Bugun ajoyib tush ko'ribman...
TV ko'rib o'tirganmishman, qaysidur rus kanalini.
Qanaqadur konsert zalida kimdurlar konsert berayotganmish.
Odam to'lza zal..., barchalari rus millatiga mansub odamlar...
Bir payt Qur'on ovozi eshitildi... Kimdur zaldagilardan baland va juda yoqimli ovozda Qur'on o'qimoqda edi.
Kn u sahnaga chiqdi, ko'rinishidan oddiy bir odam edi... gavdali, sochlari sarg'ishroq, biroz mayin soqolli...
Hammani og'zi ochilgan, hamma mazza qilib Qur'on tinglamoqda edi...
Qaysi surani o'qigani aniq esimda emas, lekin avvalida Fatiha surasini o'qidi chamamda, ketidan boshqa yana bir surani yoddan o'qidi.
O'qib bolgach o'tirganlar turib u insonni olqishlay boshlashdi... barchalari Qur'onni eshitganlaridan o'ta mamnun edi...