Umidani o'ylar ekan, og'ir xo'rsinib qo'ydi. Shunda avtobusning ichi naqadar to'la ekanligini, qayta his etdi. Erkak-ayol demay hamma tiqilib kirib olgan. Kundalik hayotda, o'ziga yaqin do'stini ham yarim metr yaqinlashtirmaydigan ayollar, bu masofani avtobusga chiqqach, unitishgan edi go'yo. Nega insonlar ma'lum bir vaziyatlarda, juda muhim deb hisoblagan narsalarni ham unutib yuborishadi. Unutuvchi bo'lganlari uchunmi? O'sha kuni Umidaga gapirar ekan, u ham shu ahvolga tushib qolganligini endi angladi. Buni tushunishi uchun shu avtobusdagi, shu vaziyatna yaratgan Zot naqadar buyuk, degan fikr o'tdi qalbidan.
Ko'z'ga tanish bekat ko'rinishi bilan, kechirasiz o'tib olsam maylimi, deganlarga qo'shilib, avtobusdan qanday qilib tushib ketganini ham tushunmay qoldi.
-Ha, o'zi shunday, ba'zi ishlarni yetarki qilay de, odamlar o'zlari yordam berib yuborishadi, dediyu o'z-o'zicha, ijaraxonasiga qarab yo'l oldi. Yaxshi ham Asr namozini o'qib oldi, bo'lamasa Umidani ham ko'rmasdi, xatosini ham tushunmasdi.