Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)  ( 370589 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 51 B


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:08:23

3

— Uyqungiz kelmayaptimi?
Ko‘rganlari tushmi yo ro‘yo ekanini bilolmay garang o‘tirgan Anvarga eshik tomondan kelgan ovoz xuddi yer qa’ridan chiqqanday tuyuldi. Shu sababli savolga javob qaytarmadi. Ovoz kelgan tomonga qaramadi ham.
— Bu yerda menam uxlolmayman.
Anvar ovoz yer qa’ridan emas, eshik tomondan kelganini fahmlab, boshini ko‘tarib qaradi. Yangi yildan uch kun oldin kelgan o‘rta yosh kishi tirsagiga tiralib unga qarab gapirar edi.
— Gaplaringizni eshitib yotuvdim. Asqar degan bolani esladingiz. Men ham tanirdim u bolani. Temir yo‘lning naryog‘idagi jinnixonada birga yotganmiz. Yuragi toza bola edi. Ammo sog‘lom edi. Bekor uvol ketibdi. Eshitmagan ekanman. Xudo rahmat qilsin.
    Anvar gap poylab yotgan bu kishiga nima deb javob berishni bilmadi. Ovqat ustida bir-ikki og‘iz suhbatlashgani hisobga olinmasa bu odamni bilmaydi. Kim u, dardi nima — xabarsiz.
    Anvardan sado chiqavermagach, gap tashlagan odam o‘rnidan turib kelib yoniga o‘tirdi. Karavot simlari uning og‘irligiga dosh berolmay zorlanib, g‘ijirlab qo‘ydi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:10:33

— Men bu yerlarda yotaverib ko‘zim pishib qolgan. Kim sog‘, kim nosog‘ — darrov ajrataman. Kerak bo‘lsa do‘xtirlaringizni o‘qitib qo‘yaman. Siz sog‘lom yigitsiz. Bu yerga tushib qolganingizdan ezilyapsiz. Ezilmang, uka. Bu yerning nomi xunuk. O‘zi yaxshi joy. Men shu yerda jon saqlayman. Agar jinnixona bo‘lmaganida allaqachon... asfalasofilinga jo‘natvorishardi. Bir kuni, deng, oqshom ko‘chaga chiqsam, qo‘shnim turibdi. Yap-yangi «Gaz-21» olgan edi. «Yuring, qo‘shni, xizmatingizda bo‘lay», dedi. O‘zi muttahamroq bola edi. Men uning ustidan o‘rganga yozib yuborgan edim. Hay, Xudo insof beribdi, dedim. O‘tirdim. U qizig‘ar moshinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. Gadoy topmas yerga yetganda «qimirlamay o‘tir!» deb do‘q urdi. «Voy, qizig‘ar, o‘ldiradi, shekilli», deb moshinadan tushdim. Qochay, deb o‘zimni qamishzorga urdim. Bunday qarasam, chuqurda odam o‘liklari yotibdi...
    Anvar bu hikoyani kechki ovqatdan keyin eshitgan edi. Shu sababli eshik yonidagi karavotda yotuvchi bu odamning gaplari qulog‘iga kirmadi. Boshqa payt bo‘lganida balki zerikmay tinglardi. Ammo hozir, ko‘ziga ko‘ringan nur, deraza ortidagi go‘zal uzor, sharshara, majnuntol, xayolga cho‘mib o‘tirgan shoir... uni yolg‘izlikka undardi. Ammo bu yorug‘ olam aro hech bo‘lmaganda bir necha daqiqa yakka qolishni istardi. Bandaning ko‘ngli nimalarga sust ketmaydi. Vohidlik faqat yaratgan parvardigorga yarashadi. Faqir bo‘lib yaralganingdan keyin yoningda it o‘tirsa ham, bit o‘tirsa ham chidaysan.
    Anvar bu odamni esi og‘ib qolganlardan deb bilgani uchun yonidan haydamadi. Gapini qanday bo‘lib, joyiga qanday jo‘natish yo‘lini izladi. Nojo‘ya so‘z aytib yuborsa bu toifa odam ayyuhannos solib jinnixonani boshiga ko‘tarishi hech gap emas.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:11:39

