Ajabo...  ( 16283 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Abdullah_Hayrullah  19 Iyun 2009, 11:43:48

Ajabo,  bu odamlar bilarmikin jahannamning borligini va uning neqadar dahshatli ekanligini. Adashishsa jahannamga otilishligini
                          :jaza:

Qayd etilgan


Abdullah_Hayrullah  19 Iyun 2009, 11:53:27

Ajabo, biz bilamizmi bu umr haqiqiy hayotimiz bilan taqqoslarsak kiprik qoqanchalik emas ekanligini

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Iyun 2009, 14:59:57

Ajobo Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Ajobo Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Ajobo Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Ajobo Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Ajobo Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ajobo Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Ajobo Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Ajobo Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
AjoboFazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Ajobo Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Ajobo Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Ajobo Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Ajobo Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Ajobo Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ajobo Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Ajobo Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Ajobo Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...

Qayd etilgan


Abdul_Malik  27 Iyun 2009, 19:54:22

Ajabo, shuncha ibratli so'zlarni yozamizu, o'zimiz ularning hammasiga ham amal qilavermaymiz...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 11:44:45

Ajobo o'limni haqligini bila turib kulgan odamga,
Ajobo dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga,
Ajobo hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga,
Ajobo ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga,
Ajobo do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga,
Ajobo Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga,
Ajobo jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va
Ajobo shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  04 Avgust 2009, 13:29:32

«Ey Odam farzandi! Kishi o‘limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo‘layotganidan ajablandim. Hisob-kitob bo‘lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to‘playotganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga xotirjam bo‘layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan ajablandim. Suv bilan o‘zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim. Odamlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zining ayblaridan g‘ofil qolgan kishidan ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan kishiga ajablandim. O’zining yakka holda o‘lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o‘zgani do‘st tutgan kishidan ajablandim). Haqiqatan Mendan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening bandam va rasulimdir».

Qayd etilgan


_B_E_K_  01 Oktyabr 2009, 15:31:49

Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 15:54:24

Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.

Qayd etilgan


_B_E_K_  01 Oktyabr 2009, 16:09:36

Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.

Узр дустим. Ман шунчаки хакикатнинг аччик киёфаси тугрисида азгина тушунганимма баён килдим. Бу хеч кимга тегишли смас. шунчаки фикр !

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  03 Oktyabr 2009, 13:59:21

Ajobo  Dunyoni yolg‘onchi deb, uning yolg‘onlaridan taskin topamiz.

Ajobo Yaxshilik qilamiz deymiz-u, ammo yaxshilik qilganlarning qadrini bilmaymiz.

Ajobo Ko‘p narsani ixtiro qildik, ammo qalbimizni ocha oldikmi?

Ajobo Kunlar tez o‘tayotganini ta’kidlaymiz, biroq umrimiz ham shu kunlarga qo‘shilib oqayotganini o‘ylamaymiz.

Ajobo Ko‘p gapiramiz, eshitishni bilmaymiz.

Ajobo Pul topamiz, barakasini sezmaymiz.

Ajobo Tez harakat qilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.

Ajobo Ibodat qilyapmiz, zavqini tuya olyapmizmi?

Ajobo Ko‘p narsani bilamiz-u, amalda qilmaymiz.

Ajobo Hatto chin ko‘ngildan yig‘lashni ham, kulishni ham yoddan chiqarib qo‘ymoqdamiz.... nimaga ekan-a

Qayd etilgan