Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 102144 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


AbdulAziz  24 Fevral 2007, 13:47:22

Assalomu alaykum!
Tushlar... Insonning eng ajabtovur damlari... Xayollar ummoni... Orzular makoni...
Odatda ko'pchiligimiz tush ko'ramiz.
Tushlarda ba'zi haqiqatlar ham oshkor bo'ladi.
Unda siz kelajakka safar qilishingiz ham mumkin.
Shuning uchun ham ayni bir voqelikni, buni oldin tushimda ko'rganman, degan tuyg'u ham bo'ladi.

Bu mavzuda siz o'zingiz ko'rgan ajabtovur tushlar va uning haqiqatlari haqida yozishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  24 Fevral 2007, 15:32:12

Esimda yo'q, bir tush ko'rganman:
Dengizdamishman, atrof hammayoq suv, qirg'oq ko'rinmaydi. Kotta kema, lekin, kemada faqat o'zim, dengizning 'ortasida...
Birdan shamol kemani uchirib, ta'riflash qiyin bo'lgan go'zal diyorga olib keldi...
Go'zallikni endi his qilishim bilan uyg'onib ketgandim...

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2007, 12:43:43

Meni o'zim ko'rib, o'zimni hayratga solgan tushlarim juda ko'p.
Shularni birini sizlarga aytib beraman.
Bu tushni bir necha yil oldin ko'rganman,lekin hali ham yodimda.
Namangandaligimda bir kuni onam bir tanishlari bilian biznikiga mehmonbga kelishdi. Men u ayolni juda ham yoqtirardim,chunki diniy ilmlari juda kuchli edi. Onam bilan dardkash,chunki dardlari bir hil. U ayolni 17yoshli o'gillari, onamni esa 23yosh qizlari (opam) ketma-ket vafot etgan edi. O'sha kuni ularni uyimda olib qoldim. Va ular kech kirganda vafot etgan bolalarini eslab yig'lashishdi, dardlashishdi. O'zimni ham o'g'lim kichikligida vafot etgan, shuning uchun farzand dog'ini bilaman. Ularga rahmim keldi, ularni ovutdim. Kechki payt hufton namozini o'qib yotdim....

Tushimda:Bir nuroniy chol,oppoq libosda,yuzlarida nur yog'iladi. Meni oldimga keldi-da,qo'limdan tutdi. Meni ozgina yetaklab bordida, menga osmonga qarashni buyurdi. Men beihtiyor unga bo'ysundim va ko'rsatgan tomonga qaradim. Osmonga tikildim, unda ikki bir-biriga o'hshagan ikki qasr bor edi. Bu qasrlar shunchalik chiroyli ediki, inson tili bilan ularni tariflab bo'lmas edi. Ular yal-yal yonardi, hatto oltin ham unchalik tovlanmas edi.Shunda haligi nuroniy kishi menga qarab:"Bu qasrlar kimgaligini bilasanmi?",dedi. Men:"Yo'q",dedim. U kishi:"Bu qasrlar seni onang bilan uni yonidagi ayolga",deya javob berdi-da,bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi. Bu tush meni ko'nglimni ravshan qildi. Hozirgacha shu tushni o'ylasam hursand bo'laman.Allohim, bu tushimni Oxiratda haqiqatga aylantirishini duo qilaman.....

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2007, 01:27:40

Judayam ajoyib tushlar.
Menda bir marta g'alati holat yuz bergan, ya'ni ikki hafta ayni bir xil tushni har kuni tinmay ko'rganman:
"Katta magistral yo'li, bunaqasini umrimda ko'rmaganman. Hammaning mashinasi bor. Startda turibmiz. Lekin men yayovman. Start beriladi. Mashinalar oldinga otlanadi. Men ham yuguryapman. Avvaliga o'tib ketdim hammasidan, keyin, esa qolib ketdim. yuguraman deyman-u, yugurolmayman. gapiraman deyman-u, ovozim chiqmaydi...

