Muallif Mavzu: Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)  ( 238623 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 6 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #495 : 20 Oktyabr 2007, 19:51:44 »
— Haydar, Shilimshiq o‘ldirilgan joy esingdami? — dedi osmonga qaragan holda.
— Esimda, — dedi Kesakpolvon.
— Qanday o‘ldirilgani-chi?
— Esimda.
— Shu ishni takrorlash kerak, qo‘lingdan keladimi?
— Kimni?
— Ertalabgacha bajarasan. Kimligini aytganimda «nima uchun?» degan savol bermalaring. Kavkazliklaring tayyormi?
— Ha.
— Ikkala o‘limni bo‘yniga olsin.
— Kimni?
— Jamshidni...
    Kesakpolvon hayratlanib Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi hukmga nima sabab bo‘lganini taxminan bilardi. Shu bois Kesakpolvonning savol nazariga javob bermay yuzini burdi. «Balki ablahlik qilgandir. Lekin dunyoda undan beshbattar ablahlar yashab yurganida u ham tirik qolsa bo‘lardi», deb o‘yladi. Ammo fikrini tiliga chiqarib oshkor etmadi.
    Yigitlar ichida sadoqati bilan ajralib turuvchi Jamshidning o‘limga mahkum etilishini Kesakpolvon hazm qila olmadi. Bunaqa paytda qarorning muhokama etilishi man qilingan bo‘lsa-da, so‘radi:
— Nimaga?
— Ishing bo‘lmasin, aytdim-ku...
— Bek, ertalabgacha o‘yla.
— Ertalabgacha buyruqni bajar.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #496 : 20 Oktyabr 2007, 19:55:12 »
6

