Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129534 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:46:57

Hammasi teskari tartibda qaytarilayotgan edi. Ter bosgan qo‘yindagi qog‘oz parchasi, katta qora ko‘zoynakli Jon-Ziangning zug‘umi ostida maxfiy agentlar to‘g‘risidagi xayollar, O'lik Shaharning o‘zidan avval kelayotgan chang isi. Jannat deb o‘ylaganim jahannam qurshoviga qaytayapmanmi? Shunday xayollar meni yanada ehtiyotkor qilib qo‘ydi, birinchi duch kelgan uyg‘ur dorixonasidan ko‘zoynaklar sotib oldim va uni taqqandan keyingina o‘zimni bir oz xavfsizroq sezdim, lekin ko‘zoynakda atrofni arang ko‘rib turardim. Shu yerliklarning aytishi bo‘yicha: qassobdan sotib olib, baqqolga pulini to‘laydi. Bu ikkinchi halqa bo‘lib, men zamonaviy tsivilizatsiyaning markazida emas, balki uchinchi dunyo mamlakatlarida umrguzaronlik qilardim. Dunyoning hanuz odam kun kechirayotgan nokerak o‘lkasi. Shunday qilib, qovushmagan ko‘zoynaklarim tufayli yuzaga kelgan bosh og‘rig‘ini bosgan ko‘k choydan ichib, tokzordagi uzumlar ostida kunim o‘tdi. Kechga yaqin aylanma yo‘l orqali O'lik Shaharga tomon yo‘lga tushdim.
Avvaldan hisobga olmagan bo‘lsam-da, o‘sha tun oy to‘lib turgan edi. Birdan, Xitoy manbalarida yozilishicha, ko‘k turklarning oydin kechada hujumga o‘tishlari esimga tushib ketdi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:06

132

Bugun ertalab, yana bir bor, yashab yashagim kelmay qoldi. Kecha yarim tunda qo‘mondon telba birodarimizni o‘z qo‘li bilan otib o‘ldirdi. U bu safar ham qochib ketmoqchi edi, lekin qo‘riqchi uni topib oldi. Ular: «Berkingan joyingdan chiq, senga tegmaymiz, pulemyotimiz ham o‘qlanmagan!» deya baqirishdi. Telba yigit oyog‘ini qayirib olgan chamasi qimirlay olmasdi, lekin avval patrul, keyin qo‘mondon unga yaqinlashib keldi va telbani oyoqqa turg‘izmoqchi bo‘ldi. U esa ikki qadam yuriboq, yumalab tushdi. Qo‘mondon uni yana turg‘azib qo‘ydi, lekin telba ojiz mushukchaday zo‘rg‘a sudraldi va qorga yiqildi. Qo‘mondon uni yana bir bor o‘rnidan ko‘tardi va oldinga tomon itardi. Yigit bir qadam qo‘ydi-yu, chalqanchasiga quladi... Qo‘mondon nariroqqa borib, unga qarata o‘t ochdi. Tana bir necha bor to‘lg‘onib, yer tishladi qoldi.
Bu mudhish voqea oydin kechada ro‘y berdi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:18

133

Men Antraktikaning qoq o‘rtasida o‘lmoq istayman. U yerda hech kim meni topolmaydi va o‘lik tanamni ko‘rib g‘amga ham botmaydi.
Nima deb valdirayotganimni bilaman. Men unda bir marta bo‘lganman. Bu ham xalqaro anjumanlardan biri edi, homiylar chegarani buzib, Antarktikada yig‘ilish o‘tkazishga kelishishgandi. Men doimo bu mintaqaga borishni orzu qilardim. Shuning uchun bu Atlanta afsonasiga o‘xshagan bir narsa bo‘ldiki, qorli tog‘lardagi ishonish qiyin bo‘lgan g‘aroyibotlar ichida o‘z yo‘qotgan jannatingni topib olganday bo‘lasan kishi: uzun paporotniklar, dinozavrlar va bolalikdagi rangli, tasavvurlarga boy xayoliy hayotdagi yana minglab boshqa narsalar...
Afsuski, buning o‘rniga xunukdan-xunuk bir qavatli metall uylarni ko‘rdimki, ularning birida xalqaro anjuman homiylari «razminka» qilishni boshlashdi. Birinchi kun ichkilik bilan o‘tdi-ketdi, lekin Qozog‘iston cho‘llaridan kelgan Donobek degan bir yosh sovet yigiti bilan tanishdim. U yon atrofni aylantirishga va'da berdi va mijozlarimiz jo‘rlikda xurrak otishni boshlab yuborishganda, hujjatlarimizni stol ustiga qo‘yib, boshpanamizdan chiqib ketdik. Barcha yo‘l signal bayroqlari o‘rnatilgan simlar bilan belgilab qo‘yilgan, Donobekning tushuntirishcha, eng xavfli narsa qor ostidagi muz yoriqlari ekan. Shamol qaysidir tomondan yana bir qaysidir yoqqa esar, tikanli qor uchqunlari chirog‘imizning yorug‘ida nurlanib, naq ko‘zimizni mo‘ljalga olardi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:27

Donobek qor ustida yuradigan chana olishni taklif qilgandi, men osudalikni buzishni yoqtirmasligimni aytib rozi bo‘lmagandim. Biz ikki juft chang‘i oldik. Donobek oldinda, men orqada bordik. Biz oppoq qorong‘ilikda yetim uchoq shumshayib turgan uchish maydoni tomonga qarab ketdik. Uning oxirida kichik tepalik bor edi. Men chang‘i uchish uchun u yerga borishni taklif qildim. Donobek xohlamaygina taklifimga ko‘ndi va birinchi bo‘lib tepalikning ustiga chiqib, uchish maydoniga tomon yelib ketdi. Uning qizil qor kostyumi qorong‘ilikda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men ham o‘sha tepalikka chiqib, bir zum atrofga boqdim va ajoyib manzarani ko‘rdim - shamol bulutlarni qor uchqunlaridan ham tezroq oldinga surar va ba'zan qorong‘i osmonda oyning qorasi ko‘rinib qolardi. Bu lahzalarda butun vodiy sehrli nurga cho‘milgan, mening zavqim oshib-toshib ketib, birdan tepalikning narigi tarafiga sirpanib ketdim. Bu shunchalik kutilmaganda ro‘y berdiki, men aslo to‘xtay olmas va buning naqadar xavfli ekanini tushuna boshlagandim, chunki u tomonda tutish uchun arqonlar yo‘q edi. Xudo biladi oldinda nima kutib turganini, qaysi la'nati yoriq hayotimga yakun yasaydi va yo tezlashib borayotgan harakatimga qaysi qoya chek qo‘yadi...
Hatto hozir ham o‘sha tanamni muzlatib yuboradigan poygani yaxshi eslayman. Lekin o‘lganim yo‘q. Bir soatcha o‘tib, Donobek ikki qutqaruvchi bilan qor ustida yuradigan chanada kelib, meni tutib qolishdi. Lekin umrim bino bo‘lib Yerning ustida-yu osmon ostida unchalik qo‘rquvga, shuning bilan birga, u qadar zavqu shavqqa to‘lgan emasman..

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:36

134

Bu voqeani yarim tunda O'lik Shaharning boshqa yeri va boshqa osmoni ostida esga oldim. Buni o‘zimga dalda berish uchun esladim, chunki hatto eng yirik mintaqaning o‘rtasida (Yerning qoq kindigida) ham yolg‘izligimdan dahshatga tushayotgandim. Sherigim - to‘lin oy qop-qora osmonga bezbetlarcha kirib keta boshlagan, uning qarashidan yulduzlar ham erib ketayotganga o‘xshardi. Tomirlarimda qon o‘rniga qo‘rquv oqayotgan edi go‘yo. Men sirli yozuvlar o‘yib yozilgan toshni ko‘rsatgan o‘sha qariyani ko‘rmoqni istardim. Undan Zevning taqdiri to‘g‘risida so‘ramoqchiydim. Agar shu ishni qilsam, o‘tgan ikki yil ichidagi voqealarning tagiga yeta olaman deb o‘ylardim. Aslida bu bema'ni bir fikr edi. Lekin u Bilga-Hoqonning fikrichalik ma'nisiz emasdi. Haqiqatda esa, hamma telbalik o‘zimda edi, chunki o‘sha qariya tunda meni kutib o‘tirgan deya ishonardim. Biroq, ko‘pincha aniq narsalar noaniq narsalarni keltirib chiqaradi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:43

Baribir! Men O'lik Shaharning bo‘m-bo‘sh loy shakllari, hatto vayron qilingan yarim shakllari orasidan oldinga yurib borardim. Yer ostidagi har bir ilonning vishillashiyu, qurigan o‘t orasidagi har bitta chigirtkaning ovoziga diqqat bilan quloq tutardim. Axiri mudhish tunda O'lik Shaharni kesib o‘tdim, lekin shuni sezdimki, to‘xtagan zahoting, atrofingga boqib, tunning qatnashchilaridan biriga aylanar ekansan, masalan, qabrga o‘xshagan bir narsaning ustiga kichik yozilish qilishga to‘xtaysan va shu onda qo‘rqinchdan asar ham qolmaydi. Harakat qilishing bilan hammasi yana boshlanadi. Hatto tunda ham asirga olishlari, zug‘um o‘tkazishlari yoki hujum qilishlaridan qo‘rqib turasan.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:49

