Muallif Mavzu: Ajabo...  ( 11296 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Ajabo...
« Javob #15 : 27 Avgust 2008, 15:51:46 »
Ajabo
Ajabo umr o’tmoqda deb tinmasdan hayqiramiz –u, qalbimizda bu umrni chindan ham o’tib borayotganiga afsus-u nadomat topa olmaymiz. Ajabo qo’limizdagi ming so’m, masjidga berishga, Alloh uchun ehson qilib yuborishga ko’plik qiladi-yu, bozorga naqadar oz.! Ajabo mahfiy qolganimizda bir yarim soat zikr qilishimiz, biz uchun bir hafta o’tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu, 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib, qanday o’tkazib yuborganimizni bilmay qolamiz. Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tiladigan bo’lsa naqadar, hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz, Ajabo duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi. Ajabo, qur’ondan bir sahifa o’qish naqadar qiyin-u, darakchidan 30 bet naqadar oson, Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzog’-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz, Ajabo honanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u, Xudo vando uyda so’ngi  saflarda turishga havasmandmiz, Ajabo odamlarga Jum’a ma’ruzasini esda saqlab odamlarga yetkazish naqadar og’ir-u, ig’vo-yu, mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil. Ajabo odamlarning u bo’pti, bu bo’pti degan cho’pchaklariga ishonamiz-u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz. Ajabo dunyoning istalgan matoxini intizor ko’zlarimiz bilan kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz. Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib-pishib  muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimay o’tib ketamiz, Ajabo har kim jannatga kirishni har qancha tamarg’a qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini hech qancha o’ylamaydi, Ajabo ertagacha bu hayratlarning asl sababini o’rganishga kirishaylik.!!!
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Ajabo...
« Javob #16 : 12 Sentyabr 2008, 09:19:48 »
Qoyil qolidm!

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Ajabo...
« Javob #17 : 13 Sentyabr 2008, 12:22:04 »
Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!
Amin, Assalam alaykum Odila, judayam qalbni larzaga keltiruvchi tilaklar yozibsiz, Alloh rozi bo'lsin, riyodan ALLOHni o'zi asrasin.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ajabo...
« Javob #18 : 10 Iyun 2009, 13:22:30 »
- Ажабо! - Узимизни тугри йулдамиз деб бонглар урамиз-у, аслида тугри йулдагиларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Дин учун бирон нарса килмадигу, лекин тинмайин динга хизмат килаётганларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Илмимиз хеч вале, Уламолар гуштини еймиз!!!

- Ажабо! - Жаннатнинг калитини кулга киритдик-ми, ё, энг тугри йулда эканимиз хакида васика олдикми, ва ёхуд Аллохнинг рахматини таксимловчиларга айландикми-ки, одамларни анави адашган, манави залолатда дея синфларга ажратишга тушдик?!.. Ажабо, бунинг урнига уз нафсимиз билан шугуллансак булмасмиди?!..

- Салафларга эргашамиз дея оламни бузаётганимизда бешак тилларимиз ёлгон сузлади. Салафлар биздан безорлар. Биз бу пок номга хали бери лойик эмасмиз... Чунки, биз улар билан факатгина  эшакнинг кучи халол-у гушти харом кабилида муомала килмокдамиз холос... 

- Эй, мангина тугри йулдаман дея бонг ураётган бечора!.. Кузингни оч!.. Душманинг колиб дустингга тош отма!.. Ахмаду Нуъмондек салафларингни эсла!.. Ибрат ол!.. Пайгамбаринг асхоби хаётига назар сол, ундан кейин узингга бир бора назар сол, сунгра яна бир бора кузларингни узингга кайтар! Кузларинг ноумид булиб узингга кайтмасин!..

Илмни чукурок эгалла!.. Кеча чиккан, адолатини шубха булгаган мутаолимлар огзидан чикаётган сафсатаю игволар карнайига айланиб колишдан эхтиёт бул!.. Салафларга эргашаман десанг кам гапириб купрок илм ол. Уларнинг одобидан намуна ол. Таквосидан бахра ол. Калбингни ихлос суви ила покла. Акс холда, бечоралагингча колиб кетасан... 

Сенга не булди-ки тилинг захридан, киличинг кахридан, найзанг сахмидан факатгина мусулмон биродарларинггина озор топмокда?!..

Узинг ерсан-у осмонни коралайсан!!! Хали узинг киёматда кандай муомала куришингни билмайсан, гунохларингга йигламайсан, бирок, гунох устига гунохни шодлик ила орттирасан... Уламолар кабрига гишт калайсан, ва буни рисолат мохияти деб уйлайсан...

Хар бир олим, хар бир мухлис, хар бир дин ходими, сен учун то узингнинг мухтабарингда текширувдан утмагунча, акси собит булмагунча, адашган бандадир... Ким-ки сенинг куйинг билан сайрамас экан, у бидъатчи, нобакордир... Уни шарридан хаммани огохлантириш даркор!!!... Чунки, у сен тушунган суннат йулда эмасдир!!!... Тугрироги сенинг суннат йулингда эмасдир... Ахир сен билмаган холда суннатни ихтикор килиб олмокчи булаётганингни хам фаркида эмассан... 

Эй, хакикий рисолат булоги колиб, сароб сари интилаётган одам!.. Кузингни оч, гафлат уйкусидан уйгон... Етти кават самолар узра оламлар Хожаси томонидан индирилган мукаммал динга мукаммал нигох ила назар сол... Исломни тор ва беухшов, нокису номавзун колипингга солиб куйма... Рисолатни уз гуштини узи ейиш учун туширилган гийбатлар манбаи килиб курсатиб куйма...

