Muallif Mavzu: Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)  ( 238628 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #60 : 09 Oktyabr 2007, 21:40:27 »
    Ikkala yigit avvaliga «xato eshitmadikmi?» degandek qarab oldi. So‘ng xuddi kelishib olishganday Hamdamga baravariga dahshat bilan boqishdi.
— Yo‘q! — dedi tirtiq jon holatda.
— Nima yo‘q? — dedi Hamdam g‘olib kishining muloyim ovozida.
— Bormaganmiz.
— O‘rtoq prokuror, bunisiga nima deysiz?
— Soqchini chaqiring, olib ketsin.
Giyohvandlar chiqib ketishgach, Hamdam divanga o‘tirib, oyoqlarini stol ustiga chalishtirib qo‘yib oldi.
— Hamdam aka, darrov topganingizdan ajablanmadingizmi? — dedi Zohid uning yoniga o‘tirib.
— Ajablanishga vaqt bo‘lmadi. Ana endi o‘zing, mazza qilib ajablanaverasan. Men topdim. Sen tergayver. Operativ ishlaganim uchun okaxoning rahmatnoma e’lon qiladi menga.
— Yuvarkanmiz-da, — Zohid shunday deb yelkasiga asta urib qo‘ydi. Keyin jiddiy ohangga ko‘chdi: — Bularni kim ishga solgan bo‘lishi mumkin?
Hamdam darrov javob bermadi.
— Vino zavodida nima gap ekan? — dedi u ma’nodor qilib.
— Men ham shuni o‘ylab turibman.
— O‘ylasang o‘ylagin-u, ammo vinzavodga osila ko‘rma.
— Nimaga?
— Kimga qaraydi zavod, bilasanmi?
— Oziq-ovqat vazirligigami?
Hamdam kulib, tizzasiga shapati urdi.
— Ey, prokuror, ko‘zingni och! Shuncha yil ugroda saqich chaynab yurgan ekansan-da, a? Vinzavod Asadbekning tasarrufida-ku?! Buni ko‘chadagi mishiqi bola ham biladi, sen bilmaysanmi, qishloqi?
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #61 : 09 Oktyabr 2007, 21:41:51 »
    Zohid ham eshitgan bu gaplarni. Zavod direktori Asadbekning tavsiyasi bilan qo‘yiladi, hatto qorovul ham uning ruxsatisiz ishdan bo‘sholmaydi, degan gaplar yuradi. Xalq og‘zidagi mish-mishning qandaydir asoslari mavjud. Biroq, Asadbek haqidagi gaplar ko‘pincha g‘irt yolg‘on bo‘lib chiqadi. Zohid o‘tgan yili bunga ishondi: kutilmaganda bir gap tarqalib odamlar behalovat bo‘lib qolishdi. Emishki, bir odamni qo‘shnisi mashinasida qaergadir olib borib qo‘yishi lozim ekan. Mashina aytilgan tomonga emas, bo‘lak yoqqa burilibdi. «Nimaga bu tomonga burilding?» deb so‘rasa, mashina egasi «jim o‘tiravering, ko‘rasiz» debdi. Xullas, mashina gadoy topmas ko‘chalardan yurib, shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib-borib yo‘l qamishzorga taqalibdi. Mashina egasi o‘tirib turing, deb g‘oyib bo‘libdi. Haligi odam qo‘rqib, mashinadan tushibdi. Qamishzor oralab qarasa, bir chuqurda allaqancha murdalar yotganmish. U «meni ham o‘ldirib tashlashar ekan-da» deb o‘ylab, o‘liklarni surib, tagiga tushib yotaveribdi. Bir oz vaqt o‘tgach, besh-o‘nta odam paydo bo‘lib, uni qidirishibdi. Keyin «bizni aldadingmi, hali» deb mashina egasini do‘pposlashibdi. Tongga yaqin haligi odam o‘liklar orasidan chiqib qarasa, uzoqda bir chiroq miltillab turganmish. Borib qarasa, bir qozoq cho‘ponning uyi ekan. Qozoq uni uyiga olib kirib, yuvintirib, o‘zining toza kiyimlarini beribdi. Gapning qisqasi, o‘sha odamlar Asadbekka tegishli ekan. Shu vahima gaplar kuchaya borgach, tekshirib ko‘rish Zohidga topshirildi. U bir hafta urinib, chuvalangan ipning uchini, o‘sha odamni topdi. U odam o‘n yetti yildan beri ruhiy xastaliklar shifoxonasida ro‘yxatda turarkan. Zohid bir qarasa, uning gapi bama’ni, bir qarasa, g‘alati edi. U qo‘shnisini ko‘rsatdi. Qo‘shni ajablandi. Ustiga-ustak uning mashinasi yo‘q. Haligi odam qamishzorni ko‘rsataman, dedi. Zohid ko‘ndi. Qadimda «Xotinko‘prik» deb atalgan joyga boshlab bordi. Qamishzor yo‘q. Hammayoq ko‘pqavatli imorat edi. Haligi odam mo‘ltillab turib, so‘ng yig‘lab yubordi. Zohid uni uyiga emas, shifoxonaga eltib qo‘ydi.
