Necha yoshda uylanish/turmushga chiqish kerak?  ( 76904 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muslimа  21 Fevral 2007, 16:01:50

Assalomu alaykum!
Forumdoshlarga yana bir mavzu bilan murojat qilmoqchidim!
Necha yoshda uylanish/turmushga chiqish kerak? va nimaga aynan siz etgan yoshda turmush qurish ma'qul deb hisoblaysiz?

Qayd etilgan


Shahina  21 Fevral 2007, 16:26:07

Va alaykum assalom!
Manimcha

Erkaklar 25 yoshda
Ayollar 20 yoshdan

Qayd etilgan


Abdullox  22 Fevral 2007, 00:08:32

Assalomu aleykum forumdoshlar va do'stim Rohatoy !!!
Mavzuni ko'rib ajablandim,juda qiziqarli.
Uylanish va turmushga chiqish dinimiz qo'llab-quvvatlagan ishdir va bu haqda payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom  ham "Imkoniyati bo'la turib uylanmay yurganlar bizdan emasdir " deb ta'kidlaganlar.Demoqchimanki, har bir musulmon o'ziga ishonsa,  o'zini bir oilani tutib keta oladigan darajada deb bilsa,rizqini haloldan topishga sidqidildan harakat qilsa manimcha yosh tanlashning hajoti yo'q.Buyog'i Ollohdan taqdir.Eng asosiysi barchamizga Olloh oqil va oqila, iymonli, diyonatli juftlarni ato etsin, baxtimizni bersin.Omin !!!

Qayd etilgan


islimakhanim  22 Fevral 2007, 16:52:21

 Assalamu alaykum!
Agar xotiram pand bermasa Oyisha onamiz (ra) Payg'ambarimiz (SAV)ga 6 yoshlarida unashtirilganlaiklarini oqigan edim. Balog'at yoshiga yetganlaridan keyin turmush qurganla. Bizga Payg'ambarimiz (SAV) va ularning ayollaridan ham ortikrok o'rnak bo'luvchi inson bormikan...

Qayd etilgan


Shahina  22 Fevral 2007, 22:42:46

Assalamu alaykum!
Agar xotiram pand bermasa Oyisha onamiz (ra) Payg'ambarimiz (SAV)ga 6 yoshlarida unashtirilganlaiklarini oqigan edim. Balog'at yoshiga yetganlaridan keyin turmush qurganla. Bizga Payg'ambarimiz (SAV) va ularning ayollaridan ham ortikrok o'rnak bo'luvchi inson bormikan...

Assalomu alaykum Islima xonim!
Shu o'rnakka amal qila olasizmi?
Manimcha u davrdagi ayollarning hozirgidan farqi bo'lgan.
Ham jismoniy, ham aqliy jihatdan ular bizdan ancha kuchli bo'lishgan.
Shuni ham e'tiborga olish kerak.

Qayd etilgan


islimakhanim  23 Fevral 2007, 09:59:02

Assalomu alaykum Islima xonim!
Shu o'rnakka amal qila olasizmi?
Manimcha u davrdagi ayollarning hozirgidan farqi bo'lgan.
Ham jismoniy, ham aqliy jihatdan ular bizdan ancha kuchli bo'lishgan.
Shuni ham e'tiborga olish kerak.
  Wa aleykum salam, Shahina bonu!
 opajon, 6 yoshda unashtirildi degani, 6 yoshda turmush qurdi degani emas! InshaAllah, bu savolga musla bolimida to'liqrok javob beraman, rozi bo'lasiz...

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2007, 01:43:18

Ayol  ham, erkak ham imkoniyati bo'lganda uylanaverishi yoki turmushga chiqaverishi kerak, toki keyin afsuslanib qolmasin.

Qayd etilgan


Asal  03 Mart 2007, 20:09:46

O'zilayam bilsela kere oldingi zamonlarda qizla 13 yoshdan bolla bo'sa 17 yoshidan turmush qurishni boshlashgan keyinchalik bu narsa yoqolib ketgan.Xozir erga tegsa faqat o'zidan umuman begonani olish mumkin.Odam sevgan insoniga ham tegsa bo'midi chunki 1 kun kelib eri boshqani istab qoladin.Shuning uchun bollayam qizlayam umuman o'zidan 7 yod begona bilan turmush qurishi kerak.

Qayd etilgan


Foniy  05 Mart 2007, 19:15:42

Assalomu alaykum!
Inson tug'ilishidan oldin uning taqdiri belgilab qo'yilgan(so'zimda xatolik bo'lsa Olloh kechirsin!), o'zgartirishga hech kim qodir emas, Olloh bilguvchiroqdir! Lekin Ollohdan yaxshi niyat ila har bir inson o'ziga solih(soliha) juft ato etishini tilar ekan, inshoolloh barchasi ijobat bo'lur, har kimning o'z nasibasi bor, kimdir erta, kimdir kechroq!..

Qayd etilgan


SHahinur  05 May 2007, 00:05:13

O'zilayam bilsela kere oldingi zamonlarda qizla 13 yoshdan bolla bo'sa 17 yoshidan turmush qurishni boshlashgan keyinchalik bu narsa yoqolib ketgan.Xozir erga tegsa faqat o'zidan umuman begonani olish mumkin.Odam sevgan insoniga ham tegsa bo'midi chunki 1 kun kelib eri boshqani istab qoladin.Shuning uchun bollayam qizlayam umuman o'zidan 7 yod begona bilan turmush qurishi kerak.
Assalomu alaykum iya Asalhon odam sevganiga turmushga chiqmasa unda sevib nima qiladi yetti yot begona bilan oila qurishi kere dibsiz nima sevgan insoni keginchalik boshqasini istab ketadiyu yetti yot begona istab qomidimi.Hozirgi zamondayam vaqtli turmushga chiqish bor,endi insonni peshonasiga yozilgani buladi qachon kimga turmushga chiqishini Alloh belgilab qoyganku lekin mani fikrimcha qiz bola 20 yoshdan kegin turmushga chiqani yahshiroq ogil bola bolsa uzini tutib bitta kasbni egasi bulib kegin oila qursa oilasini ham qadriga etadi.Hammasi Allohdan.

Qayd etilgan