O'z joniga qasd qilish: nima uchun?  ( 13372 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Shoxjahon12  21 Fevral 2007, 10:20:48

Assalomu alaykum, forum a'zolari!
O'z joniga qasd qilish haqida qanday fikrdasizlar?
Hatto Koreya,Yaponiya,Xitoy kabi davlatlarda o'z joniga qasd qilishga undaydigan internet saytlari ham faoliyat ko'rsatadi. Umuman,sizni fikringiz qanday bu haqida?

Qayd etilgan


Shahina  21 Fevral 2007, 16:19:28

va alaykum assalom!
Bu holat ko'proq yoshlarning hayotida yuz bermoqda.
Buning sababi - irodasizlik, sabrsizlik.
Gazetada o'qidim: bir yigit sevgan qizining erga tegib ketganligi uchun o'zini-o'zi osibdi.
Bu nima degan gap?
Hayotda bundan ham battar muammolar ko'p-ku.
Hammasiga sabr qilish, hammasiga chidash insonning burchi emnasmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Fevral 2007, 19:51:56

Hayotda nima bu'lishidan farqli holda u'z joniga qasd qilish gunohi kabira hisoblanadi.Alloh harom qilgan ishni qasd qilish mu'min va mu'minalar uchun harom.

Qayd etilgan


islimakhanim  22 Fevral 2007, 17:13:32

Hayotda nima bu'lishidan farqli holda u'z joniga qasd qilish gunohi kabira hisoblanadi.Alloh harom qilgan ishni qasd qilish mu'min va mu'minalar uchun harom.
Assalamu alaykum!
Bu umr, bu tana, bu hayot bizga Allah Taalaning omonatdir! Jon ato etish uning iznida, jon olish ham! Bas shunday ekan, Allah yaratgan har qanday jonzotning joniga qasd qilmoqlikka kimning haqqi bor? Siz yanlgishmang, o'z joniga qasd qilish deb. Chunki nafaqat jonimiz, balki organizmimizdagi hech bir a'zo bizga tegishli emas! Urib turgan yuragimiz, ko'rib turgan ko'zimiz, eshitib turgan qulog'imiz, yurib turgan oyog'izmi, ishlab turgan qo'limiz, gapirib turgan tilimiz, boringki butun vujudimizni Allah Taalaning faqat Uninggina amrlarini bajarishimiz uchun bir vosita qilib bergan, yanayam aniqrogi in'om qilgan, shunday ekan, biz uning shukrini qilib, Allah Taalaga hamd aytish o'rniga shikast yetkazishimiz, hatto uni o'ldirishga urinishimiz bu borib turgan axmoqlikdir!  Allah barchamizni bunday gustohlikdan O'zi saqlasin AMEEN!

Qayd etilgan


SHahinur  09 May 2007, 01:03:47

Assalomu alaykum,uzini uzi o'ldirish islomda qattu qoralangan.uzini uzi o'ldirish Alloh bergan hayot ne'matlariga noshukurlik nonko'rlik qilish bo'ladi.
Imom Buhoriy Jundub(r.a) dan qilgan hadisda Paygambar(s.a.v) "Bir odamning jarohati bor edi,u uzini o'ldirdi.Shunda Alloh azza va jalla:"Bandam mendan avval joni haqida o'zi shoshqaloqlik qildi.Men unga jannatni harom qildim"dedi" deganlar.
Inson uzini qanaqa ahvolda o'ldirsa u dunyoda to qiyomatgacha shu ahvolda uzini qayta qayta o'ldirib azoblanadi.
Ba'zida insonla qiyinchilik,nohaqlik tuhmat yoki kimlanidir yomon gaplari zulmi tufayli uz joniga qasd qilgisi shularni hammasidan qutilgisi keladi.Agar usha vaqtda insonni irodasi iymoni mustahkam bo'lsa barchasiga chidab yahshi kun kelishiga umid qilib bu yo'ldan qaytadi.
Bizni yaratgan bizga jon ato etgan yolgiz Alloh shunaqa ekan jonimizni uzi hohlaganda hohlagan va'ziyatda qaytib oladigan ham Alloh,uz joniga qasd qilib gunohga botishdan Allohni uzi asrasin.

Qayd etilgan


Amina  26 May 2007, 10:55:34

shu kunlada haqiqatdan ham kopayib ketvotti, shunaqa ishla. Lekin inson zoti hech ham haqli emas bunga. Jonni Olloh ato etdimi faqat uni olishga yan Olloh haqli. shu insonni dunyoga kelishini yaratgan istadimi, demak, shuni ozi biz insonlar uchun kottakon baxt, har qanday qiyin vaziyatda ham inson irodali bolish kere, sal narsaga jahli chiqib, ota-onasiga achchiq qilib, sevgisidan ayrilgani uchun joniga qasd qilish umuman tori emas. Har narsaga aql bilan ish tutish lozim. Hayvonlardan farqli olarod, Olloh insonga ong berib qoygan uni ishlatmasdan ish tutish tori kemiydi. Doim tirikligimiz, yaqinlarimizni yonimizda ekanligi, yurtimiz tinchiligi uchun shukur qilib yashashimiz shart!

Qayd etilgan


lolo  26 May 2007, 22:02:25

Исломда нафаkат сзини слдириш, балки, сзига сзи слим тилаш xам ман kилинган. Ўзига слим тилаган Аббос ибн Абдулмутталиб розисллоxу анxуга Лайrамбар алайxиссалом: «А­й амаки, слим тилама, агар сен схши бслсанг, слиминг орkага сурилиб схшилигингга схшилик зиёда бслгани сен учун схшидир. Агар ёмон бслсанг, слиминг орkага сурилиб ёмонлигингдан kайтсанг, сен учун схшидир. Бас, слимни тилама» деганлар.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  28 May 2007, 13:21:36


Uz joniga qasd qilgan odamni oxirati kuyib ketadi.

Bu shirin jonimiz bizga Allox tomonidan omonat qilib berilgan nematdir.
Shunday ekan,uzini uzi uldirishga hech kimni xaqqi yuq

Qayd etilgan


Amina  05 Iyun 2007, 09:40:38

Agar oz joniga qasd qilishayotganlar uchun jonlari aziz bolmasa, ulani yaqinlari, avvalo ota-onasi uchun qadrli-ku! shu qilmishlaridan keyin onaizorlarizni qanchali faryod chekishlarini tasavvur

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Iyun 2007, 14:22:02

Menimcha  o'z joniga qasd qilish eng og'ir gunoh. Chunki insonga yashash uchun bir bir imkoniyat berilsayu ammo undan biz to'g'ri foydalana olmasak va jonimizga qasd qilsak bundan og'ir gunoh yo'q. Ming qiyin bo'lganda ham inson o'z joniga qasd qilmasligi kerak.

Qayd etilgan