Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 310272 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 49 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 13:09:42

Assalomu alaykum!
Ziyo Uzga joylanayotgan yangi maqola, yangilik, materiallar haqida shu yerda ma'lumot berib boramiz.

www.ziyouz.com

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:28:33

MASHHUR YETTILIKLAR



Dunyoda sonlar bilan bog'liq turli afsonalar yuradi. Ko'pgina xalqlarda esa 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Aslida bu hech narsani hal qilmasa-da va hech qanday ilohiy mantiqqa ega bo'lmasa-da, hayotda shu son bilan bog'liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7  mo'jiza, 7 hazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz... Quyida mashhur yettiliklar bilan tanishasiz.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=528&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:30:02

Hind kinolarini nega yaxshi ko'ramiz?



Shu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, bu savol bilan hind madaniyatiga befarq, xususan, ularning kinolarini xush ko‘rmaydiganlarga murojaat qilish to‘g‘ri bo‘lmas. Lekin, ana shunday kishilar ham nega yoqtirmasliklarini bilisharmikan? Bilishsa-da, ularning fikrlari to‘g‘rimikan? Bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishganmikan? Yaxshi ko‘rganlar-chi, ularni hind kinolarining qaysi jihati rom etgan? Nega?

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=540&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:34:35

FOTO! Insoniyatning eng muhim 10 ta g'oyasi - New Scientist 2006



Amerikaning New Scientist jurnali olimlar o‘rtasida insoniyatning eng muhim g‘oyalarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi: Katta portlash nazariyasi,   Evolyutsiya, Kvant mexanikasi, Jamuljam nazariyasi, Tavakkal, Xaos, Nisbiylik nazariyasi,   Iqlim o‘zgarishi, Tektonika, Asl ilm

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=539&Itemid=29

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:36:28

18-Jahon chempionati



O‘tkazilgan joyi va vaqti: Germaniya, 2006 yil 9 iyun — 9 iyul.
Qatnashchilar soni: 32 ta (Yevropadan 14 ta, Afrikadan 5 ta, J.Amerika, Osiyo va Sh.Amerikadan 4 tadan, Okeaniyadan 1 ta).
Eng yaxshi o'yinchi: Zayniddin Zidan (Fransiya)
To'purar: Miroslav Kloze (Germaniya)

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=559&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:38:52

Jahon xaritasini o'zgartirgan olmos qiroli



U Kap koloniyasining bosh vaziri, qirollik maxfiy ittifoqining a’zosi edi. Uning ismi bilan miqyosi beshta Angliya yoki ikkita Frantsiyaning hududiga teng keluvchi o‘lka nomlanardi. U dunyodagi eng boy odamlardan biri edi. Ammo o‘lim —haq, boqiy dunyo elchisi qarshisida shohu gado ham ojiz.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=562&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:40:46

Buyuk ixtirochilar: Tomas Edison - eng omadli kashfiyotchi



Huzur bilan tinglayotgan musiqangiz sizgacha qanday yetib kelishi haqida hech qiziqib ko‘rganmisiz? Aniqrog‘i, musiqani yozib oluvchi asbobning asoschisi kim ekanini bilasizmi? Unda bilib oling: bu — amerikalik ixtirochi Tomas Edison bo‘lib, 1877 yilda u fonograf (ya’ni ovoz yozib oluvchi asbob)ni yaratdi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=563&Itemid=33

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:43:54

Maydondagi oqsoq daho



Braziliyaning Pau-Grande qishlog’ida tug’ilgan bu inson futbol haqidagi barcha tasavvurlarni o’zgartirib yuborgan edi. barcha davrlarning eng yaxshi o’ng qanot hujumchisi, ikki marta jahon chempioni, charm to’p dahosi Garrincha ellik yil umr ko’rdi, lekin u bolaligicha qoldi va faqat bitta «o’yinchoq» - futbol o’ynadi, xolos.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=564&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:45:13

Leninni kim otgan edi?



Moziyning o’qilmagan sahifalari bisyor. Uzoq vaqtgacha ko’pchilik haqiqat deb ishonib kelingan narsa birgina hujjat bilan yolg’onga chiqishi yoki yolg’on chinga aylanishi mumkin. Quyida tarjimasi berilayotgan German Nazarovning maqolasidan  «inqilob dohiysi» Leninga qilingan suiqasd kimlarning ishi bo’lganligi haqida taxminiy xulosalar o’rin olgan.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=565&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 04:46:09

Livan osmonida qora bulutlar



15 yillik fuqarolar urushini boshdan kechirgan mamlakatda yana bombalar ovozi yangramoqda.
Mana yetti kundirki, Livan osmonini qora tutun qoplagan. Unda Isroil bayrog‘i aks etgan qiruvchi samolyotlar parvoz etmoqda.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=570&Itemid=1

Qayd etilgan