— Men boyatdan beri sizga qarab yotibman. Haykalga o‘xshab qotib o‘tiribsiz. Men sizga aytsam, — u Anvarning qulog‘iga shivirladi, — men ham soppa-sog‘man. Lekin hamma meni jinniga chiqargani uchun ba’zan o‘zim ham ishonib ketaman. Davlat ham ishonadi. Ishonadi. Ishonmasa yigirma uch so‘m pensa berarmidi. Endi uka, mening otim Shoqayum, tuz-nasib ekan, shu yerda jon saqlaymiz. Men hangomatalab odamman. Ko‘p gapirib bezdirvorsam, shartta urishib tashlayvering, xafa bo‘lgan — nomard. Lekin hadeb bunaqangi siqilib o‘tiravermang. O‘zingizni yeb qo‘yasiz. Men ham oldiniga shunaqa bo‘lganman. Keyin bilsam, qaytaga shu yaxshi ekan. Odamlar meni jinniga chiqargandan beri mazza qilib yashaydigan bo‘ldim. Oldin to‘g‘ri gapni aytolmay ezilib ketardim. Endi shartta-shartta aytaman. Birovning qulog‘iga kiradimi, yo‘qmi, aytaveraman. Shunaqa qilib yuragimni bo‘shatib olaman. Siz ham shartta-shartta gapirib yuboravering. Bunaqa o‘tirmang.
«Bunaqa o‘tirmang... Rostdan ham qimirlamay o‘tirdimmi? Nur-chi? Sharshara-chi?»
— Shoqayum aka, kirganimdan beri haykalday qotib o‘tirdimmi?
— Ha, de! Asqar rahmatli ham shunaqa edi. Derazaga tikilib o‘tiraverardi. Qorong‘ida nimani ko‘ryapti, deb hayron bo‘lardim. Ammo uni gapga solish qiyin edi. Bir kuni «nima qilib o‘tiribsiz, uka?» desam, «quduq qidiryapman», deydi. «Hazillashyapsizmi, qanaqa quduq?» deb so‘rasam, «Iskandarning shoxi bor», degani bir quduq kerak manga» deydi. Shunaqa g‘alati gaplari bor edi. Ko‘p gaplariga tushunmasdim.
    Anvar «bu oddiy gap, har bir shoir haqiqatni aytishni istaydi. Rivoyatdagi sartarosh kabi aytolmay qiynaladi. Bir quduq topsayu aytsa, yuragini bo‘shatib olsa...» demoqchi bo‘ldi-yu, Shoqayumning gap xaltasini battar kavlamay, deb indamay qo‘ya qoldi. Shoqayumning gap xaltasi birov tegmasa ham qaynaverar edi. Anvar indamagani bilan gapi toshib chiqaverar edi. Anvar uning so‘zlarini uzuq-yuluq eshitardi. «Demak, ko‘zimga ko‘ringan. O‘tirgan yerimda uxlamay turib, tush ko‘rganman. «Uchar likopchani ko‘rdim», deganlar ham menga o‘xshab xayolan uchrashganlar. Bu — jinnilikning boshlanishi emasmikin?»
— Bu yerdan chiqib ketmay, yaxshi qilibsiz. Shu yerda qishlab, bahorning o‘rtalarida chiqish kerak. Bahorda quling o‘rgilsin odamlar kelishadi, zerikmaysiz.
«Qanaqa odam bu o‘zi! Jinnilarni masxara qilyaptimi? Tavba! Ishtoni yo‘qning ishtoni yirtiqqa kulgani shumi? Chiqib ketmasam bo‘lmaydi bu yerdan».
    Anvar Elchin ketganidan beri qayta-qayta «qolib to‘g‘ri qildimmi?» degan savolni o‘ziga-o‘zi berib «To‘g‘ri qildim!» degan qaysar javobdan nariga hatlamas edi. Shoqayumning ezmaligi bu qaysarlik to‘g‘onini buzib, «chiqib ketishim kerak!» degan tushuncha darvozalarini ochib yubordi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:15:10