    Bu voqeaga bir yildan oshibdi. Zohid o‘sha odamning mo‘ltillab turishi, yig‘lab yuborishini o‘qtin-o‘qtin eslardi. Hozir vinzavod haqida gap chiqqanida yana yodiga tushdi. Yon daftariga «jinni odam, Xotinko‘prik» deb yozib qo‘ydi
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #62 : 09 Oktyabr 2007, 21:42:31 »
— Demak, bu ish Asadbekka borib taqaladimi? — dedi u daftarchasini cho‘ntagiga solib.
— Bo‘lishi mumkin, — dedi Hamdam. — Lekin bu ikki galvarsdan gap olaman, deb ovora bo‘lma. Ular Asadbekni bilishmaydi. Sharif Namozov bilan suhbatlashsang ko‘p narsa oydin bo‘ladi. Olimligi bor ekan. Bunaqa odamlar haqiqatparast bo‘lishadi. Adolat qilaman, degan bo‘lsa, qopqonga tushirishgan. Endi istasang-istamasang, qamoqqa olasan. Qoni tekshirilib giyohvand deb turilibdi. Uyidan kukunlar chiqdi. Yuz ming so‘mning nari-berisidagi mol-a! Yuz mingdan kechishibdimi, demak, ish katta.
— Agar siz aytganday Asadbekning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lsa, osongina yo‘q qilishmasmidi?
— Maydaroq odam bo‘lganida balki sen aytgan yo‘lni tutishardi. Namozov biron-bir masalada ochiqchasiga qarshi chiqqandir. Umuman... Yuz ming so‘m ularga tramvay pattasiday gap. Agar Namozovni qamoqqa olishga ruxsat bermasang, ertaga uyingga besh yuz ming tashlab ketishlari mumkin. Unda ham ko‘nmasang...
— O‘ldiradimi?
— Yo‘q, o‘ldirmasa kerak. Lekin yo‘lini topadi. Har holda ish Asadbekka borib taqalsa, u bilan o‘chakishma. Sendan zo‘rlar ham eplasha olmagan uni. Biz sen bilan komissar Katani bo‘lolmaymiz. Lekin Asadbek advokat Teraziniga dars berishi mumkin. Senga maslahatim: Namozovni qamash kerak. Qamasang, uning jonini saqlab qolasan. O‘ylab ko‘r.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #63 : 09 Oktyabr 2007, 21:46:41 »
2

    Hamdamning taklifini o‘ylab ko‘rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan Mirsultonov kirib keldi:
— Ot aylanib qozig‘ini toparkan. Bizdan qutulib bo‘psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o‘zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo‘libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib ko‘rgandirsiz? Nima qilmoqchisiz?
— Hali tayin bir xulosaga kelganim yo‘q.
— Bu ko‘p o‘ylaydigan ish emas. Qamoqqa olish haqida sanktsiya beravering.
Zohid o‘zini quvnoq tutishga urinayotgan kapitanga qarab ajablandi. «Namozovni qamoqqa olishimga buncha qiziqib qoldi? Yana eski hammom, eski tos desangchi? Ashyoviy dalil bor, soxta guvohlar bor. Men qamoqqa olaman, u yoqda hakamlar yeng shimarib shay turishibdi. Necha yilga hukm qilishni yaxshi bilishadi. Restoranda mashshoqlarga uch so‘m berib istagan kuyni chaldirgani kabi pul tashlab istagan odamni istagan muddatga qamatish cho‘t bo‘lmay qoldi. Men adolat qilaman, desam, bular «ovora bo‘lma, qo‘lingdan kelmaydi. Sen uch so‘mlik restoran mashshoqisan», deyishmoqchimi?» Zohid xayolidan shularni o‘tkazib, asabiylashdi. Hamdamdan sigaret so‘rab olib tutatdi. Boshliq stolni nog‘oraday chertib, javob kutardi.
