Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 310977 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 49 B


AbdulAziz  04 Mart 2008, 08:56:33

Bobur: Shoir ko‘ngli va shoh siyosati



«Boburnoma»ning xohlagan sahifasini o‘qib, bugun uchun bir ajib xulosa topasiz. Bu samimiy va tiniq, aniq va puxta, qalb ehtirosi-yu aql qudrati bo‘rtib turgan  o‘zbekona jumlalar zamirida buyuk bir shaxs, kuchli bir tiynat, teran bir nuqtai nazar, qat’iy bir siyrat, bugungi tushunchalar bilan aytganda, yuksak darajada tizimlashgan milliy mafkura  bor.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Mart 2008, 07:56:12

Kosovo: ozodlikning mashaqqatli yo‘li
yoki echkiga jon qayg‘usi, qassobga yog‘...



To‘qqiz yildirki BMT mandati va NATO himoyasi ostida yashab kelayotgan Kosovoning o‘z mustaqilligini e’lon qilishi nafaqat mintaqa, balki dunyo siyosatida katta voqea bo‘ldi. To‘qson foiz aholisi musulmon bo‘lgan Kosovo bosh vaziri Hashim Tachi ularning maqsadi islom davlati emas, dunyoviy demokratik davlat barpo etish ekanligini bildirgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Mart 2008, 07:56:20

"œKichkina demang bizni..."
Germaniya maxsus xizmati tomonidan o‘tgan haftada amalga oshirilgan operatsiya mojaroga sabab bo‘ldi



Yevropadagi mitti davlat - Lixtenshteyn knyazligi va ko‘hna qit'a yetakchilaridan biri Germaniya davlati o‘rtasida diplomatik ixtilof yuzaga keldi. Ayni paytda kattagina daromadning qo‘ldan ketish ehtimoli mo‘'jazgina knyazlikni qudratli qo‘shnisiga qarshi borishga undamoqda.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Mart 2008, 07:56:30

«Valentin kuni» emish...



Keyingi yillarda G‘arb hayotiga taqlid shu qadar kuchayib ketdiki, hatto o‘zga millatlarga taalluqli bo‘lgan ba'zi odatlarni ham o‘zlashtirib ola boshladik. Qadah cho‘qishtirib tilak aytish, to‘ylarda yoki tug‘ilgan kunlarda tortga sham yoqib puflab o‘chirish... bu kabi odatlar bizning udumlarimizga muvofiqmi? Shu jumladan, Valentin kuni ham.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2008, 02:41:48

Daholik



Daholar oramizda yashaydi, chunki  aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo yon-atrof talablariga, an'analariga moslashish go‘dakdagi betakror sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi. To‘g‘ri, yon-atrof hammani ham o‘ziga to‘la mute etolmaydi, ayrim o‘jar zotlar mavjud tartiblarga, dogmalarga va siyqa hayot tarziga qarshi chiqadi; ular o‘zlari topgan allaqanday g‘oyalarga telbanamo ergashadi, savdoyilik va devonalikni ixtiyoriy tarzda o‘z ustiga oladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2008, 02:42:45

Ichkilikxo‘rlik asoratlari



"Strategiya Rossii" jurnalida iqtisod fanlari nomzodi Lyudmila Smirnovaning "Urush ochish vaqti yetdi..." nomli maqolasi chop etildi. Maqola muallifi Rusiyadagi nufusiy fojia (tug‘ilish keskin kamayib ketishi)ning bosh sababchisi bo‘lgan mast qiluvchi ichkiliklarga qarshi amaliy kurashga chaqiradi. Maqolada ochiq-oydin aytilgan: "Rusiyada eng katta ijtimoiy muammo jamiyatning spirtli ichkiliklarga mukkadan ketganidir. Hozir mamlakatda 2,4 million ashaddiy ichkilikxo‘r mavjud.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2008, 07:48:04

Davralari davom etadi...



1948 yil 3 fevral. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning tavalludi rasmiy hujjatlarda xuddi shunday qayd etiladi. U, agar hayot bo‘lganida, bu yil 60 yoshga to‘lardi.  Tog‘ay Murod ellikka ham shunchaki "lallayib" kirgani yo‘q: to‘rt qissa, bir roman va tarjimalari e'lon qilingan, xalq orasida shuhrat topgan, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. O‘ttiz yoshida esa hali ilk qissa muvaffaqqiyatidan masrur, ikkinchi asari ustida ishlayotgandi. Yigirma-yigirma besh yillik ijodiy iztiroblar adabiyot haqidagi qarashlarimizni anchagina talotumga soladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2008, 07:54:28

Yigit ori



Yangier shohbekatida avtobus kutib turgandim. Ittifoqo bir guruh hali mo‘ylabiga ustara tegmagan yosh-yalang avtobusning orqa eshigi yoniga kelib to‘xtadi. Yigitlarning bir-biriga qilayotgan muomalasi, yurish-turishi, o‘zlarini tutishi beixtiyor e'tiborimni tortdi. Ular bir-biriga beandisha so‘zlar aytishar, yigitlarga xos bo‘lmagan ingichka, g‘alati ovozda hiy-hiylashib qiyqirishardi. "Sarxushlik oqibati" - xayolimga kelgan dastlabki fikrdan g‘ashim keldi. Axir yigit degani ko‘cha-ko‘yda sal o‘zini tutib, izzatini saqlasa tuzuk edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2008, 07:55:21

Dovonda (hikoya). Erkin Malik



Biz mingan "Neksiya" Kitob bilan Samarqand oralig‘idagi Tahtiqoracha dovoni tomon borardi. Kechasi qor yoqqan, odamlar birinchi qor bilan bir-birlarini qutlar edi. Asfalt yo‘l hali sovub ulgurmagan, qor erib, bilchillab yotibdi. Haydovchilar ham, mashinalar ham hali sirg‘anchiq yo‘llarga o‘rganmagan. Osmon bulut, havo unchalik izillatmaydi. Ana shu iliqlik tufayli dovon sari yurgan edik. Xayolimizda dovon yo‘llari erib yotardi go‘yo.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2008, 07:56:02

Ekran ortidagi xavf



Shaxsning dunyoqarashi, ma’naviyati, qolaversa, tafakkuri shakllanishida ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta. Avvalambor, OAV deganda biz nazarda tutayotgan matbuot nashrlari, radio, televidenie, internet kabilardan eng ommaviy, barcha uchun qulay bo‘lganini ajrataylik. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda bunday axborot vositasi televideniedir. Xo‘sh, televideniening shaxs rivojlanishi, uning ma’naviyati shakllanishiga ta’siri qanday? U o‘quvchi yoshlarning bilimini, dunyoqarashini to‘ldiradimi, boyitadimi?

davomi...

Qayd etilgan