Donolarning aytishicha do’st 3 hil bo’ladi: 1-jon do’st, bunday do’st haqiqiy hisoblanadi va u o’z do’sti uchun jonini ham ayamaydi. 2-til do’st, u rasman tilda do’stlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa o’zini ko’rsatmaydi. 3-mol do’st, bunday do’st yeb-ichish uchungina do’st bo’ladi. Puling tugaganda esa qorasini ko’rsatmaydi.
Kulib boqsa kishiga tole’,
Kamayadi dushmanlari ham.
Bevafolik qilsa tolei,
Dushmanlarga to’lar har qadam!