Ban qilingan userlar  ( 51780 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Shahina  21 Fevral 2007, 16:41:01

Assalomu alaykum!
Forumga qiziqishning ortishi bilan forumimiz boyidi.
Ishtirokchilar soni ham ortdi.
Lekin ba'zi ishtirokchilarimiz qoidabuzarlikdan hech ham to'xtamayaptilar.
Bu ataylab forumdagilarning jahlini chiqarish yoki yana boshqa maqsadlari bor.
Bu narsa forumda fitna chiqishiga sabab bo'ladi.

Mana shunday userlarimizdan biri nodirjan (ular endi Mirzo_Bobur noimi bilan ham kirvottilar) ni ban qilishingizni so'rayman.
Bu kishi forumdagilarning jahlini chiqarish, ularning nafsoniyatiga tegish bilan shug'ullanvottilar. Odinaxonning ham xafa bo'lishlariga aynan shular sababchi bo'ldilar.

To, bunday maraz odatlarini tashlamagunlariga qadar ban qilinishlarini iltimos qilaman.

Salomat bo'linglar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2007, 19:21:02

Oila va Jamiyat, Ko'ngilochar bo'lim, Muhabbat bo'limlarida haddidan oshganligi, forumchilarni behurmat qilganligi, axloq qoidalariga rioya qilmaganligi va ba'zi forumchilarni haqorat qilganligi uchun nodirjan va Nadirjan nomlari bilan forumni bulg'ayotgan user 1 haftaga ban qilindi va postlari o'chirildi.

Nodirjon 1 haftadan keyin ham ushbu odatlarini tashlamasalar, forumdoshlar safidan o'chiriladilar.
Forum qoidalari va foydalarini yaxshilab o'qib olishingizni so'rayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2007, 18:39:10

Assalamu alaykum.
Aziz forumdoshlar.
Inson hatokor bo'ladi. har bir inson hato qilishi mumkin.
Endi shu hatoni hammaga dasturhon qilib bir birini ayblash yahshi ishmi?
Mo'min mo'minga birodar. Bir- Biringizni aybingizni aytib, ko'nglingizni og'ritganingizdan nima topasiz? faqat gunoh. Biz masalan bu narsani ustida bo'lmaganmiz, shuning uchun u haq bu nohaq deyolmaymiz. Hamma o'zicha haq. kim haq ekanligini faqat Alloh biladi.
Kim aybdor bo'lsa ham, bu yerda buni yana davom ettirib noto'g'ri ish qilgansizlar.
Shuning uchun bunday dilhiralikni to'htatib, bir-biringizdan uzr so'rasangiz juda yahshi bo'lardi. Meni maslahatim shu. Bu forum bahs qiladigan joy emasku ahir. Bu yerda bilmagan narsalarimizni o'rganish uchun kiramiz. Sizlar qilayotgan ish esa hammasi bekorchi narsalar. Hali yoshsizlar, jahl ustida har nima deyish mumkin. Shuning uchun jahlingizni biroz jilovlab, shaytonni yengishga harakat qiling.
Meni maslahatim uchun hafa bo'lmanglar. Agar sizlarni ko'nglingizni og'ritgan bo'lsam uzr so'rayman.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin.Har qanday sharoitda ham halimlikni unutmang...

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Mart 2007, 19:56:42

Assalomu alaykum forumimizning aziz muxlislari!
Bugungi bu mavzudagi tortishuvlarni ko'rib, achinib ketdim.
Nahot shunday pastkashliklarga borilsa... Bir-birimizga hurmat, izzat qayerda qoldi?...
Forumdan maqsadimiz bu emasdi-ku...
Axir hammamiz birodarmiz-ku. Nahot birodarlar bir-birini shu darajada hurmatsiz qilsa...

Xafa bo'lmaysizlar, bu mavzudagi hamma postlarni o'chirib yubordim...
Bugun vaqtim bo'lmay kira olmagandim. Bo'lmasa, allaqachon mavzuni yopib qo'yardim. Ma'zur tutasizlar.
Har qanday orani buzishga harakatlar, fitnaga sabab bo'luchi postlar o'chiriladi va mualliflari ban qilinadi.

Hammangizga Allohning salomi, rahmati va mag'firatini tilayman. Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Endi bundan buyog'iga Alloh uchun bir-birimizni yaxshi ko'raylik, hurmat qilaylik.
Shundagina asosiy maqsadimizga erishamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Aprel 2007, 13:04:50

Assalomu alaykum!
Forum qoidalarini qattiq buzgani, boshqa foydalanuvchilarni hurmat qilmagani uchun Bonu 1 haftaga ban qilindi.
Bundan o'zlariga tegishli xulosalarni chiqaradilar, degan umiddamiz.

Qayd etilgan


lolo  30 Aprel 2007, 14:06:44

Ban bo'lganlarga hamdardlik bildiraman. Inshaalloh hammasi yaxshi bo'ladi. Shu banlar sababli yana ban bo'lishga arzigulik barcha ishlar tark etiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2007, 11:16:12

Assalomu alaykum!
Ogohlantirish: Bahri bayt mavzusida topsync va B-Boy!
Yana bir marta shunaqa konfliktga borsangiz, ban qilinasiz.
Iltimos, bir-biringizni hurmat qiling.

Qayd etilgan


AbdurRohman  19 May 2007, 12:45:36

Assalomu alaykum!
Ogohlantirish: Bahri bayt mavzusida topsync va B-Boy!
Yana bir marta shunaqa konfliktga borsangiz, ban qilinasiz.
Iltimos, bir-biringizni hurmat qiling.

Assalomu aleykum.
Bahri baytdagi tartibsizlik uchun kechirim so'rayman. Va'da beraman boshqa qaytarilmaydi. ming bor uzr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyun 2007, 18:12:51

Assalomu alaykum!
Forum a'zosi Abu Abdulloh buzg'unchilikni targ'ib qilgan avatar qo'yganligi uchun ogohlantirildi.
Yana bu holat takrorlansa, ma'lum muddatga ban qilishga majbur bo'lamiz.

Qayd etilgan


Abu Abdulloh  24 Iyun 2007, 07:55:51

Assalomu alaykum!
Forum a'zosi Abu Abdulloh buzg'unchilikni targ'ib qilgan avatar qo'yganligi uchun ogohlantirildi.
Yana bu holat takrorlansa, ma'lum muddatga ban qilishga majbur bo'lamiz.
Boshqa qaytarilmasligiga so'z beraman

Qayd etilgan