Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129619 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:55:48

Ayniqsa, tog‘ cho‘qqisida bo‘lgan elchi hammadan ko‘p o‘z so‘zini ma'qullaydi. Aytishicha, unga borgan joyida bir sirli ko‘zgu berishgan va bu ko‘zgu orqali nafaqat Moviy Osmon qarshisidagi o‘z yuzini, balki o‘n sakkiz ming olamning bor aqlu zakovatini ko‘rgan. Biroq, uning samimiyat ila so‘zlashicha, mast holda qo‘llarida ko‘zguni tutib turolmagan. Yo balki bu insonga xos hayajon tufayli sodir bo‘lgan. Harqalay, u ko‘zguni qo‘lidan yerga tushirib yuborgan va u chilparchin bo‘lib, butun vodiyga sochilib ketgan. Shunga o‘xshash hikoyani aytib bergan elchilardan biri daryo yoqasida bo‘lgan. U ham birinchi elchi gaplarini aytgan, lekin bitta farqi shuki, daryo ularni uzoqqa supurib tashlagan. Harholda ularning barchalari orasida ko‘r-ko‘rona dushmanlik paydo bo‘lgan... Kunlarning birida qariya ularni yana bir joyga to‘playdi va tag‘in mast qilib, hammalarini avvalgi boqqa eltadi. Bu safar ular uyg‘onib, qarshilarida o‘zlarining egizlari turganini ko‘rishadi. U egizlar, ulardan qarshi o‘laroq, singan oynaparchalar bir joyga yig‘ilgan ko‘yi o‘tirishgan va tarqoq elchilarni o‘zlariga qo‘shilishga taklif qilishardi. «Biz sizlarning pok ruhlaringiz bo‘lamiz, - tushuntirishibdi ular, - siz esa pastkash dunyodagi jismimizsiz.» O'z akslariga boqib, elchilar yig‘lashga tushibdi: «Hayotimizdagi kirliklar nimadan iborat edi, dunyoda nima gunoh qilibmiz?» Shu tariqa ular o‘zlarining komil ruhlari bilan birga o‘z nuqson va gunohlariga iqror bo‘lib, kun va tunlarni o‘tkazadilar, lekin bir pokiza hur endi ular o‘z dunyolariga qaytishlari va unda barcha muqaddas bilimlarni tarqatishlari lozimligini e'lon qilganida, hamma elchilar o‘sha turgan joylarida qolishni, dunyoga esa o‘z ruhlarini yuborishni o‘tinib so‘raydilar.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:55:57

Shu narsalarni boshqarib turgan qariyadan bo‘lak hech kim Buyuk Qaytaruv uchun kim tanlab olinganini bilmas edi...
Hikoya ana shunaqa nihoyaga ega. Marko Polo uning so‘nggi variantini ishlab chiqdi va boqqa yuborilgan kishilarni qariya haqqi-hurmati hukmdorlar, shohlar va imperatorlarni o‘ldirgan terroristlar kabi ifodaladi. Ular saltanat va qirolliklarni vayron qiladi, oila va urug‘larni chilparchin etadi, o‘lim va qo‘rquv urug‘ini ekadi... Ular dunyoni zimdan oladi...
Ko‘pgina kishilar shu tarjimaga amal qilib kelishgan, chunki hikoya orqali ma'lum bir nuqtaga yetgan deyarli barcha odamlar yo qotilning, yo boshqa bir turdagi qirg‘inning qurboniga aylangan. Bunday qissalarga boy kitoblar to‘lib yotibdi, ularni gazetalarda o‘qish, oynai jahonda tomosha qilish, internetda ochish mumkin. Zombilar, jangarilar, partizanlar, qotillar... Ular har joyda, har bir irqda, dinda, millatda mavjud, ular hatto oralaringizda zirapchaday yashirinib yurgan bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas... Va siz yashirin bir ilmning qo‘li tegadigan navbatdagi o‘ljasi bo‘lishingiz mumkin... Endi navbat sizga yetdi...

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:56:34

Lekin boshqa bir sharh ham mavjud. Eng baland cho‘qqida atrofni tomosha qilib o‘tirarkanman, endi hech bir suiqasd yo fitnadan qo‘rqmagayman. Men bunda qo‘rquv va tashvish parcha-parcha qilib yuborgan jismini tark etgan jon kabi yagonaman. Balki ular o‘ldirishmas, balki shunchaki ishonch hosil qilishmoqchidirki, siz bir-biriga yelimlangan siniq oyna - havo qisqargan, quyosh ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin, osmon shundoqqina yelkangizda o‘tirgan yolg‘iz tog‘ning cho‘qqisida kutib turgan o‘zingizning egizingiz yo soyangiz, ruhingiz yo joningiz bilan qovushgaysiz. Chunki kunning so‘nggida Ko‘k Turklari bor, shunday emasmi?
Shu joyda hammasi tugaydi.

Nouman Smaylz, Hartfordshir»

Ingliz tilidan A'zam Obidov tarjimasi ©


Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2009, 07:13:57

Ko‘k Turklari asiri (roman)



Muallif: Nouman Smaylz
Hajmi: 409 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan