Tushlar... Ne haqiqat ayon ularda?  ( 83776 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:38:47

Tush uch xildir:

a) «Solih tush — Allohdan sevinch bashoratidir».
Agar musulmon odam tahorat qilib, uxlashning islomiy odoblariga amal qilib, hech narsani o‘ylamay yotgan bo‘lsa-yu yaxshi tush ko‘rsa, Alloh taolodan yuborilgan yaxshilikka ishora bo‘ladi.

b) «Mahzun tush — shaytondandir».
Uxlagan odam o‘zini mahzun qiladigan tush ko‘rsa, unga shayton ta’sir qilgan bo‘ladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning imom Buxoriy rahmatullohi alayh rivoyat qilgan bir hadisi shariflarida:
«Hulm - yomon tush shaytondandir. Sizdan kim hulm ko‘rsa, undan panoh tilasin va chap tarafiga tuflasin. O’shanda unga zarar qilmaydi», deyilgan.

v) «Kishi o‘ziga o‘zi gapirgan narsani tushida ko‘rishi».
Agar odam biror ish boshiga tushgan bo‘lib o‘shani ko‘p o‘ylab yurgan bo‘lsa o‘sha o‘ylash ta’sirida tush ko‘radi. Bunday tushning e’tibori yo‘q bo‘ladi.
«Agar biringiz o‘ziga yoqmagan narsani tush ko‘rsa, turib namoz o‘qisin. Uni odamlarga aytmasin», dedilar».
Avval aytilgandek, avval chap tarafiga tuflaydi, panoh tilaydi va keyin turib, tahorat qilib, namoz o‘qiydi. Yana muhim shartlardan biri o‘sha yoqimsiz tushni birovga aytmaslikdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:39:16

Demak, musulmon ulamolar tushni uch turga bo‘ladilar:

1. Allohdan bo‘lgan ilhomiy tushlar.
Ularga «Yusuf» surasidagi tushlar misol bo‘ladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rgan tushlari ham shu xildagi tushlardan. Ma’lumki, u kishi Payg‘ambarliklarining dastlabki olti oyida ko‘rgan tushlari xuddi tong yog‘dusidek, aniqlik bilan voqe’likda ham takrorlanib turgan.
Bu haqda sahih rivoyatlar ko‘p.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «To‘g‘ri tush Payg‘ambarlikning qirq olti juzidan biridir», degan hadislarini ham ulamolar o‘sha olti oyga ishorat, deydilar. Ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Payg‘ambarliklari yigirma uch yil bo‘lgan. Yigirma uch yil qirq oltita olti oylikdan iborat. Demak, o‘sha tush o‘ngidan kelib yurgan dastlabki olti oy muddat yigirma uch yillik Payg‘ambarlik muddatining qirq oltidan biridir.

2. Hayotda bo‘lib o‘tgan narsalarni xotirlab, esga olib, so‘ngra uxlagandan keyin o‘sha narsalarning tushga kirishi. Bu tushning e’tibori yo‘q. Moddaparastlar shuni ham tush deb biladilar.

3. Shayton ta’siri ostida ko‘riladigan alg‘ov-dalg‘ov tushlar. Buning ham hech qanday e’tibori yo‘q. Shuning uchun ham har bir ko‘rgan tushni e’tiborga olib, ta’birini axtarishga targ‘ib qilish ham yo‘q.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida:
«Agar birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini tushida ko‘rsa, boshqalarga aytsin. Yomon ko‘radigan narsasini tushida ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tuflasin-da, boshqa tomonga yonboshlab olsin. Allohdan uning sharridan saqlashini so‘rasin. Birovga bu tushini aytmasin. Shunda tush unga zarar qilmaydi», deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh Muoviya ibn Haydatul Qushayriydan rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Tush ta’bir qilinmaguncha kishi uchun folga o‘xshab turaveradi, ta’bir qilinsa, voqe’likda zohir bo‘ladi», deganlar.
Ulamolarning fikricha, tunu kunning uzunligi bir-biriga yaqin bo‘lgan mavsumda tahorat bilan yotgan odamning sahar chog‘i ko‘rgan tushi haqiqatga yaqin tush bo‘ladi.
Tushga nisbatan shar’iy nazarning qisqachasi shu. Hech kim tushni shar’iy dalil sifatida zikr qilmagan. Hech kim tushni biror shaxsning yoki ishning afzalligi uchun ham dalil qilmagan. Tushda ko‘rgan narsaga qarab emas, tush haqida shariatda kelgan dalillarga qarab ish yuritish lozim. Shayxlar tushlarni shar’iy qoidalar asosida ta’vil qilishni bilishlari va tushga oid shar’iy hukmlarni yaxshi bilishlari kerak.

