Maxsum bobo xastaning yoniga cho’kkancha "œYasin" tilovatini boshladi. "œYasin" yetti bor o’qildi. Xasta ham yetti bor tilovatga hamrohlik qildi. So’ngra:
- Allohim, diydoringga, ishqingga intizor bandangman. Meni Rahmatingdan judo aylama! — dedi.
Avval chap yoniga, so’ngra o’ng yoniga qaradi-da:
- Ash-hadu al-la ila-ha il-lal-lo-o-oh"¦ dedi-yu, tabassum ichra ko’zlarini manguga yumdi"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2007, 10:31:19

БИА  СОАТ УМА ИАГИЗ КОЛДИ
   

(Бслган воқеа)

Тез ёрдам бслимида сдим. Ўқишни тугатиб ишга снди киришганим учун бу ердаги ҳамма ҳодиса менга сзига сраша ҳасжон ва завқ бағишларди. "œДоктор" деган мурожаатдан сзимда ғурур туйиб, снди ҳар доим бу мурожаатга ксникишимни сйлардим. Ҳар бир катта касалхоналарнинг сз тез ёрдам бслими бслиб, бу ерда докторлар навбатчилик қилишарди. Тажрибали мутахассис докторларнинг ёнида менга ксп масъулист тушмасди. Мен фақат уларни диққат билан кузатиб, тажриба орттиришга ҳаракат қилардим.
Бир куни кеч соат 1 лар сди. 16-17 ёшлардаги сспиринни олиб келишди. Ўспиринга икки аёл юришга ёрдамлашиб келишарди. Ортларидан югуриб келаётган киши сса нафаси бсғзига тиқилганча:
- Илтимос, сғлимни қстқаринг, қстқаринг боламни! — деб такрорларди.
Тезгина навбатчи доктор келди. Мен сса докторнинг ёнида уни ташхис қсйишини кстардим. Йигитчанининг отаси сса ссзлашда давом старди:
- Доктор, сғлим сзини слдирмоқчи бслиб дори ичибди. Билиб қолиб дарров бу ерга олиб келдик.

