Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)  ( 370454 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 B


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:28:15

    Miqti yigit tilxatni o‘qib, kulimsirab qo‘ydi-da, Anvarga ruxsat berdi.
    Anvar bu suhbatda ruhining yanchilganini sezdirmay, o‘zini erkin tutgan bo‘lsa-da, dahzilga chiqqanidan so‘ng tomog‘iga bir nima tiqilib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Deraza oldiga yetgach, to‘xtadi. O‘tgan suhbatda bu miqti yigit hamkorlik qilishni taklif etgan edi. Idoradagi mayda-chuyda gaplardan, ayniqsa tuzumga, hukumatga qarshi gaplardan ogoh qilib turish evaziga katta yordamlar va’da qilib edi. Unga javoban Anvar «Men sotqinga o‘xshaymanmi?» degan, miqti yigit esa, «Bu sotqinning emas, chin vatanparvarning ishi», deb ta’kidlagan edi. «Bu dargohda nechta «vatanparvar» bor? — deb o‘yladi Anvar. — Shaharda-chi? Hammayoqni «vatanparvar»ga to‘ldirib yuborishmadimi? Bitta odamning orqasidan nechtasi poylaydi? Gap poylab, gap yetkazgandan ko‘ra o‘lgani yaxshi emasmi odamning?..»
    Xonasiga kirgisi kelmay, ko‘chaga chiqdi. Qaerga borishni aniq bilmadi. Yaratganning sinovli bu dunyosida to‘g‘ri yashash nihoyatda mushkul. Xolidiyga o‘xshaganlarning esa oshig‘i hamisha olchi. Zamon o‘zgaradimi, tuzum o‘zgaradimi, ularga farqi yo‘q. Anvarga o‘xshab to‘g‘ri yashayman, deganlar umr bo‘yi ular bilan olishib o‘tadi. Anvarga alam qiladigan yeri shundaki, xolidiylar xalq ko‘z oldida ko‘krak kerib, va’z aytadilar, o‘zlarini eng fidoyi, millatparvar qilib ko‘rsatadilar. Ochilmish ko‘zlari uyquga zor o‘lmish xalq ularning nutqlaridagi soxta ohanglarni darrov payqamaydi. Ularni uzoq vaqt olqishlaydi. «Xalqimni sevaman, xalqim uchun kurashaman», degan gaplarga barcha maftun bo‘ladi. Har bir odam xalqning farzandi. Farzand burchi ota-onani sevmoq, ota-ona uchun lozim bo‘lsa jonini fido qilmoq emasmi?.. Qaysi imonli odam mahalla guzariga chiqib «men onamni sevaman!» deb baqiradi?.. Bu odam baqirayotgan mahalda onasi o‘lim to‘shagida, og‘zimga kim bir tomchi suv tomizarkin, deb ilhaq yotgan bo‘ladi... Anvar bu haqda ko‘p o‘ylagan. Hozir ham xayolida shu fikrlar. «Xalqim» deb yurganlar, «vatanparvarlar» uni yana sotishibdi. Hamkasbini sotgan odam ertaga shu xalqni, shu Vatanni sotmog‘i mumkin emasmi? «Hammayoqni sotqin bosib ketgan, hatto bir vujudning o‘zida o‘ng qo‘l chap qo‘lni sotadi...» Anvar shularni o‘ylab, tunov kuni Sobitxon qori aytgan gapni esladi. Shayton Odam Atoga hasad qilib Ollohning qahrini keltirgach, «shu bandangni menga topshir, men uni to‘rt tomonidan o‘rab olay» degan ekan. Ollohning «bandamni qanday o‘ramoqchisan?» degan savoliga shayton: «Men uni old tomondan amalparastlik pardasi bilan o‘rab, ko‘zini ko‘r qilaman. O‘ng tomonini nafs balosi, chap tomonini esa vahshat va fahsh pardasi bilan o‘raymanu o‘zim orqasiga o‘tib, asta-asta jahannam sari itarib boraman», deb javob bergan ekan. Anvarning nazarida har bir odam orqasida bir emas, bir necha shayton turib olganday. Ko‘zlar bog‘langan, odamlarning esa nafs jilovlari yechib yuborilgan...