V  b o b

1

    Elchin Yangi yil kechasi Asadbekning qorong‘i, sovuq uyida bo‘lib o‘tgan suhbatni Sibirda orttirgan oshnasi Zelixonga aytib berdi. Qirraburun, ko‘zlari burgutnikidek o‘tkir Zelixon o‘y surganida ham nigohini bir nuqtada to‘xtatmas edi.
— Asadbek molodets! Visshiy klass! — dedi u. —Aniq topibdi. Endi u bilan hazillashib bo‘lmaydi.
— Shoshilma, — dedi Elchin. — Boshqalar bilan ham xuddi shunday gaplashgan bo‘lsa-chi. Shaharda nima ko‘p, to‘da ko‘p. Avval ularga qo‘l solgan. Keyin har ehtimolga qarshi mendan ham xavotiri borligini bildirib qo‘ygan bo‘lsa-chi?
— Baribir. Eng muhimi — seni nazaridan chetda qoldirmagan. Faqat o‘zi bilgan to‘dalarni kavlashtirganida ahmoq bo‘lardi.
— Biz mo‘ljalni aniq oldik, muhimi — shu!
— Aniqlikka aniq, lekin sen yo‘lbarsning peshonasini mo‘ljalga olmading-da. O‘qing qovurg‘asini yalab o‘tdi. Endi yarador yo‘lbarsdan qo‘rqishing kerak.
— Menga uning o‘limi emas, yaralanib, azoblanib o‘kirishi kerak. Bir o‘q bilan o‘lishining keragi yo‘q.
    Zelixon Elchinning yelkasiga qo‘l tashladi. Uning odati shu — mehri tovlanib ketsa, shunday qiladi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:16:01

    Elchin Sibirdagi lagerga ko‘chirilganda, hali «o‘qilon»ning ovozasi yetib kelmay turib, shu Zelixonning panohida jon saqlagan edi. O‘zbekistondan kelgan, bo‘sh-bayov ko‘ringan bu yigitni dastyorga, aniqrog‘i, qulga aylantirmoqchi bo‘lgan zo‘ravon mahbuslar Zelixonning «bu mening zemlyagim» degan gapidan keyin tinchishdi. «Senam musulmonsan, men ham musulmonman. Yonimda yur», degan gapi Elchinga «Men akangman» deganday tuyuldi. Cho‘ntakkesarlikdan ish boshlab, katta xazinaga hujum qilishgacha borib yetgan Zelixon turmalarning ham, mahbuslarning ham turli toifasini ko‘rib ko‘zi pishgan edi. U Elchinning birinchi marta qamalganini yurish-turishidanoq bilgan edi. To Elchinning o‘zi aytib bermagunicha qamalishi sababini so‘ramadi. Elchin Sibirda yurganlarida to‘g‘ri gapni yashirdi. Haqiqatni keyinroq, qamoqdan chiqqach aytdi. Rejasini amalga oshirish uchun ishonchli, mard odamlar kerak edi. Eng ishongani Zelixon bo‘lgach, undan haqiqatni yashirolmasdi.
— Senga bir qarashdayoq yuragingda o‘ch borligini sezganman. Erkakning o‘ch olishi yaxshi. Chechenlar yomonlikni hech qachon kechira olmaydi. Biz mayda-chuyda gaplarga o‘ralashmaymiz. Qasos yaxshi narsa. Dunyoning lazzati shu qasosda. Sen qasos olib mazza qilsang, men ham mazza qilaman. Ammo mensiz bir qadam ham bosmaysan. Sen atak-chechak qilayotgan bolasan. Men bu olamda yugurib yurib katta bo‘ldim. Qaysi teshikda ilon, qaysi teshikda chuvalchang yotishi menga aniq.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:19:52