- Ичган дорилари ёнингиздами?
Ота чснтагидан бир неча дори қутиларни олиб докторга ксрсатди.
- Мана бунисидан сн бештача, бунисидан снта, бунисидан сса уч беш дона ичибди.
- Бу дориларни ичганига тахминан қанча вақт бслди.
- Икки соатча бслди.
Доктор дори қутиларини синчиклаб қаради. Сснг сса бир йигитчага бир қутиларга қаради. Кейин сса бошини "œйсқ" ифодаси билан қимирлатиб юзини буриштирди:
- Ҳмм, афсус, афсус!
Йигитчанинг оиласи сса докторнинг бирор нима дейишини кутишарди, аммо ундан бир сас ҳам чиқмади. Мен сса йигитчанинг ошқозонини ювиш мумкинлигини сйлардим. Бу жимжитликни отанинг овози бузди:
- Аима қиламиз доктор?
Докторнинг юзи жиддийлашди, йигитчага умидсизлик билан боқди. Бошини қимирлатиб, қсллари билан чорасизлигини ксрсатди. Ссзлари йигитчанинг отасининг юрагига сқ каби санчилди гсё.
- Афсус, қилнадиган ҳеч бир амалиёт ёрдам бермайди. Жуда кеч олиб келибсиз, устига устак бу дорилар...
Мен сса оила аъзоларини кузатардим. Ҳаммаларининг ксзларида чорасизлик қотганди. Йигитчанинг юзида сса қсрқинч ксринарди. Онаси ва синглисига тасниб турган йигитча докторнинг юзига стинч билан қаради. Унинг ссзларида кескинликни ва юзидаги жиддийликни ксриб, оёқлари мадори қолмади шекилли, секин сидирилиб ерга стириб қолди. Йигитнинг отаси ҳам онаси ҳам бир нималар дейишарди. Узоқ давом стган бу сукунатдан сснг:
- Аима бслади, наҳотки ҳеч нарса қила олмасангиз?
- Ардам бериш учун снди кеч. Бундай ҳолатларда афсуски бизнинг қслимиздан ҳеч нарса келмайди. Бир соатлардан сснг уни йсқотамиз. Мен сса унгачан фақат беморни кузатувга олишим мумкин.
Мен ҳам бу ссзлардан довдираб қолдим. Йигитчанинг юзига қарардим. Ўлим қсрқуви ва умидсизлик унинг ксзларида зоҳир сди. Ўзимча унинг ҳозир нималар ҳис қилаётганини тасаввур қилдим. Ўлим шунчалар сқинлашиши ҳақиқатан қийин ҳолат сди. Аммо инсон бир соат кейин слишини билса нималар сйлар, нималар ҳис қилиб, қайси ишларни бажарарди. Аслида ҳар биримиз учун ҳам бундай вақт келади-ку?! Ҳаётнинг ташвишлари билан бслиб слимни бизга етиб келмас нарса дес тушунамиз. Ҳозир бу йигитча балки, ҳаётини, дсстларини, оиласини сйламоқда ёки слимдан сснгра нима бслишини, съни бир соат сснг... Балкида унинг ортидан нима дейишларини, ёки қабрда қандай аҳволга тушишини сйлармиди?! Балки унинг шу вақтга қадар режалаштирган ишлари бордир, снди сса бу ҳаёлларини бир ёнга суриб, сснгги соатини қандай кечиришни сйларди, гсё.
Бошқа тарафдан ҳаёт давом старди. Ичкаридаги бир беморнинг сқинлари келиб доктордан баъзи нарсаларни ссрар, бошқа ёндан сса оғир бир беморни олиб келишарди. У хаста учун бошқа бир навбати докторни чақиришди. "œБир инсон бироздан сснг слимини қаршиласа ҳам бу ҳаёт бошқалар учун давом ставеради", деб сйлардим.
Ота сса сз саволи, тсғрироғи стинчини сна бир бор такрорлади:
- Ҳеч умид йсқми доктор? Ааҳотки ҳеч нарса қилишнинг иложи бслмаса.
Ичкарига кирган бошқа бир доктор ишора билан "œнима бслди?" дес ссради. Доктор срнидан туриб, кескинлик билан жавоб берди:
- Жонига қасд қилмоқчи бслибди. Афсуски кеч олиб келишибди. Сснгра ссзлаб бераман сизга.
Бу ссзларни диққат билан тинглаган йигитчанинг юзидаги умид сслиб борарди. Лушаймонлик туйғуси ичидаги титроқ бир овоз билан: "œҚстқаринг мени, нима лозим бслса ҳаммасини бажаришга розиман. Аима бслади снди. Ўлишни истамайман!" дерди. Доктор унга ҳеч нарса демади. Мен сса слимга шунчалар сқинлашиб турган инсонни биринчи маротаба ксраётган сдим. Устига устак жуда ёш сди. Ҳаёлан моргга кириб унинг совуқ баданини ксздан кечиришимни сйлаб стим жснжикиб кетди. Демак, қаршимда турган бу тирик инсон бироз сснг слади ва биз унинг мурдасига қараб ташхис қсйиб сснг рапорт ёзамиз! Ҳаёт ва слим, сшаш ва слиш... ёшлик, қарилик ҳаётни англаб етмоқ, слимни тушунмоқ... Яшаган ҳаётимизнинг ниҳосси слим сканлигини хотирламоқ. Ўлимга ҳар он ҳозир бслмоқ ёки сзини тайёр деб ҳис етмоқ. Бу каби сйлар ҳаёлимдан старди.
Доктор хонадан чиқиб кетаркан, мен ҳам унинг ортидан сргашдим. Узун каридорлардан кетар сканмиз, бироз ачиниш билан дедим:
- Доктор, ошқозонини ювиб қонини тозалашга ҳаракат қилиб ксрсак бслмасмикин?
Доктор бирдан менга қаради ва ксзларимга тикилди:
- Укам, ксриб турибсанку, бу ерда оёқда зсрға турадиган, ёши стиб қолган одамлар ҳаётда ортиқча бир соат сшаш учун қанчалик курашадилар. Бу ёш йигитча сса сн етти ёшида сз жонига қасд қилмоқчи бслибди. Ўлишни истаса нега мен унга қаршилик ксрсатишим керак? Бироз истаган тақдири билан юзма юз келсин, кейин ксрамиз. Ўлим нима ва ҳаёт нима тушунсин! Яшашнинг қадрини, оиласига бу иши билан қанчалик зуғум қилганлигини фарқ стсин. Аллоҳни, Уни қсли сканлигини ссласин. Ўлимни ва ундан кейинги ҳаётини ҳам...
Бу ссзларнинг ортидан мени ҳайратга тушурган бир қаҳқаҳа сшитилди.
- Сен ҳам ишондингми унинг слишига:
- Аима, съни йигитча слмайдими?
Доткор кулги ичида дори қутиларини ксрсатди. Қслидаги витамин, йсталга қарши ва балғам ксчирувчи дорилари сди.

