Biz shu ona vatan uchun nima qilayapmiz?  ( 10419 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Navoiyning izdoshi  14 May 2009, 15:57:54

Assalom-u alaykum, hurmatli suhbatdoshlar! Biz shu ko`hna va mashhur zamin farzandlari, ona vatanimiz uchun aynan men qilayapman degan savolga qanday javob bera olamiz deb o`ylaysizlar. Hurmat va Samimiyat bilan Navoiyning izdoshi.

Qayd etilgan


Usmon  14 May 2009, 16:42:25

Vaalaykum assalom.
Juda g'aroyib savol bo'libdi.
:) siz ona vataningiz uchun hech narsa qilmaysiz. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi ham.
Siz atrofga yaxshirooq qarang. Kim biror ishni VATAN uchun qilyapti?

Qayd etilgan


Robiya  14 May 2009, 16:48:08

Vaalaykum assalom.
Juda g'aroyib savol bo'libdi.
:) siz ona vataningiz uchun hech narsa qilmaysiz. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi ham.
Siz atrofga yaxshirooq qarang. Kim biror ishni VATAN uchun qilyapti?

 :as:

Vatan uchun biror ish qilish... Avvalo shu so'zni kim qanday tushunishig bog'liq. Masalan, kimdir uchun xizmat komil farzandni tarbiyalash bo'lsa,kimdir uchun elga xizmat qilish, boshqa uchun esa bog'ni parvarishlash, muallim uchun yaxshi dars berish, shifokorga esa bemorni dardiga davo topish,... kabi ishlar...

Islom dinida ham "Vatanni sevmoq iymondandir" deyilgan. Vatanimiz tinch,osuda, chiroyli ekan, boshqa maqsadlar rejalar ham shunday chiroyli bo'ladi, InshoAlloh.

Qayd etilgan


Shokir63  17 May 2009, 19:04:10

Assalom-u alaykum, hurmatli suhbatdoshlar! Biz shu ko`hna va mashhur zamin farzandlari, ona vatanimiz uchun aynan men qilayapman degan savolga qanday javob bera olamiz deb o`ylaysizlar. Hurmat va Samimiyat bilan Navoiyning izdoshi.

Uni sevdim.
Uni sevganingdan unga nima foyda deganlarga javob berish ortiqcha ish deb hisoblayman.

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 14:21:41

Vatan bizsiz ham Vatan, lekin biz Vatansiz, inson emas, Vatangado bo'lamiz. Rabbim hech kimni Vatansiz qo'ymasin.
Vatan uchun shuni qildim, deya olish balki biroz qiyinroq tuyulsa kerak, lekin odob bilan ahloq bilan yashasak, hech bo'lmasa Vatanimizga zarar bermasak!!! buni o'zi ham katta gap bo'lsa kerak.
Masalan men uzoqda bo'lganim uchun qo'limdan kelguncha Vatanimga, Millatimga yomon gap olib kelmaslikka harakat qildim. Chunki men bir O'zbek bo'lib birovni tiliga tushib qoldim-mi, Xudo saqlasin, u odam qayerda bir O'zbekni ko'rsa, haaa bilaman shu O'zbeklarni, deb eslab gapiradi.

Qayd etilgan


siddiqa  05 Oktyabr 2009, 10:04:12

 :as:

opacham aytardilar ...... "hozir uyda uzbda mazza qilib yashayapmn agar madhiyani eshitsam ,oddiy hol ,
chetda ,u yerda ham hayot yahshi .....lekin u yerda gimnning musiqasi boshlanishi bn ,hali so'zlariga yetib ham kelmasdan ,,,,,,iching to'lib ketadi ,baqirib baqrib yig'laysan ,
ko'z oldingdan O'zbeging o'tadi ..........seni yomon ko'rgandek tuyulgan o'zbeging o'tadi ,ko'nglingni og'ritgan eng yoqmagan insonni ham quchoqlab o'zbekning hidini sog'inasan ..........
quchib quchib yig'laysan ...."

lekin ilk martta jahon chempionatida o'zbeklardan oltin medal olishganida ,(dyudo) uzbni bayrog'ini baland ko'tarib yig'laganida chinakamiga yig'laganman ........
o'zbekligimdan fahrlanib ....... Valuev bn Chagayevni bahsida ham ichim zirrrilab ketgan .
vatanni gohida sen bilmagan daqiq hodisalar eslatib qo'yarkan .

Qayd etilgan