Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)  ( 370313 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 B


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:48:10

    Sobitxon muloyim ovozi bilan barchaning xayolini o‘g‘irlagan edi. Xizmatchilar sharpasiz yurishga urinadilar. Zarur gapi borlar bir-birlari bilan pichirlashib muomala qiladilar. Asadbek Sobitxonning shu fazilati uchun o‘zi qurdirayotgan masjidga imom bo‘lishini istagan edi. Bu «manman qori» esa rad etdi. Asadbek faqatgina imomning shirali ovoziga mahliyo bo‘lmay, aytayotgan gaplarining mazmunidan mast ham edi. Xuddi birov kelishidan avval imomga «Asadbekning yuragida shunday yashirin dard bor», deganu Sobitxon atayin shu mavzuda ma’ruza boshlagan. Suhbat nihoyasiga yetgandan so‘ng ham izdihom ahli voizning so‘zlari ta’sirida bir oz jim o‘ltirdi. Asadbek sovub qolgan choyiga qarab o‘yga botdi. «Birligini yo‘qotgan millat kelajagi uchun qayg‘urmagan bo‘ladi... Biz-ku, birlasha olmaymiz. Siyosatchilarga nima balo bo‘lgan? Biz pul talashamiz. Dardimiz ham, imonimiz ham pul. Ularning imoni — amal. Haydarning gapi to‘g‘ri. Haqiqat, millat, deb valdirayotgan xunasalarga bittadan «Volga» berilsa ovozi o‘chadi. Bittasi o‘zimizning deputatmi...»
— Choyingni yangilab beray, — dedi Jalil, Asadbekning xayolini to‘zitib. — Vaqtliroq kelganingda zo‘r gaplarni eshitarding. Endi hammaning Xudo deydigan vaqti kelibdi, oshnam.
— Vaqt o‘tdi, desang-chi... Biz-ku, Xudo dermiz-a, lekin... Xudo endi bizni bandam dermikin?
— Deydi, nimaga demas ekan? Besh vaqt namoz o‘qiganning hamma gunohidan kecharkan.
— Besh vaqt namoz yetarli bo‘lsa zo‘r-ku? — Asadbek shunday deb hazin jilmaydi. — Sobitxonning gapiga qaraganda menga o‘xshaganlar kuniga ellik mahal namoz o‘qisa ham gunohini yuvishga kifoya qilmaskan.
— Qanaqa gunohing borligini bilasanmi? — Jalil «shu gaplarnigni dildan chiqarib aytyapsanmi?» deganday unga tikildi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:48:37

    Ketma-ket ovqat kiritilaverib suhbatning beliga tepdi. Hozirgina mazmunli ma’ruzaga mahliyo bo‘lib o‘tirganlar bir necha nafas ichida qorin bandalariga aylandilar...
Asadbek uyiga xuftonga yaqin kirib keldi.
— Ertalabki samolyotda ketamiz, — dedi u hovliga kirib kelgach. — Chiqib so‘ra-chi, Jamshidni topishibdimi?
Chuvrindi boloxonaga chiqib, dam o‘tmay qaytib tushdi.
— Kelgan ekan, Zaynab chaqiribdi.
— Nimaga chaqiribdi?
— Sababini bilishmaydi.
— Ketmay tur, — Asadbek shunday deb uy tomon tez-tez yurdi. Ro‘parasidan chiqqan Manzuraning salomiga alik olmay, savolga tutdi. — Qizing qani?
— Uyida, — dedi Manzura, xavotirlanib. — Nimaga so‘rayapsiz? Hali kelib ketuvdi.
— Kuyoving yo‘qligini bilarmiding?
— Yo‘q... aytmadi-ku?
— He, noshud. — Asadbek shunday deyishga dediyu ketidan o‘zicha «men aytmagan bo‘lsam, qaerdan bilsin», deb uni oqlab ham qo‘ydi.
    Jamshid Zaynabnikiga ketdi, deganda dastlab ko‘ngliga xavotir oralagan edi. Hozir kuyovi yo‘qligini eslaganida birdaniga shubha uyg‘ondi. Xotiniga boshqa gap aytmay, uyiga kirib, telefon go‘shagini ko‘tardi-da, raqam terdi. Narigi tomondan anchagacha javob bo‘lmadi. Go‘shakda eshitilayotgan uzun du-dudlash uni dam xavotir, dam shubha chohi sari tortardi. Nihoyat, javob bo‘ldi. Qizi yig‘lamsirab, ozgina zarda bilan «Ha» dedi. Asadbek gapirmay turaverdi.
— Ha, gapiring! — dedi Zaynab zarda bilan. Keyin go‘shak qo‘yildi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:49:16

