Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 311186 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 49 B


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:19:44

G’arazlar bo’roni



Biror muhim yumushingiz yodingizga kelib, kompyuteringizni ishga tushirmoqchi bo‘ldingiz, ammo negadir maqsadingiz amalga oshmadi. Qarshingizdagi buyum sizga bo‘ysunishni istamadi. Nega? Balki sizning kompyuteringiz ham «g‘arazlar bo‘roni»ga tushib qolgandir? Bu bo‘ron hozirda nihoyatda ko‘p kompyuterlarga tahdid solayapti. Fan tilida uni «virus» deb atashadi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1385&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:21:18

Osmonnig oxiri (doston). Muhammad Yusuf + MP3



Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz.
Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim.
Toshdan sado chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1386&Itemid=41

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:22:55

Hayotda idealsiz yashab bo'ladimi?



Hayotdan va o‘zidan o‘zish uchun odam ideal qidiradi. O‘zishni istamagan odam o‘ziga o‘zi ideal bo‘lib ko‘rinadi.

***

Kishilar ko‘pincha idealni o‘tmishdan qidiradilar, chunki tirik ideallar o‘zlarining qusurlari va illatlarini oshkor qiladi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1407&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:27:28

Yevropadagi maxfiy qo‘poruvchi guruhlar kimga, nima uchun kerak bo‘ldi?



Shveytsariyalik taniqli professor Daniel Ganser «NATOning maxfiy qo‘shinlari: G‘arbiy Yevropada terrorizm» (NATO’s secret Armies: Terrorism in Western Europe) deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Tarixchi olimning tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan 50 yil vaqt davomida AQSh maxsus xizmatlar vositasida G‘arbiy Yevropa davlatlarida bir qator qo‘poruvchilik harakatlari sodir etgan. Ko‘pincha so‘l qanot siyosiy guruhlar zimmasiga yuklangan teraktlarni uyushtirishda NATOning maxfiy guruhlari ham faol ishtirok etgan.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1414&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:38:19

Vladimir Putin: Xalqaro siyosat xususida ochiq ma’ruza



Germaniyaning Myunxen shahrida xalqaro xavfsizlik masalasida tashkil etilgan 43-anjuman dunyo matbuoti diqqat marzazida bo‘ldi. Xalqaro siyosatning muhim masalalari muhokama etilgan tadbirda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan  250 dan ziyod siyosatdon ishtirok etdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Myunxen anjumanida qilgan ma'ruzasi ko‘pchilikning e'tiborini tortdi. Chunki Rossiya rahbarining bu galgi chiqishida xalqaro siyosatga daxldor nozik masalalar ochiq-oshkora muhokama qilindi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1406&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:42:28

Yurishi arslondan haybatli: U kim?



Sevimli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimovning "œBahor qaytmaydi" nomli qissasida shunday so‘zlar bor: "œQo‘shig‘ing eng avvalo studentlarga yoqdimi, demak, mashhur bo‘lganing shu". Bugungi kunda chiqayotgan xususiy gazetalar haqida yuqoridagi gapni sal o‘zgartirib aytish mumkin: ya’ni "œGazetang bozorchi ayollar qo‘liga (demakki, nazariga) tushdimi, bas, uning xaridorgir bo‘lgani shu!" Ayniqsa, oldi-qochdi voqealar, chunonchi, seriallar haqida yoziladigan, skanvordli gazetalarning bozori chaqqon.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1415&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:45:44

Ho'jayinining qulog'ini cho'zgan qul



Hazrati Umar (RA) xalifaligi davrida Shom shahriga borish zaruriyati tug'ilib qoldi. Saodat va izzat bilan sahobai kiromlardan iborat bir jamoani yonlariga olib, Madinai Munavvaradan yo'lga chiqdilar. Hazrati Umarning (RA) bir tuyadan boshqa ulovlari yo'q edi. Mug'ira nomli bir qullari bo'lib, xalifa Umar (RA) u bilan galma-gal tuyaga minar edilar. Bir soat hazrati Umar (RA) tuyaga minsardilar, Mug'ira yayov holda tuyani yetaklab borardi; bir soat tuyaga Mug'ira minardi, va hazrati Umar (RA) piyoda borardilar.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1417&Itemid=41

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:49:05

14 fevraldan qo‘lingni tort!!!



«Valentin kuni» nomi bilan kirib kelgan bu «bayram» ham aslida missionerlarning nayranglaridan biri hisoblanadi. Chunki millatni buzish, mamlakatni tanazzul eshigiga olib kelishning eng mashhur yo‘li - uning yoshlarini zaharlash.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1420&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:51:09

«Munajjimlar bashorati»ga ishonmang!



Bugun ko‘pgina gazetalarning oxirgi sahifasi «Munajjimlar bashorati»ga bag‘ishlangan. Bu holat ko‘pincha tushuntirilsa hamki, bahona va sabablar topiladi: «xalqimiz qattiq ishonadi-da...» Gazeta do‘konlarida ba'zilarning oxirgi sahifani diqqat bilan kuzatayotganini ko‘rib qolamiz. Kuzatuv maqsadi: «Munajjimlar busafar nima deyishibdi?!» Xullas, yurtimizda munajjimlar bashoratiga katta qiziqish bor.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1421&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 15:56:23

Abramovichning yoqimtoyi Sheva o'z formasiga qaytmoqda



Hozirda angliyalik jurnalistlar bir masalada ikkiga bo‘linishgan. Birinchi toifa Shevchenkoning kelganligi Mourinoning «halokati»ga sabab bo‘ldi, deyotgan bo‘lsa, ikkinchi tomon portugaliyalik janob hujumchining «jallodi»ga aylandi, degan fikrni ilgari surmoqda.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1422&Itemid=1

Qayd etilgan