Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 83778 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Doniyor  28 Fevral 2007, 18:45:59

Assalomu alaykum!
Man tushimda haj qilgangan.
Xuddi o'ngimdagidek.
Juda maza qilganman.
Alloh barchamizga nasib aylasin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Mart 2007, 10:18:20

Assalomu alaykum!
Man tushimda haj qilgangan.
Xuddi o'ngimdagidek.
Juda maza qilganman.
Alloh barchamizga nasib aylasin!

INSHAOLLOH AYTGANINGIZ KELSIN!
BU ENG KATTA ORZULARIMDAN BIRI

Qayd etilgan


Dilnura  03 Mart 2007, 15:24:52

ASSALOMU ALAYKUM!

Man ham hali hamon bir go'zal tushimni unutmayman.

Bir kuni tushimda bir boshqa shaharda emishman. Hamma yer och yashil, va oq rangda edi. U yerda huddi hamma hajda kiyib yuradigan kiyimlarda edilar. Men skameykada o'tirgan ekanman. Bir otahon bilan bir yosh yigit yonimda edilar. Ular ham islomiy kiyinib olishgandi. Hligi nuroniy otahon bir kichikkina kitobchani tomosha qilib o'tirgandilar (bu kitobcha huddi ro'za taqvimiga o'xshab ketardi). Men ulardan bu qanday kitobligini so'rasam ular menga "Ahir bu Umra kitobchasi. Umraga kelganlarga beriladi/ Sen olmadingmi qizim?" dedilar. Men ham "Yo'q" dedim. Otahon menga "Bor anavi yerda berishayabdi sen ham olgin" dedilar...

Shu bilan tushim uzildi. Nasib bo'lsa davomini ham ko'raraman   :)

Men bu forumda yangiman. Bilasizmi Noza sizi ko'rgan tushizga juda havas kildim.
Bunde rahmoniy tushlar harkimni ham tushiga kiravermaydi,shunga loyik insonnigina tushiga kiradi.Olloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


islimakhanim  04 Mart 2007, 18:37:59

 Assalamu alaykum!
Tushni hammaga ham aytaverish yaxshimas deb eshitganman. Tushla haqida bir ikki og'iz: Tushla ikki xil boladi: shaytoniy va rahmoniy tushla. Ma'nosidan anglashilib turgan bo'lsa kerak, Allah tomonidan yuborilgan tushla va shayton aralashgan tushla! Rahmoniy tushlada ko'pincha tagida haqiqat yotgan bo'ladi ve aksar hollarda biror bir voqea haqida oldindan ogohlantirish bo'ladi. yana bu ikki turga ham kirmaydigan tushla mavjud bo'lib ula ko'pincha charchab uxlab qolganda bo'ladi, allaqanday tushunarsiz, anglab bo'lmaydigan, va uyg'ongandan keyin srazu unutilacak tushla.  Payg'ambarimiz tush haqida aytgan hadislari mavjud, kimda aniq manbalari bilan bo'lsa, post qilingla iltimos, hammamiz uchun yaxshi bo'lardi. Shu esimdaki, Payg'ambarimiz (sav) kim yomon yush ko'rsa sadaqa bersin degan ma'noda aytgan hadislari bor!

Qayd etilgan


islimakhanim  04 Mart 2007, 18:40:55

 Payg'ambarimiz ko'rgan bir tushlari haqida Imom Al-Buxoriyning "Sahiyh" to'plamida shunday keltiriladi:
    Oisha (ra) rivoyat qiladilar: "Rasulullah (sav) menga bunday dedilar: "Men seni  tushimda ikki marta ko'rganman. Qarasam, sen bir parcha ipak (matoga) o'rab qo'yilgan emishsan. (Menga): "bu sening ay9lingdur (xotiningdur) ", - deyildi. Yuzingni ochib qarasam , bu sen ekansan. Shunda men: "Agar bu (tushim) Allah Taala tarafidan (ko'rsatilgan bo'lsa),  u holda Parvardigor uni (albatta) ro'yobga chiqaradi", -   deb aytar emishman". 
   (2- jild, 16-bob)