Islom.uz

Qayd etilgan


Laylo  31 Mart 2007, 12:31:45

Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?

Javob:
Abdurahmon ibn Sa'iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!»

Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.

Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi.

Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?

Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy (yomon) tushlardir. Ba'zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, deyilgan. Abu Sa'id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1198&Itemid=84

Qayd etilgan


Murod_bek  01 Aprel 2007, 19:54:12

Assalomu Alaykum!
Juda foydali maslahatlar ekan...
Alloh ilmarimizni ziyoda qilsin! (Amin)

Qayd etilgan


Mohinur  23 Aprel 2007, 01:35:56

Assalomu alaykum!
Hech tushingizda ko'rgan narsangiz o'ngingizda ham qanday bo'lsa shunday sodir bo'lganmi?

Qayd etilgan


Laylo  25 Aprel 2007, 04:57:32

Assalomu alaykum!
Hech tushingizda ko'rgan narsangiz o'ngingizda ham qanday bo'lsa shunday sodir bo'lganmi?

Va alaykum assalom!
Ha, ko'p bo'ladi. Masalan, hayotda qandaydir voqealar yuz beradi-da, shuni qayerda ko'rganman-a, deb o'zingizga savol berasiz.
Shu holatni tushingizda ko'rgan bo'lasiz.

Qayd etilgan


Mohinur  28 May 2007, 10:01:10

Tush ko'ribman.
Tumonat odam. Men ancha nariroqdaman.
Bir oq soqlli mo'ysafid men tomon keldi-da: "Qizim, nega bu ishingni tark etding?" dedi-da yo'qolib qoldi...

Keyin o'ylab qoldim. Nima ishni tark etgan ekanman, deb...
Bo'ldi, esimga tushdi. Mahalla boshida bir devonanamo bir kishi bo'lardi. Shu kishiga har hafta onajonimning aytganlari bo'yicha taom olib berardim... Bir safar unutgan edim...
Voajab, avliyomikan-a o'sha zot?

Qayd etilgan


Fatima  10 Iyul 2007, 12:56:20

Assalomu alaykum. Man tushimda bir qariyaga tasbeh eltib beribman. Keyin u kishi shu zahoti tasbehni olib bir nimala deb yerga o`tiribdila.  Hech bunaqa tush ko`rmagandim. Agar  ma`nosini bilsez iltimos bu nimaning alomati ekanligini aytsangiz. Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Iyul 2007, 08:08:53

Assalomu alaykum. Man tushimda bir qariyaga tasbeh eltib beribman. Keyin u kishi shu zahoti tasbehni olib bir nimala deb yerga o`tiribdila.  Hech bunaqa tush ko`rmagandim. Agar  ma`nosini bilsez iltimos bu nimaning alomati ekanligini aytsangiz. Oldindan rahmat.

Va alaykum assalom!
Judayam hayrli tush ko'ribsiz. Inshaalloh, yaqin kunlarda uning aksini ham ko'rasiz.
Tasbeh bilan Allohga zikr aytiladi. Tasbeh zikr belgisi, Alloh bilan munojot belgisi. O'sha qariya tasbehni olarkan, sizni ham bu yo'lga chorladilar, menimcha.
Agar namoz o'qishni boshlamagan bo'lsangiz, boshlasangiz yaxshi bo'ladi. Namozni boshlab olsangiz, undagi maza, undagi halovatni his qila boshlaysiz. Dunyoda namozini o'z vaqtida o'qigan odamning halovatidan go'zalroq halovat yo'q...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Iyul 2007, 20:14:56

O'tgan shanba kuni tushimda Korea Respublikasi Ta'lim vaziri rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelgan ekan.Men unga tarjimonlik qilib yurgan emishman...)

Qayd etilgan