    Asadbek yana raqam terdi. Yana shu hol takrorlandi. U qiziga nima deyishni, shu topda nima qilishni bilmasdi. Miyasi qizib uni fikrlash quvvatidan mahrum etgan edi. U qayta-qayta raqam teraverdi. Beshinchi yo oltinchi martasida go‘shakni Jamshid oldi! Shundan keyingina Asadbek xayolini jamladi. Shoshilib hovliga chiqdi-da, sigaret chekib turgan Chuvrindiga qisqagina buyruq berdi:
— Ketdik!
    Chuvrindi qayoqqa, deb so‘ramadi.
    Jamshidning mashinasini Elchinning uyi oldida emas, tor ko‘cha burilishida ko‘rgan Asadbek ajablanib «To‘xta», dedi. Pastga tushib mashina atrofida bir aylanib chiqdi-da, Chuvrindiga «Sen shu yerda tur», deb, o‘zi kuyovining uyi tomon yurdi.
    Ko‘cha eshik qiya ochiq edi. Asadbek xuddi o‘g‘ridek ichkariga bosh suqib chiroq nuri tushib turgan derazaga qaradi-da, o‘zidan o‘zi uyaldi. Yoshlik kezlari Kesakpolvon bilan birga o‘g‘rilikka borgudek bo‘lsa ham bunaqa ishlarni Asadbek sira uddalay olmas edi. Hozir uni tashqaridan kuzatgan kishi o‘g‘rilik olamida atak-chechak qilayotgan bola bo‘lsa kerak, deb o‘ylashi mumkin edi.
    Ko‘nglida dastlab uyg‘ongan xavotir endi yo‘qolgan, aksincha shubha kuchga kirib sharmandalik sirtmog‘i bilan bo‘ynini bo‘g‘a boshlagan edi. Qizi yo‘qolganida, so‘ng topilganida, so‘ng homiladorligi oshkor bo‘lganida sharmandalik olovi uni kuydirmagan edi. U damda ko‘proq o‘zini ayblagan edi. Qizining yuzini shuvit qilmaslik uchun shu otarchini kuyov qilib edi. Shu masalada yanglishdimi? Qizi shunchalik... Bu fikrning o‘ziyoq yuragini muzlatib qo‘yganday bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:49:44

