Yangi o'yin: Ziyouz romani...  ( 49670 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 B


sn_uk  03 Iyun 2008, 15:45:54

Lekin onasi mehribonlik bilan o'g'lining oldiga yaqinroq kelib, uning boshini siladi, Abdujalil yoshlik paytlaridagi  o'sha shirin, hech qachon takrorlanmaydigan tuyg'ularini esladi, bir zum yoshlikka qaytib hamma narsani unutishni, erkin bo'lishni juda orzu qildi, uning hayollarini onasining mayin ovozi chalg'itdi:
-Og'lim, nega buni avvalroq aytmading, har doim maslahat bilan ish qilar edingku, otangning bergan saboqlarini unutdingmi, esingdami otang senga bir hadisni ko'p martta takror takror uqtirar edi, bir sahoba aytishi bo'yicha men har bir ishda  sahobalari (do'stlari)ning fikrini bilib,  ular bilan muammolarni hal etishda    Rasulullohdan boshqa ko'p maslahatlashgan insonni ko'rmadim degan ekan.
esingdami o'g'lim?
-ha esimda oyijon!   Shu damda Abdujalil anchadan buyon Allohga bo'lgan iymoni ancha susayganini, ancha vaqtdan beri shug'ullanmay qo'yganini angladi.
- Sen esa yoshlikka boribmi nega bitta gapni qaytaraverardilar deb meni savolga tutar eding, buning sababi esa biz bir gapni yuz martta, ming martta eshitishimiz mumkin, lekin, agar o'sha gap yuragingdan joy olsagina unga amal qilasan. Otangga o'zim tushuntirishga harakat qilaman, senga maslahatim, jon o'g'lim bu ishlardan tezroq chiqishga harakat qil, meni ham otangni ham qarigan vaqtimizda kuydirma jon bolam, seni Alloh panohiga topshirdim.

Qayd etilgan


sn_uk  03 Iyun 2008, 15:54:55

Abdujalil honasiga kirib ketdi, shom vaqti yaqinlashgan edi,  shu vaqt uning qalbida avvalllari hech his qilmagan bir his jo'sh urdi, to'yib to'yib yig'lagisi keldi, ko'chadan muazzinning namozga chaqirgan hitobi eshitildi:
- ............hay ya' a las salaah, hay ya' a lal fa laah.........
Abdujalil tezda chiqib tahorat oldi, va masjidga tomon shoshdi. Namoz o'qib bo'lishgach duoga qo'l ochildi, imom duo qilayotib: .......Ya Rabb, bizni tog'ri yo'lga boshla Ya Rabb, Bunga faqat Sen qodirsan Ya Al-Musta'an, gunohlarimizni kechir Ya Al-G'afur ya Al-G'affar.........Abdujalilning ko'zlari yoshga to'ldi, to'yib yig'ladi...........

Qayd etilgan


sn_uk  03 Iyun 2008, 15:59:44

uyga qaytib ertagayoq Usta akaning oldiga borib pullarini qaytaraman va bu ish menga to'g'ri kelmasligini aytaman deya niyat qilib qo'ydi.
Tongda Quyoshning zarrin nurlari uni uyg'otdi, hovliga chiqdi, onasining uy ishlari bilan mashg'ulligini ko'rib hayoloidan o'tkazdi:
-Tezroq uylansam, onam ham ancha yengil bo'larmidilar....yoshim ham katta bo'lib borayapti...
shu hayollar bilan yuvinib chiqib onasiga salom berdi.
-Yaxshi yotib turdingmi bolam?
-alhamdulillah,  dadamlar bilan gaplashdingizmi?

Qayd etilgan


sn_uk  03 Iyun 2008, 16:04:18

-ha gaplashdim bolam, biroz jahllari chiqdi, havotir oldilar, to'g'rida bunaqa odamlar qanaqa bo'lishini bilasanku axir o'zing, albatta borib gaplashib olgan pullaringni qaytar va boshqa bunaqa ishlarga aralashma, otang ham shunday dedilar.
-dadam qayerdalar kecha ham ko'rinmadilar?
-kecha kech keldilar, qo'shnimiz Po'lat akaning ayoli olamdan o'tib qoldi, shu yerda hizmatdalar.
Abdujalil ham avvallari faol edi, qo'ni qo'shnidan yordamini ayamas, qo'lidan kelgancha yordam berar edi, hozir esa hech narsaga ahamiyat bermay qo'ygan edi, hayotdan nima hohlayotganini, o'zini o'zi tushuna olmayotgan edi. Uning hayotda aniq bir maqsadi yo'q edi...