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Zohid, unga sinovchan tikilib, — qamoqqa olish kerak. Ammo bu yerda emas, shahar turmasida o‘tira turadi. Haligi ikkita guvoh ham uch-to‘rt kun qamoqda o‘tirsa, ancha o‘ziga kelib qoladi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #64 : 09 Oktyabr 2007, 21:47:43 »
«Haligi ikkita guvoh» degan gapni eshitib, Mirsultonov sergaklandi:
— Guvohlarni... majburiy davolanishga yuborish kerak, — dedi u Zohidga.
— U yoqqa yuborish vaqti ham keladi. Avval tergovni tugatib olaylik.
Boshliq Zohiddan tayinli gap ololmasligini bilib, Hamdamga savol nazari bilan qaradi.
— Guvohlar soxtaga o‘xshaydi, — dedi Hamdam boshlig‘iga. Keyin Zohidga yuzlandi. — Menga qara, prokuror, mijg‘ovlik qilmay to‘g‘risini aytib qo‘ya qolmaysanmi, —u yana boshlig‘iga qaradi. — Bu bola vinzavodni ham kavlashtirmoqchiga o‘xshaydi. Fe’lini bilasiz-ku?
Mirsultonov yana stolni chertdi.
— Yaxshi, yaxshi, — dedi u Zohidga qaramay. — Fe’lini bilaman, bu o‘jarning. Avval gapirsam, insofga chaqirsam amalidan ajrashdan qo‘rqadi, derdi. Endi amalidan ko‘rqadigan boshlig‘i boshqa, — u boshini ko‘tarib Zohidga qaradi. — Bukirni go‘r to‘g‘irlarkan. Sen ko‘zingni ochib yur. Bukir bo‘lsang ham shu yorug‘ dunyoda yuraver. U yoqqa shoshilma. Senga «Choqsunla»ni aytib beribmidim? — boshliq kulimsiragan bo‘ldi. — Bir tajang uyg‘ur yigit sochini ustarada qirdirib yayrab kelayotgan ekan, qayoqdanam ari uchib kelibdiyu naq boshini chaqibdi. Yigit arining izidan yuguribdi. Yetib, qarasa, eski paxsa devor yorig‘ida otning kallasiday keladigan in bormish. U shartta cho‘p olib arining inini obdan kavlabdi, ari rosa to‘zigandan keyin yoriqqa boshini tutib, «Choqsunla emdi, odash!» degan ekan.
    Odatda boshliq buni latifa ohangida aytib, miriqib kulardi. Bu safar xazil aralashtirmay, jiddiy turib aytdi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #65 : 09 Oktyabr 2007, 21:48:50 »
— Sen o‘sha «Choqsunla»ga o‘xshaysan. Lekin sen arining emas, naq o‘limning uyasini kavlashni niyat qilibsan. Joning tekinga kelgan bo‘lsa ham qadamingni o‘ylab bos. Bola-chaqang borligini esdan chiqarma. Meni qanday tushunsang tushunaver. Qo‘rqoq deysanmi, olchoq deysanmi — nima desang deyaver. Men osmondagi haqiqatdan yerdagi jonimni azizroq bilaman. Har kuni haqiqat, adolat deb javrayotganlarga ham jon shirin. Sen ularning gaplariga uchma. U haqiqat deb boshimizni aylantirib, bizni kushxonaga boshlaydi. O‘zi qo‘ng‘iroqli serka singari o‘tib ketadi. Pichoqqa senga o‘xshagan laqmalar duch keladi.
    Zohid sobiq boshlig‘ining gaplarini toqat bilan eshitdi. Avvallari biron masala xususida gap talashguday bo‘lsa, boshliq qo‘rs muomala qilar, siltab-siltab tashlardi. Hozirgi muomalasi, siniqroq ohangda, nasihat tarzida gapirishi Zohid uchun yangilik edi. Boshliqning asl qiyofasi qaysi — hozir jonli odamday kuyib gapirishimi yo avvalgi temir odamday tersligimi — Zohid farqlamay qoldi. U sobiq boshlig‘iga «ha» ham, «yo‘q» ham demadi. Qishloqqa har borganida onasi ham shunday gaplarni ko‘p aytardi. O‘zingni o‘qqa-cho‘qqa uraverma, deb iltijo qilardi. Onasi-ku unga kuyganidan aytardi. Boshliq-chi? Nahot, Zohidning taqdiriga u ham kuyinsa?