    Shubhaga bandi bo‘lgan holda iziga qaytishni istamadi. U o‘zini majburlab, hovliga kirdi. «Yomon niyati bo‘lsa eshikni ochiq qoldirarmidi?» degan fikr ko‘ngliga sal yorug‘lik olib kirmoqchi bo‘lganida «esidan chiqqandir...» degan gumon yana qora chodirga o‘radi. Asadbek asta yurib kelib derazaga yaqinlashdi. Bo‘y cho‘zib ichkariga qarashga yuragi dov bermadi. Ichkaridan dam Zaynabning, dam Jamshidning ovozi kelib turar, qo‘shqavat deraza oynaklari ichkaridagi gaplarni o‘g‘ri mushukday poylab turgan odam qulog‘iga yetishiga yo‘l bermas edi. Deraza qiya ochiq bo‘lganida balki olam guliston edi. Asadbek bo‘y cho‘zib mo‘ralamas, o‘zicha bir xulosaga kelib, mash’um hukmni chiqarmas edi.
    U derazadan mo‘ralagan onda Jamshid o‘rnidan turdi. Zaynab esa uning bo‘yniga osildi... Asadbek bu manzaraga qarab tura olmadi. U avvaliga bostirib kirmoqchi ham bo‘ldi. Ammo o‘z qizining sharmandaligini fosh etish uning uchun og‘ir edi. U sharmandalik yukini yelkasiga ortib, hovliga qanday sharpasiz kirgan bo‘lsa, shunday chiqdi. Eshik og‘zidan darrov uzoqlasha olmadi. Besh-o‘n qadamni yurak to‘lg‘og‘ida bosdi. So‘ng bir qarorga kelib, tez-tez yurib ketdi.
    Chuvrindi tor ko‘chadan ko‘z uzmay turgan edi. Asadbekning asta ichkari kirgani, bir necha daqiqadan so‘ng chiqib, og‘ir qadamlar bilan yurganini ham ko‘rdi. Bek akasi qadamini tezlatgach, mashina motorini o‘t oldirib, yurishga tayyor bo‘lib turdi. Asadbek mashinaga o‘tirishi bilan «uyga» deb buyruq berdi. Chuvrindi noxush voqea yuz berganini sezdi-yu, biroq «nima gap ekan?» deb so‘ramadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:50:59

Asadbek hovliga kira solib, Manzurani chaqirdi:
— Qizingga telefon qil, tayyor tursin, borib olib kel, — dedi.
— Siz... bormadingizmi? — dedi Manzura o‘smoqchilab.
— Men nima qilaman u yerda? Boshqa tashvishim yo‘qmi?! — dedi Asadbek, o‘dag‘aylab, Manzura shoshib chiqmoqchi bo‘lganida to‘xtatdi: — Telefon qil, dedim.
Manzura «shartmi» deganday qarab qo‘ydi-yu, ammo buyruqqa itoat etdi. Boshqa payt bo‘lganida shart emasdi. Asadbek Jamshidning tezroq chiqib ketishini istab shunday deb buyurdi. Holbuki Jamshid u bilan izma-iz uydan chiqqan, Asadbek mashinaga yetay deganida orqasidan ko‘rgan, «Bek akammi yo boshqa odammi?» deb tusmol qilgan edi.
Manzura bilan Chuvrindi ketgach, Asadbek boloxonaga chiqdi.
— Haydar akangni top. Narigi dunyoda bo‘lsa ham hozir yetib kelsin.
Yarim soatdan so‘ng hovlida Manzura ovozi eshitildi. So‘ng Chuvrindi boloxonaga chiqdi. Bir soat deganda Kesakpolvon paydo bo‘ldi. Asadbek ikki a’yonini boshlab pastga tushdi. Maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan edi. Osmonga qarab, yuzini yomg‘irga tutdi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:51:44

— Haydar, Shilimshiq o‘ldirilgan joy esingdami? — dedi osmonga qaragan holda.
— Esimda, — dedi Kesakpolvon.
— Qanday o‘ldirilgani-chi?
— Esimda.
— Shu ishni takrorlash kerak, qo‘lingdan keladimi?
— Kimni?
— Ertalabgacha bajarasan. Kimligini aytganimda «nima uchun?» degan savol bermalaring. Kavkazliklaring tayyormi?
— Ha.
— Ikkala o‘limni bo‘yniga olsin.
— Kimni?
— Jamshidni...
    Kesakpolvon hayratlanib Chuvrindiga qaradi. Chuvrindi hukmga nima sabab bo‘lganini taxminan bilardi. Shu bois Kesakpolvonning savol nazariga javob bermay yuzini burdi. «Balki ablahlik qilgandir. Lekin dunyoda undan beshbattar ablahlar yashab yurganida u ham tirik qolsa bo‘lardi», deb o‘yladi. Ammo fikrini tiliga chiqarib oshkor etmadi.
    Yigitlar ichida sadoqati bilan ajralib turuvchi Jamshidning o‘limga mahkum etilishini Kesakpolvon hazm qila olmadi. Bunaqa paytda qarorning muhokama etilishi man qilingan bo‘lsa-da, so‘radi:
— Nimaga?
— Ishing bo‘lmasin, aytdim-ku...
— Bek, ertalabgacha o‘yla.
— Ertalabgacha buyruqni bajar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:55:12