 

Qayd etilgan


Muslimа  12 Mart 2007, 13:40:42

Bu hikoyat Turkiyalik bir yigit tomonidan aytib berilgan.

   "œMen uni yaxshi ko’rardim. Iste’dodli, o’z ishiga puxta yigit edi. Kam gapirardiyu, lekin chertib — chertib gapirardi. Kelishgan edi, churoyli kiyinardi. Birgina kamchiligi namoz o’qimasdi. Men dinga bo’lgan layoqatini uyg’otish niyatida namoz haqida ko’p gapirardim unga. Biroq bir xil sababni ro’kach qilardi menga u: "œTo’g’ri tushun, men chiroyli kiyinishni yaxshi ko’raman. Buning ustiga, e’tibor bergan bo’lsang yashil rangga mehrim bo’lakcha. Yashil shimim bor, uni shu qadar yaxshi ko’ramanki, xotinimga har kuni dazmollatib ko’chaga chiqaman. Namoz o’qisam, shimimning dazmoli ketib qolishi mumkin".
   Qiziq bahonaku, lekin men uning shu bahonasini sabab o’rnida ko’rganman. Chunki har kuni uchratsam, yashil shim va qizil ko’ylagi unga ancha yarashganini his qilardim.
   Bir kuni yo’lim tushib Istambulning katta masjidlaridan biriga kirdim. Ne ajabki mening tanishim jamoatning oldi qatorida edi. Bir umr shimining dazmoli buzilishidan cho’chib masjid hatlamagan tanishimni birinchi safda ko’rib boshida ajablandim, ammo keyin o’zimni bosib uning oldiga bordim. "œXa! Baribir kelar ekansanku! O’zincha yashil shimingni ro’kach qilib, meni holu jonimga qo’ymasding. Men seni juda sa’viyali deb bilsamda, aynan shu bahonangga hayratlanardim. "œQiziq! Sa’viyali bo’la turib ham odam shunchalik sa’viyasiz bahona topishi mumkinmi? " degan savol ich — ichimni tirnardi. Yashil shiming deb bir umr masjidga kirmay o’tding — a? Lekin men seni bugun shu erda ko’rib turibman. Baribir kelibsan — a?"
   U indamasdi. Chunki tanishim yashil matoga o’ralgan tobut ichida indamay yotardi."

   Xa, ushbu hikoyatning zamirida katta hikmat yotadi. O’zini "œmo’minman" deb hisoblagan odam baribir masjidga keladi. Bugun shimlarini dazmoli emas, balki yuqorida hikoya qilingan yigitning javobidan ham sa’viyali, ba’zilarning nazdida sabab o’rnida o’tadigan bahonalarni keltirib masjid hatlamayotgan oyoqlarni bir kunmas bir kun baribir Allohning uyiga olib kelishadi. Baribir birinchi safda turish bor. Lekin Allohning nazdida inson insonlar tomonidan emas, balki o’zi ixtiyoriy ravishda o’z oyog’i bilan masjidga kelsa qadrlidir. Sevgan rangdagi tobutda yotgunga qadar, Allohning sevgan insonlari to’planadigan masjidlarga kelib turinglar aziz yurtdoshlar!

         Hayrullo Hamidovning
         "œXolislik sari" dasturidan olindi.

Qayd etilgan