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #66 : 09 Oktyabr 2007, 21:49:52 »
    Zohid siz bilan biz kabi dunyodan adolat izlardi, haqiqat topmoq istardi. Uning nazarida haqiqat qaerdadir kul ostida yoki bir uyum axlat ostida yotgan haykalu uni topib, tozalab, tiklab qo‘ysa olam guliston bo‘ladi. Mana shu kuchli istak uni yon atrofidagi odamlardan ruhan uzoqlashtirardi. «Izlab ovora bo‘lma», deganlar u uchun ojiz maxluqqa aylanardi. Bu odamlardan fazilat izlashga harakat qilmayoq qo‘ygan. Sobiq boshliqni ham shular qatoriga qo‘shgan edi. Boshliqning ham odam ekanini, ozgina bo‘lsa-da, insoniy fazilatlardan bahramand ekanini o‘ylamasdi. Sobiq boshliq uni yomon ko‘rgani bilan taqdiriga befarq qarayolmas edi. Mana, o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring: siz ham kimnidir yomon ko‘rasiz. Ha, ha, yashirmay bo‘yningizga olavering. Barchani birday yaxshi ko‘rish mumkin emas. Xullas, siz ham kimnidir yomon ko‘rasiz. Lekin o‘sha odamni o‘ldirib ketishsa achinmaysizmi? Achinasiz. Hatto uni yomon ko‘rib yurganingiz uchun, salomiga alik olmay qo‘yganingiz uchun o‘zingizni la’natlaysiz. Agarchi bu fojiadan quvonsangiz, «o‘ldirib ketishgani yaxshi bo‘libdi», desangiz, u holda siz odam emassiz. Shu o‘rinda «odam emassiz, hayvonsiz», desam qo‘polligim uchun ranjiysiz. Ammo boshqa bir sabab bilan «hayvon» deya olmayman. Buni aytsam, o‘sha begunoh jonivorlarni haqoratlagan, balchiqqa bulg‘agan bo‘laman.
    Chekinishni bas qilib, yana depara ichki ishlar bo‘limiga qaytaylik. Endi sizga Zohidning tuyg‘usi qisman ma’lum. Sobiq boshlig‘ining gaplari u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqmaydi. Bu gaplarni so‘nggi nafasda, jon taslim qilayotganida hali eslaydi...
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #67 : 09 Oktyabr 2007, 21:51:39 »
3
   

    Zohid ertalab idorasiga kirmay Sharif Namozov bilan gaplashish uchun shahar turmasiga keldi. Temir to‘siqlardan o‘tib, tergov xonasiga kirdi. Besh-o‘n daqiqadan so‘ng eshik ochilib, soqchi ko‘rindi-da, mahbus olib kelinganini ma’lum qildi. So‘ng qo‘llarini orqasiga qilib olgan Namozov kirdi. Uning oyoqlariga kishan urilmagan, lekin qadam bosishi zanjirband mahbuslarnikiday og‘ir edi. Ozg‘in, siyrak sochlari to‘zg‘igan bu odamning dumaloq ko‘zlari ich-ichiga botgan, qarashlarida esa kishining rahmini uyg‘otuvchi iltijo zohir edi. Yelkasidagi dunyo yuki og‘irlik qilayotganday bir oz bukchaygan. U yerga mahkamlangan qattiq kursiga o‘tirib, boshini xam qildi.
Zohid chekmasa ham yonida sigaret olib yurardi. Mahbusga bir necha nafas tikilib turgach, cho‘ntagidan sigaret chiqarib, unga uzatdi.
— Cheking.
Sharif indamay qo‘l uzatib, titroq barmoqlari bilan qutidan bitta sigaretni ajratib oldi. Zohid unga gugurt uzatdi. Sharif avval gugurtga, keyin Zohidga qaradi. So‘ng sigaretni stol ustiga qo‘ydi.