    Jamshid tor ko‘cha boshida ketayotgan odamni Asadbekka o‘xshatib, yuragi bir hapriqdi. Hayajonini bosish maqsadida cho‘ntagidan sigaret chiqarib chekdi. Shu payt hovli tomondan qadam tovushlari eshitildi. «Ergashib chiqyaptimi?» deb o‘ylab orqasiga o‘girildi. Eshik zichlab yopilib, kalit buraldi. «Bu yog‘i qiziq bo‘ldi-ku?» Jamshid shu fikrda darvozadan asta uzoqlashdi. Tor ko‘cha boshiga yetganida orqasiga o‘giril-di — ko‘cha kimsasiz edi. Mashinasiga o‘tirib darhol yurgizmadi, o‘yga toldi.
    U uchun Zaynabning ruhiy holati begona edi.
    Zaynab qo‘ng‘iroq qilib chaqirishga chaqirdi-yu, uyatdan yonib ketdi. Darrov hovliga chiqib ko‘cha eshikni qulfladi. Bir necha nafasdan so‘ng uyat alangasi pasayib, yana shayton yo‘rig‘iga kirib eshikni qiya ochib qo‘ydi.
Jamshid odati bo‘yicha indamay kirib keldi.
— Tinchlikmi? — dedi uyga kirib.
— Tinchlik... birov yurganga o‘xshadi, qo‘rqdim.
— Hofiz akam qaerdalar? To‘yga ketdilarmi?
— Hofiz akangiz...— Zaynab «akangiz» degan so‘zga piching bilan urg‘u berganini o‘zi ham sezmay qoldi,— Farg‘onadagi to‘yga ketganlar.
— Kennayimni olib kelaymi yo o‘zingni olib ketaymi?
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #497 : 20 Oktyabr 2007, 19:55:53 »
    «Qani edi olib ketsangiz... uzoqlarga... faqat ikkalamiz yashaydigan joyga... Atrofimizda hech kim bo‘lmasa...»
— Birpas o‘tiring, choy iching.
— Mayli, bir piyola ichay.
    Jamshid o‘zini majburlab o‘tirdi. U Zaynabning asl maqsadini bilmas edi. Aniqroq aytilsa, gumonining haqiqatga aylanib qolishini istamadi. Bir piyola choyga ikkinchisi, uchinchisi... ulandi. Jamshid kamgap, ko‘zlari ham xotirjam boqardi. Bu chiroyli ko‘zlarda ishrat uchqunlari yonmas edi. Erkak tomon tashabbus ko‘rsatmagandan so‘ng ayol kishiga qiyin ekan. Zaynab — qizlik orzulari toptalgan ma’suma — iffatini o‘zi toptamoqqa ojizlik qilmoqda edi. «Olov temirni eritgani kabi oshiq yurak tafti tosh qalblarni eritgay», deyishardi. Nahot Jamshidning qalbi toshdan ham qattiqroq bo‘lsa?..
    «Ilon chaqsa menga uning zahri kor qilmaydi, ammo jonimning chiqishi uchun bir qiyo boqishing kifoya»... Qaysi bir kinoda yigit kuyib shunday ashula aytgan edi. Ajab, yigitlar qizlarning birgina qiyo boqishi uchun o‘lib-tiriladilar. Bu toshyurak esa... Yo bu «Yor azobi men uchun farog‘at», deydigan toifadanmi? Zaynab uni suhbatga qanday tortishni bilmay, xayoliga kelgan mayda-chuyda gaplarni qaytarmasdan aytaverdi.
    Jamshid juvonning harakatini kuzatib, gaplarini eshitib, onda-sonda bir javob aytib o‘tiraverdi. Yaxshi hamki bu yerga kelishidan oldin bir kecha-kunduz aysh qildi. Yo‘qsa, shaytonga hay berolmay qolsami... «O‘zingni bos... Sinayotgan bo‘lsa-chi?.. Balki akasiday ko‘rar meni... Ayol kishi chaqirsa maqsadi faqat... Shu bo‘ladimi?»
— Nima uchun meni shu odamga berishdi, bilasizmi? — Zaynab shunday deb qattiq tikildi. Shu paytgacha ko‘zlarning to‘qnashuvidan cho‘chiyotgan edi. Bu safar hech tap tortmay tikildi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #498 : 20 Oktyabr 2007, 19:56:10 »
Jamshid darrov javob bermadi. So‘ng gapni hazilga burmoqchi bo‘ldi:
— Bek akam «nimaga?» degan savolni yomon ko‘radilar. Akamga «xo‘p bo‘ladi» degan ko‘proq yoqadi.
Bu hazildan Zaynabning zardasi qaynadi:
— Siz... qulmisiz?
Mazkur savoldan Jamshidning ham zardasi qaynadi. Ammo o‘zini majbur qilib kuldi:
— Qul emasman. Ishimiz shunaqa. Hamma «nimaga?» deb so‘rayversa, aql o‘rgataversa ish yurishmaydi.
— Adamdan so‘ramagan bo‘lsangiz, o‘zingizcha o‘ylamadingizmi?
— Bu gaplarni qo‘zg‘ama. Bek akam yanglishmaydilar.
— Ha... yanglishmaydilar... Meni kim o‘g‘irlagan, bilasizmi?
Jamshid «Ha», desa yana savollar o‘qiga duchor bo‘lishini bilib, indamadi.
— Bilmasmidingiz?
— Qo‘ysang-chi shu gaplarni.
— Bilmasmidingiz?.. Siz.. pismiqsiz!.. Siz mening odam ekanimni bilasizmi? — Zaynab shunday deb turib yig‘lab yubordi.
    Ayni paytda telefon jiringladi. Zaynab telefon tomonga bir qarab, qo‘lini siltab qo‘ydi-da, gapini davom ettirdi:
— Mening o‘rnimda hayvon bo‘lganida xo‘rlanishiga chidolmay, hech bo‘lmasa o‘kirardi. Egasining rahmi kelardi, egasi xo‘rlatib qo‘ymas edi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #499 : 20 Oktyabr 2007, 19:56:32 »
    Telefon jiringlashini qo‘ymagach, go‘shakni zarda bilan ko‘tarib «Ha!» dedi. U tomondan javob bo‘lmadi. Bu hol bir necha marta takrorlangach, Jamshid «To‘xta, birov maynavozchilik qilyapti shekilli», deb go‘shakni ko‘tardi. Uning bu xonadonga kelishi hukm sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lsa, bu ikkinchisi bo‘ldi. Uchinchisi, eng asosiysi edi...
    Zaynab hasratlaridan bir chimdimni aytib yengil tortgach, jim bo‘ldi. Uning o‘ksib, xo‘rsinib yig‘lashi Jamshidga onasini eslatdi. Hakam hukmni o‘qib, Jamshid qo‘liga kishan solinganida onasi dodlab yuborgan edi. Temir panjarali mashinaga olib chiqishayotganda milisa yigitlar ko‘ngilchanlik qilib qoidani buzishsa ham ikki-uch daqiqaga ularni xoli qoldirishgandi. O‘shanda onasi xo‘rsinib-xo‘rsinib yig‘lagan edi...
— Zaynab... men hammasini bilaman, — dedi Jamshid boshini egib.
— Men ayol bo‘lsam ham undan o‘ch olaman.
— Sen singlimsan... Sen uchun men o‘ch olaman... Qasam ichaman... Agar seni himoya qiladigan erkak zoti qirilib bitsa o‘zing o‘ch olasan...
    Ana shu gapdan keyin Zaynab o‘rnidan turib kelib, Jamshidni bo‘ynidan quchib, o‘pib qo‘ydi...    Uchinchi hal qiluvchi qadam shu edi...
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #500 : 20 Oktyabr 2007, 19:57:56 »
Xotima