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:29:52

    Anvar qaysi ko‘chalardan yurgani, qaysi tramvayga chiqqanini dastlab durust idrok etmadi. Xayollar to‘foni bir oz bosilib, ko‘chalardagi tanish manzaralarni farqlay boshlagach, jinnixonaga borayotganini fahmladi. «O‘sha yerda yotganim ham durust edi, — deb o‘yladi u. — Harholda ular bir-birini sotmaydi-ku, bir-birini ig‘vo qilmaydi-ku, amal talashmaydi-ku...» Mo‘ljaldagi bekatda tushib, tor ko‘chaga burilganida ham xayolida shu fikr edi. Nazarida hozir u boradi-ku, jinnixona uni quchoq ochib kutib oladi. U Asadbek bilan bosh tabib orasida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatdan bexabar, bu dargoh eshigi uning uchun taqa-taq berkilganini bilmas edi.
Tabibboshi uning «tobi qochganini» eshitib, kulimsiradi.
— Hozir bahor havosi. Hammaning yuragi siqiladi. Ko‘proq ochiq havoda yuring, o‘tib ketadi, — dedi muloyimlik bilan. U Anvarning barcha gaplariga ana shunday muloyimlik bilan javob qaytardi.
— Ertaga Elchin bilan birga kelaman. Joy tayyorlab qo‘ying, — dedi Anvar.
— Kim bilan kelsangiz ham sizga joy yo‘q. Siz soppa-sog‘ odamsiz. O‘zingizni ham, bizni ham qiynamang.
— Ko‘ngul pora-pora, dil jarohatga to‘la... Mirzo Anvar, seni jinnilar ham saflariga qabul qilmaslar. Arosatda chiriysan, endi vujuding vahshat ichra tor-mor o‘lajak! — Anvar sahnada so‘ylayotgan kabi balandparvoz ohangda gapirib, o‘rnidan turdi.
   Jinnixonadan chiqib tramvay yo‘liga borish uchun qabristonni kesib o‘tgan tor ko‘chadan yurish kerak. Qabriston ustidan yurib borayotganlarini bilgan ayrim haydovchilar mashinalarini sekinlatadilar, ayrimlar tanga tashlab o‘tadilar, ayrimlar esa tezlikni kamaytirmay, yomg‘irdan meros qolgan ko‘lmaklarni sachratib o‘tib ketadilar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:30:59

    Qabristonning pastak devoriga qadalgan ensiz yo‘lakchadan borayotgan Anvar beixtiyor indamaslar dunyosiga ko‘z tashladi. Yorug‘ dunyoda birov boy, birov kambag‘al yashagani bilan, o‘lim topganidan so‘ng tenglashadi, deyishadi. Darhaqiqat, boyga ham, kambag‘alga ham o‘sha yer, o‘sha kafan tegadi. Unisi ham, bunisi ham tuproqqa qoriladi. Ammo aldamchi bu dunyo xudbinligiga bandi odamlar qabrlarning tepalariga marmar toshlar bostirib, qabrda yotgan odamning yorug‘ dunyoda puldor bo‘lganidan ogoh etib turadilar. Anvar shu xayolda to‘xtab, bir-biriga mingashib ketgan qabrlarga razm soldi: qora marmar, oq marmar... g‘isht sag‘analar... Hech qanday tosh o‘rnatilmasdan suvab qo‘yilgan qabrlar usti esa lolaqizg‘aldoqlarga burkangan. Bahor o‘zining ne’matlarini faqat shu qabrlar ustiga sochgan. Qaqqayib turgan qimmatbaho toshlar bu go‘zallik orasida shumshayib, ko‘zga xunuk ko‘rinadi. Anvarning nazarida qabrdagi ruhlar lolaqizg‘aldoqlarga aylanib, bu dunyo ko‘rkamligidan shodlanar, tosh ostidagilar esa ezilib, zulmatga bandi edilar...
    «Tiriklik bilan o‘lim o‘rtasida shu past, yupqa devor bor, — deb o‘yladi Anvar. — Devorning u tomoni osoyishtalik. Bu tomoni notinchlik. Hasad o‘tida qovurilib, bir-birimizga xoinlik qilib, oxiri u tomonga o‘tamiz. Riyo, xiyonat, hasad, munofiqlik... xastaliklariga tuproq ostida davo bormikin? Umri shu xastalik bilan o‘tgan, bu xastaligidan o‘zi lazzat olib yashaganlar u dunyoda nimadan rohatlanar ekanlar?.. Men ham bir kunmas-bir kun kelaman. Jismim tuproq ostida, ruhim boshqa tomonlarda bo‘ladi. Kimdir devorning narigi tomonidan turib, qabrimga qaraydi. «Bu yerda yotgan kim ekan, tirikligida nima karomat ko‘rsatgan, ekan?» deb o‘ylaydi. Qabrim, uning ustida ochilgan lolaqizg‘aldoqlar soqov — unga javob berolmaydi. Chayqalib turgan lolaqizg‘aldoqlar hozir meni ko‘rib turishibdi. Menga nimadir deyishyapti. «Biz ham xolidiylardan kuyganmiz, qo‘y u dunyoni, kel biz tomon», deyaptimi? Odamlar oltmish-etmish yoshga to‘ldim, deb ziyofatlar beradilar. Bunga quvonish emas, balki qayg‘urish kerakdir? Uzoq yashamay, devorning u tomoniga tezroq ketish balki ayni baxtdir?..»