    Chindan ham Zelixon biz jinoyatchi deb ataydigan odamlar olamining pastu balandini yaxshi bilardi. Birinchi marta cho‘ntak kesganidan to so‘nggi xazinani urganiga qadar yagona aqidaga amal qiladi — u faqat o‘zigagina ishonadi. Sheriklariga «Men hatto o‘zimga ham ishonmayman!» derdi. Bu gapida ham jon bor edi. Zelixon yolg‘iz ishlashni yoqtirardi. Lozim bo‘lganda bir-ikki sherikka suyanardi. Uning qoidasiga ko‘ra, sheriklar ko‘paygani sayin ishning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch kamayib, aksincha, xoinlik uchun sharoit ortib boradi. «Ish taqdirini kuch emas, aql hal etadi». Zelixon faqat shu qoidani tan olardi. Elchin qasos haqida so‘z ochib, odam to‘plashni taklif etganida Zelixon «uch kishi yetarli» dedi. Jinoyatchilar olamining to‘s-to‘polonini chiqarmoqchi bo‘lgan Elchin bu gapdan hayratlandi. U atrofiga kamida yuz kishilik lashkar to‘plamoqchi edi. «Yuz kishi» degan gapni eshitib, Zelixon kulib qo‘ydi. Keyin shu bolaning sazasi o‘lmasin, deb besh kishiga rozi bo‘ldi. «Qancha odam kerak bo‘lsa, keyin sotib olaveramiz», deb ko‘nglini tinchitdi.
    Zelixon o‘ttiz yildan ortiq ot surib yurgan bo‘lsa, uch marta qo‘lga tushgan. O‘smirligida bir yarim yil, so‘ng uch yil, oxirgi marta besh yilga kesilgan edi. Birinchisida ayb o‘zida, tan oladi. Qolgan ikkitasi sheriklarining landavurligi tufayli bo‘ldi. Barcha qilgan jinoyatlarini qamoqdagi kunlariga taqsimlab chiqilsa har bir ishi uchun besh-o‘n daqiqa o‘tirgan hisoblanardi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:21:04

    Zelixonning laqabi «akademik» edi. Bunga sabab — u puxta o‘ylab olib, so‘ng ishga kirishardi. Uning boshqalardan farqi — odamlar ruhiyatini albatta hisobga  olardi. Lozim bo‘lganda katta idoralarga boshqa bir idora boshlig‘iday bemalol kirib chiqaverardi. Eshik og‘zidagi soqchiga kiborlik bilan so‘z tashlab, «ha, o‘tiribsanmi» deb kirib ketaverardi. Elchin uning bu «fazilati»ni shaharda uchrashganda bildi. Bir kuni Zelixon mashinasini kirish mumkin bo‘lmagan ko‘chaga burdi. Milisa tayog‘ini ko‘targach, to‘xtadi-yu, tushmadi. Milisa lapanglab kelib, engashishi bilan oynani tushirib:
— Ha, turibsanmi, — dedi. Milisa javob qaytarishga ulgurmay yana savol berdi: — Leytenant qani?
— Sobirovmi? — dedi milisa yigit talmovsirab.
— Ha, o‘sha, nimaga lallayasan, qayoqqa ketdi?
— Hozir keladi.
— Menga uchrashsin.
Zelixon shunday deb mashinani yurgizdi. Milisa esa gardanini qashib qolaverdi.
— Sobirov deganingiz kim? — dedi Elchin.
— Qayoqdan bilaman, — dedi Zelixon kulib. — Senam milisaga o‘xshagan laqma ekansan-ku.
— Leytenantligini bildingiz-ku?
Zelixon qah-qah otib kuldi:
— Bularda nima ko‘p, leytenant ko‘p...
    Zelixon shunday odam edi. Elchin Asadbekning qizi haqida gapirganida Zelixon ko‘p ham bosh qotirmadi. Atrofida yurgan qizlardan birini ishga soldi. Qiz sirtqidan kunduzgi o‘qishga o‘tayotgan toliba qiyofasida Asadbekning qizi bilan darslarga kirib yuraverdi. Asadbekning qizini tanaffus paytida mashinagacha olib borgach, o‘sha kuniyoq Kavkaz tomonga uchib ketdi. Zelixon «qancha odam kerak bo‘lsa, sotib olaveramiz», deganida shu qiz kabilarni nazarda tutgan, har bir ish uchun alohida odam yollash uning nazarida bexavotirroq edi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:24:15

