Yangi o'yin: Ziyouz romani...  ( 69126 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


Shahina  19 Fevral 2007, 16:43:15

Assalomu alaykum!
Bu o'yinda biz yangi bir romanni kashf qilamiz...
Uni albatta birgalikda yozamiz.
Uning qanday chiqishi sizga bog'liq.
Qanday deysizmi?

Har bir ishtirokchi o'z dunyoqarashidan kelib chiqib va umumiy ma'nodan ayrilmagan holda 2 tadan gap yozadi. Sizning yozganingiz yuqoridagi syujetga mos kelishi va uni uzviy davom ettirishi kerak.

Demak boshladik:

Qayd etilgan


Shahina  19 Fevral 2007, 16:49:25

ZiyoUz romani

Mualllif: Forum a'zolari

Dunyoning asli bebaqo derlar. Abdujalil ham shunday o'ylovchilardan biri edi...


marhamat davom ettirishilar mumkin.

Qayd etilgan


mutaallimah  20 Fevral 2007, 08:18:20

Lekin afsus uni atrofida  dunyoni va undagi hamma narsani pulga sotib olsa buladi deguvchilar yigilgan edi.Abdujalil dustlarini dunyoqarashlarini hali yahshi bilmas edi.

Qayd etilgan


Shahina  21 Fevral 2007, 16:10:09

Bir kuni do'stlari uni qo'yarda-qo'ymay, "yur, seni bir zo'r okaxon bilan, tanishtiramiztiramiz, sangayam yordam beradi", deb bir joyga olib borishdi. Do'stlarining taklifini rad etishga jur'at topolmagan Abdujalil Rozi bo'ldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 16:57:58

Afsus bormasa bu'lar ekan.Hammasi shundan boshlandi.

Qayd etilgan


Farida  21 Fevral 2007, 17:10:58

Yo'l-yo'lakay bolalarning xandalaridan zavqlanib, manzilga yetishganini ham bilmay qoldi. "Okaxon"ning uyi judayam haybatli, 3 qavatdan iborat, darvozasi ham temirdan mustahkam qilib ishlangan, uyi oldida ikkita q'oriqchi ham turardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 19:41:46

Abdujalil bu dahmazni ku'rib u'ylanib qoldi.Nahot insonga halol.tinch,hotirjam yashashi uchun shuncha dahmaza kerak?

Qayd etilgan


ikbaljohn  21 Fevral 2007, 19:47:07

Eshik oldida turgan yigitlarning tekshiruvidan so'ng ichkariga kirishdi. Uzun ayvon yo'lagidan so'ng asosiy sahnga chiqilar, u yerdan esa "saroy"ga o'tilardi.

Administrator:
Yaxshi ketayotgan o'yinni bu tahlitda buzish yaxshi emas.
Postingizni o'zgartirishga majbur bo'ldim.
Masturaxon, ushbu postni o'qiganingizdan so'ng, keyingi postingizni shunga moslab tahrir qilarsiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 21:18:11

Abdujalil bu saroyda hali hayotida uchratmagan ku'pgina narsalarni ko'rdi.Kordiyu hayratdan lol qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Fevral 2007, 23:02:11

Uning hayratiga sabab bo'lgan birinchi narsa devordagi rasmlar edi. Ularni tarixiy rasmlar ham deb bo'lmasdi: asli tarixiy, lekin qa'rida qandaydir zamonaviy sirlar borga o'xshardi.

Qayd etilgan