6

    Jamshid tor ko‘cha boshida ketayotgan odamni Asadbekka o‘xshatib, yuragi bir hapriqdi. Hayajonini bosish maqsadida cho‘ntagidan sigaret chiqarib chekdi. Shu payt hovli tomondan qadam tovushlari eshitildi. «Ergashib chiqyaptimi?» deb o‘ylab orqasiga o‘girildi. Eshik zichlab yopilib, kalit buraldi. «Bu yog‘i qiziq bo‘ldi-ku?» Jamshid shu fikrda darvozadan asta uzoqlashdi. Tor ko‘cha boshiga yetganida orqasiga o‘giril-di — ko‘cha kimsasiz edi. Mashinasiga o‘tirib darhol yurgizmadi, o‘yga toldi.
    U uchun Zaynabning ruhiy holati begona edi.
    Zaynab qo‘ng‘iroq qilib chaqirishga chaqirdi-yu, uyatdan yonib ketdi. Darrov hovliga chiqib ko‘cha eshikni qulfladi. Bir necha nafasdan so‘ng uyat alangasi pasayib, yana shayton yo‘rig‘iga kirib eshikni qiya ochib qo‘ydi.
Jamshid odati bo‘yicha indamay kirib keldi.
— Tinchlikmi? — dedi uyga kirib.
— Tinchlik... birov yurganga o‘xshadi, qo‘rqdim.
— Hofiz akam qaerdalar? To‘yga ketdilarmi?
— Hofiz akangiz...— Zaynab «akangiz» degan so‘zga piching bilan urg‘u berganini o‘zi ham sezmay qoldi,— Farg‘onadagi to‘yga ketganlar.
— Kennayimni olib kelaymi yo o‘zingni olib ketaymi?

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:55:53

    «Qani edi olib ketsangiz... uzoqlarga... faqat ikkalamiz yashaydigan joyga... Atrofimizda hech kim bo‘lmasa...»
— Birpas o‘tiring, choy iching.
— Mayli, bir piyola ichay.
    Jamshid o‘zini majburlab o‘tirdi. U Zaynabning asl maqsadini bilmas edi. Aniqroq aytilsa, gumonining haqiqatga aylanib qolishini istamadi. Bir piyola choyga ikkinchisi, uchinchisi... ulandi. Jamshid kamgap, ko‘zlari ham xotirjam boqardi. Bu chiroyli ko‘zlarda ishrat uchqunlari yonmas edi. Erkak tomon tashabbus ko‘rsatmagandan so‘ng ayol kishiga qiyin ekan. Zaynab — qizlik orzulari toptalgan ma’suma — iffatini o‘zi toptamoqqa ojizlik qilmoqda edi. «Olov temirni eritgani kabi oshiq yurak tafti tosh qalblarni eritgay», deyishardi. Nahot Jamshidning qalbi toshdan ham qattiqroq bo‘lsa?..
    «Ilon chaqsa menga uning zahri kor qilmaydi, ammo jonimning chiqishi uchun bir qiyo boqishing kifoya»... Qaysi bir kinoda yigit kuyib shunday ashula aytgan edi. Ajab, yigitlar qizlarning birgina qiyo boqishi uchun o‘lib-tiriladilar. Bu toshyurak esa... Yo bu «Yor azobi men uchun farog‘at», deydigan toifadanmi? Zaynab uni suhbatga qanday tortishni bilmay, xayoliga kelgan mayda-chuyda gaplarni qaytarmasdan aytaverdi.
    Jamshid juvonning harakatini kuzatib, gaplarini eshitib, onda-sonda bir javob aytib o‘tiraverdi. Yaxshi hamki bu yerga kelishidan oldin bir kecha-kunduz aysh qildi. Yo‘qsa, shaytonga hay berolmay qolsami... «O‘zingni bos... Sinayotgan bo‘lsa-chi?.. Balki akasiday ko‘rar meni... Ayol kishi chaqirsa maqsadi faqat... Shu bo‘ladimi?»
— Nima uchun meni shu odamga berishdi, bilasizmi? — Zaynab shunday deb qattiq tikildi. Shu paytgacha ko‘zlarning to‘qnashuvidan cho‘chiyotgan edi. Bu safar hech tap tortmay tikildi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:56:10

