30 kunda o'zgalarni hurmat qilishni o'rgansalar nur ustiga a'lo nur bo'lar edilar. ibn_uyayna yozgan postlaringizni o'qigan har qanday odamni qalbi g'ashlanadi.
Kunlarning birida Hazrati Ali k.v. masjidga namoz bomdodni o'qish uchun ketayotsalar oldida bir muysafid borar ekanlar.
Hazrati Ali usha kishini yoshini hurmat qilib, oldinga o'tmasdan, masjidgacha ortlaridan boribdilar.
U kishi g'ayridin bo'lib, masjidga kirmasdan, to'g'ri o'tib ketibdi.
Payg'ambar s.a.v. namozni boshlab, birinchi rakatda ruku qilib turgan ekanlar. Hazrati Ali birinchi rakatga rukudan turmaslaridan, yetib kelibdilar. Namoz tugagandan keyin sahobalar, Payg'ambarimiz s.a.v.dan nega buncha rukuda ko'p qolib ketdingiz deb so'raganlarida, yuqoridagi voqeani aytib, Ali r.a. kelgunlariga qadar Jibril a.s. Payg'ambarimiz s.a.v yelkalaridan bosib turganliklaini aytgan ekanlar.
Qarang-a bir g'ayridinni hurmat qilgani uchun, shunchalik hurmatga sazovor bo'lgan ekan. Siz bo'lsa o'z dindoshingizni hurmat qilishni bilmadingiz...
ALLOHim barchamizga insofu tavfiq bersin!