Yangi o'yin: Ziyouz romani...  ( 69153 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AL_laziz87  05 Yanvar 2008, 03:25:25

 Ustaning uyidan chiqib borarkan fikr qilib bir qarorga kelishini anglab etgan Abdujalilining miyasiga birdaniga  yashin tezligida shaxardan tezroq chiqib ketish fikri tug'ildi.

Qayd etilgan


JaviK  05 Yanvar 2008, 06:34:17

Lekin uning ko`z oldiga ota -onasi keldi, u siz ularning  ahvoli nima chekadi? usta o`yinni tashlab qoshganlarni kechirmayman degandi. oilamga zug`m qilsachi, shu hayyollar bilan uyiga kelganini ham bilmay qolibdi? eshik qo`ng`irog`ini bosdi va oyisini kimbu degan ovozi bu safar boshqacha eshitilib ketdi.

Qayd etilgan


guli86  12 Yanvar 2008, 13:55:07

Ho'sh bu yerga nega kelganingizni bilasizmi. Sizga bir ajoyib narsa haqida gapirib bermoqshiman

Qayd etilgan


AL_laziz87  02 Fevral 2008, 07:14:04

U shu tariqa gapni aylantirmoqchi va vaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi lekin onasi buni sezib turardi.

Qayd etilgan


AL_laziz87  05 Fevral 2008, 18:03:03

Abdujalilning ko'nglidan o'tayotgan narsalarni onasi tushundi chog'i, bo'lgan voqealarga o'zi ayibdor ekanligini ayitmadi. Garchi onasi buni ko'ngliga tugub qo'ygan bo'lsa xam gapirishni istamadi. Onamdan xozir tanbix eshitaman deb o'ylab turgan Abdujalil bunga xoyron qoldi.

Qayd etilgan


Olimxon  11 Aprel 2008, 15:04:33

Uzr, asarni bo'lib shu yerda bir fikr bildirmoqchi edim.
Anchadan beri bu yerga hech kim kirmay qo'yibdi, asar esa oxiriga yetmagan.
Manimcha buning sababi bor: Boshi yaxshi boshlangan, lekin davomida ishtirokchilar bir narsaga e'tibor berishmabdi,shekilli.
E'tibor bergan bo'lsalaring asar faqat o'tgan zamon va ingliz tilidagi (Past continous)dagi gaplardan, tuzilgan. Asarda dialoglar kam, hozirgi kelasi zamondagi va ingliz tilidagi(Simple Present)dan tuzilgan gaplar deyarli yo'q.
Keling, gapim quruq bo'lmasligi uchun o'zim yana jindek boshlab beraman va asarni oxirigacha yetkazib qo'yamiz degan umiddaman, aziz forumdoshlar!!!

Qayd etilgan


Olimxon  11 Aprel 2008, 15:11:03

Abdujalil ostona eshiklaridan kirarkan, erta bahorning injiq havosi ta'sirida bir zumda aynib qoladigan ob-havoning ta'sirida vaqt ham allamahal bo'lib qolganini payqadi. "Otam ham ishdan kelib qolgandir, hozir unga nima deyman. -Qani nimalar bo'layotganini manga birma-bir aytib berchi deb qolsa, qanday javob beraman" degan fikrlar miyasidan yashin tezligida o'tdi.
- Oyi, dadam ishdan keldilarmi, so'radi ko'nglidan kechayotgan hayajonlarni bilintirmaslikka harakat qilib.

Qayd etilgan


Robiya  11 Aprel 2008, 16:01:09

- Yo'q, o'g'lim, hali kelganlaricha yo'q. O'zing nimalar qilib yuribsan? Oxirgi kunlarda ancha o'zgarib qolding, nima bo'ldi? - dedi oyisi uni ko'rgan zahoti.

Qayd etilgan


Olimxon  14 Aprel 2008, 12:46:18

Shu payt endi nima bo'lsa bo'ldi, hamma gapni boshdan oyoq gapirib beraman, o'zimiyam ota-onamiyam qiynayotgan narsaga barham beraman dedi-da gap boshladi.
- Oyi hammasi bundan 3 kun oldingi bir voqeadan boshlandi...
Shu gaplarni aytdi-yu qizargancha yerga qaradi

Qayd etilgan


Robiya  24 Aprel 2008, 10:39:14

Onasi o'g'lining gaplarini diqqat bilan eshitdi, ora-orada ko'z yoshi ham qilib oldi. Abdujalil gapini tugatib, sekin onasiga qaradi. U onasidan dakki berishini, qattiq koyishini kutgan edi.

Qayd etilgan