Yangi o'yin: Ziyouz romani...  ( 69157 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


mutaallimah  21 Fevral 2007, 23:58:44

Bu rasmlar uy egasining u'ta nozik qalb sohibi deb baholsh uchun kifoya edi.Lekin Abdujalil hamon hayron edi san'atga oshufta qalb egasi, qanday qilib bu qadar haybatli hayotga oshuno?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2007, 19:43:52

Lekin bu rasmlar qa'rida boshqa bir sirlar yashirin ekanligini Abdujalil bilmas edi. "Saroy" qorovuli yigitlarni yana bir tintuv qilganidan so'ng ichkariga kirdilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Fevral 2007, 20:58:44

Ichkari esa tashqariga qaraganda ancha oddiyroq edi.Oddiygina u'zbek oilasini honadonlari singari jihozlangan honada, hontahta tuzalgan, huddi aziz mehmonga intizordek.

Qayd etilgan


Shahina  22 Fevral 2007, 22:33:13

Xontaxta ustida bir choynak, piyola; yana qandaydir narsalar sochilib yotardi. Davra to'rida esa bir kishi o'tirardi.

Qayd etilgan


mutaallimah  23 Fevral 2007, 02:06:28

Davra tu'ridagi kishi Abdujalilni dasturhonga taklif qildi.Va allaqanday sinchkovlik bilan undan ku'z uzmagan holda unga choynakdan choy quyib uzatdi.

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2007, 01:14:01

Uzatilgan choy faqatgina Abdujalil uchun edi, negadir boshqalarga choy uzatilmadi. "Usta" (shu yerdagilar davra to'rida o'tirgan odamni shunday atashardi) esa choyni ichishdan uyalib turgan Abdujalildan o'tkir nigohini uzmasdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Fevral 2007, 03:07:47

Abdujalil bu mulozamaatdan hayron va lol edi.Qulidagi choyga termulib ikkilanib qoldi.......

Qayd etilgan


islimakhanim  26 Fevral 2007, 14:11:35

O'yga tolib choyni oldi. Bir ho'plab dasturxonga qo'ydi. Shunda anchadan beri uni sinchkovlik bilan kuzatib turgan "Usta" tilga kirdi:

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Fevral 2007, 14:28:06

Hush kelibsiz mehmon,aslingiz qaerdan?Sizni bu dargohga nima yumush boshlab keldi?

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 15:10:00

Bir dam hayollari uchgan Abdujalilga berilgan bu savollardan u avvaliga dovdirab qoldi, keyin o’zini darrov o’nglab, savollarga javob bera boshladi.

Qayd etilgan