Qayd etilgan


Muslimа  26 Fevral 2007, 15:28:41

Ha, tushga nimalar kirmaydi?
Man tushlarimni ko'pini balki eslolmasman, lekin manga qattiq ta'sir qilganlarini hech unutmasam kerak.
Bir kuni bir tush ko'rdim, hayron qolganim tug'uruqhonada palatada, yonimda esa shiringina qizaloq, lekin chaqaloq emas (hali turmush qurmaganman shundan hayron bo'ldim). Qizchaga hijob kiydirganmishman, hamma "bu sani qizing" dermish. U qizaloq shu qadar shirinki hatto hozirgacha uni yuzi yodimda, yuzi nurga to'la. Negadur unga yaqinlarim kelib, "salom bergin, salom bergin" deyishardi. U qizaloq esa har gal shu gapni eshitsa, Qibla tomon yuzlanib turib sajda qilarmish.
Man ham shunday qizim borligidan hursandmishman. Hullas bu tush edi, lekin o'rnimdan turgach Allohdan (agar qachondur shunday baht nasib qilsa) albatta shu qizaloqqa o'xshagan farzand bo'lishini so'radim...

Qayd etilgan


Nodi  27 Fevral 2007, 11:19:06

Nargiza opa, Rohatoy, manga sizlarni tushlariz juda yoqdi.
O'sha tushlarizda ko'rganlariz amalga oshishiga tilakdoshman.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Fevral 2007, 12:00:45

Nargiza opa, Rohatoy, manga sizlarni tushlariz juda yoqdi.
O'sha tushlarizda ko'rganlariz amalga oshishiga tilakdoshman.

Alloh sizdan rozi bo'lsin, Nodi.
Tilaklaringiz uchun tashakkur.
Sizga ham eng ezgu tilaklarim...

Qayd etilgan


Ahror  27 Fevral 2007, 13:00:33

Assalomu  Alaykum!!!

Bir kuni  tushunmda  (o`sha  kunlari dadam safarda edilar)  dadam  uyga shoshilib kelarmishlarda shoshilib manga qo`y qani, qo`yla qani deyarmishlar. Ana  qo`ylar deb qo`yla turgan  tomoni ko`rsatdim.Keyin xali qo`y deb ko`rsatganlarim darrov itga aylanib qolarmish.Xali  itladan birini olib keldilarda darvoza xonani ostonasida so`ydilar.Dada  axir  bi  itku deesam  mani urushib berdilar.Keyin nima bo`ldi bilmadim.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Fevral 2007, 18:06:39

Assalomu  Alaykum!!!

Bir kuni  tushunmda  (o`sha  kunlari dadam safarda edilar)  dadam  uyga shoshilib kelarmishlarda shoshilib manga qo`y qani, qo`yla qani deyarmishlar. Ana  qo`ylar deb qo`yla turgan  tomoni ko`rsatdim.Keyin xali qo`y deb ko`rsatganlarim darrov itga aylanib qolarmish.Xali  itladan birini olib keldilarda darvoza xonani ostonasida so`ydilar.Dada  axir  bi  itku deesam  mani urushib berdilar.Keyin nima bo`ldi bilmadim.

Assalomu alaykum!
Tushingizni nimaga yo'ydingiz?
Keyin nohush voqealar ro'y bermadimi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Fevral 2007, 14:43:55

ASSALOMU ALAYKUM!

Man ham hali hamon bir go'zal tushimni unutmayman.

Bir kuni tushimda bir boshqa shaharda emishman. Hamma yer och yashil, va oq rangda edi. U yerda huddi hamma hajda kiyib yuradigan kiyimlarda edilar. Men skameykada o'tirgan ekanman. Bir otahon bilan bir yosh yigit yonimda edilar. Ular ham islomiy kiyinib olishgandi. Hligi nuroniy otahon bir kichikkina kitobchani tomosha qilib o'tirgandilar (bu kitobcha huddi ro'za taqvimiga o'xshab ketardi). Men ulardan bu qanday kitobligini so'rasam ular menga "Ahir bu Umra kitobchasi. Umraga kelganlarga beriladi/ Sen olmadingmi qizim?" dedilar. Men ham "Yo'q" dedim. Otahon menga "Bor anavi yerda berishayabdi sen ham olgin" dedilar...

Shu bilan tushim uzildi. Nasib bo'lsa davomini ham ko'raraman   :)

Qayd etilgan