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:34:00

3

    Anvar ko‘chasiga burilib, eshigi ro‘parasida turgan oq «jiguli»ni ko‘rib ajablandi. «Mehmon kelibdi shekilli», deb qadamini tezlatdi. Mashinaga yaqinlashgach, undan jingalaksochli yigit tushib, salom berdi. Anvar uni qaerdadir ko‘rgan edi. Daf’atan qachon, qaerda ko‘rganini eslolmadi.
— Bek akamning sizda ishlari bor ekan, — dedi yigit.
— Bek akangiz... kim?
— Asadbek aka.
Anvar endi esladi — bu yigitni Elchinning to‘yida ko‘rgan edi.
— Hozir borishim kerakmi?
— Ha.
— Tinchlikmi, o‘zi?
— Borganda bilasiz...
Anvar mashinaga o‘tirdi.
    Asadbek shahar markazidagi xos xonasida Chuvrindi bilan maslahatlashib o‘tirar edi. Eshik ochilib, avval Jamshid ko‘rindi. So‘ng Anvar kirib keldi.
— Keling, mullo Anvar, — dedi Asadbek o‘rnidan turib. — Bormisiz, bu olamda?
— Yuribmiz, Xudo deb...
Asadbek uni takalluf bilan kutib oldi. Anvar «Elchin haqida bir gap desa kerak», deb o‘yladi. Lekin Asadbek bu haqda so‘z ochmay, Anvarni gangitib qo‘yadigan savolni berdi:
— Jinnixonada yana nima qilib yuribsiz?

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:35:34

   Anvar «bekorchilikda shunday aylanib boruvdim», demoqchi bo‘ldi-yu, gapni chalg‘itishning foydasi yo‘qligini anglab, indamay yelka qisib qo‘ya qoldi.
— Qo‘ying-e, mulla Anvar. Sizga yarashadigan ish emas bu. Siz bizga tariximizni to‘ppa-to‘g‘ri gapirib bering. Birov g‘idi-bidi desa bizga qo‘yib bering. Siz men haqimda vahimali gaplarni ko‘p eshitgansiz. Shu vahimalarning bir foizi haqiqat. Men birovning burnini nojo‘ya qonatgan bolamasman. Aksincha, meni bu hayotda nohaqdan-nohaq rosa tepkilashgan. Nohaq jabr chekish nimaligini yaxshi bilaman. Mening o‘z adolatim, o‘z haqiqatim bor. Bu adolatim sizni xo‘rlamoqchi bo‘lganlarning tanobini tortib qo‘yishga ruxsat beradi. Kerak bo‘lsa, Xolidiy deganingiz kelib oyog‘ingizga bosh uradi.
— Yo‘q, kerakmas.
— Men uni majbur qilmayman. Bunga o‘zingiz erishasiz. Siz ishingizni qotirib bajarganingizdan so‘ng tan berishga majbur bo‘ladi. Tan berishi oyoqqa bosh urishi bilan baravar.
— Xotiringizni jam qiling, Bek aka, ular ikki dunyoda birovga tan berishmaydi. Itning dumiga aylangan suvilondan nima kutish mumkin?
   Anvar Asadbekning laqabi «o‘qilon» ekanini bilmagan holda suvilonni itning dumiga aylantirdi. Suvilon bilan o‘qilon quloqqa deyarli bir xil eshitilgani uchun Asadbekning turqi bir o‘zgardi. Bu o‘zgarish uzoq davom etmay bir lahzada yo‘qoldi — suhbatdoshlar sezmay ham qoldilar.
— Xolidiy deganingiz qamalib chiqqan ekan, haq-nohaqning farqiga bormaydimi?
— Qamalib chiqqanini qaerdan bildingiz?
— O‘zi televizorda ko‘p gapiradi-ku? Qodiriy haqida gapirishsa ham chiqadi, Usmon Nosir degani o‘tgan ekan, u haqda ham gapirdi. Kecha Hamid Sulaymon degan odamni ham ustozim dedi. Yigirma besh yil o‘tirganmi?
   Anvar kuldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:37:35