— Uzr, chekmayman.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #68 : 09 Oktyabr 2007, 21:52:44 »
    Chindan ham Sharif chekmas edi. Hozir nima uchun sigaretni olganini o‘zi ham bilmadi. Kayfi tarqagan bo‘lsa ham u hanuz karaxt edi. Turmaga qanday qilib tushib qolganiga xayron, xayol uni turli ko‘chalarga haydardi. Berk ko‘chalarning biriga kirib, tentirab, undan chiqardi-da, so‘ng yana boshqa berk ko‘chaga ro‘para bo‘lardi. Uning esida qolgani — boshqonga shartta-shartta gapirgani, «fosh qilish qo‘limdan keladi!» deb katta ketgani. Boshqon «osmon qo‘lingda bo‘lsa tashlab yuboraver», dedi. Sharif «endi boshqon bilan yuz ko‘rmas bo‘ldim», deb o‘tirganida, peshinga yaqin xonasiga kirib keldi. Boshqon ishi bo‘lsa uni xonasiga chaqirtirardi. Sharif uning kirib kelganini ko‘rib «gapim jonidan o‘tibdi-da», deb o‘yladi. Lekin boshqon, uni hayron qoldirib, bir soat ilgari bo‘lib o‘tgan noxush suhbatni eslamadi. Yo «sizdan o‘tganini men kechirdim, mendan o‘tganini siz kechiring» demadi. Kirdiyu:
— Yuring, ketdik, — dedi.
— Qayoqqa? — deb ajablandi Sharif.
— Sattornikiga, bugun otasining yigirmasi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #69 : 09 Oktyabr 2007, 21:53:47 »
    Sharif bir bahona topib, to‘yga bormasa bormasdi, ammo ma’rakalardan qolib bo‘ladimi? Shu bois indamay turib, boshqonga ergashdi. Boshqonning mashinasiga yana idoraning ikki xodimi o‘tirib, to‘rtovlon yo‘lga chiqishdi. Ma’raka bo‘layotgan ko‘chani to‘planib turgan behisob mashinalardan ham bilsa bo‘lardi. Odamlar ham qator tizilishib, ichkari kirib osh yeb chiqish uchun navbatda turishardi. To‘g‘ri, ularning maqsadi qorinni to‘qlab ketish emas. Niyat — marhum ruhini eslash, xonadon egalariga hamdardlik bildirish. Shunday bo‘lsa-da, Sharifga navbatda turish malol kelardi. U o‘zicha «obbo», yarim soat turarkanmizda», deb qo‘yib mashinadan tushdi-da, odamlar qatorida turib chetga chiqmoqchi edi, boshqon «bu yoqqa yuravering», deb hech qayoqqa qaramay to‘g‘riga yo‘l oldi. Sattor ularni ko‘riboq peshvoz chiqib, qo‘shqo‘llab so‘rashdi-da, uyga boshladi. Katta hovlidagi barcha o‘rinlar band. Xizmatdagilarning qo‘li qo‘liga tegmaydi. Boshqon bilan kelganlarni alohida izzat bilan ichkariga, uyga boshlashdi. Keng, naqshinkor uyga ziyofatlardagiday dasturxon yasatig‘liq, tashqaridan eshitilib turgan tilovat ovozlari demasa, ziyofatga keldik, deb o‘ylash ham mumkin edi. Boshqonning o‘zi, Sharifni hayron qoldirib, qiroat bilan qur’on tilovat qildi. Choy kirdi, non sindirildi. Sharif «endi osh kirar», deb o‘yladi. Ammo yana choy kirdi. Ikkala choynakni olgan idora xodimi boshqonga qaradi:
— Oqidanmi yo qizilidanmi, xo‘jayin?
— O‘ldirsa ham qizili o‘ldirsin.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #70 : 09 Oktyabr 2007, 21:54:44 »
    Sharif «ma’rakalarda ichilyapti», degan gapni eshitgan, ammo o‘zi bunga hali guvoh bo‘lmagandi. Unga ham quyib uzatishgach, bir ijirg‘andi-yu, olmadi. U xudojo‘y emasdi. Boshqon kabi tilovat qilish ham qo‘lidan kelmas edi. Ammo bunday marosimda ichishdan hazar qilardi. Ko‘kragida uyg‘ongan bir his nafrat uyg‘otar edi. Hozir shu nafrat bilan boshqonga qaradi:
— Bu yog‘i o‘rischa bo‘p ketdi-ku? — dedi.