Qayd etilgan


sn_uk  04 Iyun 2008, 17:52:26

shu hayollar bilan shoshib chiyini ichdiyu, pullarni olib Usta akaning uyi tomonga yo'l oldi, yo'lda ketar ekan manzilga yaqinlashgan sari yuragini qo'rquv vahm bosar edi. Buni nima ekanligini o'zi ham tushuna olmas edi....
Nihoyat yetib keldi, qorovullar uni ichkariga kiritishdi, Usta aka hovlida choy ichib o'tirar edi, Abdujalilni iliq kutib oldi:
-Assalamu aleykum Usta aka!
-Waaleykum salaam kel o'tir ukam....
Abdujalilga choy quyib uzatildi.
-xo'sh gapir- dedi Usta
-aytgan ishingizni bajardim mana puliz- deya pulni uzatdi.
-yaxshi yaxshi, -dedi Usta va bir yordamchisini chaqirib unga pullarni tutqazdi va ichkari honadan qog'ozga o'ralgan narsani olib chiqishni buyurdi.
keyin cho'ntagidan pul chiqarib sanay boshladi va bir qismini ajratib mana sening ulushing deya Addujalilga bir nechta ko'k qog'oz uzatdi.
 Endi Abdujalilni nafsi ustunlik qila boshladi, hozir ishsizman, bu odamni qo'lida ishlab yursamchi, tez orada uylanib ham olaman, bir ikki oydan keyin esa boshqa bu ishlarni qilmasligimni aytaman deya ko'nglidan o'tkazdi...
Eh inson, inson! Pulni deb dunyoni deb nimalardan voz kechib yubormaydi bu INSON! kechagina qalbidagi jo'sh urgan iymponiy tuyg'ular, ko'z yoshlari bir zumda tarqalib ketdi...
Hullas yana qog'ozdagi narsani olib eshikdan chiqar ekan, besh o'n qadam narida o'sha adashib birovni uyiga kirib qolganda ko'rgan qizga ko'zi tushdi. Uning yerga tikilgan nigohi, egnidagi juda ham oddiy va ko'rkam qilib ishlangan kiyimlarini zavq bilan kuzata boshladi, qiz bir pasda uyiga kirib ketdi, yo'lida davom etar ekan, Abdujalil oilali bo'lganda qanday bo'lishini, umuman oila haqida o'y surib uyiga kelganini bilmay qoldi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Oktyabr 2008, 11:09:55

Assalomu alaykum!
Abdujalil uyiga kelgach, Usta unga bergan narsa o'zi nima ekan degan savollar bilan o'sha narsani ochib qo'yganini bilmay qoldi. Umrida ko'rmagan narsani ko'rdi, bu...

Qayd etilgan


Ansora  30 May 2011, 13:26:40

2008-yildan beri roman yozilmabdiyu:)

Qayd etilgan


Best friend  30 May 2011, 14:06:01

 ...Ko'rdiyu hayratdan yoqa ushladi: "A...ax..axir...", deb gaplari tushinib bo'lmas yarim yurum chiqardi. Nima qilishini bilmay qoldi... Uzoq o'ylanib, haligi narsani oldib, xonasidan chiqdiyu, ko'cha tomon yugurdi, onasi: "Tinchlikmi?", degancha qoldi...

Qayd etilgan


Best friend  30 May 2011, 15:35:01

 Yo'lda: "Nima qilishim kerak? Bu ishni to'xtataymi yoki yo'q...", degan hayollar iskanjasida borardi. O'y hayollar bilan ustaning uyiga yaqinlashib qolganini sezmay ham qoldi. Darvozasiga uzoqdan nazar soldiyu: "Ustaga nima deyman, ho'p bir amallab bu ishni to'xtatsam ham, axir keyinchalik ishlarimdan xabardor deb meni yo'q qilishga urunsachi?", deb o'yladi. Va ortga qaytishga qaror qildi. U o'zicha: "Alloh kechirguvchi zotku, o'zimni tiklab olay faqat yahshiliklar qilaman...", deb ketardi. Ustaning mahallasidan chiqar ekan, ko'chaning boshida kelayotgan mashinani ko'rmay qoldi. Vo ajab haydovchi ham mast ahvolda edi, Abdujalilni urib yubordi. Abdujalil esa o'sha zahotiyoq til tortmay o'ldi, xatto kalima aytishga ham ulgurmadi.
 Haligi mast haydovchi sergak tortib ketdi va hech kim ko'rmasdan turib, mashinaga solishga kirishdi. Mashinaga jasadni solar ekan o'ylardi: "Salgina uruldiya ajal kelsa chumchuqni pati tushsayam o'ladi deganlari rost ekanda...". Haydovchi mashinaga jasadni solib bo'lgach, mashinaga o'tirib hilvatroq joyni izlash maqsadida yo'l oldi. Ne ajabki kichkinagina voqeaga ham yig'ilib ketadigan odamlar bu voqeadan butunlay behabar edi. ALbatta bu Allohning hohishi. Nihoyat hilvat joyni topdi u yerdan daryo oqib turardi, qirg'oq esa ahlatxonaga o'hshagan tashlandiq joy edi. Jasadni daryoga tashlab yubordi va o'zi hushyorlik bilan hech kim kuzatmayotganligiga ishinch hosil qilgach ortga qaytdi. Ertasiga televizorda yangiliklardan bir jasad tanib bo'lmas darajada daryo yoqasidan topilgani aytildi va itlar g'ajib tashlaganga o'hshaydi degan gapni o'zi tomondan qo'shib qo'ydi muxbir.

Xotima

 Ko'p insonlar Allohni kechirguvchi deb har hil ishlar qilib tavba qilib qo'yaman deb o'ylaydi. Ho'p tavba qilsang Alloh haqiqatdan ham seni kechirar. Ammo o'sha vaqtda o'zinga bittagina savol ber: "Ulguramanmi?...".

Qayd etilgan


Best friend  30 May 2011, 15:48:52

 Mana nihoyat « : 19 Fevral 2007, 16:43:15 » da boshlangan roman « : 30 May 2011, 15:35:01 » da yakunlandi. Har kim bu (Forumchilar tomonidan to'qilgan) romandan o'ziga kerakli hulosani chiqarib oladi inshaalloh.
 Yangi mavzu ochib yangi roman boshlaydiganlar bo'lsa biz tayyor. Unisini yahshilik bilan tugatamiz. ;)

Qayd etilgan