Jamshid darrov javob bermadi. So‘ng gapni hazilga burmoqchi bo‘ldi:
— Bek akam «nimaga?» degan savolni yomon ko‘radilar. Akamga «xo‘p bo‘ladi» degan ko‘proq yoqadi.
Bu hazildan Zaynabning zardasi qaynadi:
— Siz... qulmisiz?
Mazkur savoldan Jamshidning ham zardasi qaynadi. Ammo o‘zini majbur qilib kuldi:
— Qul emasman. Ishimiz shunaqa. Hamma «nimaga?» deb so‘rayversa, aql o‘rgataversa ish yurishmaydi.
— Adamdan so‘ramagan bo‘lsangiz, o‘zingizcha o‘ylamadingizmi?
— Bu gaplarni qo‘zg‘ama. Bek akam yanglishmaydilar.
— Ha... yanglishmaydilar... Meni kim o‘g‘irlagan, bilasizmi?
Jamshid «Ha», desa yana savollar o‘qiga duchor bo‘lishini bilib, indamadi.
— Bilmasmidingiz?
— Qo‘ysang-chi shu gaplarni.
— Bilmasmidingiz?.. Siz.. pismiqsiz!.. Siz mening odam ekanimni bilasizmi? — Zaynab shunday deb turib yig‘lab yubordi.
    Ayni paytda telefon jiringladi. Zaynab telefon tomonga bir qarab, qo‘lini siltab qo‘ydi-da, gapini davom ettirdi:
— Mening o‘rnimda hayvon bo‘lganida xo‘rlanishiga chidolmay, hech bo‘lmasa o‘kirardi. Egasining rahmi kelardi, egasi xo‘rlatib qo‘ymas edi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Oktyabr 2007, 19:56:32

    Telefon jiringlashini qo‘ymagach, go‘shakni zarda bilan ko‘tarib «Ha!» dedi. U tomondan javob bo‘lmadi. Bu hol bir necha marta takrorlangach, Jamshid «To‘xta, birov maynavozchilik qilyapti shekilli», deb go‘shakni ko‘tardi. Uning bu xonadonga kelishi hukm sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lsa, bu ikkinchisi bo‘ldi. Uchinchisi, eng asosiysi edi...
    Zaynab hasratlaridan bir chimdimni aytib yengil tortgach, jim bo‘ldi. Uning o‘ksib, xo‘rsinib yig‘lashi Jamshidga onasini eslatdi. Hakam hukmni o‘qib, Jamshid qo‘liga kishan solinganida onasi dodlab yuborgan edi. Temir panjarali mashinaga olib chiqishayotganda milisa yigitlar ko‘ngilchanlik qilib qoidani buzishsa ham ikki-uch daqiqaga ularni xoli qoldirishgandi. O‘shanda onasi xo‘rsinib-xo‘rsinib yig‘lagan edi...
— Zaynab... men hammasini bilaman, — dedi Jamshid boshini egib.
— Men ayol bo‘lsam ham undan o‘ch olaman.
— Sen singlimsan... Sen uchun men o‘ch olaman... Qasam ichaman... Agar seni himoya qiladigan erkak zoti qirilib bitsa o‘zing o‘ch olasan...
    Ana shu gapdan keyin Zaynab o‘rnidan turib kelib, Jamshidni bo‘ynidan quchib, o‘pib qo‘ydi...    Uchinchi hal qiluvchi qadam shu edi...

Qayd etilgan