— Olavering, gunohi mening bo‘ynimga, — dedi boshqon. Keyin qo‘shib qo‘ydi: — Niyat bilan olsa gunohi yo‘q. Buning kayfi harom, o‘zi halol. Uzumning suvini shu paytgacha birov harom demagan. Sattor «otamning joyi jannatda bo‘lsin», deb niyat qilib dasturxon yozgan. Kimda-kim shu niyatiga yetmasin desa, mayli, olmasin.
    Sharif shu gapdan keyin ham ichmadi. Keyin shunga o‘xshagan gap yana qaytarilgach, uni ham shayton yo‘ldan urdi. Go‘yo uning aybi bilan marhum do‘zax olovida qovurilayotgandek tuyulib, bir-ikki xo‘plam ichdi. Keyin esa... So‘ng bu «ma’raka»dan chiqib, kimnikigadir ziyofatga kirishdi. Gapdan gap chiqdi. Boshqonga nimadir otgani esida. Keyin... o‘zini qamoqda ko‘rib «bitta-yarimtani o‘ldirib qo‘ymadimmi», deb ham o‘yladi.
   Hozir tergovchi uzatgan sigaretni olganida shu dahshat iskanjasida o‘tirgan edi. Shu talvasaga bandi bo‘lib, sigaretga qo‘l uzatganini o‘zi ham sezmadi
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #71 : 09 Oktyabr 2007, 21:56:16 »
— Men Zohid Sharipovman. Shahar prokuraturasining tergovchisiman. Aybingizni bilasizmi? — dedi Zohid unga tikilib.
— Yo‘-o‘q... — Sharif Namozov o‘zining ovozini o‘zi bazo‘r eshitdi.
— Siz qoradorifurushlikda ayblanyapsiz. Uyingizdan katta miqdorda qoradori kukuni topilgan. Portfelingizdan ham. Xaltachalarda barmoq izlaringiz bor.
— Nima dedingiz? Qoradori... furushlik? Mening uyimdan... Portfelimdan... — Namozov Zohiddan «adashibman, gunohingiz boshqa» degan gapni kutib, ilinj bilan tikildi. — Siz... adashmayapsizmi? Gunohim boshqadir?
— Yana qanday gunohingiz bo‘lishi mumkin?
— Gunohimmi? — Namozov daf’atan javob berolmay chaynaldi. — Masalan... birovni urgandirman... Kayfda bo‘ladi-ku?
— Birovni urgan bo‘lsangiz, bu ish bilan shahar prokuraturasi shug‘ullanmas edi. Adashganimiz yo‘q.
    Namozov yengil tin oldi. Yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Zohid undagi o‘zgarishni sezdi. U Namozov aybnomani darrov rad etadi, isbot talab qiladi, deb o‘ylagan edi. Indamay o‘tirishiga qarab, «bo‘yniga oldimi», deb taajjublandi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #72 : 09 Oktyabr 2007, 21:57:03 »
— Nimaga indamayapsiz?
— Men... ochig‘ini aytsam, odam o‘ldirib qo‘yibmanmi, deb qo‘rquvdim.
— Qoradorifurushlikni yengilroq jinoyat deb o‘ylayapsizmi?
— Sizning tilingizda yengilmi yo og‘irmi, bilmayman. Balki unisi uchun ham, bunisi uchun ham otarsizlar. Lekin men uchun odam o‘ldirib otildi, degan nomus yomon.
— Qoradori o‘nlab yosh jonlarni halok qiladi. Bunisiga nima deysiz?
— Nima derdim, bunga qoradori sotadiganlar javob beraversin.
— Siz-chi?
— Umrimda qilmaganman bunaqa ishni.
— O‘zingiz ham iste’mol qilmaganmisiz?
— Nimani? Qoradorinimi? — Namozov bosh chayqadi.
— Qoningiz tekshirilganda tarkibida qoradori topilgan. Siz faqat aroqdan emas, qoradoridan ham mast edingiz.
— Yolg‘on.
— Sizga sudmedekspertiza xulosasini ko‘rsatamiz. Hozir esa... bilagingizga qarang.
    Namozov shoshilib pidjagini yechdi-da, yengini shimarib bilagiga qaradi. Yo‘g‘on tomir ustida bilinar-bilinmas igna izini ko‘rib, Zohidga dahshat nazari bilan qaradi. Uning yumaloq ko‘zlari yanada kattalashganday bo‘ldi.
