Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 312228 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:46:22

Jonatan svfitning "Guliverning sayohatlari@ asarini o'qimoqchi edim qaysi likndan yuklasam bo'ladi

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Mart 2013, 02:05:00

Iqtibos
Jonatan svfitning "Guliverning sayohatlari@ asarini o'qimoqchi edim qaysi likndan yuklasam bo'lad


http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=5331&Itemid=383

Qayd etilgan


Muxsiya  15 Mart 2013, 09:29:55

rahmat yuklab oldim

Qayd etilgan





AbdulAziz  16 Aprel 2013, 13:41:29

O'zbek nasri bo'limiga yangi hikoya va hajviyalar kiritildi:
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Aprel 2013, 16:32:46

O'zbek nasri bo'limiga yangi hikoya va hajviyalar kiritildi:
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 May 2013, 20:09:22

Ziyouz.com da xotira va qadrlash haftasi:

Asqar Mahkam. Shavkat Rahmonning so‘nggi nafasi



Ey, gulim,

 Ko‘zlarga yoshlar to‘lganda
 Soyamiz qo‘shilgan damlarni eslang!
 Shavkat RAHMON
 
... U yuzini ters o‘girdi.
 —  Nimaga keldingiz?Nafasi siqilib, butun vujudi bo‘g‘riqqan, yuz tomirlarigacha  taranglashib, tobora qorayib borayotgan daryo toshlaridek zaxali,  o‘ydim-chuqur yuzi endi burungidek qoyatoshni eslatmas...
davomi...


Norqobil Jalil. «Men yer bilan salom-alik qilaman» (2004)



Biz uchun g‘ayritabiiy tuyuluvchi bu "œsalom-alik" Tog‘ay Murodning  shiori edi va u bir umr shunga amal qilib yashadi. Chunki u shunday fe’l-a’moli bilan, qolaversa, o‘ziga xos hayot tarzi bilan boshqalardan ajralib turardi. "œBu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" deya erta bashorat qilgan   yozuvchining vafot etganiga bir yildan oshdi.
davomi...

Nabijon Boqiy. Go‘ro‘g‘li sulton huzurida



To‘ra Sulaymon bahorda bir ko‘rinish berib, qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib ketgancha dom-daraksiz ketdi. Nima balo, bedarak yo‘qoldimikan, deb o‘yladik. Unday desak, goh Iqboldan, goh Asqar Mahkamdan, "œuyoq-buyoqqa ketib qolmang, To‘ra buva tashrif buyurmoqchilar", degan xushxabar eshitilib qolardi. Labimizni yalab, yuzimizga tabassum yugurib, uch-to‘rt kun mayin kekirib yuramiz:
davomi...


Umarali Normatov. Qodiriy haqida qaydlar



«O‘TKAN KUNLAR» VA QO‘RQUV SALTANATI

 
XX   asr o‘zbek nasrining shoh asari «O‘tkan kunlar» romani ilk bor 1922 yili «Inqilob» jurnali sahifalari orqali dunyo yuzini ko‘ra boshlagan edi. O‘sha daqiqalardan e’tiboran bu asar millatning har bir ziyolisi,   kitobxoni ruhiyatiga, ma’naviyatiga, qolaversa, shaxsiy hayoti va   taqdiriga qaysidir darajada daxldor.
davomi...


Shukur Qurbon. Bo‘z bolasi o‘zbaki so‘zning



1. "œSIZ — MAHAMMAT YUSUPSIZ-A..."

 
Aslida   bu xotirani men emas, mening to‘g‘rimda Muhammad Yusuf yozganida   to‘g‘riroq bo‘lardi. Harholda undan besh-olti ko‘ylakni ortiqroq   kiygandim. Shoirning o‘zi ham buni his qilib, menga andijoncha, ya’ni   ismimni qo‘shmay, o‘z jigarlarimdek samimiyat bilan "œaka", deb murojaat   etardi.
davomi...


Hamid Ziyoyev. Birinchi jahon urushi va o‘zbeklar (birinchi maqola)



O‘zbek xalqi ko‘p ming yillik tarixning muayyan bir davrlarida chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarida yuz minglab odamlari va boyliklaridan ayrildi. Ko‘p shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi.  Ammo xalqimiz o‘tmish zamonlarda chorizm va sho‘ro davlatining 130  yillik hukmronligi davridagidek qirg‘in-barot, talon-taroj va  azob-uqubatlarni boshidan kechirmagan edi.
davomi...


Hamid Ziyoyev. Ikkinchi jahon urushi va o‘zbeklar (ikkinchi maqola)



Garchand chor hukumati ag‘darilgan bo‘lsa-da, lekin uning  mustamlakachilik siyosati va milliy zulmi sho‘ro davlati tomonidan  izchillik bilan davom ettirildi. Chorizm davridagi haq-huquqsizlik,  adolatsizlik, qirg‘in-barot va milliy boyliklarning talanishi eng yuqori  cho‘qqiga ko‘tarildi. Tarixda ko‘rilmagan bunday fojialarning barchasi saltanatparastlik va kommunistik g‘oyaning mahsuli edi, xolos.
davomi...

Qayd etilgan