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2007, 19:42:53

Assalomu alaykum!
Bugun man tush ko'ribman. O'sh shahrida ekanman. Chamasi, 1989-90 yillar... Man xuddi hozirgi yoshimdaman.
Olomon... Juda ko'p xalq to'plangan... Nimagaligini so'rasam shayx kelarmish deyishdi...
Man eng to'rida, mehmonlar uchun mo'ljallangan joydamishman.
Keyin Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kelib, man o'tirgan joyga o'tirdilar va juda ko'p kishilik olomon oldida ma'ruza qildilar...

PS. Hayotda hali Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni ko'rmaganman. Lekin ularni tushimda aniq-tiniq tasavvur qildim...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2007, 07:23:18

Assalamu alaykum!
Tushni hammaga ham aytaverish yaxshimas deb eshitganman. Tushla haqida bir ikki og'iz: Tushla ikki xil boladi: shaytoniy va rahmoniy tushla. Ma'nosidan anglashilib turgan bo'lsa kerak, Allah tomonidan yuborilgan tushla va shayton aralashgan tushla! Rahmoniy tushlada ko'pincha tagida haqiqat yotgan bo'ladi ve aksar hollarda biror bir voqea haqida oldindan ogohlantirish bo'ladi. yana bu ikki turga ham kirmaydigan tushla mavjud bo'lib ula ko'pincha charchab uxlab qolganda bo'ladi, allaqanday tushunarsiz, anglab bo'lmaydigan, va uyg'ongandan keyin srazu unutilacak tushla.  Payg'ambarimiz tush haqida aytgan hadislari mavjud, kimda aniq manbalari bilan bo'lsa, post qilingla iltimos, hammamiz uchun yaxshi bo'lardi. Shu esimdaki, Payg'ambarimiz (sav) kim yomon yush ko'rsa sadaqa bersin degan ma'noda aytgan hadislari bor!

Va alaykumussalom!
Hadis:
Ko’rgan yaxshi tushingizni odamlarga aytib bering, ammo yomon tushingizni hech kimga aytmay qo’ya qoling.
Termiziy rivoyati

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2007, 07:24:31

Savol: Uxlayotgan kishi ko‘rayotgan tush haqiqati to‘g‘risida din nima deydi? Rost tush bilan fosid tush farqini qanday bilish mumkin? Aytishlaricha uxlash asnosida ruh jasadni juz'iy shaklda tark etar ekan. Va u kezib yurib, uxlayotgan kishi tushini ko‘rar ekan.

Javob:
Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Tushlar uchtadir: Solih tush - Allohdan bashoratdir. Xafa qiladigan tush - shaytondandir. Yana kishi o‘ziga gapiradigan tush ham bordir».

Bu hadis kishiga Alloh azza va jalla tarafidan yaxshi, solih tushlar bashorat bo‘lib kelishini ifodalayapti. Yana shunda tushlar ham borki, ular egasini xafa, mahzun qiladi. Bunday tushlar shaytondandir. Arab tilida bunday tushlar  «hulm» deb ham nomlanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Hulm - shaytondandir. Agar sizlardan biringiz hulm-tush ko‘rsa, Allohdan panoh so‘rasin va chap tomoniga tuflasin. Shunda albatta bu tush zarar qilmaydi».

Uchinchi qism tushlar ham borki, bunda kishi kunduzi tashvishlanib yurgan ishini tushida ko‘radi. Yana aloq-chaloq ko‘riladigan tushlar ham bo‘lib, «Al-Manor» tafsirida aytilishicha, uyqu paytida miya turli o‘y va hayollar tasavvur qilganidan bu xil tush paydo bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlamaydi.