— O‘tirgan bo‘lsa yigirma besh hafta o‘tirgandir. Lekin u yoqda qanaqa xizmatlar qilgan ekan? Bek aka, siz Shorasul Zunnun degan odamni eshitganmisiz? Laziz Azizzoda deganni-chi? To‘xtasin Jalolov, degan allomalar o‘n yillab o‘tirishgan. Birontasidan «men qamoqda o‘tirdim, azob chekdim», degan gapni eshitganmisiz? Nima uchun bu ko‘p vaysaydi? «Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar» degan maqol bor-ku?
— Bu yog‘ini o‘ylamabman, — dedi Asadbek iyagini qashib.
— Akam to‘g‘ri topdilar, — dedi Chuvrindi suhbatga aralashib. — Ko‘p gapirishi bejizmas. Urushdan keyin qancha odam qamalib, qanchasi oqlanib chiqdi. Birontasi g‘ing demaydi. Bitta yozuvchi qamoqdan kitob yozib chiqqan ekanmi?
— Ha, — dedi Anvar. — U kishi ham indamay ketdilar...
Eshik qiya ochilib, Jamshid ko‘rindi. Asadbekning savol nazariga javoban telefonni imlab ko‘rsatib, «Elchin aka, kuyovingiz», deb gapni qisqa qildi.
— Ha, tinchlikmi? — dedi Asadbek go‘shakni qulog‘iga tutishi bilan. Elchin to‘ydan keyin o‘zicha bir kelish u yoqda tursin, qo‘ng‘iroq ham qilmagan, shu bois, Asadbek uning bu kutilmagan yo‘qlovidan bir oz xavotirlangan edi. Elchinning nimalar deganini xonadagilar eshitishmadi.
— Kim? Akademikmi? — Asadbek shunday deb Chuvrindiga qaradi. — Qanaqa ish? Shunaqa zarurmi? Yaxshi, kelinglar, o‘rtog‘ingiz ham shu yerdalar. Anvar. Ishim bor edi, chaqirtirdim. — Shunday deb go‘shakni norozi bir qiyofada joyiga qo‘ydi.
— Xullas, mulla Anvar, siz ishingizni qilavering.
— Xo‘p, ketaveraymi!