Yoxud ikkinchi kitobning debochasi

ZOHID

1989 yil 29 may

O‘sha joy, o‘sha daraxt, o‘sha manzara. Faqat murda boshqa. Mashina boshqa.
— Bizning go‘lligimizni ta’kidlamoqchi bo‘lishganmi? — dedi mayor Soliev.
    Zohid qotillik haqidagi xabarni eshitib yo‘lga chiqqanida aynan shu yer, aynan shu daraxt deb o‘ylamagan edi. Manzarani ko‘rib, hayratda turganida mayor shu savolni berdi. Zohid unga javob bermay murdaga tikildi.
— Aynan o‘shanday emas, — dedi o‘ychan. — Hozircha ikkita farq bor. Birinchisi moshina yonmagan. Buning o‘rniga murdani yoqishgan.
— Buning ham boyligiga tegishmabdi, — dedi mashina ichini titayotgan Hamdam Tolipov. — Ancha-muncha pul. Bezaklar bor ekan. Yigitlar hisoblashyapti.
— O‘zaro urushning boshlanganimi bu? — deb so‘radi Zohid mayordan.
Soliev yelka qisib qo‘ydi.
— Hali vaqt bor edi. Qaydam?
— Bizning ishimizni osonlashtirishmi yo chalkashtirishmi maqsadlari?
Bu savolga mayor Soliev javob bera olmas edi...
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #501 : 20 Oktyabr 2007, 19:59:29 »
ELCHIN

1989 yil 1 iyun

    Jamshidni Chuvrindining uyidan chiqarishdi.
    Zaynab uning o‘limi haqidagi xabarni eshitdi-yu, esi og‘ib qolayozdi. U otasining poylab kelganini, fojia uning amri bilan yuz berganini tasavvur ham qila olmas edi. Zaynab tuni bilan mijja qoqmadi. Tuni bilan Jamshid unga hamsuhbat bo‘ldi. Jamshid ilgarigidek jingalaksoch emas, sochlarini oldirib boshiga do‘ppi kiyib olgan, yanada xushro‘ylashgan Otabek edi. Ular qilvir sochlari mayin titrayotgan majnuntol panasida, to‘lqinchalari oy nuri bilan o‘ynashayotgan hovuz bo‘yida bir-birlariga roz aytdilar...
    Qizini poylab Manzura ham bu tun uxlamadi. Zaynab hovli o‘rtasida harakatsiz turib qolganida Manzura ziyrak edi. Qiziga tikila-tikila ko‘zi toliqdi. Shoshqaloq xo‘rozlar qichqira boshlaganida g‘aflat bosibdi. Necha daqiqa ko‘zi ilindi, bilmaydi. Cho‘chib ko‘zini ochsa — Zaynab yo‘q. Manzura o‘tirgan yerida «Zaynab!» deb chaqirdi. Javob bo‘lmadi. U «Voy, sho‘rim!» deganicha hovliga oyoqyalang holda yugurib chiqdi. Oshxonaga olib boruvchi usti berk yo‘lakda osilib turgan odam qorasini ko‘rib dod soldi. Yaxshi hamki Yaratgan uning hushini olmadi — yugurib borib qizining oyoqlarini quchoqlaganicha yuqoriga ko‘tardi. Bu orada boloxonadagi sergak yigitlar tushib, arqonni yechishdi.
   