Rost-solih tush ba'zi narsalarning sodir bo‘lishidan oldin inson o‘sha narsani  idrok etishining bir turidir. Bunda inson u narsaning aynan o‘zini (bu juda nodir hol), yoki ta'vil etishga muhtoj misolini ko‘radi. Ammo bu tush fitriy tayyorgarlikni talab etadi. Rasulullohdan (s.a.v.) shunday hadis kelgan: «Sizlarning tushi rostrog‘ingiz, so‘zi rostrog‘ingizdir». Agar kishining so‘zi doim rost bo‘lsa, ko‘pincha tushi ham rost bo‘ladi. Go‘yo nafs uyquda ham, uyg‘oqlikda ham sohibining xususiyatlarini o‘zlashtirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham «Sodiqlarning uyqusi ilmi yaqiyndir», deyiladi. Bu so‘z Payg‘ambarning (s.a.v.): «Mo‘minning tushi payg‘ambarlikning qirq oltidan bir qismidir», degan hadislariga bog‘liqdir.

Bular dinning tushga nisbatan munosabati. Savolning ikkinchi qismiga kelsak, Imom Ar-Roziyning tafsirlarida quyidagi fikrlar mavjud: «Insoniyat nafsi nurli ruhoniy javhardan iborat. Agar u badanga bog‘lansa, hamma a'zoda ziyo hosil bo‘ladi. Bu hayot deb nomlanadi». Shundan kelib chiqib aytamizki, o‘lim paytida bu nurli javhar badanning zohiridan ham botinidan ham uziladi. Va o‘lim yuzaga keladi. Ammo uyqu paytida esa, u ba'zi tomonlama badan zohiridan uziladi, lekin ziyosi badan botinida qoladi. Shundan isbot bo‘lyaptiki, o‘lim va uyquning jinsi bitta. Illo o‘lim to‘liq uzilish bo‘lsa, uyqu esa ba'zi tomonlama noqis uzilishdir».

Uyqu va tush mavzusi juda keng bo‘lib, bunga ayrim olimlar alohida kitoblar ta'lif etganlar.

"Dinda savolim bor" kitobidan

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:37:56

Barcha zamon, makon va xalqlarda tushga nisbatan o‘ziga xos qarash, munosabat, ishonch va xurofotlar ham bordir. Tush haqidagi tushunchalar, mafkuralar, taxminlardan tashqari u haqida o‘tkazilgan ilmiy ishlar va yozilgan kitoblar ham bordir.
Hozirgi kunimizda musulmonlar orasida tush haqida turlicha tushunchalar bor. Ularning ko‘plari turli manbalardan olingan. Ammo Islomiy manbalardan olingan ma’lumotlar deyarli yo‘q, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ko‘pchiligimiz tush haqida Qur’oni karim oyatlari va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadislari borligi haqida tuzuk-roq ma’lumotga ega ham emasmiz.
Buning ustiga bizda hali tush haqida Islomiy asosda biror maqola yoki kitobcha yozilgan emas.
Qur’oni karimda tush, asosan, «Yusuf» surasida zikr qilingan. Bu sura tush bilan boshlanadi, uning o‘rtasida ham, oxirida ham tush va unga oid narsalar zikr qilina-di.
Surai karimada Yusuf alayhissalom ko‘rgan tushini otasi Ya’qub alayhissalomga so‘zlab berayotganini tasvirlash bilan qissaga kiriladi va hokazo"¦
Hayotga nazar soladigan bo‘lsak, ba’zilar tushni tamoman tan olmaydi. Ba’zilar esa hamma narsani tushga bog‘lab qo‘yadi. Islomda esa haqiqiy va kerakli mavqif tutiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:38:17

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy alayhissalom: «Tush uch xildir: Solih tush — Allohdan sevinch bashoratidir. Mahzun tush — shaytondandir. Kishi o‘ziga o‘zi gapirgan narsani tushida ko‘rishi.
Agar biringiz o‘ziga yoqmagan narsani tush ko‘rsa, turib namoz o‘qisin. Uni odamlarga aytmasin», dedilar».


Bu hadisi sharifda tush haqida bir necha umumiy qoida bo‘lgan haqiqatlar zikr qilinmoqda.

Qayd etilgan