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:38:28

Asadbek unga qarab kulimsiradi.
— O‘xshatmasdan uchratmas, deganlari rost. Ikki oshna rosa topishgansizlar. Birovning gapi yoqmasa, darrov jirillab berasizlar, «Nasihatga ham, yordamga ham muhtoj emasman», demoqchisiz-da, a? Akasi, bizni nima deb so‘ksalaringiz so‘kaveringlar. Quloqlarimiz bunaqa so‘kishlarni eshitaverib pishib ketgan. Ammo biz ham odammiz. Dardimiz faqat pulu siz o‘ylagandek odam o‘ldirish emas. Bizda ham yurak bordir, dard bordir, boringki, vijdon ham bordir. Temir tayoq emasdirmiz har qalay. Hech bo‘lmasa «nimaga chaqirtirdingiz, yumushingiz bormidi?» deb so‘ramaysizmi? Men yoshlarga nasihat qilib o‘tiradigan bekorchi boboy emasdirman?
— Men unaqa demadim-ku?
— Tilga chiqarib aytmasangiz ham, rang-ro‘yingiz bildirib turibdi. Men siz bilan uchrashib, maslahatlashmoqchi edim... To‘g‘rirog‘i, bir iltimosimni aytmoqchi edim. Otamni qirq to‘qqizinchi yilning o‘ttiz birinchi dekabrida olib ketishgan. Nimagaligini haligacha bilmayman. Oltmish birinchi yilda surishtirganimda bir parcha qog‘oz berishdi. Ellik uchinchi yilda vafot etgan ekanlar. Ellik beshinchi yilda oqlashgan ekan. Bilganim shu. Arxivlarni titishga aqlim yetmaydi. Ko‘milgan yerlarini aniqlamoqchi bo‘ldim, yaqinlashtirishmadi. Menga o‘xshaganlarga ruxsat berishmaydi, shekilli. Siz olim odamsiz, bir shug‘ullanib ko‘rsangiz...
— Men ishdan qochmayman, ammo bizning ham arxivga yetib borishimiz qiyin.
Asadbek Chuvrindiga qaradi.
— Bu  yog‘idan xotirjam bo‘ling, — dedi Chuvrin-di. — Qanaqa  to‘siqqa duch kelsangiz, menga aytavering.
   Xushbichim qiz nozli yurish bilan kirib keldi-da, chaqaloqning mushtiday kichkina, zarhal yuritilgan piyolalarga qahva quyib uzatib, shirin jilmayish hadya etgach, yana o‘sha nozli yurish bilan chiqib ketdi. Asadbek uning yurishiga ham, jilmayishiga ham e’tibor bermadi. Chuvrindi ko‘z qirini tashladi-yu, o‘zini tiydi. Kesakpolvon bo‘lganida jilmayishga jilmayish bilan javob berib, qizning izlarini ko‘zlari bilan o‘pib chiqardi.
Asadbek qahvadan xo‘plab, otasi haqida bilganlarini so‘zlab berdi. O‘sha yangi yil kechasi va tongidagi kechinmalarini aytmadi. Avvalo bu kechinmalarini bayon qila oluvchi so‘zamol emasdi, qolaversa, bu kechinmalar aytilgani bilan birovga, ayniqsa bu olim yigitga ta’sir etadimi yo yo‘qmi — Xudo biladi. Otasi haqidagi hikoyasi Elchin bilan Zelixon kirib kelgunicha davom etdi.


Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:41:24

4

   Zelixon: «Gapimni yolg‘iz o‘zingiz eshitishingiz kerak», degach, Elchin bilan Anvarga qo‘shilib Chuvrindi ham xosxonadan chiqdi. Bo‘tqa ularni o‘ng tomondagi xonaga boshladi. Chuvrindi u yoqqa kirmay, ko‘chaga chiqib ketdi.
— Og‘ayningning sendan yashiradigan siri bormi?— dedi Anvar, yolg‘iz qolishgach.
— Mendan emas, sendan yashiradi. Sen har holda sinashta emassan.
— Bu olamning odami emassan, desang-chi?
— Shunaqa desa ham bo‘ladi. Bularning o‘ziga yarasha tashvishi bor. Ularning tiliga biz tushunmaymiz.
— Hozir birovning sho‘rini qanday qilib quritishni kelishib olishadimi?
   Elchin o‘rtog‘iga norozi qiyofada qarab oldi. Anvar uning kayfiyati uncha emasligini sezib, boshqa gap qo‘shmadi. Shu onda nurning aytganlarini esladi: «...do‘stingning do‘sti xavf ostida...»
— El, og‘ayningning ishi pachavaroq emasmi?
— Nimaga unday deyapsan?
—To‘g‘risini ayt, xatarli girdobga tushib qolmaganmi?
— Yo‘q.
— Unda nima uchun bu yerga boshlab kelding?
— U bir yomonlikning isini sezib qolgan. Shu yomonlikni qaytarmoqchi.
— Demak, shu... — dedi Anvar past ovozda, xuddi o‘ziga o‘zi gapirganday.
— Nima deding?
— Og‘ayningning hayoti xavf ostida, uni yo‘ldan qaytar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:45:09