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #502 : 20 Oktyabr 2007, 19:59:59 »
    Oradan bir necha soat o‘tgach, hovliga Elchin kirib keldi. Uyida Zaynabni ko‘rmagach, «onasinikidadir», deb shu yerga kelgan edi. Subhi sodiqdagi dahshat to‘ridan qutilmagan Manzura uni dardli nigoh bilan qarshi oldi.
— Zaynab shu yerdami? — degan savoliga «Ha», dedi-yu, ichkariga taklif qilayinmi yo yo‘qmi, deb ikkilandi. Oxiri bir qarorga kelib: — Yotibdi,tobi yo‘qroq, — dedi.
Zaynab karavotda sochlari parishon holda, ko‘zlarini bir nuqtaga qadab yotar edi. Manzura qiziga qarab turib xo‘rligi keldi. Pastki labini tishlab, yig‘lab yubormaslik uchun tashqariga chiqdi.
— Nima bo‘ldi? Tuzukmisiz? — dedi Elchin.
Zaynab unga bir qarab olgach, ko‘zini shiftdagi yana o‘sha nuqtaga qadadi:
— Men... o‘zimni o‘ldirmoqchi edim...— dedi Zaynab xasta ovozda.
Elchin nima deyishini bilmay gangib qoldi.
— Men... yashashni istamayman... Jamshid akamning yonlariga borishni xohlayman...
— Jamshid? Qaysi Jamshid?
— Jamshid akamni o‘ldirishdi. Men Jamshid akamni yaxshi ko‘rardim. Xudodan yashirmaganni sizdan yashirmayman... Xudo jonimni olmadi. Bolangiz tug‘ilganidan keyin... meni o‘ldiring!.. Men... Sizga xiyonat qildim...
— Yo‘q! — dedi Elchin titrab.
— Erkak bo‘lsangiz, meni o‘ldirasiz...
— Yo‘q! — Elchin bu safar qattiq baqirdi. Zaynab shiftga qadagan nigohini uzib unga qaradi.
— O‘ldirasiz...— dedi pichirlab.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #503 : 20 Oktyabr 2007, 20:00:43 »
Manzura kirib, Elchinning yengidan asta tortdi.
— Sizni chaqirishyapti.
— Zaynab, bu gapni miyangizdan chiqarib tashlang, ishonmayman! — dedi Elchin, orqasiga tisarilib.
    Katta xona o‘rtasida Asadbek bilan Kesakpolvon tik turgan holda gaplashishardi. Elchin kirib kelgach, Asadbek darg‘azab ko‘zlarini unga qadab, tik bosib keldi.
— Jamshidda nima qasdingiz bor edi?! — dedi u titroq ovozda.
— Jamshidda? — Elchin dovdiradi. — Nima bo‘ldi o‘zi, hozir eshitdim...
Gapini tugatishga ulgurmasdan Asadbek uni giribonidan oldi.
— Jim yurgin deganmidim? Qasosingni olgan eding-ku?
— Bek aka, avval gapimni eshiting. Hozir Farg‘onadan kelyapman, axir.
— Haydar, Shilimshiq qanday o‘ldirilganini ko‘rganmiding? — dedi Asadbek uni qo‘yib yubormay. — Ayt bunga, ko‘rganmiding?
— Ko‘rgandim.
— Jamshidni-chi?
— Ko‘rdim. O‘sha daraxtga osib, haligisi kesib tashlanibdi.
    Asadbek Elchinning giribonidan qo‘lini oldi-yu, o‘sha zahoti jag‘iga musht tushirdi. Elchin gandiraklab ketdi. O‘zini o‘nglashga ulgurmay Kesakpolvonning tepkisini yedi. Asadbek g‘azab otiga minib tomosha ko‘rsatmayotgan edi. U Jamshidning o‘limida Elchinni chindan ham aybli deb sanadi. Nazarida Elchin daydib ketmay uyida o‘tirganida, xotiniga yaxshi qaraganida bu ko‘rgiliklar yo‘q edi...
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #504 : 20 Oktyabr 2007, 20:02:07 »
ASADBEK

1989 yil 6 iyun

Asr namoziga azon aytilgan damda Asadbekka deputat qo‘ng‘iroq qildi:
— Aka, ahvol chatoq, men bilan Farg‘onaga borib kela olmaysizmi? — dedi hovliqib.
— Nima gap o‘zi? — dedi Asadbek.
— Yo‘lda tushuntirib beraman. Aeroportga kelavering.
Asadbek samolyotga chiqmay turib, Farg‘onada nimalar bo‘layotganini eshitgach, Zelixonning gaplarini esladi.
— Bu janjallarga mening nima aloqam bor? — dedi Asadbek.
— Siz u tomonlarda ko‘p odamlarni taniysiz. Meni o‘sha yerdan saylashgani bilan hech kimni tanimayman. Yonimda bo‘lsangiz...
Asadbek unga qarab turdi-da, qo‘l uzatdi:
— Yaxshi borib keling...

* * *
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #505 : 20 Oktyabr 2007, 20:03:21 »
   
   Har bir tog‘ning cho‘qqisi bo‘lganidek, shaytanat olami voqealarining bayoni ham shu nuqtada cho‘qqisiga boradi. Bu demak, Ollohning madadi ila birinchi kitob nihoyasiga yetdi. Omin va Robbil olamin.


© Tohir Malik
Islom.uz ma'rifat markazidan olindi.
www.ziyouz.com - 2007
Never say "never"

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #506 : 21 Noyabr 2009, 10:52:04 »
Shaytanat (birinchi kitob)



Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 717 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Tohir Malik. Shaytanat (ikkinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 532
Ko'rilgan: 172865
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:38
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (uchinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 511
Ko'rilgan: 198010
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:05
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (to'rtinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 723
Ko'rilgan: 233917
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:45:00
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Iymonlashish umidi

Muallif shoirBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 196
Ko'rilgan: 84991
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:13:49
muallifi AbdulAziz
Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 180
Ko'rilgan: 68311
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:16:57
muallifi AbdulAziz