Shu xayollar bilan o‘tgan safar sirli darvish bilan uchrashgan joyimga keldim. U yerda yerga qoqilgan bir tayoq va uning uchida bir necha muqaddas lattalar bilan otning yollari hilpirab turardi. Lekin hech kim yo‘q edi. Atrofga qarab, hayot asarini ko‘rmadim, lekin yaqinroqda silliq bir nimadir turganiga ko‘zim tushdi. Yurak yutib unga yaqinlashdim: bu darvish menga ko‘rsatgan toshning o‘zi edi. O'sha payt ne ahvolga tushganimni tasavvur qilib ko‘ring: istagan yerimni topgandim! Tosh tuproqqa ko‘milib ketgan, shu bois uning atrofini tozalashga tushdim, biroq uning yuzasi tep-tekis edi. Shunda toshni ag‘darish uchun yerni kavlay boshladim. Qizishganimdan biror asbobim yo‘qligini ham unutib, yerni ertaklardagi jodugarlar singari qo‘limda kavlay ketibman. Yuzu badanim qora terga botib ketdi. Bir soatdan oshiq vaqt qattiq ishlab, toshni o‘girdim, lekin ne ko‘z bilan ko‘rayki, uning boshqa tomoni g‘adir-budir va tishli bo‘lib, unda hech qanday yozuv ko‘rinmasdi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:47:59

135

Endilikda vaqtini asosan jangarilar shtabida o‘tkazayotgan Li stol ustidagi yozuvni o‘qigandi. U buni men uxlab yotganimda o‘qigan va javobini yozib, yana o‘sha stol ustida qoldirgandi:
«Buxorolik shahzoda Nyan Syang (At-Tohariyning yozishicha, haqiqiy ismi Nihon Sang - Yashirin Tosh) axiri noaniqlikka barham berib, Islom dinida ekanini tan oldi. Aslida, har bir e'tiqodli inson musulmondir, dedi u, chunki bu faqat Allohga bo‘ysunmoq degani. «Nega sen e'tiqodingni bizning tilimizga o‘girmading? Nechun Xitoycha e'tiqoddaman deb da'vo qilib yurding?», deya so‘radi undan Tongyuquq. - «Qorong‘i xonada qora mushukni topish juda mushkul ish, ayniqsa, mushuk u xonada bo‘lmasa...» - javob berdi shahzoda.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:48:05

«Keyin unga nima bo‘lganini bilasanmi? - deb so‘ragandi Li javobida. Birdan uning xushxabarlari har tomonga tarqab ketdi. - Lekin men mushuklar haqidagi boshqa bir rivoyatni bilaman - davom ettirgandi Li. - Kunlarning birida er uyiga bir kilo go‘sht sotib olib kelibdi. Kechroq uyga mehmon keladi, buni pishirib berasan, - debdi u xotiniga. Xotini go‘shtni yaxshilab qovuribdi, lekin u pishgunicha bitta-bitta olib, yeb qo‘yibdi. Eri uyga kelgach, unga «qovurilgan go‘shtni mushuk yeb qo‘ydi», deb shikoyat qilibdi. Jahli chiqqan eri darhol mushukni olib taroziga solib tortibdi va mushuk roppa-rosa bir kilo chiqibdi. Agar go‘shtni yegan mushuk bo‘lsa, go‘sht qani va agar go‘sht uning ichida bo‘lsa, mushuk qani? - degan ekan qiziqqon er...»

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:48:14

136

Ushbu javob mazmunining ikki ma'noliligi o‘z yo‘liga, lekin undagi mantiq yuragimda turli xil tuyg‘ularni uyg‘otib yubordi. O'quvchilik yillarimda bir kuni siyohdon tagidagi chuqurchada bir yozuv borligini sezib qoldim. Buni qiz bola yozgani bilinib turardi: «Men seni sevaman va javobingni intizorlik bilan kutaman». Qanaqa ahvolga tushganimni bir tasavvur qiling. O'shanda javob yozib, bu gapni kim yozganini so‘ragandim. Lekin gapni yozgan qiz o‘zini ko‘rsatmadi, shunga qaramay, hayotim maktublardagi sirli muhabbat hayajonlariga to‘liq kechdi.
Hozir Lining qisqacha xatini o‘qib, negadir o‘sha tuyg‘uni boshimdan kechirdim, garchi u sevgi haqida emas, balki mening hayotim va o‘limim xususida edi.

Qayd etilgan