Meni o'zim ko'rib, o'zimni hayratga solgan tushlarim juda ko'p.
Shularni birini sizlarga aytib beraman.
Bu tushni bir necha yil oldin ko'rganman,lekin hali ham yodimda.
Namangandaligimda bir kuni onam bir tanishlari bilian biznikiga mehmonbga kelishdi. Men u ayolni juda ham yoqtirardim,chunki diniy ilmlari juda kuchli edi. Onam bilan dardkash,chunki dardlari bir hil. U ayolni 17yoshli o'gillari, onamni esa 23yosh qizlari (opam) ketma-ket vafot etgan edi. O'sha kuni ularni uyimda olib qoldim. Va ular kech kirganda vafot etgan bolalarini eslab yig'lashishdi, dardlashishdi. O'zimni ham o'g'lim kichikligida vafot etgan, shuning uchun farzand dog'ini bilaman. Ularga rahmim keldi, ularni ovutdim. Kechki payt hufton namozini o'qib yotdim....
Tushimda:Bir nuroniy chol,oppoq libosda,yuzlarida nur yog'iladi. Meni oldimga keldi-da,qo'limdan tutdi. Meni ozgina yetaklab bordida, menga osmonga qarashni buyurdi. Men beihtiyor unga bo'ysundim va ko'rsatgan tomonga qaradim. Osmonga tikildim, unda ikki bir-biriga o'hshagan ikki qasr bor edi. Bu qasrlar shunchalik chiroyli ediki, inson tili bilan ularni tariflab bo'lmas edi. Ular yal-yal yonardi, hatto oltin ham unchalik tovlanmas edi.Shunda haligi nuroniy kishi menga qarab:"Bu qasrlar kimgaligini bilasanmi?",dedi. Men:"Yo'q",dedim. U kishi:"Bu qasrlar seni onang bilan uni yonidagi ayolga",deya javob berdi-da,bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi. Bu tush meni ko'nglimni ravshan qildi. Hozirgacha shu tushni o'ylasam hursand bo'laman.Allohim, bu tushimni Oxiratda haqiqatga aylantirishini duo qilaman.....