Hollywood yoki Bollywood? Nega?  ( 11249 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimа  27 Fevral 2007, 09:37:15

Assalomu alaykum!
Bugungi kunda kino hayotimizni bir bo'lagi bo'lib qolgan. Har kim har hil kinoni ma'qul ko'radi. Ba'zi filmlar yaxshilikka chorlasa, ba'zilari insonni to'g'ri yo'ldan adashtiradi (astag'firilloh). Kino olamida ikkita tushuncha mavjud. Bu Hollywood va Bollywod. Ularni qay biri ma'qul, nima sababdan ko'pchilikkka bu filmlar hush keladi? Umuman Bollywood yoki Hollywood filmlaridan yaxshi narsa olsa bo'ladimi? Yoki ularni tomosha qilish ma'qulmasmi? Siz qaysi filmalari ma'qul ko'rasiz? Nima uchun?

Qayd etilgan


Murod_bek  28 Fevral 2007, 21:29:37

Assalomu Alaykum!
Hollywood va Bollywod ning ham o'ziga yarasha yaxshi va yomon kinolari bor.Menimcha Hollywood ga qaraganda Bollywooddagi kinolardan yaxshi narsa ko'proq olish mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  01 Mart 2007, 07:46:13

"Bolliwood"da ishlangan "Bog'bon", "Ona Hindiston", "Sangam" nomli kinolar o'zining ma'zmundorligi va tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turadi.
"Gollivood"da ham yaxshi kinolar bor. Lekin ularda ko'pincha o'z mafkurasi, dunyoqarashini yoyish ustun turadi.

Bolliwood filmlarida esa ko'pincha yengil-yelpi syujetlar bilan yengil hayot ko'rsatiladi. Kinoning yarmi qo'shiq bilan o'tib ketadi. Ma'lumotlarga qaraganda Hindistonda yiliga 700 ta kino ishlanarkan. Bu har kuni 2 ta yangi film degani...
O'zimizning filmlar ham "Bolliwood"nikidan qolishmayapti.

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 Mart 2007, 09:12:19

Judayam hissiyotlarga boy bo'lgani uchun ko'rmiman Bollywoodni.Ssenariy doim bir xil boy xonadondan bo'lgan bittasi kambag'al xonadondan bo'lganni sevib qoladi.Yoki chet elda oqiydigan bittasi boshqasini sevib qoladi.Janjal mushtlashuv,yig'i sig'i,ashula 1 soat.Xullas Hollywood yaxshi man uchun.Ayniqsa psixicheskiy trillerlarni ishlashda ularga teng keladigani yo'q.

Qayd etilgan


mutaallimah  01 Mart 2007, 09:35:51

Aslida kino yahshilikka va ham yomonlikka namuna bu'lishi juda oson.SHu sababli bizni oilamizda koproq Umar Muhtor ,Risolat kabi kinolar koriladi.Tu'grisi ukalarimga hech kim taqiqlamasa har kuni ku'rishdan qaytmaydilar,bu ikki filmni. Lekin bir vaqtlar tv-da Muhammadur Rosululloh filmi namoyish etilayotgan vaqtda bir ilmlik inson tanbeh bergan edi aziz umrni aziz vaqtini bekorga isrof qilmagan ma'qul deb.SHunda ahir bu dinimizni qissasiku deb ajablangan insonlarga dinimizni qissasini Qurondan boshqa gu'zal qilib tariflaydigan manbaa bormi degan ekanlar.SHu ogohlantirishni eshitganimdan keyin kino ku'rmoqqa boshlasam u'ylanib qolaman umrimni isrof qilmayapmanmi deb...Lekin ojiz nafs banda bu'lganim sabab har doim ham u'zimni tuta olmayman.

Qayd etilgan


islimakhanim  01 Mart 2007, 15:41:11

  Assalamu alaykum!
Manga qolsa, bollywood mahsulotlrining ham hollywood mahsulotlarining ham  birortasi vaqt sarflab ko'rishga arzimaydi, undan ko'ra mazza qilib salovat eshitganiz ming karra afzal!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Mart 2007, 19:50:11

  Assalamu alaykum!
Manga qolsa, bollywood mahsulotlrining ham hollywood mahsulotlarining ham  birortasi vaqt sarflab ko'rishga arzimaydi, undan ko'ra mazza qilib salovat eshitganiz ming karra afzal!!!

Assalamu alaykum.
Islimakhanim,fikringizga 100% emas 200%  qo'shilaman.
Vaqtimizni qadriga yetishimiz lozim. shunday filmlarni tomosha qilib o'tkazadigan vaqtimizni bir oyat bo'lsa ham ALlohning kalomini yodlashga sarf etsak, qabrda bizga nur bo'ladi,Inshaalloh. Chunki tobora QABR atalmish uyimizga yaqinlashmoqdamiz...

Qayd etilgan


Nodi  06 Mart 2007, 20:29:39

Assalomu alaykum!
Kinoni umuman ko'rmaslik kerak degan fikrlarga qo'shila olmayman.
Chunki hamma kinolar ham birdek zararli bo'lavermaydi, insonlarning hidoyatiga sabab bo'ladigan, ularning ma'naviy kamolotiga ta'sir etadigan kinolar ham bor. Va ular Bollivoodda ham, Hollivoodda ham uchraydi.
Manga hindlarning "Bog'bon" filmi juda yoqqan. Unda qarib qolgan ota-onani bir-biridan ayirishga uringan va ularga mehr ko'rsata olmagan noqobil farzandlar haqida gap ketadi.
Bunday filmlar odamni o'ylashga, fikrlashga majbur qiladi.

Qayd etilgan


Murod_bek  06 Mart 2007, 20:43:05

Assalamu Alaykum!Quyidagi filmlarni tavsiya qilaman:
"Salom shodlik, salom g'am" - Ota va farzand o'rtasidagi munosabat
"Oqibat" - Aka-ukalar o'rtasidagi munosabat
Assalomu Alaykum

Qayd etilgan


Muzayyana  14 Aprel 2009, 11:25:34

 :as:
Yaqinda bi aqlli odamning mana shu ikkalasigayam bergan bir aqlli ta'rifini eshitdim:
"Bularning ikalasiyam- buzuqlik va axloqsizlikning uyasi" dedi.
O'ylab qaralsa xaqiqatdan xamda, xamma yomon ishlar, o'g'rilik va buzuq illatlarning hammasi mana shu kinolardan o'rganilyapti!

Qayd etilgan