Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 313020 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 49 B


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:49:13

Yevropaning tinchini buzgan voqea



Airbus kompaniyasi naqd 10 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi!..

So‘nggi paytlarda Yevropaning eng yirik samolyot ishlab chiqarish zavodi sanalgan Airbus kompaniyasining ishlari yurishmay qoldi. Shu bois ham kompaniya rahbariyati oz emas, naqd 10 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1489&Itemid=1

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:50:41

Qani amal?!



Katta mashaqqat bilan oliygohda o‘qishni tugatdim. Shahrimizga yaqin shifoxonalardan biriga ishga tayilandim. Ishlarim yengil. Ota-onamning oldida yashayapman. Bo‘lajak umr yo‘ldoshim uchun mahr to‘plashga qaror qildim. Onam meni bu masalada eng ko‘p tezlaydi, desam ham bo‘laveradi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1461&Itemid=45

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:51:34

Doktor O’ktam Muhammad Murod qabulida



Har bir insonga Janobi Haq tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me'yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to‘xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g‘arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning ak-sariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Zero, aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1462&Itemid=45

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:52:34

"Qizil diplom" nima beradi?



- Maktabni necha baho bilan bitirgansiz? Oliy o‘quv yurtini-chi?

Dabdurustdan berilgan ushbu savollarga javob berish, bir qaraganda, juda osonday tuyuladi. Og‘iz to‘ldirib: "Qizil diplom  olganman", deguvchilar ko‘p. Kim bilsin, ba'zilar og‘ir xo‘rsinib yoshlikdagi armonini "yangilab" olgandir. A'lo baholarga o‘qiganiga qaramay, qandaydir sabablarga ko‘ra imtiyozli diplom ololmay qolganlar bor-da.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1492&Itemid=45

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:53:22

Qiz boqsang shundoq boq!



SAVOL: Oilada qiz tug‘ildi. O'zbek oilalarida qiz bolaning iffatli, latofatli va nazokatli bo‘lib o‘sishiga murg‘aklik davridanoq alohida e'tibor beriladi. Xo‘sh, qiz bolalarning jinsiy tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish zarur?

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1499&Itemid=45

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:54:31

Sigaret chekilmaydigan umr



Xorijda chekuvchilarning sonini kamaytirishga bo‘lgan harakat shunchalik kuchayganki, Buyuk Britaniyaning yetakchi Guardian gazetasi 2004 yil Amerika kuchlari Iroqqa bostirib kirgani haqida yozar ekan, maqolaga «Iroq yonyapti, biz esa sigaret olovini o‘chirish bilan o‘ralashib qolganmiz» degan g‘ayrioddiy sarlavha qo‘ygandi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1500&Itemid=45

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:55:27

Jurnalistlar o`limi hamon jumboqligicha qolmoqda



Jahon gazetalari assotsiatsiyasi o‘tgan 2006 yilni jurnalistlar uchun og‘ir va xavfli bo‘ldi, deb baholadi. Chunki 2004 yil hisobiga ko‘ra 72 jurnalist halok bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt davomida 88 jurnalistning o‘limi kuzatilgan. Ommaviy axborot vositalari vakillari turli holat va sabablarga ko‘ra o‘lim bilan yuzlashishdi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1490&Itemid=30

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:56:28

Ikki o't orasida



Ikki siyosiy yetakchi Makka shahrida sulhga kelishganidan keyin muxtoriyatda milliy birlik hukumati tashkil etilishi ovozasi tarqaldi. Koalitsion hukumat tarkibiga XAMAS, FATH harakati vakillari, shuningdek, siyosiy guruhlarga mansub bo‘lmagan «partiyasiz» arboblarning kirishi mo‘ljallangan. Milliy birlik hukumatiga ayni paytda muvaqqat tartibda iste'foga chiqqan Ismoil Xoniya boshchilik qiladi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1488&Itemid=30

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:57:06

Polsha: manfaatlar to`qnashayotgan mamlakat



AQSh tomonidan Polsha va Chexiya davlatlari hududida raketa hujumidan mudofaa tizimi qurilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan ilk paytlardanoq ushbu tashabbus qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Rossiya ushbu harakat ortida mintaqa xavfsizligi uchun katta bir xatarni ko‘rdi. Rasmiy Vashington esa bu bor-yo‘g‘i raketa hujumi ehtimolida qo‘llanadigan tizim ekanini bildirdi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1472&Itemid=30

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Mart 2007, 01:59:06

Gyote kim bo‘lgan?



Ba'zi dastur va risolalarda turli mashhur shaxslarning e'tiborga molik so‘zlari yangraydi. Ana shu sahifalarda Gyote, Tolstoy va boshqa bir qator jahon durdonalariga mualliflik qilgan daholarning e'tiqodiy iqrorlari muxlislarga tortiq etiladi. Biz biroz ateistik ruh hukmronlik qilgan davrda yashaganimiz boismi, yuqorida nomlari zikr qilingan shaxslarning bu iqrorlariga biroz shubha qilinardi. Ammo...

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=blogcategory&id=46&Itemid=33

Qayd etilgan