Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?  ( 17584 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslimа  15 Fevral 2007, 17:55:42

Assalomu alaykum!                             
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Do'stni haqiqiy do'st ekanligini qanday bilish mumkin?

Qayd etilgan


shoir  16 Fevral 2007, 00:56:08

Va alaykum assalom!
O'zimga nimani ravo ko'rsam do'stimga ham shuni ravo ko'raman.
Haqiqiy dos't yaxshi kuningda ham, yomon kuningda ham yoningda bo'ladi

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2007, 01:38:53

Odatda haqiqiy do'stlar juda kam bo'ladi.
Ular yo bitta yo ikkita bo'ladi xolos.
Odatda haqiqiy do'st bo'lish juda qiyin.
haqiqiy do'stlik, qardoshlikdan ham, qarindoshlikdan ham ustun turadi.

Qayd etilgan


Foniy  10 Mart 2007, 15:32:07

Assalomu alaykum!

Omad kelmasa
A. Musayev so'zi
Azizbek Zaynobiddinov musiqasi va ijrosi


Birodarim zamonni so'kma,
Shukur qil-u ko'z yoshing to'kma,
Kimlarnidir poyiga cho'kma,
Omad senga kulib boqmasa!

Umid bilan to'plasang to'yga,
To'plaganing yetmasa q'o'yga,
Mayus bo'lib tolmagil o'yga,
Omad senga kulib boqmasa!

Erkaliging onangga yoqmas,
Ertaklaring bolangga yoqmas,
Tashriflaring xolanga yoqmas,
Omad senga kulib boqmasa!

Sirdoshlaring siringni ochar,
Soxta do'stlar yoningdan qochar,
Ayoling ham zahrini sochar,
Omad senga kulib boqmasa!

Derlarki boy boylarga boqar,
Ko'lmakkamas suv soyga oqar,
Qaysi do'sting eshiging qoqar,
Omad senga kulib boqmasa!

O'ksib jonga qilmagil jabr,
Shoh gadoga barobar qabr,
A'zam kabi qilaver sabr,
Omad senga kulib boqmasa!

Qayd etilgan


gayrat17  10 Mart 2007, 18:16:31

Assalomu alaykum!                             
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
nimani hohlasa imkoniyatga qarab, osmondagi oyni so'ramasa bo'lgani
 
Iqtibos
Do'stni haqiqiy do'st ekanligini qanday bilish mumkin?
menda shunday savol tug'ilganda uje u menga do'st emas ekan. ehc qanday savol tug'ilmaslik kerak, manimcha,

Qayd etilgan


islimakhanim  11 Mart 2007, 15:04:42


Assalomu alaykum!                            
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
 
 Wa aleykum salam!
 Mani mol-mulkimga o'zimdan ko'ra do'stimning haqqi ko'prok bo'ladi! Afsuski unaqa dostlarim yok desam ham bo'ladi....

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 May 2007, 18:37:38

Assalomu alaykum!!!
Do'st kim degan savolga quydagicha javob bermoqchiman. Do'st insonning eng yaqin kishisi. Avvalo do'st do'stini tushinishi, hamisha u bilan do'stini qadrlashi yaxshi va yomon kunlarida bir biriga dalda bo'lishi kerak. Qanday inson do'st bo'la oladi? Qachonki ikki inson bir-birini tushinsa, xarakterlari to'g'ri kelsa o'shandagina do'st bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:38:36

Kunlarning birida ikki do’st o’rmonga chiqishibdi. Ular yo’lda ketayotsa bir kattakon ayiq chiqib qolibdi. Buni ko’rgan do’stlarning biri boshqa do’stiga aytmasdan qochib daraxtga chiqib ketibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgirolmay qolibdi. Shunda u nima qilishni bilmasdan erga yotib ozini ayiqqa jonsiz qilib ko’rsatibdi. Shunda ayiq kelib uni hidlab-hidlab qaytib ketibdi. Shunda daraxtdagisi tushib kelib "œ Ayiq senga nima dedi" deb kinoya qilgan holda so’rabdi. Shunda ikkinchisi javob beribdi:
   -Hech qachon senga do’st bo’la olmaydigan, boshga ish tushganida faqat o’zini o’ylaydigan insonlar bilan aslo do’st bo’lma, dedi menga.
   Shunda daraxtga chiqani shunday uyalibdiki er yorilmabdi erga kirib ketmabdi. Azizlarim do’stlik bu shunchaki rishta emas. Chin do’st bo’lish har kimning ham qo’lidan kelmaydi.
   Ollohim har birimizni yomon ko’zdan asrasin!!!

Qayd etilgan


SHahinur  15 May 2007, 17:21:55

Assalomu alaykum,dostimga uzimga nima yahshi narsalarni ravo korsam unga ham huddi shulani ravo koraman agar ishonchimni oqlasa undan ham ortigini ravo korgan bolardim.
Haqiqiy dost topish qiyin ayniqsa hozirgi zamonda chunki hozir ayrim insonla mol-dunyosi mansabi obrusiga qarab dost boladi,haqiqy dost yahshi yomon kuningda sani yolgiz qoldirmidigan san bn hamma yahshi yomon narsalani birga koradigan boladi, haiqiy dostligini boshga yomon ish tushganida bilish mumkun.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 May 2007, 14:38:52

Haqiqiy do'stim deb yurgan bir inson meni juda qattiq hafa qildi....

Qayd etilgan