O'z joniga qasd qilish: nima uchun?  ( 13371 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Dilnura  09 Iyun 2007, 16:59:41

Men sizlarga aytsam,ko'shnimizni 12 yashar kizchasi o'zini osibdi.Sabab,"Fotimava Zuhra" filmi bo'lgan.Kizcha buvisi bilan kino ko'rib o'tirib savol bergan"buvi u kaytib keladimi"
-ha albatta deb javob bergan......hech kancha vakt o'tme kizni bolahonada osilgan holda topishgan,oldida hat,ustida singlisiga koldirilgan sirga bilan(kinoda huddi shunde bo'larkanu)......

Qayd etilgan


Shoxjahon12  29 Dekabr 2007, 13:49:31

"O'Z JONIGA QASD QILISH MAMLAKATI" - KOREYA!

"Bizni tark etishdan avval bizga albatta qo'ng'iroq qiling" (Shvetsiya).
"Siz yolg'iz emassiz. Qachon bo'lmasin qo'ng'iroq qiling" (Germaniya).

Dunyoning har bir burchagidagi joniga qasd qilishning oldini olish jamiyatlari shu mazmundagi dasturlarini ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum qilib boradi.O'z joniga qasd qilishni maqsad qilgan odam nima bo'lishidan qa'tiy nazar vujudiga ozor yetkazishi aniq.Ammo shunday bo'lsa-da, mutaxassislarning fikrlariga ko'ra, ularda   zig'richa bo'lsa ham "o'limni xoxlamaslik xissiyoti" bo'lar ekan.
Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, 2000 -yilda jahon bo'yicha 1,000,000 odam o'z joniga qasd qilgan. Bu har 40 sekundda 1 odam nafas olishdan to'xtadi,deganidir. Shuningdek, o'z joniga qasd qilish bo'yicha aholisi ko'p mamlakatlar - Xitoy va Xindiston yetakchilikni egallashdi. Bu ikki mamlakat butun dunyo miqyosida 30 % ini band etishdi.Hududlar bo'yicha bo'ladigan bo'lsak, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida o'z joniga qasd qilish darajasi juda yuqori. Ayniqsa, Vengriya uzoq yillar "Buyuk o'z joniga qasd qilish mamlakati" "maqomi"ga ega bo'lib keldi.Vengriyada 1990 yillarda har yili  100,000 dan 47 nafari o'z joniga qasd qilgan.  Mutaxasisslar fikricha, Koreya ham Vengriyaning o'sha paytdagi darajasiga yaqinlashib qoldi. Bu yerda 1995 yilda har 100,000dan 11,8 nafari o'z joniga qasd qilgan bo'lsa, 2005 yilga kelib bu ko'rsatkich 26,1 nafarga yetib qoldi.G'arbiy Yevropa mamlakatlarida 1980-1990 yillar mobaynida yuqoridagi holat 30%ga qisqardi. Akincha, Koreyada 2005 yilning o'zida 102,000 nafar kishi o'z joniga qasd qilib, Koreyani "O'z joniga qasd qiladiganlar mamlakatlar" ro'yhatidagi "fahrli" 4-o'ringa chiqarib qo'ydi.Hozirga qadar dunyo mutaxasisslari Koreyaning "O'z joniga qasd qilish sababi va oqibatlari" haqida ham xavotir, ham qiziqish bilan tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.


(Koreyaning "Kyomin Ilbo" gazetasi, 2007 yil 31 yanvar sonidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Fevral 2010, 23:52:22

Alhamdulillah musulmonmiz.
Iymonda islomda o'lishga nima yetsiz?

o'ziga qasd qilishning - sababi tushkunlik...
haqiqiy musulmon-mo'minda esa o'zini o'ldirishga olib boradigan tushkunlik bo'midi.
Chunki u har bir ish (yaxshimi, yomonmi) Allohdan ekaniga ishonadi va shunga rozi bo'ladi...

TV da har doim ishidan haydalgani uchun o'zini o'ldirgan...
yaxshi ko'rgani tashlab ketgani uchun o'zini o'ldirgan...
kimdirini yo'qotgani uchun o'zini o'ldirgan...larni ko'rib Allohga musulmonlardan qilgani uchun shukronalar etaman.
Adashtirib qo'ymagani uchun... O'zigagina ibodat qiluvchilardan qilib qo'ygani uchun!

Alloh hammamizni haq yo'lda sobitqadam qilsin

Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 Fevral 2010, 12:36:12

Kechagi hafta qo'shni maxallada men qatori bir yigit o'z joniga qasd qilibdi. Nima sababdan bunday ishga qo'l urganligi sirligicha qoldi.

Qayd etilgan