Lekin onasi mehribonlik bilan o'g'lining oldiga yaqinroq kelib, uning boshini siladi, Abdujalil yoshlik paytlaridagi o'sha shirin, hech qachon takrorlanmaydigan tuyg'ularini esladi, bir zum yoshlikka qaytib hamma narsani unutishni, erkin bo'lishni juda orzu qildi, uning hayollarini onasining mayin ovozi chalg'itdi:
-Og'lim, nega buni avvalroq aytmading, har doim maslahat bilan ish qilar edingku, otangning bergan saboqlarini unutdingmi, esingdami otang senga bir hadisni ko'p martta takror takror uqtirar edi, bir sahoba aytishi bo'yicha men har bir ishda sahobalari (do'stlari)ning fikrini bilib, ular bilan muammolarni hal etishda Rasulullohdan boshqa ko'p maslahatlashgan insonni ko'rmadim degan ekan.
esingdami o'g'lim?
-ha esimda oyijon! Shu damda Abdujalil anchadan buyon Allohga bo'lgan iymoni ancha susayganini, ancha vaqtdan beri shug'ullanmay qo'yganini angladi.
- Sen esa yoshlikka boribmi nega bitta gapni qaytaraverardilar deb meni savolga tutar eding, buning sababi esa biz bir gapni yuz martta, ming martta eshitishimiz mumkin, lekin, agar o'sha gap yuragingdan joy olsagina unga amal qilasan. Otangga o'zim tushuntirishga harakat qilaman, senga maslahatim, jon o'g'lim bu ishlardan tezroq chiqishga harakat qil, meni ham otangni ham qarigan vaqtimizda kuydirma jon bolam, seni Alloh panohiga topshirdim.