— Tamom! — dedi u titroq ovozda.
— Nima tamom! — dedi Zohid tushunmagan odamday.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #73 : 09 Oktyabr 2007, 21:58:24 »
Namozov boshini egib, xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplashayotganday dedi:
— Men ajal bilan o‘ynashgan ekanman... — u boshini ko‘tarib Zohidga qaradi. — Mening bo‘larim bo‘pti. Bola-chaqam omonmi, faqat to‘g‘risini ayting.
— Xotiningizni ko‘rdim. Bolalaringizni...
— Bolalarim oyimnikida edi.
— Siz kimdan qo‘rqyapsiz?
— Kimdan qo‘rqyapsiz? Men qo‘rqmayman. Qo‘rqqanimda bu yerda o‘tirmas edim...
Zohid qalin daftar ochib, taomilga ko‘ra Namozovni so‘roq qila boshladi. Ism-sharifini, tug‘ilgan yili, kunini  so‘radi. Namozov savollarga qisqa, sovuq ohangda javob berar edi.
— Qoradorini sizga kim yetkazib berar edi? — deb so‘radi Zohid asosiy maqsadga ko‘chib.
— Tanimayman, — dedi Namozov gap ohangini o‘zgartirmay. U qamoqqa kimning istagi bilan kelib qolganini anglagan, puxta o‘ylangan tuzoqqa tushganini fahmlagan edi. Tuzoqdan qanday qutulishni bilmas edi. Tergovchi ham balki ularning odamidir, degan o‘y uni nochor ahvolga solib qo‘ygan, na ochiq gaplashishni, na o‘zini go‘llikka solishni bilardi. Qisqa muddat ichida tanlanishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l — «bilmayman» deb turish. Zohid uning tutgan yo‘lini ko‘ra bildi. Shuning uchun arqonni uzun tashlab, so‘roqni davom ettirdi:
— Mijozlaringizni ayting?
— Tanimayman.
— Qanchadan olib, qanchadan pullardingiz?
— Kilosinimi?
— Aytaylik, kilosini?
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Shaytanat (qissa, birinchi kitob). Tohir Malik
« Javob #74 : 09 Oktyabr 2007, 22:00:43 »
Namozov o‘ylandi. O‘zicha chamaladi.
— Ming so‘mdan olib, bir yarim mingdan sotardim.
— Demak, kilosidan besh yuzdan qolarkan-da?
— Ha, shunaqa.
— Ko‘pdan beri sotarmidingiz?
— Ko‘pdan... uch-to‘rt yil bo‘ldi.
— Pulni nima qilardingiz?
— Pulnimi? Yeb-ichib...
— Meni laqillatmoqchimisiz?
— Savollaringizga to‘g‘ri javob beryapman-ku?
— Qoradorining kilosi ming so‘m ekanmi? Qaysi ahmoq ishonadi bu gapga? Siz ilmdan boshqa narsalarga ham hech aralashganmisiz?
Namozov «ilm» degan so‘zni eshitib, xuddi «daftarim uyda qolibdi», deb yolg‘on gapirib qo‘yib uyalgan boladek boshini egdi.
— Yolg‘onni eplagan odam gapirishi kerak, — dedi Zohid achchiqlanib.
«To‘g‘ri, — deb o‘yladi Namozov, — bunga ham iste’dod lozim. Men hatto oddiy yolg‘onni ham eplay olmayman. Yolg‘ondan qulluq qilsam, yolg‘ondan jilmayib qo‘ysam... allaqachon akademik bo‘lib ketarmidim... Nasiba «bunchayam noshudsiz-a», deb to‘g‘ri aytadi...»
— Menga to‘g‘ri gapni ayting. Men qoradorifurushligingizga ishonmayman. Agar «yo‘q, chindan ham qoradori sotardim», desangiz, qani, meni ishontiring-chi?
Never say "never"

 

Tohir Malik. Shaytanat (ikkinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 532
Ko'rilgan: 172865
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:38
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (uchinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 511
Ko'rilgan: 198015
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:51:05
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Shaytanat (to'rtinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 723
Ko'rilgan: 233923
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:45:00
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Iymonlashish umidi

Muallif shoirBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 196
Ko'rilgan: 84991
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:13:49
muallifi AbdulAziz
Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 180
Ko'rilgan: 68312
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:16:57
muallifi AbdulAziz