— Jinnimisan, nima deyapsan?
— Oldin jinni edim. Tuzalgansan, deb o‘zing olib chiqding-ku? — dedi Anvar piching bilan. Elchin beixtiyor nojo‘ya so‘z aytib yuborganini bilib, uzr so‘raganday uni tizzasiga urib qo‘ydi.
— Sen ham ekstrasens bo‘lib qoldingmi? — dedi gapni hazilga burib.
— Jiddiy gapiryapman. Og‘ayning kerak bo‘lsa, to‘xtatib qol.
Elchin bir oz o‘ylagach, yelka qisdi.
— Uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Yoniga balki biz ham qo‘shilishimiz kerakdir?
— Men hammi?
— Bilmadim... Bir joyda katta urush chiqadiganga o‘xshaydi. U shuning oldini olmoqchi. Qaerda, qanaqa urush, menga aytmadi. Oldindan mish-mish tarqalishini istamayapti.
— U o‘g‘rimidi?
— Ha.
— O‘g‘rilikdan qaytdimi?
— Yo‘q. O‘lguncha ham qaytmaydi.
— Qanaqadir urushga aralashib nima qiladi?
— Bilmayman.
— U chechen, a? Qadimda millatlar, turli urug‘lar bo‘linib olib bir-birini qirgan edi. O‘shanaqa urushning hidi kelmayaptimi? Hozir bunaqa qirg‘inlar ko‘payib qoldi-ku? Ikkita millatdan ikkita tentakni urushtirib qo‘yib, o‘t chiqarish oson ishga aylandi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 13:46:48

— Anvar, rostdan ham bilmayman. Menga ochiq aytmadi. Juma kuni Farg‘onaga to‘yga bormoqchimiz, balki yo‘lda aytar?
— Balki ungacha qaynotang aytar?
    Jamshid bilan Bo‘tqa kirib, ularning suhbati uzildi. Jingalaksochni ko‘rdi deguncha Elchinning badaniga titroq kiradigan bo‘lib qolgan edi. Bo‘tqa ularga pivo quyib berib, chiqib ketdi. Jamshid bu uyda odam borligiga parvo qilmay, maqsadi xuddi suhbatni uzishdan iborat bo‘lganday, yumshoq o‘rindiqqa cho‘kib, indamay o‘tiraverdi.
— Sen o‘shanda Uchquduqqa borganingda qamoqning ichidagi qamoqda o‘tirgan edim, — dedi   Elchin, xuddi suhbatni uzilgan joyidan davom ettirayotganday. — Bir xunasaroq odam bor edi, hamma narsaga burnini tiqaverardi. Bir kuni shartta og‘ziga paytavasini yopib, kekirdagidan oldim. Mendan gumonsirashdi-yu, ammo bo‘ynimga qo‘yib berisholmadi. Bir-ikki odam o‘ldirganingdan keyin xumori tutib turarkan. Qamoqda xumoryozdiga imkon bor edi. Qutulib kelganimdan beri xumor tutib, qiynalib ketyapman.
    Anvar Elchinning maqsadi bu yigitning jig‘iga shunchaki tegish, deb tushundi. Do‘stining Jamshidga nisbatan nafrati kuchli ekani, yuragida o‘ch tuyg‘usi borligi, shubhasiz unga qorong‘i edi. Shu sababli Elchinning gapiga o‘zicha to‘n kiydirdi:
— Endi o‘ldirsang, bir-ikki qoshiq issiq qonidan ichib yubor, shunda xumoring qo‘zimaydigan bo‘ladi. Qadimda jallodlar shunday qilishar ekan. Qassob qonsirasa, shartta bitta qo‘ymi, xo‘rozmi so‘yadi. Jallod qonsirasa nima qiladi? Podsholar har kuni odam so‘yishga hukm chiqarishmagan-ku? Umuman, oshna, senga havasim keladi. Men ham bir-ikkitasini o‘ldirishim lozim-ku, ammo qo‘rqaman. Qo‘lim qaltirab ketsa kerak. Lekin ikki marta xo‘roz so‘yganman. Ikkinchisida tipirchilashidan qo‘rqib qo‘yib yuboribman, degin...
— Odamning ishi oson. Kekirdagiga solasan, tamom...
Ikki oshnaning gaplarini eshitib, Jamshid esnab qo‘ydi.

Qayd etilgan