Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312871 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 49 B


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:06:29

Ilm — eng buyuk sharaf



Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O'qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni tugatguniga qadar ko‘p o‘qiydi, o‘rganadi, intiladi, izlanadi. Chunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1423&Itemid=33

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:07:52

«Odamlar orasida» - haqparvar gazeta



Abdullo Qodiriyga tegishli: «Moziyga qaytib ish ko‘rmak xayrlidir» degan mashhur jumla ko‘pchilikka yoqadi. Chunki o‘tmish yutuqlardan ko‘proq foydalanishga, xatolarni takrorlamaslikka undovchi eng yaxshi omildir. Yoshlik davrlarim edi... Oinai jahon orqali «Odamlar orasida» ko‘rsatuvini diqqat bilan kuzatganim yodimda.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1424&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:08:56

Oilam — qo‘rg‘onim, xonumonim



«Yoshim 32 da. Qishloqda tug‘ilib o‘sganman, hozir poytaxtda bolalar shifokori bo‘lib ishlayman. Peshonamga ikki marotaba uylanish yozilgan ekan, Ilk rafiqamning oqila, qanoatli ayol ekanligini, afsuski, endi anglab yetdim. S. bilan kursdosh edik. Institutni tugatish arafasida turmush qurdik. O'qishni tugallagunga qadar yotoqxonada yashadik.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1425&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:11:12

Ey missioner, bunga nima deysan?!



Missionerlik haqida hamma har xil mulohaza yuritayotgan bir paytda, biz eng oddiy va asosiysi, haqqoniy yo‘lni tanladik. Ya'ni missionerlarning o‘zlariga xitob aylagan holda, mashhur bir voqe'likni eslatib o‘tmoqchimiz. Zero, yurtdoshlarimiz yaqin o‘tmishda ro‘y bergan bu hodisadan xabar topishsa, boshlarini og‘ritayotgan missionerlarning nayrangiga munosib javob berishlari mumkin.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1426&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:13:40

Dunyodagi barcha insonlarni yuz kishiga qisqartirilsa"¦



Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi:

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1463&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:14:31

MARG’ILON — OLTIN VODIYNING HIKMAT JAVOHIRI



Marg‘ilon. Bu nomni hamma har xil yodga oladi. Kimdir unga o‘zining atlaslari, hunarmadchiligi bilan dunyoga mashhur shahar deya ta'rif bersa, yana kimgadir uning xushchaqchaq, yosh bolalarini ham "siz"laydigan, hazilkash odamlari yoqadi. Kimdir esa millionlab o‘zbekning qalbiga singib qolgan marg‘ilonlik Kumushning siymosida o‘z qizini ko‘radi. Yana kimdir "Cohibi "Hidoya" Burhoniddin Marg‘iloniy shu yurtdan ekanligidan faxrlanadi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1429&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:15:25

Taajjub...



Bu voqeadan beri kancha vaqt o‘tganini aniq eslolmayman. Yetti yoki sakkiz yil bo‘ldi chamasi. Galdagi o‘tirishimizda bitta do‘stimiz kassetaga yozib olingan she’rni qo‘yib eshittirdi. She’r rostdan ham juda ta’sirli edi. Audio tasmada uni o‘qigan kishini men yillar davomida muallifi o‘zi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab keldim. Oradan bir necha yil o‘tib, xayr uchun ham sharr uchun ham bir xilda asqotadigan internet kashf etilgach, uning vositasida mazkur she’rni yana ko‘p bora eshitdim...

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1465&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:16:49

 Tashqaridan ko’ringan o’lim



«Darhaqiqat, (jon) xalqumga yetgan, (vafot etayotgan kimsaga atrofidagilar tomonidan): «Dam solib-o‘qib qo‘yguvchi biron kishi bormi?», deb qolingan, (jon taslim kilayotgan kimsaning) o‘zi (bu holatning hayoti-dunyodan) ajralish ekanini anglagan va (jon berish qiyinligidan) oyoqlar bir-biriga chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha kunda yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!»

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1475&Itemid=33

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2007, 16:17:48

 Sofdillik mo‘jizasi



Ushbu voqea bir vaqtlar Markaziy Afrikada ishlagan yevropalik shifokor ayolning ish hayotida yuz bergan. O'shanda yarim kecha edi. Men bilan hamshiralar o'ta jiddiy ish - ko'z yorishi og'ir bulgan xomilador ayolni qabul qilishga to'g'ri keldi.  Bizning barcha sa'y-harakatlarimizga qaramay, endigina ko'z yorgan ayol vafot etdi. U bizga muddatidan avval tug'ilgan bir burdagina chaqaloqni va yig'lab turgan ikki yoshli qizchasini tashlab ketdi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1474&Itemid=1

Qayd etilgan


islimakhanim  04 Mart 2007, 18:54:57

Jazakallah, AldulAziz bey, juda chiroyli maqola ekan, muallifidan Allah razi olsun!

Qayd etilgan