Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312110 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 49 B


AbdulAziz  08 Aprel 2008, 22:46:33

Sankt-Peterburg: Non muzeyidan Konsullar qishlog’igacha



Ajoyib eksponat va original ko‘rgazmalar shaydolari diqqatiga: Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurishni ko‘nglingizga tukkan bo‘lsangiz, quyida keltirilgan manzillarni, albatta, bir aylanib chiqing. Mazkur sayohat sizga estetik ruh ulashib, esda qolarli madaniy hordiq chiqarishingizga yordam beradi. O‘ziga xos va bir-biriga o‘xshamaydigan tomoshagohlar sirasiga, shubhasiz, Piterdagi bir qator muzeylarni kiritish mumkin.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Aprel 2008, 22:47:28

Yutuq ham, yutqiziq ham o‘zimniki...



Murod MUHAMMAD DO'ST bilan suhbat
- Murod aka, O'zingiz ham bilasiz, yetmishinchi-saksoninchi yillarda nom taratgan aksariyat yaxshi-yaxshi yozuvchilar keyingi yillarda go‘yoki chetga chiqib qoldi. Adabiyot gazetasida bir yosh qalamkashning imzosini uchratib, "Bilmas ekanman, kim bu?" deb so‘raganingizda, yoningizdagilar "Adabiyotga yangi kirib kelgan yoshlardan" desa, Siz "Ha-a, biz chiqib ketgandan keyin kirganlardan bo‘lsa kerak-da" deya mutoyiba qilgan ekansiz. 

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Aprel 2008, 22:49:06

Rossiya qaysi yo‘ldan boradi?



Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Dmitriy Medvedev bu borada o‘z qarashlarini bildirdi

Shu bilan birga ushbu nashr orqali Dmitriy Medvedevning Vladimir Putin va maxsus xizmatlar borasidagi munosabatini ham bilib olish mumkin.

"Demokratiyaga kamida 50 yil kerak..."

Dmitriy Medvedevning fikricha, Rossiyadagi demokratiya hali juda ham yosh, uning rivojlanishi uchun ma'lum vaqt talab etiladi. Natijalarni esa 30-50 yildan keyingina baholash mumkin.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Aprel 2008, 22:52:43

Taniqli kishilar hayotidan



Mayakovskiyning miyasini magnitofonga o‘xshatishadi. U katta-katta she'rlarni ham bir o‘qishda yod olarkan. Uchrashuvlarda o‘zi yozgan dostonlarni yoddan o‘qir ekan.

***

Atoqli o‘zbek shoiri Maqsud Shayxzoda oliy maktabda ma'ruza o‘qirdi. U kishi ashaddiy kashanda edi. Shuning uchun institut rektorining maxsus buyrug‘i bilan Shayxzodaga dars paytida chekishga ruxsat berilgan edi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Aprel 2008, 22:55:11

Sizni hech reklama bezovta qiladimi?



Aytaylik, ishdan horib keldingiz. Issiqqina choyni simirib, qadrdon joyingizda uzalgansiz. Ko‘zingiz televizorda. Oila a'zolaringiz bilan serial (bu payt faqat serial ko‘riladi) ko‘rib o‘tiribsiz. Shunda ekranda vaqti-vaqti bilan, yaxshi-yomon, ta'bingizga qarab har xil reklama roliklari aylana boshlaydi. Ba'zida qayta-qayta, aralash-quralash baqir-chaqir (reklama so‘zi aslidayam lotincha "reklamars" so‘zidan olingan bo‘lib, "baqirmoq" ma'nosini bildiradi) qilaverib, rosmana asabingizni egovlaydi. Yuqoridagi savolga esa ikkilanib o‘tirmay, ha deb javob berasiz.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Aprel 2008, 08:36:30

O’g’irlangan buyuk kashfiyot



O‘z g‘oyalarini abadiylashtirish insoniyatning doimiy orzularidan biridir. Buning uchun  u dastlab o‘z fikrlarini g‘orlardagi devorlarga tosh bo‘laklari bilan o‘yib yozdi, so‘ngra mum bilan qoplangan suyak tayoqchalar (stilo) yordamida pishirilgan gil doskachalar ustiga bitdi. Xitoylik mutafakkirlar hayvonlar junidan olingan yoki tivitdan yasalgan qalamlarda o‘z qarashlarini ifoda etganlar. Siyohi esa qorakuyadan olinardi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2008, 08:19:56

Biologik rekordlar



Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi u faqat planktonlar bilan oziqlanadi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2008, 08:47:57

Arximedning sirli ko’zgulari



Ikkinchi Puni urushida rimliklar Sitsiliya orolida joylashgan greklarning Sirakuza shahrini bosib olishgandi. Eramizdan avvalgi 212 yilda bu shaharni qo‘riqlash buyuk olim, matematik, astronom va mutafakkir Arximedni qattiq tashvishga sola boshladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Aprel 2008, 08:19:16

Mualliflik huquqini bilasizmi?



O‘tgan asrning yetmishinchi yillari oxirlarida matbuotda "Mash­hur g‘azallar tahlili" rukni paydo bo‘ldi. Bu mumtoz g‘azallarni o‘rganish yo‘lidagi yaxshi o‘ylangan yo‘l edi. Biroq tahlil uchun eng mashhur­ va manzur g‘azallar tanlanardiyu, ularning mohiyati sayoz yoritilardi. G‘azal janri, uning mutolaasi va tahlili mening sevimli mashg‘ulotim bo‘lganligi uchun, bu holdan juda iztirob chekardim. Shu boisdan, bunday tahlillarga javoban "Tahlil mukammal bo‘lsin" sarlavhali tanqidiy maqola yozdim.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:54:39

Zamburug’lar



"Oyoqdagi qalpoqcha" - zamburug‘larning ustki tanasidir, asosiy qismi esa yerda joylashgan. Ular  bakteriya va  protist(mikroorganizm)lardan  keyin yerda eng ko‘p tarqalgan  bo‘lib,  mikromitset (ko‘zga ko‘rinmas) va makromitset (ko‘rish mumkin bo‘lgan) guruhlarga bo‘linadi. Ko‘chada, o‘rmonda, cho‘lda va odam organizmida  yashaydigan  o‘simlikning bu turida fotosintez jarayoni amalga oshmaydi, shu bois  qorong‘ilikda ham yaxshi o‘sadi, qachonki, tayyor ozuqa bo‘lsa.

davomi...

Qayd etilgan