2

— U seni o‘ziga yaqin odamning qiziga uylantiradi. Shu bilan har bir qadamingni emas, har bir nafas olishingni ham kuzatishadi.
— Bu juda yaxshi! — dedi Elchin, — ular meni kuzatishadi, siz esa oshni pishirasiz.
— Men pishiraman, sen suzasanmi?
— Ha.
— Bo‘lmaydi, zemlyak. Endi osh suzishing qiyin. Bir marta, bor, ana, ikki marta suzarsan. Uchinchisida o‘zingni suzib qo‘yishadi. Boshqa yo‘l topish kerak. Sen... men bilan endi yashirin uchrashma. Aka-ukaday kelib-ketib yuraver. Ammo yigitlarimiz bilan ko‘rishmaysan. Sen ularni tanimaysan, ular seni tanishmaydi bildingmi? Sen ashulangni aytib yuraver. Asadbek rostdanam aqlli bo‘lsa, bizga o‘zi yordam beradi.
— Qanday qilib?
— Qotillar kimligini o‘zi senga aytadi. Sen ularni o‘ldirasan. Shu bilan orani ochiq qiladi.
— Laqillatib, boshqa odamni ko‘rsatsa-chi?
— Yo‘-o‘q. O‘qilon g‘irromlik qilmaydi. G‘irromga suyangan odam bu olamda uzoq yashay olmaydi. O‘qilon— figura! — Zelixon shunday deb ko‘rsatkich barmog‘i bilan havoda undov belgisini yasadi. — Sen meni go‘rga tiqasan, zemlyak. Ming marta aytdim senga: o‘ch olish fikri aqlingni o‘tmaslashtirib tashlayapti. Chuqur o‘ylamayapsan. Har bir ishga alohida reja tuzish kerak. Bir ish ikkinchisiga sira o‘xshamasin. Biz ularni chalg‘itib tashlamasak, darrov dumimizni bosishadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:25:50

     Zelixon xontaxta ustidagi shishadan piyolaga musallas quyib sipqordi, so‘ng sigaret tutatdi. Chordana qurib o‘tirgan Elchin xuddi tasbeh o‘girayotgan mulladek nigohini bir nuqtaga qadadi. U Zelixonning zehniga, sadoqatiga ishonar edi. Qamoqda yurgan kezlarida, vujudi qasos alangasida qovjirayotgan damlarda Elchin yo‘l-yo‘riq izlardi. U avvaliga bir o‘zi jangga kirmoqqa qasd qildi. O‘sha mash’um kechada hovlisiga qadam qo‘ygan har bir odamning kallasini sapchadek uzishni istadi. «Kallani sapchadek uzish» — aytmoqqa oson. Umrida chumchuq so‘ymagan yigit odam bolasiga pichoq ura olarmikin? Elchin dushmani bilan yuzma-yuz kelganida qo‘llari qaltirashini bilib, o‘zini bu ishga ruhan tayyorladi. Xayolan yuzlab odamlarning yuragiga pichoq qadadi, kallasini uzdi. Zelixon qamoqdaligida ko‘zlari chaqchaygan bir yigitni ko‘rsatib «otasining kallasini arralab tashlabdi, hayvon» deganida Elchin bir necha kun davomida dushmanlariga shu jazoni ravo ko‘rdi. Xayolan arralaganda ularning dod-faryodlari orasida arra tishlariga dosh berolmagan suyaklarning qirtillaganini eshitib o‘zi ham seskanib ketdi. Keyin «uyimga kirganlarning turqi balki shu yigitga o‘xshagandir», deb o‘ylab dushmanlarini shu ko‘zlari chaqchaygan timsolida ko‘ra boshladi. Ana shunda ko‘krakka pichoq qadash qo‘lidan kelmasligiga fahmi yetib, Zelixonga suyanishni o‘yladi. Zelixon odam o‘ldirish, degan tushunchadan yiroq edi. Iloji bo‘lsa birovning burnini qonatmasam, derdi. U «aql ish bermagan yerda qon to‘kiladi», deb hisoblardi. Zelixon faqat o‘z aqliga ishonadi. Qamoqdan keyin uchrashishib qasos haqida so‘z ochilganida u «yo‘lbarsni bir o‘q bilan o‘ldirishning qizig‘i yo‘q, uni yaralab, o‘kirtirib lazzat olish kerak», dedi. Bu gap Elchinga moydek yoqqan, hozir shuni o‘z tili bilan Zelixonga qaytarmoqda edi.
    Zelixon ro‘parasida o‘yga cho‘mib qolgan bu yigitni nima uchun yoqtirib qolganini o‘zi ham bilmaydi. Elchin istarali yigit, desak, Zelixon bunaqalarni ko‘p ko‘rgan, musofirlikda ikki musulmon farzandi bir-biriga suyandi, desak, qamoqda boshqa musulmonlar ham bor edi. Zelixon begunohlarga xayrixoh edi, desak, qamoq faqat gunohkorlarninggina boshpanasi emas, ko‘zlariga «men nima uchun bu azoblarni tortyapman?» degan savol muhrlanib qolgan mahbuslar ko‘p uchrardi. Zelixon qamoq, ayriliq azoblariga chiday olmasdan ho‘ng-ho‘ng yig‘lovchi erkaklardan nafratlanardi. To‘g‘ri, yig‘i erkakka xos husn emas. Ammo, Zelixon ularning dardini his qila olmas edi. Na farzandi, na tayinli xotini, na tayinli qarindosh-urug‘i bo‘lgan odam sog‘inch hissini tuyishi mumkinmi? Elchinda Zelixonni nafratlantiradigan narsa yo‘q edi — Elchin o‘zining begunohligini ko‘rsatishga harakat qilmas, nolimas edi. Bu yigitning mushtdek yuragini qoyadek dard bosib turganini Zelixonning sinchkov nigohi ilg‘adi. Zelixon dardini yashira oladigan odamni yaxshi ko‘rardi. Hasratini har kimga to‘kib soluvchi erkakdan do‘st chiqmaydi, deb ishonardi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 22:27:22

    Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu vujudda vulqon kuch to‘playotgan ekan. Vulqon otilsa hammayoqni barbod qiladi. Biroq otilgan choqda bahaybat tog‘larni poralab tashlagani kabi ko‘krakni ham, alamli yurakni ham tilka-tilka qilib yuboradi. Zelixon aynan shundan xavotirga tushdi. Qamoqda yurib hamma narsani o‘rgandim, degan bu go‘dak (Zelixonning oldida Elchin bir go‘dak edi) birinchi to‘qnashuvdayoq nobud bo‘lishi aniq edi. Zelixon bu katta shaharga begona, bu tomonlarda rizq terib yeyish unga nasib bo‘lmagan, qamoqda. Elchinning targ‘ibotidan keyin shu yerlarda yurgan edi. Qimorbozlikdan ish boshlab juda katta to‘daga bosh bo‘lgan, eng muhimi, biron marta bo‘lsin qo‘lga tushmagan Asadbekning kimligini u yaxshi bilmas edi. Asadbek to‘g‘risida yurgan gaplarga ishonmagan taqdirda ham, shahar hokimiga nisbatan ko‘proq mavqega ega bo‘lgan bu odam ahmoqmasdir, deb qo‘ygan edi. Zelixon avvaliga Elchinni bu yo‘ldan qaytarmoqchi ham bo‘ldi. U dunyoda uch narsa ochiq ko‘zni ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi, deb hisoblardi. Bu — muhabbat o‘ti, qasos o‘ti va boylik o‘ti. Zelixon muhabbat o‘tida yonmagan. Biron-bir qiz ishqida o‘rtanmagan. Muhabbat muammosi to‘shakda bir necha daqiqada hal etiladi, degan aqidaga amal qilib yashagan.
    U boylik o‘tidan ham qo‘rqmaydi. Chunki u o‘g‘ri bo‘lgani bilan, hech mahal boylik to‘plashga urinmagan. Yashashi uchun aqchasi bo‘lsa bas, boshqalarday dang‘illama imoratu orzu-havaslarga berilmagan. Shu yoshga kirib hali o‘z uyi bo‘lmagan. Cho‘ntak bo‘shab qolgan taqdirdagina «ov»ga chiqqan. Hatto qo‘lga tushib qamalib ketsam, chiqqanimda asqotadi, deb jamg‘armagan ham.
    Qasos o‘ti bolaligida bir yonganu bobosining sa’y-harakati bilan o‘chirilgan edi.


Qayd etilgan