Ajabo...  ( 16296 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


ЖАМШИДЖОН  05 Oktyabr 2009, 19:20:19

Ajabo, Qur’onni o‘qish degani, faqatgina arabcha muborak kalimalarni takrorlash deganimi? Rabimizning "O’QI!" amridan maqsad shugina xolosmi?

Ajabo, Allox Taolo Qur’onni bizga uni xatm qilishimiz uchun, savob qozonishimiz uchungina nozil qilganmi? Bu kitob faqatgina muborak kechalarda, Ramazon oyida o‘qiladigan zikr kitobimi?

Ajabo, Qur’oni karimga bo‘lgan xurmatimiz, samimiyatimiz uni devorlarda bezakli jildlar ichiga osib qo‘yish yoxud kindigimizdan yuqoriga ko‘tarish bilan hosil bo‘ladimi?

Yoki rabbimiz bu kitobni o‘liklarimiz ortidan o‘qishimiz uchun nozil qiligan mozorlik kitobimi?

Qur’oni karimga taxoratsiz tegina olamizmi?

Ajabo, Qur’oni karim muqaddas kitobimiz bo‘lishidan avval xayotimizning Qo‘llanma kitobi emasmi?

Qur’oni karimni faqatgina domlalar tushuna olishadimi? Bizchi? Agar anglay olmasak, u holda nima sababdan

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

"Darhaqiqat, Biz Qur’onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!" ("Qamar" surasi, 17) oyati nozil bo‘lgan?

Qayd etilgan