Эй, пайгамбар хадисига эргашаман дея даъво килаётган толиби илм!.. Даъвоингни бир текшириб кур. Хадиси шарифларнинг матни колиб санади билан уралашмаётганмикан-сан?!.. Асли колиб фаръини тафтиш килмаётганмикан-сан?!.. Ичидаги маъно колиб рижоллар холи билангина машгул булмаётганмикан-сан?!.. Хадислар китобларини факатгина тирнокни остидан кир кидириш, яхшилар номини булгаш максадида титкиламаётганмикан-сан?!..

Эй, Куръон менинг конуним дея давъво килаётган дустим... Хар сафар Куръон укиганингда узингни имтихон кил... Куръоннинг худудлари колиб хуруфларини коим килмаётганмикан-сан?!..

Агар шундай булса сенга ажаблар булсин... Ажабки, айнан сенга ухшаган адашганлар учун айтилган хадисларни аслида сенга айтиши керак булган одамларга карата ишлатасан!..

Аслида таажжубдан кура сенинг холингга таассуф муносиброкдир... forum.islom.uz saytidan
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Kumush

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 273
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 173
  • Jins: Ayol
Re: Ajabo...
« Javob #19 : 10 Iyun 2009, 16:49:11 »
Ajabo shunday fikrlaydigan birodarlarim bor ekan.
Ajabo...
Lochin ko'kda netar ko'zi o'tmasa,Sindir qalamingni so'zi o'tmasa...

Abdullah_Hayrullah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 54
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 25
Re: Ajabo...
« Javob #20 : 19 Iyun 2009, 11:43:48 »
Ajabo,  bu odamlar bilarmikin jahannamning borligini va uning neqadar dahshatli ekanligini. Adashishsa jahannamga otilishligini
                          :jaza:

Abdullah_Hayrullah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 54
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 25
Re: Ajabo...
« Javob #21 : 19 Iyun 2009, 11:53:27 »
Ajabo, biz bilamizmi bu umr haqiqiy hayotimiz bilan taqqoslarsak kiprik qoqanchalik emas ekanligini

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Ajabo...
« Javob #22 : 19 Iyun 2009, 14:59:57 »
Ajobo Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Ajobo Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Ajobo Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Ajobo Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Ajobo Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ajobo Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Ajobo Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Ajobo Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
AjoboFazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Ajobo Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Ajobo Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Ajobo Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Ajobo Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Ajobo Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ajobo Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Ajobo Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Ajobo Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...

Abdul_Malik

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 358
  • Xabarlar: 625
  • Jins: Erkak
Re: Ajabo...
« Javob #23 : 27 Iyun 2009, 19:54:22 »
Ajabo, shuncha ibratli so'zlarni yozamizu, o'zimiz ularning hammasiga ham amal qilavermaymiz...

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Ajabo...
« Javob #24 : 10 Iyul 2009, 11:44:45 »
Ajobo o'limni haqligini bila turib kulgan odamga,
Ajobo dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga,
Ajobo hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga,
Ajobo ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga,
Ajobo do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga,
Ajobo Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga,
Ajobo jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va
Ajobo shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Ajabo...
« Javob #25 : 04 Avgust 2009, 13:29:32 »
«Ey Odam farzandi! Kishi o‘limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo‘layotganidan ajablandim. Hisob-kitob bo‘lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to‘playotganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga xotirjam bo‘layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan ajablandim. Suv bilan o‘zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim. Odamlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zining ayblaridan g‘ofil qolgan kishidan ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan kishiga ajablandim. O’zining yakka holda o‘lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o‘zgani do‘st tutgan kishidan ajablandim). Haqiqatan Mendan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening bandam va rasulimdir».

_B_E_K_

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 37
  • Jins: Erkak
Re: Ajabo...
« Javob #26 : 01 Oktyabr 2009, 15:31:49 »
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?
Ìóêàììàë èíñîíëàð ýìàñ, ìóêàììàëëèêêà èíòèëà¸òãàí èíñîíëàð áîð!

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Ajabo...
« Javob #27 : 01 Oktyabr 2009, 15:54:24 »
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.

_B_E_K_

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 37
  • Jins: Erkak
Re: Ajabo...
« Javob #28 : 01 Oktyabr 2009, 16:09:36 »
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.

Узр дустим. Ман шунчаки хакикатнинг аччик киёфаси тугрисида азгина тушунганимма баён килдим. Бу хеч кимга тегишли эмас. шунчаки фикр !
Ìóêàììàë èíñîíëàð ýìàñ, ìóêàììàëëèêêà èíòèëà¸òãàí èíñîíëàð áîð!

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Ajabo...
« Javob #29 : 03 Oktyabr 2009, 13:59:21 »
Ajobo  Dunyoni yolg‘onchi deb, uning yolg‘onlaridan taskin topamiz.

Ajobo Yaxshilik qilamiz deymiz-u, ammo yaxshilik qilganlarning qadrini bilmaymiz.

Ajobo Ko‘p narsani ixtiro qildik, ammo qalbimizni ocha oldikmi?

Ajobo Kunlar tez o‘tayotganini ta’kidlaymiz, biroq umrimiz ham shu kunlarga qo‘shilib oqayotganini o‘ylamaymiz.

Ajobo Ko‘p gapiramiz, eshitishni bilmaymiz.

Ajobo Pul topamiz, barakasini sezmaymiz.

Ajobo Tez harakat qilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.

Ajobo Ibodat qilyapmiz, zavqini tuya olyapmizmi?

Ajobo Ko‘p narsani bilamiz-u, amalda qilmaymiz.

Ajobo Hatto chin ko‘ngildan yig‘lashni ham, kulishni ham yoddan chiqarib qo‘ymoqdamiz.... nimaga ekan-a